Latest Posts from M1racle books📚 (@m1racle_books) on Telegram

M1racle books📚 Telegram Posts

M1racle books📚
Someone who believes in magic ✨
Welcome and enjoy ✨
2,248 Subscribers
675 Photos
93 Videos
Last Updated 12.03.2025 06:32

Similar Channels

JR TwitGram 🥂
6,487 Subscribers
Niyatga bog'liq
2,350 Subscribers
Yevropa sarguzashtlari
1,510 Subscribers

The latest content shared by M1racle books📚 on Telegram

M1racle books📚

06 Dec, 17:53

6,726

Bilmadim 7 yoki 8-sinf tarix darsligida shu bino rasmi bo’lgan. Agar kimdir o’shanda bu yerga kelishimni aytganda ishonmasdim balki. Hozir esa tarix darsligi rasmlaridaman(Behisob shukur).

Bugun ishlarim bilan shahar aylanishga imkon bo’ldi va ayta olamanki, Rim haqiqiy tarix. Bu binolar necha asrlar davomida qurilgan va haligacha o’zida tarixni saqlaydi..)

O’qish qiyin degim keladi. Lekin shunchaki ko’chaga chiqishning o’zi terapiya) Ayniqsa ekonometrika o’qiganlar hozir meni tushunadi😅

With love @m1racle_books
M1racle books📚

05 Dec, 10:25

6,235

​​#Karyera

Italiyaga kelganimdan keyin, tabiiyki student sifatida o'z karyeramni qurishni juda xohlayman. Bundan tashqari hozir CFA(Chartered Financial Analyst) sertifikatiga qiziqishim ortgani va bu sertifikatni olishim uchun 36 oy moliya, investitsiya sohasida ish tajribasiga ega bo'lishi kerakligini bilganimdan so'ng, ish qidirish uchun bir nechta platformalarni yuklab oldim.

Bu yerda italiyaliklar uchun ish topish juda osan ekanligini aytishdi(O'zinikini albatta qo'llab quvvatlaydi ma'nosida). Ammo menga aniq moliya sohasida ish kerakligini bilganim uchun ham bu narsa unchalik qo'rqitmadi. Birinchi hayolimga kelgan narsa albatta Linkedln. Bu platformada akkauntim oldindan bo'lgan, yaxshiyamki. Bir necha o'zgarishlardan keyin akkauntni Italiyaga o'zgartirdim. Natijada rostdan ham ba'zi moliya sohasidagi ishlarni topdim. Endi CV va suhbat bor.

Nega bu haqida yozdim. Agar Linkedln'ga instagram sahifasiga ajratgan vaqtimni ajratganimda natijalar yaxshiroq bo'lardi albatta. Ammo hechdan ko'ra kech) Ish bilan bog'liq tajribam o'xshasa albatta natijalar bilan bo'lishaman. Ungacha Linkedln profilimga bog'lanib olish imkoniyatingiz bor)

Link: https://www.linkedin.com/in/asalkhon-otakhonova-37248a1a3?utm_source=share&utm_campaign=share_via&utm_content=profile&utm_medium=ios_app

With love @m1racle_books
M1racle books📚

02 Dec, 14:00

5,895

​​Oila…
2-qism

“Ooo 40 yosh nihoyat uylanaman” degan reaksiyani kutyotgan bo’lsangiz adashasiz😁 40 yoshdan keyin ular eng kamida 1 yıl, eng ko’pi bilan 15 yil sevgan qizi bilan gaplashib yurishi mumkin. Ha, ha to’g’ri eshitdingiz🌚 Meni bitta tanishim 9 yil rus qizi bilan gaplashib, keyin ajrashganmiz, deb qoldi bir kun. Men tabiiyki “Nega?” dedim😅 “Biz shunchaki bir-birimizga to’g’ri kelmadik” javobni olganimdagi yuz ifodamni tasavvur qilganingizga ishonchim komil.

Ammo bu hali hammasi emas. Nega italiyaliklar oila qurishdan bunchalik “qo’rqadi”? Chunki oila qurish juda qimmat va ajrashish juda uzoq va yana qimmat jarayon. Birinchi marta “Nega oila qurishga shoshilishmaydi?” deb so’raganimda olgan javobim “Ajrashish qiyin va 5-6 yilsiz ajrasholmaysan” degan javob bo’lgan. Xo’sh nega ular bunchalik ajrashishga ko’p urg’u berishadi? Chunki italiyaliklar xaddan tashqari o’zini sevadigan va o’zini kimdir uchun qurbon qilmaydigan xalq. Bu yerda 60 yoshli bo’ydoqlarni ko’rishingiz mumkin. Ular 60 yoshda ham o’z muhabbatini qidirayotgan bo’lishadi (Shundaylardan bittasini taniyman😅) Xullas, bizda 60-70 yoshdan keyin nevaralar qurshovida, mazza qilib, shukur qilib o’limingni kutib o’tirasan(Agar shu joyga yetib borsang albatta🌚) Bu yerda esa menimcha hayotga tashnalik kuchli.

Bu yerda eng kambag’al hisoblangan oilalar ham yiliga 2 marta sayohatga chiqadi. Judayam ko’p qalin kitob o’qiyotgan odamlarni uchratishingiz mumkin. Uylari juda oddiy va faqat yashash uchun yaroqli bo’lsa bo’ldi. Mashinalar bo’lishi muhim emas. Chunki yo’llar o’rta asrlarda qurilgani, juda tor bo’lgani uchun mashinada yurish qiyinroq. Jamoat transporti esa juda qulay. Yaxshisi samakat’da yurganingiz yaxshiroq. To’y haqida to’lib toshib gapirgan odamni hali ko’rmadim😁

Lekin menga yoqmagan tarafi ham shunda. Oila jamiyati Yevropada parchalanayotgani. Bir xil jinsdagi insonlar nokohi yoki umuman oila qurmasdan o’tib ketadigan insonlar ko’pligi. Shularni inobatga olib O’zbekistonda tug’ilganimga behisob shukur aytdim. Bizda oila muqaddas va xatto 25 yoshgacha oila qurish tarafdoriman.

Biz judayam omadlimiz bu masalada ishoning😁

Davomi bo’lsinmi..?🌚

@m1racle_books
M1racle books📚

02 Dec, 12:14

4,344

​​Yashashga shoshilmaslik…
1-qism

Italiyaga kelib tushunganim insonlarning yashashga shoshilmasligi. Bu nima degani? Bu yerda o’rtacha umr ko’rish rasmiy manbalarda 83 yosh qilib ko’rsatilgan, ammo bir nechta italiyalikdan bu yerda qancha umr ko’rishadi, deb so’raganimda o’rtacha 90-95 yosh deyishdi. Meni hayron qoldirgan narsa esa ularning hech biri 70-80 yoshga o’xshamasligi. Bizning aholi bilan solishtirganda ular juda yosh ko'rinadi. Italiya byurokratiya juda kuchli mamlakat. Bu yerda ba’zi hujjatlarni nima qilishni italiyaliklarning o’zlari ham bilishmaydi. Ish esa soatbay ya’ni hodim ish vaqti tugaganidan keyin sizga iltifot va muloyimlik bilan “yo’qolishingizni” aytadi. To’g’risini aytsam italiyaliklarning “yo’q” deyishini alohida bir san’at deb aytgan bo’lardim😅.

Xullas gap aslida boshqa narsa haqida, ular bizdagidek shoshilishmaydi. Bugun qilolmadingni mayli bor mazza qilib aperol ichib hayotdan lazzatlan va ertaga kel. Ups, ertaga o’xshamasa unda indin bor. Mayli, buni qilish uchun senda hali butun bir yil bor, lazzatlan.

Xullas bu yerda 40 yoshgacha o’qish va karyera haqida o’ylashadi. Albatta lazzatlanib o’ylashadi. Umuman olganda esa siz bu vaqt davomida muvaffaqiyatga erishgan biror shaxs yoki shunchaki sigaret chekib Italiya byurokratyasi haqida nolib “uff”laydigan fuqaroga aylanasiz. Men kelganimdan beri 23 yoshdaligimni aytishim bilan eshitadigan narsam bu o'qishim kerakligi! Menga "Sen hali juda yoshsan, mazza qilib o'qi va lazzatlan. Hayot hali oldinda" degan insonlar juda ko'p bo'ldi😁(Menam yashashga kech qoldim, deb pitirlab yotgan paytim edi) To'g'risi ba'zi narsalar juda ahmoqona ko'rinadi. Nega bular hech narsaga shoshilmaydi!? Buni hozirgacha tushunganim yo'q. Xuddi o'zimni "Zootopia" multfilmidagi bir to'da "Flash"lar orasiga tushib qolgandek his qilganman ilk kunlar 😁

40 yoshdan keyin esa…
Davomi qiziqmi?

@m1racle_books
M1racle books📚

02 Dec, 11:42

4,805

​​Kichik qadamlar muhim…

O’zingiz uchun o’qish yoki karyerada o’sishni tanlaganingizda bir narsaga ahamiyat bering, siz hech kimdan oldinda va hech kimdan orqada emassiz. Siz hozir bo’lishingiz kerak bo’lgan joydasiz. Bu joy hozir aynan sizning turishingiz, o’rganishingiz, o’sishingiz uchun eng muhim bo’lgan nuqta. Solishtirishingiz kerak bo’lgan inson esa sizning kechagi o’zingiz.

Siz kech qolmadingiz… Hech narsaga erishmadim, deb o’ylash eng katta yo’lg’on aslida. Unutmang “No means new opportunities” Har bitta “yo’q” sizni yanada kuchliroq qiladi. Har bitta “yo’q” sizda yangi imkoniyatlarni ochadi:

-Har qanday vaziyatdan ham yaxshi nimadir o’rganishga harakat qiling;
-Har doim kichik bo’lsada qadamlar tashlang;
-Unutmang, eng katta resurs pul emas, eng katta resurs bu sizning vaqtingiz.
-Agar vaqtingizni hozir to’g’ri kichik qadamlarga bo’lib chiqa olsangiz, unda orzu qilganingizdanda go’zal hayotda yashaysiz;
-Har kim o’z hayotini juda qiyin, deb o’ylashi mumkin. Lekin aslida hayot juda go’zal va har qanday qiyinchilikni sizga berilgan kоnfet*, deb tasavvur qiling;
-Bizni o’ldirmagan hamma narsa, yanada kuchliroq qiladi. Ammo unutmang, gap kuchli bo’lishda emas, asosiysi baxtli bo’lish;
-Nima bo’lganda ham o’zingizni koyimang. Siz qo’lingizdan kelgan eng yaxshisini qildingiz va natijani ham shunga yarasha shukronalik bilan qabul qiling.

Eng asosiysi, hayot sizga hech narsani va’da qilmagan. Siz o’z hayotingiz yaratuvchisisiz. Barcha natijalar qarorlaringiz mevasi)

With love @m1racle_books
M1racle books📚

29 Nov, 15:38

4,526

To’g’risi bu boshidan oxirigacha uzoq aytib beriladigan hikoya😁

Ba’zida o’zimam ishonmiman🌚
M1racle books📚

29 Nov, 15:32

5,386

​​Assalamu alaykum!

Bugun gaplashishni rejalashtirgan mavzuyim hozir yashayotgan joyim haqida edi. Ozroq kech bo'lsa ham bu haqida yozaman.

Meni Toshkent Moliya institutini tugatganimdan ko'pchiligingizning xabaringiz bor. O'qishni tugatganimdan keyingi rejalarimda magistraturani o'qish oxirgi o'rinda turgandi😅 Birinchidan qo'limda yetarlicha mablag' bo'lmagan, ikkinchidan magistraturani O'zbekistonda davom ettirishni xohlamaganman. Buning o'ziga yarasha sabablari bor edi albatta. Chet elda o'qish juda ko'p yillik orzuyim. Bu orzu qachondir amalga oshishi men uchun haqiqiy mo'jiza bo'lgan.

Men shu yilning may oyida University of Siena'ga Finance(moliya) yo'nalishiga magistraturaga topshirdim. Undan keyingi hujjatlar, visa, grant va Italyaga kelishim Noyabr oyiga to'g'ri keldi.

To'g'risi taqdir ajoyib narsa, o'ylamagan joyingdan hayotingda mo'jizalar sodir bo'lishi esa undanam ajoyib. O'sha mo'jizalar natijasi o'laroq bugun sizga Rimdan turib post yozyapman. Bu yerga kelganimga sal kam 1 oy bo'lganini inobatga olsak, sizlarga aytib beradigan juda ko'p tajribalarim bor albatta. Aslida Rimga kelgan paytim yashashga xatto turar joyim ham bo'lmagan. Ammo bu shaharni, Yevropa, odamlar va madaniyatni sevdim. Bu men uchun haqiqiy boshqa olam, boshqa dunyo. Bu ulg'ayish, rivojlanish, o'sish va dunyoqarash kengayishi. Umri davomida sayohatlar, zavqli hayot va o'zidan boshqa dardi bo'lmagan insonlarni ko'rish ajoyib. Cultural shock' yashadimmi? Nima deb o'ylaysiz?

With love @m1racle_books
M1racle books📚

28 Nov, 17:20

5,191

Bugun uchun yozishni xohlagan oxirgi postim..) Ertadan yashayotgan joyim haqida gaplashamiz.

Erta turish uchun maqsad qo’yish kerak, dedim. Bugun dars qilishimga, “to do list” bilan ishlashimga va deyarli barcha narsani qildim/qilmadimga ajratishga shu programma judayam yordam berdi. Kecha yuklab oldim va bugun ancha narsaga yordam berdi)

Faqat vaqt belgilamasdan qilish kamroq stress bergan bo’lardi manimcha. Shu joyini ertaga to’g’irlayman)

With love @m1racle_books
M1racle books📚

28 Nov, 17:06

3,538

Mendan o’rganishingizni xohlagan bir narsa bor:

Hech kimdan maslahat so’ramang. Hech kimga dardingizdan tragediya yasab uni doston qilmang va hech kimga maslahat bermang)

Bu hayotingizni go’zallashtirishning eng oson yo’li. Nimadadir qiynalyapsizmi, ma’suliyatni bo’yningizga olib, o’zingiz uchun o’zingiz qaror qabul qiling❤️
M1racle books📚

28 Nov, 11:17

4,338

​​#serial
9,5/10


Kareys dramalarini juda ko’pchilik yaxshi ko’radi. Menam shu insonlar qatoridaman. Menda serail ko’rish bilan muammo bo’lgan. Oxirigacha ko’rolmayman(Ujis va fantastikadan tashaqari). Xullas hozir sizlarga judayam ko’rishingizni va fikringizni qoldirishingizni xohlaganim bir 16 seriyalik serial qoldiraman. Mavzu barcha o’quvchilarni o’ziga qarshi qo’ygan va o’ylashimcha aslida haqiqiy hayotni o’rgatgan boshlang’ich sinf ustozi.

Menimcha maktabda shunday o’qishni xohlagan va ustoz Ma singari ustozim bo’lishini istagan bo’lardim. Filmlar bilan yaxshi kelisha olmaydigan insandan 9,5 ball olish qanaqa natija ekanini tasavvur qilavering🌚 Hozir tomosha qilishingiz uchun Link qoldiraman) Ko’rib kommentda fikringizni qoldiring:)

Film nomi : «Класс Королевы»
Tomosh qilish linki 📌

With love @m1racle_books