آخرین پست‌های Manipulyatsiya San'ati (@manipulyatsiya_pss) در تلگرام

پست‌های تلگرام Manipulyatsiya San'ati

Manipulyatsiya San'ati
Sizni o'sishingizni o'ylaydigan yagona kanal. Ma'nosiz atamalar va zerikarli darsliklarsiz🔥 ❗ Obuna boʻlmasangiz keyin yoʻqotib qoʻyasiz ❗
3,336 مشترک
71 عکس
1 ویدیو
آخرین به‌روزرسانی 12.03.2025 18:54

آخرین محتوای به اشتراک گذاشته شده توسط Manipulyatsiya San'ati در تلگرام

Manipulyatsiya San'ati

07 Mar, 10:15

1,250

Insonni sidqidil ekanini tekshirishning 5 usuli

🔻 Aniqlik talab qiling. Shubhali tuyulgan har qanday fikrga nisbatan qo‘shimcha savollar bering va izoh talab qiling. Bu orqali suhbatdoshning haqiqiy niyatlarini aniqlashingiz mumkin.

🔻Emotsiyalarga murojaat qiling. Suhbatdoshdan o‘z his-tuyg‘ulari va shaxsiy taassurotlari haqida so‘rang. Sidqidil odam o‘z emotsiyalarini yashirmaydi.

🔻 Shubhalaringizni ko'rsating. Agar suhbat davomida ishonchsizlik tug‘ilsa, uni ochiq ayting. Bu suhbatdoshning reaksiyasini kuzatish va uning sidqidilligini sinashga yordam beradi.

🔻 Rollarni almashtiring. “Meni o‘rnimda bo‘lsangiz, o‘z gaplaringizga ishonarmidingiz?” deb so‘rang. Bu savol ko‘pincha sidqidillikni oshkor qilishga yordam beradi.

🔻 Keskin xulosalar qiling. Agar biror gap haqiqatdan yiroqdek tuyulsa, suhbatni to‘xtatib, ochiqchasiga: “Ishonish qiyin...” deb ayting. Bu suhbatdoshni o‘z fikrlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi.

🔥 — Qoldirishni unutmang!
Manipulyatsiya San'ati

27 Feb, 16:38

2,539

Qachon zaif bo‘lish kerak?

🔻 Inson tabiatida kuchliroq bo‘lish va boshqalarni boshqarishga moyillik mavjud. Agar siz biror kishidan kuchliroq va ishonchliroq ko‘rinsangiz, u ehtimol sizning fikringizga quloq soladi.

🔻 Ammo, agar sizdan kuchliroq bo‘lgan va bo‘ysunishni istamaydigan biror kishiga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, boshqacha yo‘l tuting.

🔹 O‘zingizni zaif va ishonchsiz qilib ko‘rsating. Bu insonni raqobat hissidan mahrum qiladi va o‘zini xotirjam his qilishiga yordam beradi. Natijada, u ehtiyotsiz bo‘lib qoladi, siz esa o‘z rejangizni amalga oshirish imkoniga ega bo‘lasiz.

Bunday usulni qo‘llab ko‘rganmisiz?
🔥 — Ha, yaxshi natija bergan
❤️ — Yo‘q, lekin qiziqib ko‘rmoqchiman

Obuna bo’lishni unutmang 🤝
Manipulyatsiya San'ati

21 Feb, 09:53

3,381

"Oshirvoryapsan" manipulyatsiyasi

Ba’zan bizning xavotirlarimiz va qo‘rquvlarimiz oldingi travmatik tajribalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuning uchun hozirgi vaziyat bizni ortiqcha tashvishga solishi tabiiy.

🔻 Ushbu iborada manipulyatsiya bor-yo‘qligini tushunish uchun o‘z tashvishlaringizni chuqur tahlil qilib, ularning oldingi tajribalaringizga qanchalik asosli ekanini o‘ylab ko‘ring.

Manipulyatorlarning usullari:
— Siz sekinroq yurishlarini so‘rasangiz, eshitmagandek ketaverishadi;
— Sizning taxminlaringizni rad etishadi, ammo oxir-oqibat ular haqiqatga aylanadi.

🔻 Manipulyatsiyaning maqsadi – sizning fikr-mulohazalaringizni noto‘g‘ri ekaniga ishontirish orqali ishonchingizni susaytirish va o‘zlariga bo‘ysundirishdir.

🔻 Bunday vaziyatlarga hushyor bo‘ling va haq ekanligingizga shubha qilmaslik uchun vaziyatga xolisona yondashing.

Gaplaringizni eshitmaganga olishadimi?
💔 — Ko'p bo'ladi bunday holat
😁 — Men shunday qilaman

Obuna bo’lishni unutmang 🤝
Manipulyatsiya San'ati

09 Feb, 15:11

4,183

Rad javobni imkonsiz qiladigan manipulyatsiya

🔻 Manipulyatorlar o‘z so‘rovlarini shunday shakllantiradilarki, rad javob berish sizni beparvo yoki qo‘pol inson sifatida ko‘rsatishi mumkin.

🔹 Masalan, do‘konda sevimli insoningiz yuqori tokchadan biror narsani olishga qiynalayotganini ko‘rasiz. Oddiy yordam so‘rash o‘rniga u uzoq vaqt qiynaladi va keyin achchiq ohangda: “Yordam berishni xohlamaysanmi?” deb so‘raydi.

❗️ Yana bir ko‘rinish — sizni yordam taklif qilishga majburlash. Masalan: “Bu qopqoqshunchalik qattiqki, hech qachon ocha olmasam kerak.” Bu so‘zlar orqali mas’uliyat sizning zimmangizga yuklanadi.

🔥 — Agar bilmagan bo'lsangiz!
Manipulyatsiya San'ati

27 Jan, 18:02

5,163

Insonning asabiy ekanini qanday bilish mumkin?

🔻 Biror kishining asabiyligini sezish uchun quyidagi belgilarga e’tibor bering:

🔹 Bezovta harakatlar — Asabiylashgan inson ko‘pincha joyida tinch o‘tirolmaydi: tanasining holatini tez-tez o‘zgartiradi yoki barmoqlari bilan biror narsani taqillatadi.

🔹 Yuz ifodalaridagi o‘zgarishlar — Ko‘pincha insonning yuzi uning ichki holatini aks ettiradi. Tez-tez qovoq uchishi, lablarini tishlash yoki ko‘z qarashlarini chetga burish uning ichki tarangligini ko‘rsatadi.

🔹 Nutqdagi o‘zgarishlar Titragan yoki bo'g'iq ohangdagi ovoz, shuningdek, tez va tartibsiz gapirish ko‘pincha asabiylikning alomati bo‘ladi.

🔹 Qo‘shimcha belgilar — Haddan tashqari terlash, og‘iz qurishi yoki harakatlardagi sustlik kabi holatlar ham insonning ichki zo‘riqishini ifodalaydi.

Odamlarning asabiyliligini sezasizmi?
🔥— Ha, ko'pincha tez payqayman
👍 — E’tibor qaratishga harakat qilaman

Obuna bo’lishni unutmang 🤝
Manipulyatsiya San'ati

20 Jan, 11:01

5,227

Obro‘ingizni pasaytiruvchi iboralar

🔻 Ba’zi iboralar atrofdagilar nazarida sizning obro‘ingizni tushirib yuborishi mumkin. Misol qilib mana bu ikki gapni olsak bo'ladi...

🔹 "Ochig‘ini aytganda..." va shunga o‘xshash iboralar
“Rostini aytsam...”, “Ochig‘i...” yoki “Non ursin, rost aytyabman...” kabi gaplar, boshqa holatlarda rost gapirmasligingizni anglatadi, degan taassurot uyg‘otishi mumkin. Bu iboralardan qochishga harakat qiling.

🔹 "Bu uning aybi..." yoki "Uni deb bo'ldi..."
Mas’uliyatni boshqalarga yuklash sizga bo'lgan ishonchni kamaytirishi mumkin. Har qanday munosabatda javobgarlik ikkala tomonda ham bo‘ladi.

Post foydali bo'lgan bo'lsa "❤️" ni bosib keting!
Manipulyatsiya San'ati

15 Jan, 10:06

5,208

Ishonchsizlik orqali manipulyatsiya

🔻 "Sen hech narsani tushunmayapsan, menga ishon" kabi iboralar manipulyativ usul bo‘lib, odamni o‘ziga ishonchsiz his qilishi va manipulyator fikriga to‘liq bo‘ysunishga undaydi.

🔹 Bunday gapning maqsadi — qurbonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini va mustaqil fikrlashini buzishdir.

❗️ Bunga ko‘z yumib ketmasligingiz kerak: manipulyatorga darhol qarshi turing va o‘z chegaralaringizni qat’iyat bilan himoya qiling. G‘alati tuyulishdan qo‘rqmang — bu sizning haq-huquqlaringizni himoya qilishdir.

Sizga shunday gaplarni aytishganmi?

❤️ — Ha bo'lgan, lekin ko'p emas
👍 — Men aytaman ko'pincha
Manipulyatsiya San'ati

11 Jan, 04:39

5,563

Qanday qilib muloqot ustasi bo‘lish mumkin?

🔻 Insonning ishonchini qozonishning eng samarali usullaridan biri – uning tilida gapira olishdir. Bu usul teatr yondashuvi sifatida tanilgan.

🔹 Bu usulni qo‘llash uchun suhbatdoshingiz ishlatadigan sleng va so‘zlashuv uslublarini o‘rganing, uning nutqidagi iboralarni yodda saqlang.

🔹 Har bir kasb egasining o‘ziga xos tili bor: shifokorlar, quruvchilar, haydovchilar va hokazo... Har bir inson bilan alohida yondashuv kerak.

🔻 Suhbatdoshingiz hayotini tasvirlash uchun ishlatadigan jargon so‘zlariga e’tibor bering va ularni suhbat davomida ehtiyotkorlik bilan ishlatishga harakat qiling.

Shu narsaga e'tibor berganmisiz?
❤️ — Ha sezganman...
🔥 — Yo'q, bilmagan ekanman
Manipulyatsiya San'ati

06 Jan, 10:43

5,590

O'zingiz va boshqalar o'rtasidagi muvozanat

🔻 Egoizm odatda o'z manfaatlaringizni boshqalarnikidan ustun qo'yish sifatida qabul qilinadi. Lekin "sog'lom egoizm" degan tushuncha bor, u shuni anglatadiki, o'z manfaatlaringizni birinchi o'ringa qo'yish — bu normal holat, faqat me’yorida bo‘lsa.

🔹 Sog'lom egoizmning siri nimada? Avvalo, o'zingizga g'amxo'rlik qilishdan boshlang. Axir, o'zingizni yaxshi his qilmasangiz, boshqalarga yordam berish qanchalik qiyin bo‘lishini o‘zingiz bilasiz.

🔹 Balansni qanday topish kerak? Bu o‘z ehtiyojlaringizni boshqalarnikidan butunlay ustun qo‘yishni anglatmaydi. Aksincha, o‘zingizga yordam bergan holda, boshqalarga ham yordam berishga quvvat topasiz.

🔻 Unutmang, o‘zingizga e’tibor berish — bu o‘zimiz va boshqalar uchun to‘g‘ri yo‘ldan borish uchun zaruriy shart.

Siz sog'lom egoizmni qo'llaysizmi?

🔥 – Ha, albatta!
❤️ – Bu haqda hali o‘ylashim kerak...

Obuna bo'lishni unutmang 🤝
Manipulyatsiya San'ati

15 Dec, 07:52

6,839

Seni doim tanqid qilishyaptimi?

🔻 Demak, sen hamma narsani to‘g‘ri qilyapsan! Tanqidni tinglash kerak, albatta. Ammo bu faqat asosli bo‘lsa, ma’qul.

🔻 Ko‘pincha esa biz eshitadigan salbiy fikrlarning dalillari yo juda zaif bo‘ladi, yo umuman yo‘q.

🔻 Shuning uchun bunday tanqidlarga yengilroq qarashni o‘rgan. Tanqidchilar esa o‘z hayotlarini biroz rang-barangroq qilishni o‘ylab ko‘rishlari kerak, xolos.

Siz qanday munosabat bildirasiz?
👍 — Faqat asosli tanqidni qabul qilaman
❤️ — Tanqidga ahamiyat bermayman

Obuna bo'lishni unutmang 🤝