SamDUKF Yoshlar ittifoqi @samdukf_yoshlar_ittifoqi Channel on Telegram

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

@samdukf_yoshlar_ittifoqi


O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@Rashidov_Husniddin
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat

SamDUKF Yoshlar ittifoqi (Uzbek)

Xush kelibsiz! "SamDUKF Yoshlar ittifoqi" kanaliga xush kelibsiz! Bu kanal O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanalidir. Kanalda yangiliklar, tadbirlar, va boshqalar haqida ma'lumotlar bo'lishi mumkin

Yoshlar ittifoqi bilan bog'liq takliflar va murojaatlar uchun quyidagi kontaklar orqali bog'lanishingiz mumkin: n@Rashidov_Husniddin nhttps://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chatnnAgar siz yangi imkoniyatlardan xabardor bo'lishni xohlasangiz, "SamDUKF Yoshlar ittifoqi" kanaliga obuna bo'ling va yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling! Marhamat, doimiy ravishda o'z bilimingizni va rivojlanishingizni oshiring!

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

29 Jan, 17:37


#koordinatorlar_faoliyati

🎬 2-son TTJda Kino Kuni! 🎥

Bugun 2-son TTJ da talabalar uchun Kino kuni tashkil etildi! 🍿 Qiziqarli film namoyishi, do‘stona muhit va unutilmas taassurotlar barchaga ajoyib kayfiyat ulashdi.

📽 Bunday madaniy tadbirlar davom etadi!
Siz qaysi filmlarni tomosha qilishni xohlardingiz? Fikrlaringizni biz bilan bo‘lishing! 🎞👀

🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram || Instagram || Facebook

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

29 Jan, 16:17


🎉 Qizlar ligasi – 3-tur o‘yinlari! 🏆

Bugun 1-son TTJ da Qizlar ligasi ning 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi! 🏅 Qizg‘in bahslar, shiddatli savollar va yorqin g‘alabalar bilan o‘tgan intellektual jangda ishtirokchilar bilim va zukkoliklarini namoyish etishdi.

🎯 Kim g‘olib? Kim oldinga chiqdi?
Bu haqda tez orada! Kuzatishda davom eting! 🔥

📢 Ilm va zakovat yo‘lida intellekt janglari davom etadi! 💡

🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram || Instagram || Facebook

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

29 Jan, 16:14


💻 Kompyuterni 0 dan o‘rganishni xohlaysizmi?

Bugundan “Kompyuterni 0 dan o‘rganish” kursi boshlandi! 🚀

📅 Darslar: Har chorshanba va juma
Vaqt: 15:00
📍 Joy: SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali

Agar siz ham kompyuter savodxonligini oshirishni va yangi bilimlar egallashni istasangiz, kursimizga qo‘shiling! 🖥️

📢 O‘rganish hech qachon kech emas – bugundan boshlang!

Qatnashish istagida bo‘lganlarni kutib qolamiz! 👏

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

29 Jan, 10:58


KUN XABARLARI | YOSHLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA


29.01.2025-YIL

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube |Admin

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

29 Jan, 07:11


🌍 Student Exchange Program – 100% Grant!

📌 Universiti of Malaya (QS #60)
📍 Malayziya
📅 1 semestr uchun
🎓 4 ta o‘rin mavjud

Dunyodagi eng nufuzli universitetlardan birida bepul ta’lim olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Ushbu dastur sizga xalqaro tajriba orttirish, yangi bilimlar olish va madaniy almashinuvda ishtirok etish imkonini beradi.

📩 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
31-yanvar soat 14:00 da faollar zalida kutamiz!

Shoshiling! Arizalar qabul qilinmoqda! 🚀

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

29 Jan, 07:09


🌍 TALABALAR ALMASHINUVI DASTURI
🚀 Xitoy, Indoneziya va Hindiston davlatlarida o‘qish va tajriba orttirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

🎓 Dastur afzalliklari:
Nufuzli universitetlarda 1 semestr ta’lim olish
Yangi bilimlar, xalqaro tajriba va madaniyat almashinuvi
O‘qish va yashash sharoitlari yanada qulayroq

Joylar soni cheklangan!
📅 Arizalar qabuli davom etmoqda!

📩 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
31-yanvar soat 14:00 da faollar zalida kutamiz.

🌟 Kelajagingiz sari birinchi qadamni qo‘ying!

🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram || Instagram || Facebook

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

28 Jan, 17:25


♟️ Shaxmat va Shashka Musobaqasi!

📅 Sana: Ertaga, 15:00
📍 Joy: SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali A blok fayasi

Filialimizda shaxmat va shashka musobaqasi bo‘lib o‘tadi! Barcha talabalarni ushbu intellektual o‘yinlarda ishtirok etib, o‘z mahoratingizni sinab ko‘rishga taklif etamiz. 🧠

📢 G‘oliblarni esdalik sovg‘alari kutmoqda!


Keling va g‘oliblik sari qadam tashlang!

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

19 Jan, 18:21


📢 Yangi bepul kurslar: "Kompyuterni 0 dan o'rganish" va "Mobilografiya" 📱💻
O'rganishni xohlaydiganlar uchun ajoyib imkoniyat! 🌟
Biz boshlovchilar uchun BEKOR o'quv kurslarini boshlayapmiz:

1. Kompyuterni 0 dan o'rganish
💡 Kompyuter bilan tanishish,
💡 Operatsion tizimlardan foydalanish,
💡 Microsoft Office dasturlari (Word, Excel, PowerPoint),
💡 Internet bilan ishlash va foydali amaliy mashg'ulotlar.

2. Mobiligrafiya
📸 Telefon yordamida professional darajada:

💡Suratga olish,
💡Video montaj qilish,
💡Kontent yaratish bo'yicha maslahatlar va qiziqarli darslar.

Kimlar uchun?
Kompyuter va mobil texnologiyalarni o'rganishni istagan har bir kishi.
Hech qanday oldindan bilim talab qilinmaydi!

Boshlanish sanasi: [Sessiyalar tugab darslar boshlangach]
Joylashuv: [SamDUKF]
📩 Qo’shilish uchun: [guruh manzili ustiga bosing]
📞Ustoz: [Quvonchbek Sharipov]

Shoshiling! O‘rinlar soni cheklangan. 🕒
Texnik sabablarga ko’ra uzilish bo’lib qoldi yana qaytadan qo’shilishingiz mumkin !

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

19 Jan, 13:16


#koordinatorlar_faoliyati

Talabalar uchun mazmunli dam olish!
🎯🎉

Bugun koordinatorlar va volontyorlar bilan birgalikda 2-son TTJda qiz bolalari uchun stol tennis o‘yinlari tashkil etildi. Ushbu tadbir talabalar vaqtini mazmunli va qiziqarli o‘tkazishga qaratildi.

🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram || Instagram || Facebook

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

19 Jan, 06:13


“Orzularingiz qanchalik katta bo‘lsa, ularga erishish uchun harakatlaringiz ham shunchalik ulkan bo‘lsin.” – Napoleon Xill

Talaba bo‘lish – imkoniyatlarni izlab topish va ulardan maksimal darajada foydalanish demakdir. Bugun qilgan har bir kichik harakatingiz kelajakdagi yutuqlaringiz uchun poydevordir.

Orzularingiz sari intiling! Vaqt – sizning eng katta boyligingiz!

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

18 Jan, 19:01


😇kayfiyat_uchun
@SamduKf_zakovat
#ZaKoVaT_QuiZ
#MaXSuS_TuRNiR
Oʻyindan oldin tayyorgarlik😁
#MEGA_QUIZ

          
   

🦅 Bizning kanalimiz:
🌐 @samdukf_zakovat


🧩savol:Qaysi qo'shiq cover qilinmoqda?

Javob yo'llash uchun:
@samdukf_zakovat

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

18 Jan, 14:07


#koordinatorlar_faoliyati

Talabalar uchun mazmunli dam olish!
🎯🎉

Bugun koordinatorlar va volontyorlar bilan birgalikda 2-son TTJda o’g’il bolalari uchun stol tennis o‘yinlari tashkil etildi. Ushbu tadbir talabalar vaqtini mazmunli va qiziqarli o‘tkazishga qaratildi.

Qiziqarli o‘yinlar – yaxshi kayfiyat va do‘stlik ko‘prigi!

🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram || Instagram || Facebook

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

18 Jan, 12:39


#Diqqat

Facebookda:
📌 https://www.facebook.com/share/18AtdDZQWm/?mibextid=wwXIfr

SamDU Kattaqo'rg'on filiali yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkilotining facebook ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy kanaliga a'zo bo'ling!

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

18 Jan, 12:36


#Diqqat

Instagramda:
📌 https://www.instagram.com/samdukfyi?igsh=ZWF6Z3NlNWNoNDlq

SamDU Kattaqo'rg'on filiali yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkilotining instagramda ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy kanaliga a'zo bo'ling!

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

18 Jan, 04:37


"Z A K O V A T _🏆_Q U I Z"

🎧M U S I C T A Y M🎧


📻 Qaysi honandaning qoʻshigʻi pianino orqali chalinmoqda?

Sizda javoblar boʻlsa .....

Bizning kanal @samdukf_zakovat

_-_-_-_-_-_-_-_-_-_-_-_-_-_-_-_-_-_-_-_-_-_

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

18 Jan, 04:13


#TEZ_KUNDA
#Diqqat_Eʼlon
#MEGA_QUIZ

📌 SamDU Kattaqoʻrgʻon filiali "Zakovat sayyorasi" klubi tomonidan MEGA QUIZ
Savollar noodatiy , qiziqarli va ajoyib!!!
Sizga 100%kayfiyatni taminlaymiz.

Murojaat va takliflar uchun @Bakhtiyarov_Sanjar

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

17 Jan, 17:28


#koordinatorlar_faoliyati

Talabalar uchun mazmunli dam olish!
🎯🎉

Bugun Harbiy vatanparvarlik koordinatori va volontyorlar bilan birgalikda 1-son TTJda talabalar uchun ko‘ngilochar o‘yinlar tashkil etildi. Ushbu tadbir talabalar vaqtini mazmunli va qiziqarli o‘tkazishga qaratildi.

Qiziqarli o‘yinlar – yaxshi kayfiyat va do‘stlik ko‘prigi!

🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram || Instagram || Facebook

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

17 Jan, 06:52


DUNYONING ENG BUYUK TEXNOLOGIYA MUSOBAQALARI TEKNOFEST 2025

120 dan ortiq davlatning yosh texnolog va innovatorlari ishtirok etadigan texnika va texnologiya bo'yicha xalqaro musobaqa TEKNOFEST 2025 uchun qabul 20-fevralgacha davom etadi.

Teknofestning 51 ta yo‘nalishidan birini tanlab o‘z jamoangizni tuzing va davlatimiz 🇺🇿O‘zbekiston nomidan ishtirok eting.

Sizdan faqatgina loyihangizning asosiy g‘oyasini yozishingiz talab qilinadi.

Loyihangizni musobaqaning keyingi bosqichlarida T3 fondi tomonidan beriladigan moddiy yordam ko‘magida amalga oshirib finalda ishtirok eting.

Jami mukofot miqdori: 1.3 mln. AQSH dollari

Ishtirokchilarga jami moddiy yordam miqdori: 2.7 mln.  AQSH dollari

TEKNOFEST 2025 uchun o‘z g‘oyangiz bilan qatnashing, loyihalashtiring, amalda tatbiq eting va katta miqdordagi sovringa ega bo‘ling!!

👉 Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting 👈

@teknofest_uz

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

17 Jan, 06:49


🔴 KIBERSPORT TURNIRI - 2025 🔴
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida SamDU Kattaqo'rg'on filialida talabalar o'rtasida Kibersport turniriga start berildi

18-yanvar, 2025
📍 C 209 xona

👉 O'yinlar ro'yxati: [Counter strike 1.6]
👉 Boshlanish vaqti: [14:00]
👉 Ro'yxatdan o'tish uchun link👇: [https://docs.google.com/spreadsheets/d/1aXNhSoqVCVm-f7jXh_8DiFxZzb_dumGJsYJ38eQcDtg/edit?usp=sharing]

⚡️ NIMA UCHUN QATNASHISHINGIZ KERAK?
✔️ Esdalik sovg'alar va mukofotlar! 🏆
✔️ Filialning eng kuchli geymerlari bilan kurash!
✔️ Unutilmas hayajon va qiziqarli muhit!

👤Admin: "Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot" kafedrasi o'qituvchisi Erkin Shukurov
💡 RO'YXATDAN O'TISHNI UNUTMANG:
📅 Oxirgi muddat: [18.01.2025 08:00]
📞 Savollaringiz uchun: [+998935303530]

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

17 Jan, 04:26


#qalqon_faoliyati

Harbiy ko‘nikmalar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi! 💂‍♂️🛡

Bugun 1-son TTJ talabalariga favqulodda vaziyatlarda o‘zlarini qanday himoya qilishlari va zarurat tug‘ilganda kimga murojaat qilishlari bo‘yicha batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.

Bunday mashg‘ulotlar yoshlarimizning ongida mas’uliyat va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantiradi!

🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram || Instagram || Facebook

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

08 Jan, 05:34


#QVZlavha
#SamDU_Kattaqo‘rg‘on

🎭 QVZ: Yaxshi kayfiyat va yorqin lahzalar!


QVZ tanlovidan qiziqarli lavhalar! 🌟 Sessiyalarda barchaga omad tilaymiz va kelgusi QVZ sonlarida sizni ham jamoangiz bilan kutib qolamiz!

Sizning ham jamoangiz bormi? Unda tezda koordinatorlarga murojaat qiling va QVZ sahnasida yorqin chiqishingizni amalga oshiring!

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

08 Jan, 04:57


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️my.gov.uz da raqamli servislardan foydalanish imkoniyati yaratiladi

📝 Hukumat qarori bilan 2025-yil 1-iyuldan boshlab "Raqamli hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi doirasida hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etiladi.

📱 Bunda my.gov.uz da ushbu raqamli servislardan foydalanish imkoniyati yaratiladi va ular O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy tartibda qabul qilinadi.

🗂 Raqamli servislarning qog‘oz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroportlarda ichki reyslarni ro‘yxatdan o‘tkazishda va O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi poyezdlarga chiqishda, davlat, korporativ va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish, shu jumladan, elektron xizmat ko‘rsatish hamda fuqarolarni qabul qilishda tegishli hujjatlarni taqdim etishni talab qiladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarda talab etilmaydi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

08 Jan, 04:11


#Trening

MUHAMMAD ALI ESHONQULOV BILAN

2025-yil 10-yanvar kuni soat 14:00 da SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali faollar zalida “Yuksalish leaders academy”, "Biznes kvadrat", “Patronlar ligasi” tadbirkorlar klubi loyihalarining asoschisi, Xalqaro toifadagi iqtisodchi, “IMC Krems” universiteti ma’ruzachisi Muhammad Ali Eshonqulov bilan trening bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rishguncha!

©️SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali axborot xizmati
Rasmiy kanallarimiz: t.me/samdukf_mx/15024

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

07 Jan, 12:22


Barchaga va’da qilgan animatsion filmimiz premyeraga tayyor. Tomosha qilib, fikr-mulohazalaringizni bildirsangiz xursand bo‘lamiz.

Boisi hali bu kabi dolzarb mavzularda yana animatsion filmlar yaratiladi, takliflaringiz esa faoliyatimiz uchun zarurdir.

Albatta, ko‘ring: https://youtu.be/Fbb9ORcLHpI

@otabek_khasanov

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

04 Jan, 10:34


#HuquqiyAxborot

🗣 "Yoshlar daftari"ga necha yoshdan kirish mumkin?

🇺🇿 Qonunchilikka ko‘ra, 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan (31 yoshga to‘lmagan) O‘zbekiston fuqarosi "Yoshlar daftari"ga kirishi va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda qo‘llab-quvvatlanishi mumkin.

➡️ Batafsil: https://lex.uz/docs/6051791#6054345

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

03 Jan, 11:43


Qanday qilib qishki ta'tilni yanada maroqli o'tkazish mumkin?

☃️ Qishki ta'tilda nima qilishni bilmayapsizmi?

📋 Unda, ushbu maslahatlar aynan siz uchun.

🎉 Sizni yangi yilda kuch-g'ayrat va yangi maqsadlarga to'lgan holda SamDUKFda kutib qolamiz!

📌 Nimalar bilan bandsiz siz ham maslahat va tavsiyalaringizni kommentariyada qoldirishingiz mumkin! 

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

03 Jan, 09:53


#Obunachilar #RasmiySahifa

🗣 Biz Instagramda 19 mingta bo‘ldik!

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi kuzatuvchilari soni 19 mingtaga yetdi. Bugungi kunga qadar sahifamiz orqali ulashgan postlarimiz esa 3 000 tadan oshdi.

🙋 Yoshlar hayotiga oid so‘ngi va foydali yangiliklarni sevimli ijtimoiy tarmog‘ingizdagi sahifamiz orqali kuzatib boring.

📱Instagramda kuzatish - instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

02 Jan, 15:17


#scopus
#web_of_science

🔝Mustaqil ravishda Scopus ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda bepul maqolalar chop qilishni xohlaysizmi?

Ertadan boshlab yanvar oyidagi "Scopus sari ilk qadam" nomli premium kursimiz darslariga start beramiz!

🌐 Kursimiz darslariga yozilish uchun quyidagi havolaga murojaat qiling:
https://t.me/publicationu

Loyiha muallifi: Fakhriddin Abdikarimov
http://myurls.co/fakhriddin_abdikarimov

🔝Scopus ma'lumotlar bazasiga indeksatsiya qiladigan jurnallarda chop qilingan maqolalar Sizga nima beradi?

Davlat mukofotlari;
Prezident va davlat stipendiyalari;
Xalqaro stipendiyalar va grantlar;
PhD va DSc himoyalari;
Ilmiy karerada yuqori natijalar.

📨 Ushbu postni o'zingizga tanish guruhlarga va yaqinlaringizga maksimal ulashishingizni so'raymiz.

Kurs haqida to'liq ma'lumot:
https://t.me/publish_uz

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

01 Jan, 00:47


❄️ Assalomu alaykum! Bugun chorshanba, 2025-yilning birinchi tongi muborak boʻlsin, aziz talaba yoshlar!

Boshlangan yangi yilingiz xayrli bo'lsin!

🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram || Instagram || Facebook

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

25 Dec, 15:43


#DIQQAT_TEZKOR

O'QISHINI TIKLASH ISTAGIDA BO'LGAN TALABALAR DIQQATIGA!

SamDU Kattaqo'rg'on filialining o'qishini bahorgi semestrga tiklamoqchi bo'lgan talabalari 2025-yil 15-yanvardan 25-yanvarga qadar filialning A210-xonasiga murojaat qilishlari mumkin.

Bunda kuzgi semestrni to'liq o'qib, bahorgi semestrda talabalar safidan chetlatilgan talabalar tiklash bo'yicha murojaat qilishi mumkin.

Zarur hujjatlar:
1. Filial direktori nomiga ariza (joyida yoziladi)
2. Reyting daftarchasidan ko'chirma (transcript dekanatdan olinadi)
3. Chetlatilganligi to'g'risidagi buyruqdan ko'chirma (A114-xonadan olinadi).

O'quv-uslubiy bo'lim.

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

25 Dec, 15:41


#Tabriknoma

Bugun SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Yusupova Gulnoza Ma'rufjon qizining "Yilning eng faol ijodkor talabasi" respublika tanlovida faxrli 2-o‘rinni egallaganligi haqidagi quvonchli xabar barchamizga xursandchilik bag‘ishladi.

Bir necha kun oldin Gulnozaning Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi bo‘lib, filialimiz iftixoriga aylangani esa qo‘shaloq bayram bo‘ldi, desam ayni haqiqatdir.

Talaba-qizimiz ushbu muvaffaqiyati bilan nafaqat o‘ziga bildirilgan ishonchni, balki maktabda, filialimizda ustozlar berayotgan bilimlarni oqladi!

Gulnoza. Sizga erishgan qo‘shaloq muvaffaqiyatlar muborak bo‘lsin! Voyaga yetkazib, chiroyli tarbiya bergan ota-onangizga rahmat!
Ta'lim-tarbiya bergan, ijod yo‘lida qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ustozlaringizga minnatdorlik bildiraman!
Ulkan ilmiy va ijodiy parvozlar tilayman!

Sh.R.Urakov,
SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali direktori.

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

25 Dec, 14:31


#YoshlarIttifoqi
#SamDUKattaqo‘rg‘onFiliali

🎉 Yil Sarhisobi: Yoshlar Ittifoqi Ta’limida Yuksak E’tirof!


O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Samarqand viloyati kengashi tomonidan yil sarhisobi o‘tkazildi. Tadbirda SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali faol yetakchisi va koordinatorlari esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Bu yutuqlar – yoshlarning fidoyi mehnati va kelajakka bo‘lgan intilishining yaqqol natijasi!

🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram || Instagram || Facebook

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

25 Dec, 12:04


Virtual Moliyaviy Oʻyinlar: Ogoh Boʻling!
#Milliy_kontent

Virtual moliyaviy oʻyinlar koʻplab yoshlarni moliyaviy yoʻqotishlar, ruhiy bosim va hayot uchun jiddiy xavflarga olib kelmoqda. Ushbu oʻyinlar vaqtinchalik zavq berishi mumkin, ammo oxiri koʻpincha achinarli boʻladi.

Kelajagingizni foydali ishlar bilan boyiting, hayotingizni xavfga qoʻymang!

#OgohYoshlar #KelajakniAsraylik #VirtualMoliyaviyOʻyinlar

🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram || Instagram || Facebook

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

25 Dec, 11:16


#XUSHXABAR

💥 GULNOZA "YILNING ENG FAOL IJODKOR TALABASI" BO'LDI!

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi an’anaviy o‘tkazib kelinadigan mazkur tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etilgan ishtirokchilarning hujjatlari ekspertlar guruhi tomonidan baholandi.

💬 Yakuniy xulosaga ko‘ra, "YILNING ENG FAOL IJODKOR TALABASI" nominatsiyasi bo'yicha SamDU Kattaqo'rg'on filiali Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili yo'nalishi 3-kurs talabasi YUSUPOVA GULNOZA MA'RUFJON QIZI respublikada 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, Gulnoza yaqinda Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi ham bo'ldi.
Talabamiz hamda uning ota-onasiga, ustozlariga, SamDU Kattaqo'rg'on filiali jamoasiga ushbu qo'shaloq muvaffaqiyat muborak bo'lsin!


🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

24 Dec, 04:31


#XUSHXABAR

TALABALARIMIZ C1 SERTIFIKATINI OLDI

SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo'nalishi talabalari Jasmina G'ayvullayeva va Kamola Ismoilova hamda Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari Isomiddin Tursunov va Feruza A'zamova chet tilini bilish darajasi bo'yicha C1 sertifikatini qo‘lga kiritishdi!

✍️  SamDU KF axborot xizmati
➡️  Rasmiy kanallarimiz:
t.me/samdukf_mx/14774

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

23 Dec, 08:45


#SamDUKattaqo‘rg‘onFiliali #TalabalarXavfsizligi

SamDU Kattaqo‘rg‘on Filialida Talabalar Xavfsizligi Yuzasidan Tushuntirish Ishlari O‘tkazildi ❄️🚦

Qishki ta’til arafasida talabalarimizning sog‘-salomat o‘z manzillariga yetib borishi biz uchun birinchi galdagi vazifa hisoblanadi. Shu munosabat bilan, TTJ komendanti va tarbiyachilari bilan hamkorlikda talabalar uchun maxsus tushuntirish ishlari o‘tkazildi. Unda yo‘llarning sovuq va muzlagan holati sabab, quyidagi xavfsizlik choralariga alohida e’tibor qaratildi:

🔹 Yo‘lda hushyor bo‘lish: Muzlagan yo‘llarda harakatlanishda haydovchilar va piyodalardan yuqori darajada ehtiyotkorlik talab qilinishi ta’kidlandi.
🔹 Qoidalarga qat’iy rioya qilish: Har bir yo‘lovchi va haydovchi yo‘l harakati qoidalariga amal qilishning ahamiyatini anglashlari lozimligi tushuntirildi.

Siz aziz talabalarimizdan yo‘llarda ehtiyotkor bo‘lishingizni, yaqinlaringizni ogohlantirishingizni va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz.

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

04 Dec, 17:04


#Milliy_kontent
🇺🇿 KONSTITUTSIYA TENGLIK VA BIRDAMLIK MEZONIDIR!

Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali axborot xizmati.

📌
@samdukf_mx

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

04 Dec, 13:58


#Milliy_kontent

8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.

Telegram Instagram Facebook

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

04 Dec, 10:21


#Konstitutsiya_32
#SamDUKF
#Milliy_kontent

"Konstitutsiya xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayotimiz asosi"
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi
SamDU Kattaqo'rg'on filiali talabalari

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

04 Dec, 05:53


🎉 Talabalar festivali – Yoshlar va Besh tashabbus birligi! 🎨🤾📚💻💼

Besh muhim tashabbus doirasida o‘tkazilgan festivalda yoshlarimiz o‘z iqtidor va qobiliyatlarini namoyish etib, ajoyib onlarni boshdan kechirishdi.

Festivalda nimalar bo‘ldi?
✔️ Jismoniy faollik va sport musobaqalari 🏀
✔️ Ijodkor yoshlar ishtirokida san’at ko‘rgazmalari 🎨
✔️ Kitobxonlikka bag‘ishlangan ma’rifiy uchrashuvlar 📖
✔️ Axborot texnologiyalari bo‘yicha master-klasslar 💻
✔️ Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha loyihalar 🤝

Bu festival nafaqat yoshlarni birlashtirdi, balki ularga yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. 🌟

📽️ Videorolikni tomosha qiling va o‘z fikrlaringizni izohlarda qoldiring! 👇
📌 Besh tashabbus – kelajagimizga zamin!

#BeshTashabbus #TalabalarFestivali #YoshlarKelajagi #IlhomVaRivojlanish

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

04 Dec, 05:21


#Конституция_китоб_pdf
#Конституция_қадр_қимматим!
#Тақдимот

📗📕📘

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

04 Dec, 05:16


#donolar_o'giti

📌Oyoq osti bo‘ldim dema voy,
Axir chinni kosa bo‘lur tepki yegan loy.

✍️ UMAR XAYYОM

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

03 Dec, 11:55


#Milliy_kontent

8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.

Telegram Instagram Facebook

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

03 Dec, 08:54


👁 “Biznes Marafon” boshlanishiga oz fursat qoldi…

Spikerlar jamoasi tayyor, samarqandlik yoshlar, siz ham tayyormisiz?

🇺🇿Bizni kuzatishda davom eting!
🕊Telegram📱Instagram
📱Facebook📺YouTube

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

30 Nov, 07:43


Mono markazga keling "Qovoq sayli" boʻlmoqda...

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

30 Nov, 06:15


#MARAFON

1-dekabr – Jahon OITSga qarshi kurash kuni

Shu munosabat bilan Kattaqo'rg'on shahrida "OITSga qarshi birgalikda kurashamiz!" shiori ostida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadidagi "Sog‘lom hayot sari 5000 qadam" yurish marafoni o'tkazildi.

Unda Kattaqo'rg'on shahar hokimligi, SamDU Kattaqo'rg'on filiali, shahardagi muassasa va tashkilotlar vakillari faol qatnashdi.

Marafon ishtirokchilari harbiy orkestr sadolari ostida shahrimizning Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab yurishdi hamda harbiy qismda sog'lomlashtiruvchi sport mashqlarini bajarishdi.

✍️  SamDU KF axborot xizmati
t.me/samdukf_mx/13924

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

30 Nov, 04:54


📌 BEFARQ BO‘LMANG!

SIZDA BIR QALBGA QUVONCH ULASHISH IMKONI BOR!


Aziz ustozlar, qadrli talabalar!

Yonimizda kimdir xayrli ishni boshlasa unga tomoshabin bo‘lib tura olmasligimiz aniq!

Bunday qadriyat yosh va jinsidan qat'iy nazar, barchamizning hayot tarzimiz mazmuniga aylangan.

Ana shundan kelib chiqqan holda Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filialida 3-dekabr Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslarni himoya qilish kuni munosabati bilan xayriya aksiyasi tashkil qilindi.

Qadrli xayriya ishtirokchilari!


Siz ham ushbu ezgu tashabbusga o‘z hissangizni qo‘shishingizga ishonamiz! Siz uchun arzimagan ming so‘m yig‘ilib, nogironligi bo‘lgan bir bemorning dardiga darmon bo‘lishi mumkin!

Xayriya qutisi filial asosiy binosi A blogi fayasida joylashtirilgan!

📌 @samdukf_mx

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

29 Nov, 17:01


#videoroliklar_tanlovi 🎬
2024-yil 20-30noyabr kunlari “Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida “Eng yaxshi videoroliklar” tanloviga oʻtkazilmoqda.
Shu tanlovga Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 24_04 guruh talabasi Aminova Mehriniso tayyorlagan videorolik.

G'oliblar esdalik sovg'alar va darajali diplomlar bilan taqdirlanadi.

Murojaat uchun @hamidovich33

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

29 Nov, 16:16


#videoroliklar_tanlovi 🎬
2024-yil 20-30noyabr kunlari “Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida “Eng yaxshi videoroliklar” tanloviga oʻtkazilmoqda.
Shu tanlovga XT_24_12 guruh talabasi
Raxmatullayeva Shaxrizoda tayyorlagan videorolik.

G'oliblar esdalik sovg'alar va darajali diplomlar bilan taqdirlanadi.

Murojaat uchun @hamidovich33

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

21 Nov, 10:57


#RahbarVaYoshlar

🗣O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti boshlangʻich tashkilot yetakchisi Burxonov Begzod tomonidan berilgan OTMlarda "Ibrat Academy" klubini ochish taklif Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

🇺🇿Bizni kuzatishda davom eting!
🕊Telegram📱Instagram
📱Facebook📺YouTube

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

21 Nov, 05:27


Ochilish marosimida mehmonimiz bo‘ling!

⚡️ 2024-2025‐o‘quv yilida faoliyat boshlayotgan Kattaqo‘rg‘on Yuksalish maktabi ochilish marosimida barchangizni kutib qolamiz!

🤗 Tadbirimiz 22‐noyabr, juma kuni soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi. Barcha yurtdoshlarimizni yangi filialimizning ilk tantanasiga taklif etamiz!

Manzil: Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali (Lokatsiya)

⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!

📞 +998904623536
🧑‍💻@kattaqorgon_yuksalish_maktabi

📱 Telegram |  📱 Instagram

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

21 Nov, 04:44


🔥Talabalar ligasi
Z A K O V A T ! ! !

21-noyabr , payshanba kuni
soat 17:00da Talabalar ligasi 2024/25-o‘quv yili kuzgi mavsumining 9-tur o‘yini boʻlib oʻtadi.

Jamoa a’zolarining barchasi bir OTMning talabalari bo‘lishi lozim.

Samarqand davlat universiteti Kattaqoʻrgʻon filiali C blok 010 xona (yer toʻla)

Talabalar ligasida jamoalar @Bakhtiyarov_Sanjar profili orqali roʻyxatdan oʻtishlari soʻraladi .
Jamoa nomi va yoʻnalishi,
Jamoa sardori ism familiyasi va bogʻlanish uchun telegram nik yoki nomer,
6 nafar jamoa aʼzosi ism familiyasi yozib qoldirilishi soʻraladi.
Roʻyxatdan oʻtmagan jamoalar ligada qatnasha olmaydi.

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

20 Nov, 19:02


O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi, hurmatli Sattarov Xayrulla Fayzullayevich!

Tavallud ayyomingiz munosabati bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklarimizni yo‘llaymiz! Sizning mamlakatimizda yoshlar siyosatini amalga oshirish borasidagi fidokorona mehnatingiz uchun sizga tashkilot va uning jamoasi nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

Sizning boshqaruvingiz ostida Yoshlar ittifoqi nafaqat yoshlarning manfaatlarini himoya qilishda, balki ularning iste’dodi va salohiyatini yuzaga chiqarishda tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. Tug‘ilgan kuningizda sizga mustahkam sog‘lik, cheksiz baxt, oilaviy farovonlik, hamda mamlakatimiz yoshlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirayotgan ishlaringizda yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Yana bir bor, tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Sizga va atrofingizdagi barcha yaqinlaringizga tinchlik va quvonchli kunlar tilaymiz. O‘zbekiston yoshlari nomidan sizga minnatdorlik izhor qilamiz va doimo qo‘llab-quvvatlaymiz!

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

20 Nov, 17:23


#Qalqon_faoliyati
Endi qizlar ham "Qalqon" boʻlishadi.
Xabaringiz bor 2-sonli talabalar turar joyida "Qalqon" jamoatchilik guruhi yigitlari navbatchilik asosida TTJda nazorat oʻrnatishgan. Endilikda 1-sonli TTJda ham (bu yotoqxonada faqat 1-kurs qizlari boʻlganligi sababli) "Qalqon" jamoatchilik guruhining qiz bola vakillari tomonidan navbatchilik tashkil etilib nazoratni oʻz qoʻllariga olishadi (1-sonli TTJ ichki hududida).

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

20 Nov, 17:14


#Milliy_kontent
"Hayotingizni Telefonga Alishmang, E'tiborli Bo'ling"

Bugungi kunda telefonlarimiz hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bo'ldi. Ammo, har bir soniyamizni telefon ekraniga termulib o'tkazish hayotning go'zalligidan chetda qolishimizga olib keladi .Sizning haqiqiy daqiqalaringiz – siz sevgan insonlaringiz bilan bo'ladigan suhbatlar, tabiatni his qilish va o'z hayotingizni baxtli his qilishdir. Telefonni chetga qo'yib, hayotingizni muhim qismlariga e'tibor qarating. Har bir kunda hayotning kichik, ammo haqiqiy zavqlaridan bahramand bo'lish uchun o'zingizga imkon bering.

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

15 Nov, 12:16


🇺🇿18-noyabr Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33-yilligi munosabati bilan "Mangu hilpirayver bayrogʻim!", "Mening bayrogʻim-mening faxrim!", "Mening bayrogʻim-mening gʻururim" shiori ostida chellenj e'lon qilamiz. Bunda siz o'z ijodiy (audio, video, jpg, ppt) ishingizni @hamidovich33 ga yuborishingiz mumkin.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram // Instagram // Facebook

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

15 Nov, 05:36


#TANLOV

📣📣📣
Assalomu alaykum hurmatli kitobxon talabalar!!!
"Bir haftada bir kitob" loyihasi doirasida "Kitobxon yoshlar" tanlovining navbatdagi bellashuvi 20-noyabr kuni soat 15.00 da Ma'naviyat xonasida ( "B" blok 204-xona ) bo'lib o'tadi.

Mutolaa uchun tanlangan asar Mirmuhsinning "Me'mor" asari bo'lib bunda ishtirokchilar 3 ta shart asosida bellashadi.

1-shart: Test
2-shart: Annotasiya
3-shart: Qahramonlarga tavsif

G'olib bo'lgan jamoalar har oy sarhisobida munosib rag'batlantiriladi.

❗️ Tanlovda ishtirok etib, biz bilan mutolaa zavqini yanada chuqurroq his qiling va o'z qobiliyatingizni kashf eting!

Murojaat uchun: Pedagogika va tillarni oʻqitish fakulteti koordinatori J.Ibodullayev (+998338660504)

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram || Instagram || Facebook

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

15 Nov, 05:35


#DIQQAT_TANLOVNING_FILIAL_BOSQICHI

#TALABALARI_DIQQATIGA

#YIL_TALABASI_2024_FILIAL_BOSQICHI

SamDU Kattaqo'rg'on filiali “Eng faol yil talabasi” tanlovining FILIAL bosqichi 15-noyabr soat 14:00da A108-xonada bo'lib o'tadi.

🔴Tanlovda fakultet bosqichida g'olib bo'lgan talabalar ishtirok etishadi. Unda filial komissiyasi a'zolari:
🟢Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
🟢Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
🟢Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
🟢Yilning eng faol sportchi talabasi;
🟢Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha);
🟢Yilning eng faol ijodkor talabasi;
🟢Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun)
nominatsiyalari bo'yicha g'oliblarni saralashadi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram || Instagram || Facebook

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

14 Nov, 09:56


#Etnosport_SamDUKF
#Yoshlar_ittifoqi
#Koordinatorlar_faoliyati

"QARAB TEP"

SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti hamda fakultetlar tomonidan Prezidentimizning “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida qator musobaqalar tashkil qilindi.

Jumladan, milliy sport turlarimizdan "Lanka", ya'ni "Qarab tep" sport turi bo‘yicha ham musobaqalar o‘tkazildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram || Instagram || Facebook

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

14 Nov, 06:19


Bilishingiz kerak boʻlgan maʼlumotlar viktorinasi

Samarqandlik talaba-yoshlarni interaktiv Samarqand viloyati (viktorina) kanaliga taklif etamiz!

Bu yerda siz har kuni tarix, adabiyot, qiziqarli faktlar haqida ajoyib viktorinalarda ishtirok etishingiz va muhim bilimlarga ega boʻlishingiz mumkin!

Quyidagi tugma orqali kanalga aʼzo boʻling va bilimingizni oshiring: https://t.me/samviktorina

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

14 Nov, 05:23


#Milliy_kontent

Yo‘l qoidasi - umr foydasi!

#Qizil_chiroq – bu to'xtash belgisidir, hayotimizni himoya qilish uchun mavjud bo'lgan qoidadir. Uni mensimaslik hayotimiz va atrofimizdagilar uchun katta zarar tug'diradi. Qizil chiroqda yo'lni kesib o'tish oqibatida sodir bo'ladigan baxtsiz hodisalar, shikastlanishlar va hatto insonlarning hayotidan ayrilishi holatlari bo'lishi mumkin.

Qisqa muddatli tezkorinchlik, uzoq pushaymonlikka olib kelishi mumkin. Yo'l qoidalariga rioya qilish kerak o'zimiz, balki yaqinlarimiz uchun ham mas'uliyatdir. Tinch, sog'lom va hayot uchun xavfsizni hurmat qiling!

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram // Instagram // Facebook

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

14 Nov, 05:14


#Etnosport_SamDUKF
#Yoshlar_ittifoqi
#Koordinatorlar_faoliyati

"QARAB TEP"

SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti hamda fakultetlar tomonidan Prezidentimizning “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida qator musobaqalar tashkil qilindi.

Jumladan, milliy sport turlarimizdan "Lanka", ya'ni "Qarab tep" sport turi bo‘yicha ham musobaqalar o‘tkazildi.

📌 @samdukf_mx
📌 @samdukf_yoshlar_ittifoqi

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

13 Nov, 16:27


🔈SamDU Kattaqoʻrgʻon filiali barcha talabalari diqqatiga!

👉Sahnada chiqish sizga yoqadimi?
👉 O'zingizni iste'dodli deb hisoblaysizmi?
👉 Boshqalar orasida eng zo'r ekanligingizni isbotlamoqchimisiz?

📢Filial Yoshlar ittifoqi BT koordinatorlari tomonidan yangi tanlov boshlanganligini e'lon qilamiz!

Joriy yilning 27 -noyabr kuni filialimizning barcha talabalari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan “TALANT - SHOU” tanlovi bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa bir nechta nominatsiyalar bo'yicha o'tkaziladi:

1) Vokal ijrosi (yakkaxon va guruh)🎙
2) Teatr san'ati🎭
3) Raqs (yakkaxon va guruh)🕺💃👯
4) Notiqlik🎤
5) Sport (amaliy)🥋
6) Boshqa🎨

Tanlovda ishtirok etish uchun https://t.me/SamDUKF_Yoshlar_ittifoqi kanalimizga o‘tishi va ushbu e'lonni imkon qadar barcha filial talabalariga yetib borishi uchun ulashishingiz kerak bo‘ladi.
Roʻyxatdan oʻtish uchun USTIGA BOSING

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram || Instagram || Facebook

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

24 Oct, 08:59


#OAV_va_BIZ

O‘ZBEKISTON 24 || SAMDUKF

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida o‘tkazilgan "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasidagi tadbirlar O‘zbekiston 24 telekanalining "Maxsus reportaj" ko‘rsatuvi orqali yoritildi.

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

24 Oct, 07:37


🔥Talabalar ligasi
Z A K O V A T ! ! !

24-oktabr, payshanba kuni
soat 17:00da Talabalar ligasi 2024/25-o‘quv yili kuzgi mavsumining 5-tur o‘yini boʻlib oʻtadi.

Jamoa a’zolarining barchasi bir OTMning talabalari bo‘lishi lozim.

Samarqand davlat universiteti Kattaqoʻrgʻon filiali C blok 010 xona (yer toʻla)

Talabalar ligasida jamoalar @Bakhtiyarov_Sanjar profili orqali roʻyxatdan oʻtishlari soʻraladi.
Jamoa nomi va yoʻnalishi,
Jamoa sardori ism familiyasi va bogʻlanish uchun telegram nik yoki nomer,
6 nafar jamoa aʼzosi ism familiyasi yozib qoldirilishi soʻraladi.
Roʻyxatdan oʻtmagan jamoalar ligada qatnasha olmaydi.

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

24 Oct, 04:47


#Saylov_2024

❗️Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga 3 kun qoldi.

Aziz vatandoshlar!
Saylash huquqingizdan foydalaning!

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

24 Oct, 04:25


#maʼlumot

Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSH) - Shimoliy Amerikada joylashgan davlat. Poytaxti – Vashington shahri, Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzosi. Sharqdan Atlantika, gʻarbdan Tinch okeani, janubi-sharqdan Meksika qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Maʼmuriy jihatdan 50 ta shtat va 1 ta federal okrugga boʻlinadi. Puerto-Riko, Shimoliy Mariana, Guam, Virginiya orollari va Amerika Samoasi ham AQSHga qarashli. Maydoni – jami 9 833 520 km2. Aholisi 347 mln kishi (2024) dan oshiq boʻlib, aholi soni boʻyicha jahonda 3-oʻrinda turadi. 12 yillik Oliy taʼlim tizimi universitetlarni, 4 yillik kollejlarni, toʻliq oliy maʼlumot bermaydigan 2 yillik kichik kollejlarni, hunar va texnika institutlarini oʻz ichiga oladi. Barcha oliy oʻquv yurtlarida taʼlim pulli boʻlib, eng yirik oliy oʻquv yurtlari: Garvard, Kaliforniya (Berkli shahrida), Viskonsin, Michigan, Illinoys, Kornell (Itaka shahrida), Kolumbiya, Prinston, Chikago, Pensilvaniya universitetlari, Kaliforniya, Stenford va Massachusets texnologiya institutlaridir.

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

24 Oct, 02:44


#Kun_tarixi

Bilarmidingiz?

Bugun 24-oktyabr Payshanba:


🇺🇳 Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuni

🇺🇳 Rivojlanish va taraqqiyot maqsadlarida jahon axborot kuni

• Xalqaro Poliomielitga qarshi kurash kuni

• 1935 - yil Kreml minorasiga yulduzlar oʻrnatildi

• 1947 - yil Walt Disney hibsga olindi

2000 - yil Misrda Kleopatraning дастхати topildi

SamDUKF Yoshlar ittifoqi

24 Oct, 02:27


#Xayrli_tong

Ikki narsa sening kimligingni anglatadi:

1. Hech narsang bo‘lmagandagi sabring;
2. Hamma nasang borligidagi xulqing.

🌤 Payshanba kuningiz xayrli boʻlsin!