Majburiy Ijro Byurosi @mibdavlatijrochisi Channel on Telegram

Majburiy Ijro Byurosi

@mibdavlatijrochisi


Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси ҳузуридаги Мажбурий ижро бюроси.

+998932960096
@abdurazzokoff

Majburiy Ijro Byurosi (Uzbek)

Majburiy Ijro Byurosi Telegram kanali O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining huzurida joylashgan bir yagona manba bo'lib, huquqiy masalalar bo'yicha maslahatlar, ko'rsatmalar va yordam bilan ta'minlaydi. Kanalda ishtirokchilarga qonun hujjatlari, ma'lumotlar va talablar bilan amalni amalga oshirishda yordam beriladi. Majburiy Ijro Byurosi sizning huquqiy muammolaringizni yechish uchun eng yaxshi maslahat va ko'rsatmalarni taqdim etadi. Agar sizda qonun bo'yicha savollaringiz yoki muammolaringiz bo'lsa, Majburiy Ijro Byurosi bilan bog'laning va yordam oling. Telegram kanalimizga qo'shiluvchilar iltimos, @abdurazzokoff ga murojaat qiling.

Majburiy Ijro Byurosi

26 May, 13:46


... Majburiy ijro byurosiga ishga kirish tartibi qanday ? Xodimlarga ishga kirishda qanday talablar qo‘yilgan?

• O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq Byuroda xizmat qilish uchun yurisprudensiya, moliya, iqtisodiyot va boshqa sohalarda oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli, sog‘lig‘iga ko‘ra xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan, zarur kasb-kor va ma’naviy fazilatlarga ega O‘zbekiston fuqarolari qabul qilinadilar.

• Byuroning davlat ijrochilari lavozimlariga oliy yoki o‘rta maxsus yuridik ma’lumotga ega, ayrim hollarda boshqa mutaxassislikdagi oliy ma’lumotga ega shaxslar, Byuroning boshqa lavozimlariga — oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli boshqa mutaxassislikka (iqtisodchi, moliyachi, muhandislar va boshqalar) ega shaxslar ham tayinlanadi.

• Byuroga xizmatga qabul qilishda nomzodlarning belgilangan talablarga muvofiqligini o‘rganish maqsadida tekshirish hamda maxsus komissiya tomonidan bilim saviyasi, zarur kasb malakasi va ishchanlik qobiliyatini aniqlashga qaratilgan majburiy suhbat o‘tkaziladi va testdan.

• Byuroga xizmatga qabul qilishda zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sog‘lig‘i imkon berishini aniqlash maqsadida nomzodlar majburiy tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

• Xodimlarni xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash Bosh prokuror, Byuro direktori yoki Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlarining buyruqlari bilan rasmiylashtiriladi.

• Muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan, sudlangan, nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etganligi uchun boshqa davlat organlaridan tashkilotlardan bo‘shatilgan shaxslar Byuroga xizmatga qabul qilinmaydi.

@MIBDAVLATIJROCHISI

Majburiy Ijro Byurosi

26 May, 12:30


... Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси ҳузуридаги Мажбурий ижро бюроси.

📞• +998975015516
Ismoilov Dilshodzhon

📞• NN +998911076616

📞• MN +998911590979

✒️Telegram Ijtimoiy tarmog'idagi barcha ma'lumotlar www.Kun.uz , www.Daryo.uz va Google orqali joylashtirilib borilmoqda Misol uchun : @MajburiyIjroByurosi.
Sizni qiziqtirgan ma'lumotlarni Google orqali poiska berib unga tegishli yani Majburiy Ijro Byurosini Rasm,Video va ma'lumotlar olishingiz mumkun va o'zingiz yashab turgan Shahar (Tuman) ingizni bo'limlariga murojat etishingiz mumkun. Aldanib qolmang Qabul har Chorshanba kuni...

@MIBDAVLATIJROCHISI

@M_I_B_DAVLAT_IJROCHISI

Majburiy Ijro Byurosi

24 May, 11:39


MIB DAVLAT IJROCHISI

Majburiy Ijro Byurosi

24 May, 08:26


... Бош прокуратура ишга таклиф этади: ойлик маоши 5 миллион ва ундан юқори.

• Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси Ахборот-коммуникация технологияларини жорий этиш ва ахборот хавфсизлигини таъминлаш бошқармаси қуйидаги лавозимлар бўйича номзодларни ишга қабул қилади:

дастурловчи;
маълумотлар базаси администратори;
корпоратив тармоқ администратори;
техник ҳужжатлаштириш бўйича муҳандис;
веб-дизайнер;
ахборот хавфсизлиги бўйича мутахассис лавозимларига ишга қабул қилиш бўйича номзодлар учун
танлов эълон қилинади.
Номзодлар учун умумий малака талаблари: — ахборот-коммуникация технологиялари соҳасида олий маълумотга;
— зарур билим ва иш тажрибасига, замонавий ахборот-коммуникация технологияларидан профессионал даражада фойдаланиш қобилиятига эга бўлиши лозим.

Шунингдек, дастурчилар қуйидаги дастурлаш тиллари ва технологияларида ишлаш тажрибасига эга бўлиши лозим: – Java Core, Java SE, J2EE, J2ME, Android, Swift, PL/SQL, Transact SQL, C++; – HTML, CSS, JavaScript, Jquery; – замонавий веб фреймворклар (Wicket, Spring ва бошқалар); – ORM (MyBatis, Hibernate ва бошқалар); – WebService, WebSocket, B2B технологиялари; – WinAPI тизимида дастур, веб браузерлар учун плагинлар яратиш; – SDK қурилмалар билан ишлай олиш ва тизимга интеграция қилиш; – Android, iOS, Windows, J2ME қурилмалар учун дастурлар яратиш.

Majburiy Ijro Byurosi

24 May, 08:26


... ​​Фарғонада Мажбурий ижро ходимига фуқаро томонидан тан жаҳорати етказилди.

Фуқаро А.А. МИБ ходимининг бошига чопғи билан зарб берган, натижада ходим шифохонага ётқизилган. Бу ҳақда Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Матбуот хизмати хабар бермоқда.
Ушбу воқеа кеча, 18 май куни содир бўлган. Фарғона вилоятининг Бувайда туманида Мажбурий ижро бюроси бўлими давлат ижрочиси Б.Б. МИБ ходимлари билан биргаликда “Янгиқўрғон” автошохбекатида жойлашган “Маҳбуба Зулфия” МЧЖга тегишли ноқонуний равишда қурилган девор ва металл дарвозани буздириб мажбурий ижро ҳаракатларини амалга ошириш учун борган.
Ўша вақтда Додхо маҳалла фуқаролар йиғинида яшовчи, муқаддам судланган А.А. ходимларнинг ижро ҳаракатларини амалга оширишга тўсқинлик қилган ва Б.Б.нинг бошига чопқи билан уриб жароҳат етказган.

@MIBDAVLATIJROCHISI

Majburiy Ijro Byurosi

24 May, 08:26


... ​​Bosh prokuraturaning Prezident qarorlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi tomonidan davlat rahbari qaror va topshiriqlari ijrosi muntazam ravishda joylarga chiqib o‘rganilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tekshirishlar davomida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan 36 ta qaror va topshiriqlar ijrosi bajarilishi ta’minlandi.

Asosiy e’tibor Prezident qaror va topshiriqlarining vaqtida, to‘liq va sifatli ijro etilishiga hamda mansabdor shaxslarning mas’uliyatini yanada oshirishga qaratildi. Tekshirishlar natijasiga ko‘ra, 51 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi hamda qo‘pol qonun buzilish holatlari yuzasidan 3 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

17 ta tadbirkorlik subyektiga 53,3 milliarrd so‘m va 4,3 million AQSh dollari miqdorida kredit, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 11,4 gektar yer maydoni ajratilishi hamda 26 milliard so‘mdan ortiq miqdordagi kredit mablag‘larining qaytarish muddatini uzaytirishga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish uchun 55,2 mlrd. so‘m ajratilishi ta’minlandi.

Bu yo‘nalishdagi nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Majburiy Ijro Byurosi

24 May, 08:14


O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Majburiy Ijro Byurosi faoliyatini tashkil etish tog'risida.

• PP-3016 2017 yil 30 may.

📞 • 1107


@MIBDAVLATIJROCHISI

Majburiy Ijro Byurosi

24 May, 05:19


Majburiy ijro byurosi mansabini suiiste’mol qilgan «gazchi» va «svetchi»larga jinoyat ishi ochilgan

Majburiy Ijro Byurosi

24 May, 05:09


MIB DAVLAT IJROCHISI

Majburiy Ijro Byurosi

24 May, 05:06


... O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlariga asosan, Muzaffar Eminovich Egamberdiyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi. Shuningdek, Bosh prokurorning tegishli buyrug‘iga ko‘ra, G‘ayratjon Sobirovich Fozilov Andijon viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

@MIBDAVLATIJROCHISI

Majburiy Ijro Byurosi

24 May, 05:05


MIB DAVLAT IJROCHISI

Majburiy Ijro Byurosi

24 May, 05:03


... Majburiy ijro byurosi inspektorlariga qarshilik ko‘rsatish bo‘yicha 121 holat qayd etildi.

"Ўзбекистон 24" канали. Majburiy ijro byurosi faoliyati yo‘lga qo‘yilgandan buyon uning inspektorlariga qarshilik ko‘rsatish bo‘yicha 121 holat qayd etildi. 20 kishi tan jarohati yetkazgani uchun ozodlikdan mahkum etildi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etilganiga bir yildan kam vaqt o‘tgan bo‘lsa, ushbu davr mobaynida davlat inspektorlariga qarshilik ko‘rsatish bo‘yicha 121 holat qayd etildi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali «Axborot 24» dasturi xabar qildi.

56 ta holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, 20 kishi byuro xodimlariga tan jarohati yetkazgani uchun ozodlikdan mahrum etildi.

Joriy yil yanvar oyida byuro iste’molchilardan 3,135 trln so‘m miqdoridagi qarzdorlikni undirdi. Jumladan, elektr energiyasidan — 924 mlrd so‘m, tabiiy gazdan — 2,166 trln so‘m, ichimlik suvidan — 45,3 mlrd so‘mlik qarzlar to‘landi.

Reportajda qayd etilishicha, byuro xodimlari ba’zida juda keskin vaziyatlarga duch kelmoqda. Odamlar ularga nisbatan tajovuzkorona munosabatda bo‘lib, haqoratlash va hattoki tan jarohati yetkazish holatlari ham uchramoqda.Tabiiy gazdan 1,5 mln so‘m qarzi bo‘lgan fuqarolardan biri byuro mol-mulklari va xodimlar salomatligiga tahdid qilib, inspektorlar faoliyati haqida reportaj tayyorlayotgan «O‘zbekiston 24» operatoriga ham tashlanib qoldi.
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroga esa ana shunday xatti-harakatlar sodir etgani uchun sud tomonidan uch yil muddatga axloq tuzatish ishlariga jalb qilish va oylik maoshining 10 foizidan ushlab qolish ko‘rinishidagi jazo chorasi tayinlandi. U elektr energiyasidan 7,5 mln so‘m qarzi bo‘lib turib uyni elektr tarmog‘idan uzish uchun kelgan byuro xodimini haqoratlab, kaltaklagan.

Xuddi shunday holat Namangan viloyati Norin tumanida ham sodir bo‘ldi. Erkak kishi qarindoshlari bilan inspektorga musht tushirib, uning shifoxonaga yotishiga sabab bo‘lgan. Qonunbuzarlik uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

17 fevral kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulangan do‘konni aniqlagan byuro xodimi shifoxonaga yotqizildi. Dalolatnoma tuzish vaqtida savdo nuqtasi egasining do‘sti mast holatda kelib inspektor bilan janjallashi, pichoq yordamida unga tan jarohatini yetkazadi. Jabrlanuvchining hayoti qutqarib qolindi, zo‘ravonga nisbatan jinoiy javobgarlik tayinlanadi.

Ko‘rsatuvda qayd etilishicha, davlat inspektorlari u yoki bu oiladagi vaziyatni ob’ektiv o‘rgangan holda qarzlarni undirishni vaqtincha kechiktirish haqidagi masalani ko‘rib chiqishlari mumkin.

Majburiy Ijro Byurosi

24 May, 05:00


... Byuro xodimlari qancha olishadi?

Byuro xodimlarining mehnatga haq to'lash fondi quyidagilardan tarkib topadi:

Lavozim maoshidan

tarif setkasi bo'yicha aniqlanadi

Oylik ustama haqlaridan

- darajali unvonlarga ega bo'lgan xodimlarga lavozim maoshining 50%i, texnik va xizmat ko'rsatuvchi xodimlardan tashqari Byuroning boshqa xodimlariga lavozim maoshining 100%i miqdorida (rag'batlantiruvchi qo'shimcha haq va ustamalarni hisoblashda Byuro xodimlarining lavozim maoshi tarkibiga kiritiladi);

- lavozim maoshiga 40% miqdorida (mehnatni rag'batlantirish koeffitsiyenti);

- darajali unvon uchun lavozim maoshiga 20%dan 50%gacha miqdorda;

- darajali unvonlarga ega bo'lgan xodimlarga - ko'p yillik mehnati uchun lavozim maoshiga 5%dan  40%gacha  miqdorda;

- maxsus toifalar uchun lavozim maoshiga 10, 20 va 30%  miqdordagi ustama haq

- boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlarining uzoq yillik mehnati uchun ustama haq.

Rag'batlantiruvchi va boshqa to'lovlar

- yiliga 200%lik mukofotlar (faoliyatini individual baholash natijasida olingan 70-80 ballgacha - lavozim maoshiga 50%, 80-90 ballgacha - 100%, 90-100 ballgacha - 200%);

- bayramlar, muhim va yubiley sanalari, uzoq yillik hamda bekamu ko'st xizmati (mehnati) uchun, pensiyaga chiqqanda va boshqa shu kabi holatlar munosabati bilan 15% miqdorida mukofotlar;

- 15%lik shaxsiy ustamalar;

- EKIHning 1-2 barobari miqdoridagi ovqatlanish xarajatlari;

- yo'lkira xarajatlarini qoplash uchun EKIHning 1-2 baravarigacha miqdordagi oylik to'lovlar (tuman va shahar bo'limlari xodimlariga xizmat avtotransporti biriktirilmagan bo'lsa);

- yilda 1 marta oylik mehnatga haq to'lash fondi miqdorida moddiy yordam;

- baxtsiz hodisaga uchragan, shuningdek, xizmat vazifalarini bajarishda halok bo'lgan Byuro xodimlarining oilasiga moddiy yordam ko'rsatish.

@MIBDAVLATIJROCHISI

Majburiy Ijro Byurosi

24 May, 05:00


•  respublika istemolchilariga energiya resurslari va tabiiy gaz sotishdan tushgan mablag'larning 10%i;
•  vakolatli organlar tomonidan olib qo'yilgan va davlat daromadiga o'tkazilgan mol-mulklarni sotishdan, shuningdek, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini (davlat bojidan tashqari) undirishdan tushgan mablag'larning 8%i;
•  davlat ijrochilari tomonidan undirilgan ijro yig'imi mablag'larining 80%i;
•  Byuro xodimlari tomonidan qo'llaniladigan va undiriladigan jarimalar summasining 80%i va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar. 

Jamg'armaning mablag'lari quyidagilarga yo'naltiriladi:

•  Byuro xodimlariga ish haqi, ustama haqi, mukofotlar va boshqa rag'batlantiruvchi to'lovlarni to'lashga;
•  tegishli mutaxassislarni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida Byuroga ishga jalb qilishga;
•  bino va inshootlarni saqlash, foydalanish, qurish va tamirlashga, ularni zarur inventarlar, shu jumladan, mebel, aloqa, kompyuter va boshqa vositalar bilan taminlashga;
•  Byuro xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun to'lovlarni kompensatsiya qilishga;
•  xizmat va maxsus avtotransport, shuningdek, boshqa texnika vositalarini sotib olishga, ularga servis xizmati ko'rsatish, ehtiyot qismlari va yoqilg'i-moylash materiallari bilan taminlashga;
•  Byuro xodimlarini ijtimoiy himoya qilishga, shu jumladan, xizmat turar joylari qurishga, tibbiy xizmat ko'rsatishga;
•  tasdiqlangan milliy standartlarga muvofiq, elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish hamda hisobga olishning yagona integratsiya qilingan avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishga;
•  Byuroning axborot-kompyuter tarmog'iga xizmat ko'rsatish va uni rivojlantirishga, axborot xavfsizligini taminlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga;
•  Byuro xodimlarini, shu jumladan, xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, talim va boshqa muassasalarida o'qitish, malakasini oshirish hamda stajirovka o'tashiga;
•  Byuro vakolatiga kiruvchi masalalar bo'yicha O'zbekistonga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etishga;
•  Byuro xodimlarining mamlakat ichkarisidagi va uning tashqarisidagi xizmat safari xarajatlarini to'lashga;
•  Byuroning seminarlari, davra suhbatlari, konferensiyalari, amaliy mashg'ulotlari, treninglari, profilaktika va boshqa tadbirlarini o'tkazishga;
•  Byuro faoliyati uchun zarur bo'lgan bosma va boshqa materiallar bilan ta`minlashga va Byuro faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlarga.

Majburiy Ijro Byurosi

24 May, 05:00


... Davlat ijrochilarining ish haqi qancha bo'ladi?

Prezidentning 15.06.2017 yildagi PQ–3060-son «Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi qarori elon qilindi, deb yozmoqda Norma.uz.

Eslatib o'tamiz, Prezidentning 29.05.2017 yildagi PF–5059-son «Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda istemol qilish sohasida to'lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni bilan Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti o'rniga Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o'rinlarda – Byuro) tashkil etildi va Byuroni rivojlantirish jamg'armasi tuzildi.

Byuroni rivojlantirish jamg'armasi faoliyatining normativ bazasi shakllantirildi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

•  Byuroni rivojlantirish jamg'armasining tuzilmasi (Bosh prokurorga Jamg'arma tuzilmasiga o'zgartish kiritish, shu jumladan, Jamg'arma mablag'lari hisobidan qo'shimcha shtatlar joriy etish huquqi berildi);
•  Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg'armasi to'g'risidagi nizom va uning Kuzatuv kengashi tarkibi (Bosh prokuror o'rinbosari M.Azimov boshchilik qiladi, lavozimiga ko'ra Oliy sud raisi, Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasining mas`ul xodimlari, moliya va adliya vazirlari, Byuro direktori, Jamg'armaning ijro etuvchi direktori va boshqalar kiradi);
•  Byuro xodimlarini moddiy rag'batlantirish tartibi to'g'risidagi nizom;
•  Byuroni rivojlantirish jamg'armasi Direktsiyasi xodimlarining yagona tarif setkasi bo'yicha mehnatga haq to'lash razryadlari.

Byuroni rivojlantirish jamg'armasining daromadlar va xarajatlar moddalari belgilandi.
 
Jamg'arma mablag'lari shakllantiriladigan manbalar qatoriga qo'shimcha ravishda Jamg'armaning vaqtincha bo'sh mablag'laridan olinadigan daromadlari ham kiritildi. Ilgari Jamg'armaning mablag'lari quyidagi manbalar hisobidan shakllanishi belgilangan edi:

Majburiy Ijro Byurosi

24 May, 04:50


— Tarmoqqa noqonuniy ravishda ulanganlarga nisbatan ko‘riladigan huquqiy ta’sir chorasi haqida ham ma’lumot bersangiz. Bunday holat bir necha bor sodir etilgan taqdirda, qonunchiligimizda qanday javobgarlik belgilangan?

— Elektr va gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulangan iste’molchilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 101-moddasiga asosan, eng kam ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima belgilangan.

Agar shaxs shunday harakatlarni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etgan taqdirda, Jinoyat kodeksining 1852-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Shuni ta’kidlash lozimki, agar mazkur shaxs birinchi marta jinoyat sodir etgan va jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 1852-moddasi 6-qismi tatbiq etilib, javobgarlikdan ozod etiladi.

— Har xil tovlamachilik va firibgarliklarning oldini olish maqsadida MIB xodimlari maxsus kiyim (uniforma) kiyib yurishi belgilangan. Byuro xodimlari ham ushbu qoidalarga rioya etishmoqdami? Chunki, bilasiz, ba’zi hollarda aholi vakillari boshqa firibgar yoki qallob shaxslarga ishonib qolishi mumkin.
Byuro tashkil etilgandan so‘ng qisqa vaqt ichida tuman (shahar) bo‘limlari davlat inspektorlarini xizmat kiyimi bilan to‘liq ta’minlash choralari ko‘rildi. Bundan tashqari, ularga xizmat guvohnomalari va jetonlar berildi.

Xususan, MIB direktori tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq, xizmat vazifasini bajarish vaqtida xodim xizmat kiyimini kiyishi hamda uning yonida xizmat guvohnomasi va jetoni bo‘lishi shart.

Shu bois, yurtdoshlarimiz o‘zini «Byuro davlat inspektori» deb tanishtirgan shaxsdan eng avvalo uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, ya’ni xizmat guvohnomasini ko‘rsatishni talab qilishi hamda jetoni mavjudligiga e’tibor qaratishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.
@MIBDAVLATIJROCHISI

Majburiy Ijro Byurosi

24 May, 04:50


... Majburiy ijro byurosi davlat inspektorlarining maxsus kiyimi va xodimlarga ajratilgan avtomobillar
Kecha, 11-yanvar kuni Majburiy ijro byurosi (MIB) direktori Botir Qudratxo‘jayev bilan intervyuning birinchi qismini e’tiboringizga havola qilgan edik. Quyida ushbu suhbatning ikkinchi qismini o‘qishingiz mumkin.

— Ayting-chi, energiya resurslarini hisobga olish uskunalarini o‘rnatish  va plombalash ishlari qay tartibda amalga oshiriladi?

— Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-iyuldagi 484-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asosan, elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish uskunalarini o‘rnatish energiya resurslari yetkazib beruvchilar tomonidan MIBning tuman va shahar bo‘limlari xodimlari ishtirokida amalga oshiriladi.

Elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish uskunalari tashqi ta’sirdan yuqori darajali himoya hamda farqlovchi belgi bilan plombalanadi.

Iste’molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish uskunalarini o‘rnatish hamda ularni plombalash iste’molchilar ishtirokida amalga oshiriladi.

Elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish uskunalarini o‘rnatish va plombalash haqida uch nusxada dalolatnoma tuziladi, u energiya resurslari yetkazib beruvchilar va MIBning mas’ul xodimlari hamda iste’molchi tomonidan imzolanadi.

Majburiy Ijro Byurosi

24 May, 04:50


— Iste’molchilar elektr energiyasi va gaz uchun to‘lovlarni qachon amalga oshirishlari kerak? Qanday hollarda ular tarmoqdan uzib qo‘yiladi?

— O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 29-maydagi «Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan, 2017-yil 1-iyuldan boshlab iste’molchilar — jismoniy shaxslar har oyning 10-sanasiga qadar o‘tgan oyda iste’mol qilingan energiya resurslari uchun to‘liq hisob-kitoblarni amalga oshirishi, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga energiya resurslari oldindan 100 foizlik haq to‘lash sharti bilan yetkazib berilishi lozim.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-iyuldagi 484-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Iste’molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asosan:

— shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda, shu jumladan, hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilmagani oqibatida foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzdorlik mavjud bo‘lganda;

— Byuro talabnomalari ijro etilmaganda, shu jumladan, uning vakillariga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish uskunalariga ko‘rsatkichlarni olish uchun ruxsat etilmaganda;

— elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj qilish yoki elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzishning boshqa holatlari aniqlanganda;

— elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari qasddan buzilganda, ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashilganda iste’molchilar elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yiladi.

Iste’molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish ularni qayta ulash tegishlicha energiya resurslari yetkazib beruvchi korxonalar va MIB tomonidan amalga oshiriladi hamda bu jarayon dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Majburiy Ijro Byurosi

24 May, 04:43


... Ilgari gaz va elektr energiyasi nazoratchilari aholining to'lovlarini kirim qilmasdan hazm qilib yuborish, so'ngra JKning 168-moddasi — firibgarlik bo'yicha sudlanib, jarima to'lab, ozodlikda yurishardi. Endi nazoratchilar davlat xodimi hisoblanadi va ularning noqonuniy xatti-harakatlari JKning og'irroq moddalari bilan jazolanishini haqida ogohlantirilayotganligi aytib o'tildi.

Majburiy ijro byurosining anjumanda ishtirok etgan boshqa xodimlari ham gaz, elektr energiyasi uchun to'lovlarning hisoblash va to'lash tartibi, ortiqcha yozilgan qarzdorliklarni qanday qayta hisoblatish, yangi hisoblagichlar tizimi va to'lovlarning undiruviga oid yangiliklar borasida jurnalistlarning aniqlashtiruvchi savollariga javob berishdi.
Shuningdek, shu kungacha sobiq sud ijrochilari uchun eng muammoli masala — alimentlar bo'yicha qarzdorliklarni undirish haqida ham savollarga javob qaytarildi. Jumladan, aliment bo'yicha sud qaroridan so'ng ham farzandlari uchun to'lovlarni paysalga solib yurgan ayrim sobiq erlarning aliment to'lash uchun tayinli ish joyi, mulki bo'lmasa Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga ko'ra, hattoki qamoq jazosiga duchor bo'lishi ham tilga olib o'tildi.

Farzandlarning ota-onani qarovsiz qoldirgani uchun aliment undirish masalasi ham muhokama etildi va ijro byurosi xodimlari ana shunday murojaatlardan so'ng farzandlardan ota-onaga aliment undirib berish amaliyoti bilan ham to'qnash kelganliklarini aytib o'tishdi.

Anjumanda Samarqand shahar bosh imom xatibi Nuriddinxon Islomov ham ishtirok etdi va Islom dinida qarzdorlik masalasi qay tarzda yoritilgani, birovlarning haqini botil yo'l bilan yeyish haromligi haqida chiqish qildi.
Anjuman so'ngida MIB Samarqand viloyat boshqarmasi matbuot xizmati ham faoliyat ko'rsata boshlagani, barcha jurnalistlar xizmat bilan bog'langan holda o'z savollariga javob olishi mumkinligi ta`kidlab o'tildi.

@MIBDAVLATIJROCHISI

Majburiy Ijro Byurosi

24 May, 04:43


... Majburiy ijro byurosi davlat nazoratchilari nimaning hisobidan maosh olishadi?

Samarqand shahridagi «Matbuot uyi»da Majburiy ijro byurosining viloyat bo'limi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlarining uchrashuvi bo'lib o'tdi.

«Zarafshon» gazetasi bosh muharriri o'rinbosari G'.Hasanov ochib bergan matbuot anjumanida yangi tashkil etilgan davlat idorasi xodimlari ijro intizomi, aholining to'lov madaniyati va masuliyati, shuningdek, viloyatda bu borada olib borilayotgan ishlar to'g'risida jurnalistlarning savollariga javob berishlari haqida aytib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinbosari Akmal Imomov viloyatdagi kommunal undiruvlar tahlili mavzusida chiqish qildi va berilgan savollarga javob qaytardi.

«Ayni paytda viloyat boshqarmasi uchun mamuriy bino tamirlanib, foydalanish uchun topshirilishga tayyorlanmoqda. 16 ta tuman-shahar bo'limlari ham binolar bilan taminlangan. Viloyatdagi jami shtat birliklari 862 kishini, jumladan, davlat ijrochilari 129 nafarni, davlat nazoratchilari esa 457 nafarni tashkil etmoqda. Ilgari viloyatda  elektr va gaz pulini yig'uvchi nazoratchilar 1300 nafardan ortiq kishini tashkil etgani hisobga olinsa, shtatlar deyarli uch barobar qisqartirilib, inson omili kamaytirilib, ish nazorat texnika zimmasiga ko'proq yuklanadi», — dedi viloyat MIB boshlig'i o'rinbosari.

«Yuqorida sanab o'tilgan 457 kishi prokuratura xodimlari hisoblanmaydi. Garchi ular kerakli forma, texnikalar bilan ta`minlansa-da. Ular bilan har 6 oyda shartnoma imzolanadi. Ular o'zlariga biriktirilgan hududdagi to'lovlarni undirish shkalasi, ishlab chiqilgan mexanizmga qarab mehnati baholab boriladi, agarda qaysi hudud nazoratchisi yetarli ball to'play olmasa, u bilan shartnoma uzaytirilmaydi. Ularga byudjyet hisobidan maosh to'lanmaydi, to'lovlar orqali shakllantirilgan jamg'arma hisobidan oylik olishadi. Ana shunday nazoratchilarning 70–80 foizini hozircha sobiq gaz va elektr energiyasi nazoratchilari hisobidan shakllantirilgan», — deb tushuntirdi A.Imomov.