MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI (@muhammad_yusuf_ijodi) Kanalının Son Gönderileri

MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI Telegram Gönderileri

MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI
Bilaman, taxminan shunday o'ylaysiz,
Shoirlar devona, tuzalmaydilar.
Shoirning sevgisi o'tkinchi deysiz,
Shoirlar odamday sevolmaydilar...
𝘔𝘶𝘩𝘢𝘮𝘮𝘢𝘥 𝘠𝘶𝘴𝘶𝘧

Guruximiz: @Muhammad_Yusuf_ijodii
6,668 Abone
1,093 Fotoğraf
312 Video
Son Güncelleme 06.03.2025 10:05

Benzer Kanallar

KOMPYUTER ASRI
6,269 Abone
ERKIN VOHIDOV
4,585 Abone
Ivan Karamazov
2,810 Abone

MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI tarafından Telegram'da paylaşılan en son içerikler

MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI

26 Feb, 08:06

3,735

DARYO
             Bahodir ISOga


Daryo qo‘ygan edim bolam ismini,
U daryoga cho‘kib ketdi bir kuni...
Ajdar bo‘lib suvlar yutdi jismini,
Endi menga o‘g‘il bo‘ling, baliqlar.

Bilganimda qo‘ymasdim hech yelkamdan,
Tovonchasi endi yerga tekkanda —
Soyning toshi bolish bo‘ldi erkamga,
Endi menga o‘g‘il bo‘ling, baliqlar.

Qo‘lchalarin silkitib u bemajol,
Yig‘lab-yig‘lab oqib ketdi ehtimol,
Qirg‘oqqa zor boqib ketdi ehtimol,
Endi menga o‘g‘il bo‘ling, baliqlar.

Qonxo‘r daryo qaro qildi kunduzim,
Ko‘zim nuri o‘sha edi, yolg‘izim,
Bu dunyoda qolmadi endi izim,
Endi menga o‘g‘il bo‘ling, baliqlar.

Ot qo‘yganda nechun ko‘nglim sezmadi:
Ismi bilan ekan inson qismati!..
O‘z bolam-ku o‘z bag‘rimda o‘smadi,
Endi menga o‘g‘il bo‘ling, baliqlar.

O‘g‘lim desam o‘rtanadi vujudim,
Suvni ko‘rsam seskanadi vujudim!..
Qum ustida qoldi mening umidim,
Endi menga o‘g‘il bo‘ling, baliqlar.
Daryo qo‘ygan edim bolam ismini.

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri



https://t.me/MUHAMMAD_YUSUF_IJODI
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI

20 Feb, 07:14

5,119

POYTAXTLIK MEHMONLAR ZIYO ULASHDI

Kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, aholini kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini orttirish va intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan “Ziyo ulash” loyihasi Sirdaryoda davom etmoqda.

"Muhammad Yusuf" fondining raisi, "Oltin qalam" gazetasi bosh muharriri Nazira as-Salom, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Dilshoda Saidolimova, O‘zbekiston yozuvchilar Uyushmasi a’zosi, “Ishonch” gazetasi muxbiri Bahor Holbekova, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat uyushmasi azoai,shoira Sayyora Ernazarova “Ziyo ulash” aksiyasini qo‘llab-quvvatlab, Bovut tuman davlat xizmatlari markazi kutubxonasiga 50 ga yaqin badiiy adabiyotlar, shu jumladan, O'zbekiston xalq shoiri, el suygan adib Muhammad Yusufning she'riy to'plamlarini sovg‘a qilishdi.

Kanalga ulanish:👉https://t.me/huquqiytargibot
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI

19 Feb, 12:32

4,466

AZIZ XO'JA NUR - OBODLIK XODIMLARI
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI

19 Feb, 12:24

4,268

📚 OBODLIK XODIMLARI 📚

Sen ishga borasan, issiq ustibosh...
Ikki qo'ling solib ikki cho'ntakka.
Dunyoni suv bossa ne g'am deydilar,
Azal-azaldan beg'am o'rdakka...

Yarmi kech, yarmi erta uyg'onar shahar,
Yo'lga otlanadi ochib ko'zini.
Ularchi quyoshdek turib tong-sahar,
Nur sochib pardozlar yurtning yuzini.

Qo'llari muzlagan supurgi ushlab,
Izg'irin, yomg'irli yo qorli damlar.
Vazifasin bajarar yurakdan ishlab,
Katta mehnat qilgan - "kichik odamlar"...

Oylikmi ?.. Oyligin so'rama, uyat,
Vatan pokligidir - uning boyligi.
Ko'nglida obodlik - ne'mat, qadriyat,
Shukronalik hissi - topgan oyligi.

Bog'ning bog'boni - u, o'zbek otasi,
Yo'l, zamin qurar ko'zqoralariga.
Mehnatdan oqargan ro'zg'or kosasi,
Halol luqma yedirar bolalariga.

Biri gul ekadi, biri dil ekar,
Xudo yor, mehridan ko'karar ko'chat.
Beqadr qilmagin qalbiga tegar,
Xizmati tufayli tozadir ko'cha...

Ko'rasan, atrofing gulzordir, go'zal,
Changdan holi maktab, sinf, ishxona.
Tafakkur, hurmat-la qaragin, o'shal,
Farrosh ham odam, kimgadir - ONA.

Ular kurashadi tabiat uchun,
El koriga yarar, ko'zin yoshlama.
Zararing tegmasin jamiyat uchun,
Har yerga chiqindi, g'ubor tashlama.

Xizmat burchi, qahraton, kiyingan yupun,
Xastalik ko'rmasin issiq jonlari.
Obodlik xodimlari darkor yurt uchun,
Xalqimiz, davrimiz - QAHRAMONLARI..!


AZIZ XO'JA NUR

SIRDARYO


@Aziz_Xoja_Nur_99891_501_57_57
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI

17 Feb, 04:08

4,666

DIQQAT E’LON! 📢🎨

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari o‘rtasida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Yuragimga kirib kelgan bahor” rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik va amaliy san’at asarlari tanlovi e’lon qilinadi! 🌿🎨🖌

🎯 Tanlovning maqsadi:

📌 Muhammad Yusuf ijodini yosh rassomlar orasida keng targ‘ib qilish;
📌 Shoirning betakror she’riyatini tasviriy san’at orqali ifodalash;
📌 Yosh ijodkorlarning Vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirish.

🏆 Ishtirokchilar:

Tanlovda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 1-4 bosqich bakalavriat talabalari va magistrlar ishtirok etishlari mumkin.

📅 Ijodiy ishlarni topshirish muddati:
2025-yil 15-aprelgacha o‘z fakultet dekanatiga topshirish lozim.

📅 Tanlov natijalari va ko‘rgazma:
🎨 2025-yil may oyida ijodiy asarlar ko‘rgazmasida e’lon qilinadi va g‘oliblar taqdirlanadi! 🏅

Tanlov nominatsiyalari:

🏅 “Eng yaxshi rangtasvir asari” (turli yo‘nalishlarda)
🏅 “Eng yaxshi haykaltaroshlik asari” (turli yo‘nalishlarda)
🏅 “Eng yaxshi grafika asari” (turli yo‘nalishlarda)
🏅 “Eng yaxshi amaliy san’at asari” (turli yo‘nalishlarda)

🎁 G‘oliblarni mukofotlash:

Muhammad Yusuf nomidagi jamoat fondi tomonidan har bir nominatsiya bo‘yicha:
🥇 1-o‘rin: 3 000 000 so‘m + diplom + sho‘ir asarlari to‘plami
🥈 2-o‘rin: 2 000 000 so‘m + diplom + sho‘ir asarlari to‘plami
🥉 3-o‘rin: 1 000 000 so‘m + diplom + sho‘ir asarlari to‘plami

🎖 Qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi o‘rinlar ham ajratilishi mumkin bo‘lib, ularning egalariga sertifikat va kitoblar to‘plami taqdim etiladi! 📚🎗

👉 Ijodiy ishingiz bilan siz ham Muhammad Yusuf she’riyatining mo‘jizasini san’at tilida aks ettiring! 🎨💫

📌 Qo‘shimcha ma’lumot uchun institut dekanatiga murojaat qilishingiz mumkin.
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI

12 Feb, 08:44

5,550

https://www.facebook.com/share/v/1APPAn17KY/
👆👆👆👆👆


https://t.me/MUHAMMAD_YUSUF_IJODI
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI

07 Feb, 05:07

7,483

Бугун Тошкент Фотосуратлар уйида “Юракка кўмилар асл шоирлар” номли - Ўзбекистон халқ шоири Муҳаммад Юсуф ҳаёт лавҳаларини акс эттирган фотосуратлар кўргазмаси очилишида қатнашдик. Унга ташриф буюрган ижодкорлар, мухлислар ва тадбирда янграган самимий дил изҳорлари чиндан ҳам асл шоирлар юракка кўмилишини яна бир бор кўрсатди.

Илоҳим, улуғ устозимизнинг охирати обод бўлсин!

@shomuz - Yo‘limiz bir!
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI

06 Feb, 16:37

6,805

📚😚Toshkent shahridagi Toshkent fotosuratlar uyida O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan " Yurakka ko'milar asl shoirlar" nomli suratlar ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Ko'rgazmada yozuvchi shoirlar el suygan san'atkorlar adabiyot vakillari, yoshlar va xalqimiz ishtirok etdilar.
Muhammad Yusufning rafiqalari Nazira As-Salom qizlari, nabiralari, qondosh jigarlari jam bo'lgan davrada har kuni xalqimiz eslaydigan sevimli shoirimiz yana bir bora yodga olindi.
Bizga ham bu xotira tadbirida ishtirok etish nasib qildi.
Ijodi ila insonlar qalbiga iliqlik, ishq iforini olib kirgan ustoz Muhammad Yusufni Yaratgan rahmatiga olgan bo'lsin 🤲

Nazira opam mehribon inson, Allohga yaxshilarga yaqin qilganiga hamd aytib hokisor ijodkoringiz Aziz Xo'ja Nur


https://t.me/Aziz_Xoja_Nur_99891_501_57_57
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI

06 Feb, 16:04

2,171

Ўзбекистон халқ шоири Муҳаммад Юсуф таваллудининг 70 йиллиги муносабати билан “Юракка кўмилар асл шоирлар” номли фотокўргазма очилди.

@yangidavr_rasmiy
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI

27 Jan, 17:06

1,603

https://t.me/MUHAMMAD_YUSUF_IJODI