Bog'ingning Qo'rg'oni Mustahkam
Ekan
Bir podshoh qasrning boloxonasida o'tirgan edi. Atrofga qarab turib, yonidagi hovlida yurgan go'zal bir ayolni ko'rib qoldi. Qo'shnilardan uni surishtirgan edi, "Xizmatkoring Feruzning xotini", deyishdi. Podshoh unga xushtor bo'lib qoldi. Xizmatkori Feruzni chaqirtirib, "mana bu maktubni olib, falon shaharga borasan-da, kutib turasan, javobini olib qaytasan", dedi. Xizmatkor maktubni olib, uyiga borib, uni yostig'ining tagiga qo'ydi-da, safar tadorigini ko'rdi. Tong otgach, aytilgan shaharga qarab yo'lga tushdi. Podshoh Feruzning ketganini eshitgan zahoti uning uyiga qarab jo'nadi. Borib, eshikni ohista taqillatdi. Ayol eshikni ochib, "Hazrati oliylari? Tushimmi, o'ngimmi?" dedi. Podshoh: "Ziyorat qilib keldim", dedi. Ayol: "Bunday ziyoratdan Alloh saqlasin, men bunda hech qanday yaxshilik ko'rmayapman!" dedi. Podshoh: "Sho'ring kursin, men podshohman, eringning xo'jayiniman. Meni taniysan deb o'ylamagan edim", dedi. Ayol bunday dedi: "Men sizni taniyman, Hazrati oliylari. Lekin avvalgilardan qolgan bunday gap bor:
Suvingizni qoldiraman, unga teginmas kimsa,
Suvga keluvchi ko'pligidan bunga ishonmas kimsa.
Ovqatga pashsha tushgan mahal
Ko'tardim qo'lni, nafs esa xohlar.
Suvni agar bulg'asa itlar,
Bunday suvdan saqlanar sherlar.
Itingiz sherik bo'lgan suvdan ichish uchun keldingizmi, shohim?"
Poxodshox ayolning bu gapidan uyalib, shoshgancha chiqib ketdi, hatto bir poy kavushini u yerda unutib qoldirganini ham sezmadi.
Xizmatkor esa yo'lda ketayotib, birdan podshoh bergan maktubni izlab qoldi. Eslab ko'rsa, uyda, yostig'ining tagida qoldirib kelgan ekan. U shartta ortiga qaytdi. U kelganda podshoh uning uyidan endigina chiqib ketgan edi. Hovlida podshoxning kavushini ko'rib, Feruzning aqli boshidan uchayozdi. Podshoh uni nima maqsadda safarga jo'natganini tushundi, ammo hech kimga indamadi. Maktubni olib, podshohning buyrug'ini bajarib keldi. Qaytib kelgach, podshoh unga yuz dinor pul berdi. Xizmatkor pulni olib, bozorga bordi va ayollarga ma'qul keladigan narsalardan olib, chiroyli sovg'a tayyorladi. Xotinining oldiga kelib, unga salom berdi va: "borib, otangni ziyorat qilib kel!" dedi. Ayoli: "Nimaga?".deb so'radi. U: "Podshoh menga ko'p pul berdi. Borib, bu xushxabarni otangga aytib, suyunchilab kelasan", dedi. Ayol sovg'a-salomlar bilan otasining uyiga kirib bordi. Ota-onasi qizining kelganidan, olib kelgan sovg'a-salomlaridan juda xursand bo'ldi. Ayol ota-onasinikida bir oy qolib ketdi.
Eri undan xabar ham olmadi, eslamadi ham. Bir kuni ayolning akasi kuyovining oldiga keldi. Unga: "Yo xotiningdan g'azablanganingning sababini ayt, yo podshohning oldiga borib, o'rtalaringda hukm chiqartir", dedi. Feruz unga: "Hukm istayotgan bo'lsangiz, chiqaravering. Chunki menda uning hech qanday haqi qolmagan", dedi. Ayolning oilasi hukm chiqartirishni talab qildi. Feruz ham ular bilan birga qozining oldiga bordi. Qozining yonida podshoh ham o'tirgan ekan. Ayolning akasi qoziga: "Ey qozilarning qozisi, men mana bu odamga bir bog'ni ijaraga bergan edim. Bog'ning devorlari butun, qudug'ida suv to'la, mevali daraxtlari ko'p edi. Bu odam bog'ning mevalarini yedi, devorlarini buzdi, qudug'ini xarob qildi", dedi. Qozi xizmatkorga karab, "Bunga nima deysan, Feruz?" dedi. Feruz: "Qozi janoblari, to'g'ri, men undan bog' olgan edim. Lekin qanday olgan bo'lsam, undan ham yaxshiroq holatda egasiga topshirdim", dedi. Qozi ayolning akasiga: "bog' avvalgi holidagidek topshirildimi?" dedi. Ayolning akasi: "Ha, lekin men nega qaytarilganini bilmoqchiman", dedi. Qozi xizmatkorga: "Nima deysan, Feruz?" dedi. Feruz: "Men bog'ni yomon ko'rganimdan topshirmadim. Bir kuni boqqa kelsam, u yerda sherning oyoq izlarini ko'rib koldim. Sher meni o'ldirishidan qo'rqib, unga hurmat yuzasidan boqqa kirishni o'zimga harom qildim", dedi. Bu ajoyib so'zlarni eshitib o'tirgan podshoh o'rnidan turib.....
👉 @mutolaa_zavqdir