Boshlanganidan beri har kuni urush haqida xabarlar, o'zimizda va jahondagi taniqli shaxslarning fikrlari, tomonlarni oqlab va qoralayotgan OAVlarni o'qib kelyapman. Falastindagi musulmon birodarlarimiz haqqi uchun esa duodan boshqa hech narsa qo'limdan kelmayapti.
Men issiqqina uyimda o'tirib, bombalardan dahshatga tushgan bolalarning faryodi, jon bergan farzandini qo'lida ko'tarib, dod solayotgan ota-onalarning nidosini ko'rib, shunchaki shokdaman. Bu yovuzlikni qanday ta'riflamoq mumkin, bilmadim.
Qaysi davlat bir necha 10 yildan beri qay davlatni, millatni qiynayotganini, urush boshlangach esa bor g'azabi, bor kuchi bilan ularning boshiga nimalar solayotganini ko'rib turib ham, Isroil tomonda bo'layotgan, buni "o'zini himoyalash" deb aytayotgan mamlakatlar bayonotini o'qish juda og'ir. Siz-u biz erkin, huquqiy davlat deya ta'rif beradigan, O'zbekiston bilan solishtirib, g'arbni e'tirof etadigan tanishlarimizdan so'rangchi, o'sha yurtlar hukumati hozir nima qilyapti? Ularning aksari Isroil tomon, eng yaxshisi ham, bu to'g'ri emas, deya bayonot beryapti xolos. BMT kabi tashkilotlari esa har kunlik statistikani e'lon qilishdan nariga o'ta olgani yo'q. Isroilga Falastin hududidan yer ajratib berganlar, hozir shunchaki kuzatib o'tirishdan boshqasini bilmayapti.
Isroil esa ularga hech bir davlat yoki tashkilot to'siq bo'la olmasligini bilgan holda, kundan-kunga vahshiylik qilishdan tap tortmayapti. Alloh bu qavmni bejizga la’natlamagan.
Men esa buni har kuni kuzatib o'tiribman. Har kuni u yerdagi vaziyatni, videolarni ko'rish esa avvaliga juda dahshatga soldi, yig'latdi ham, lekin bora-bora odamning qahrini qattiq qilib qo'ymoqda. Videolarni ko'rib, ta'sirlanib, ko'zga yosh olamiz, g'azablanamiz ham. Ammo vaqt o'tgani sayin o'rganib qolishimiz - eng dahshatlisi. Doimiy tarzda kuzatish odam psixologiyasiga ham o'z ta'sirini ko'rsatyapti.
Nima qilishni bilmaydi odam. Ba'zan xabarlar oqimidan chalg'ib, o'z ishim, oilam ila bo'lib, xursandchilik bilan kechki ovqat dasturxoni atrofida yig'ilsak, barchasini unutamiz. Ammo yodga tushgan mahal, dunyoning bir chetida ochiqchasiga qirg'in bo'layotgani, begunoh bolakaylar bu olamda quvonch ko'rmay, o'layotganini ko'rib yurak-bag'ring ezilmaydimi?! Ba'zan o'zimni-o'zim "hozir kulishga haqqing bormi?!", deb so'roqlayman.
Bu dunyodan adolat kutmaslik kerak! Sinovli dunyoda har kim turlicha sinaladi. Bu dunyoda bo'lmasa, narigi dunyoda bu vahshiylar qilgan qilmishiga javob beradi! Falastin ahli uchun esa biz musulmonlar hozir faqat doularimiz bilan yordam bera olamiz...