1️⃣ Dunyodagi eng ko‘p so‘zlarga ega til!
Ingliz tilida 1 milliondan ortiq so‘z bor! Albatta, ularning barchasini bilish shart emas, ammo 800-1000 so‘z bilan kundalik muloqotni bemalol amalga oshirishingiz mumkin.
2️⃣ Inglizcha so‘zlarning 90 foizi bitta ma’noga ega emas!
Masalan, “set” so‘zi 430 dan ortiq ma’noni bildirishi mumkin. Bir so‘zning turli kontekstlarda ishlatilishi sababli ingliz tilini o‘rganish doim yangi qirralarni kashf qilishdir.
3️⃣ Eng qisqa jumla – “I am”!
Bu ikki so‘zdan iborat jumla ingliz tilida to‘liq mazmun ifoda qiladi: “Menman”.
4️⃣ Ingliz tilini o‘rganish – sizni yoshartiradi!
Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, chet tilini o‘rganish miya uchun sport zaliga borishdek foydali. Bu nafaqat fikrlashni kuchaytiradi, balki Alzheimer kasalligining oldini olishga ham yordam beradi.
5️⃣ Ingliz tili - internet tili!
Internetdagi kontentning 60 foizi aynan ingliz tilida. Ingliz tilini bilish sizga dunyo bilan aloqada bo‘lish imkoniyatini beradi.
Savol sizga: Siz ingliz tilini o‘rganishda eng qiyin deb hisoblagan narsa nima? O‘z fikrlaringizni kommentariyada yozib qoldiring! 💬
@startaper_notes