来自 "Mahoratli pedagog" Metodikasi (@mahoratlipedagog) 的最新 Telegram 贴文

"Mahoratli pedagog" Metodikasi Telegram 帖子

"Mahoratli pedagog" Metodikasi
OʻQITUVCHILAR UCHUN :

- SAMARALI METODLAR ;
- QIZIQARLI OʻYINLAR ;
- KOʻRGAZMALAR ;
- TAʼLIM YANGILIKLARI ;

MUROJAAT UCHUN :
@GulBonu8904
@Matluba_Shukurova

Reklama xizmati uchun : @GulBonu8904
7,215 订阅者
17,299 张照片
2,848 个视频
最后更新于 01.03.2025 11:47

"Mahoratli pedagog" Metodikasi 在 Telegram 上分享的最新内容


Qarang bugun qanday ajoyib kun a?

Bugun Ramazonning ilk kuni ,
Bahorning ilk kuni .

Tanamizda ,ruhimizda yangilanish ,poklanish boshlanmoqda .

Ramazonning ,Bahorning ilk kuni barchangizga muborak boʻlsin !!!

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

Уй оламан-сотаман деганлар учун сирли канал топилди

https://telegram.me/+CPus8LBjcKVjYmJi

Уй, бино ва офисларни сотиб олиш ёки сотиш, ижарага олиш/бериш бўйича ҳамма излаган канални топдик. Кўплаб маълумотлар, минглаб объектлар базаси интернетга чиқиб кетди.

Билиб олиш учун каналга уланинг:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
https://telegram.me/+CPus8LBjcKVjYmJi

OʻYIN ORQALI OʻRGATISHNING AFZALLIKLARI

​​ O‘yin asosida o‘rganish yangi tushuncha emas. Bu uzoq vaqtdan beri mavjud. O‘yinlar orqali o‘rganish ko‘plab sabablarga ko‘ra juda foydali bo‘lishi mumkin. O‘yinlarni ta’lim vositasi sifatida ishlatish, nafaqat chuqur o‘rganish va qobiliyatlarni rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratibgina qolmay, balki bolalarni o‘rganishni ishtiyoqini oshirishga yordam beradi. Bola o‘yin bilan faol shug‘ullansa, uning ongi yangi tizimni o‘rganishdan zavq oladi.


O‘yinlar jamoaviy ta’lim uchun samarali turtki hisoblanadi - O‘quvchilar odatda o‘yinlarda anʼanaviy darslarga qaraganda ko‘proq harakat qilishadi. O‘yin o‘ynashning raqobatbardoshlik jihati ham mavjud. O'quvchilar o‘zlari yoki jamoalari nomidan raqobatlashishga yoki g‘alaba qozonishga harakat qiladilar. Ular o‘z jamoalariga ko‘proq ball to‘plash maqsadida yoki o‘ynash imkoniyatini istashgani uchun yuqori saviyada o‘ynashga intilishlari mumkin.


O‘yin asosida o‘rganish - bu o‘qituvchilar uchun yangi g‘oyalar, grammatika, tushunchalar va bilimlarni bolalarni o‘rganishga undaydigan tarzda tanishtirish uchun ajoyib usuldir.

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

" Eslab qoling " oʻyini

Qoʻllanishi :

1. Mavzuingizga oid yoki oʻtilgan mavzulardan 20 ta atamani oʻquvchilarga aytasiz (oʻzingiz oldindan yozib olgan boʻlishingiz kerak ) ;

2. Oʻquvchilar eslab qolgan soʻzlarini daftarlariga yozishadi , lekin siz aytayotganingizda yozmasliklari kerak ;

3. Oʻquvchilar yozib boʻlishgach daftarlarini sheriklari bilan almashishadi ;

4. Siz aytgan soʻzlaringizni doskaga yozasiz va oʻquvchilar bir birlarini javobini tekshirishadi .



Siz uchun eng yaxshilari faqat bizda . Bizni kuzatib boring :

Facebook /Telegram kanal /You tube/ Instagram

Bugungi darsimiz mana shu 👆🏻👆🏻oʻyin asosida boʻldi

TIC TAC TOE

Demak oʻyinni har bir fanga moslashtiramiz :

1 . Oʻquvchilaringizni ikki jamoaga ajratib oling. Bitta jamoa X va yana bitta jamoa O deb nomlanadi .

2 . Doskaga rasmdagidek 9 ta katakdan iborat jadval chizib olamiz .

3. Oldindan fanimizga oid koʻproq savollar tuzib olamiz .

4 . Har bir jamoadan bittadan vakilni navbatma navbat doskaga taklif etamiz .

5. Ikkala jamoa aʼzolariga ham navbatma navbat savol beramiz .

6. Agar biror jamoa vakili oʻziga berilgan savolga toʻgʻri javob berolsa  oʻz belgisini istalgan katakka qoʻyishi mumkin . Agar javob berolmasa belgisini qoʻymaydi .

7. Qaysi jamoa oʻz belgisidan 3 tasini bitta toʻgʻri chiziq ostida joylashtira olsa oʻsha guruh gʻolib boʻladi .

8. Oʻyin yanada qiziq boʻlishi uchun jamoalar raqiblarini birinchi boʻlib bir chiziq ostida joylashishlariga toʻsqinlik qilishlari kerak boʻladi .


Siz uchun eng yaxshilari faqat bizda . Bizni kuzatib boring :

Facebook /Telegram kanal /You tube/ Instagram

Bugun darsimizda

"Tic Tac Toe" oʻyinini oʻynadik .

Yodingizdami shu oʻyin ???

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog

Xayrli kechlar ❤️❤️

" Round " - " Aylana " oʻyini

Qoʻllanishi :

1. Stulchalar ustiga mavzulariz yuzasidan tuzilgan savollarni kartochkalarga yozib , chap holatda qoʻyasiz ;

2. 5, 6 yoki 7 ta oʻquvchini taklif qilasiz ;

3. Oʻquvchilar musiqa sadolari ostida stulchalar atrofida aylanishadi ;

4. Musiqani toʻxtatgan vaqtingiz qaysi stulcha yonida toʻxtashsa, oʻsha stulchadan ixtiyoriy bittadan kartochka olishadi ;

5. Savolga toʻgʻri javob bergan oʻquvchi aylanishda davom etadi . Toʻgʻri javob berolmagan oʻquvchi oʻyinni tark etadi ;

6. Birinchi round yaʼni aylanishda bitta kartochka , ikkinchi aylanishda ikkitadan kartochka , uchunchi aylanishda uchtadan va hokazo shu tariqa savollarga javob beriladi ;

7. Oxirida qolgan oʻquvchi gʻolib deb topiladi .


Siz uchun eng yaxshilari faqat bizda . Bizni kuzatib boring :

Facebook /Telegram kanal /You tube/ Instagram

Bugun bizda shunaqa qorlar yogʻdi . Yana qayerda yogʻdi qor