Neueste Beiträge von M1racle books📚 (@m1racle_books) auf Telegram

M1racle books📚 Telegram-Beiträge

M1racle books📚
Someone who believes in magic ✨
Welcome and enjoy ✨
2,248 Abonnenten
675 Fotos
93 Videos
Zuletzt aktualisiert 12.03.2025 06:32

Ähnliche Kanäle

Yupiterlik Markayeva
7,355 Abonnenten
Mirzo Zominiy
5,608 Abonnenten

Der neueste Inhalt, der von M1racle books📚 auf Telegram geteilt wurde.

M1racle books📚

29 Jan, 17:26

909

2/2

Albatta teplovoz soni qancha ko'p bo'lsa poyezd shuncha uzoqqa boradi, lekin unday teplovozlar topish, kashf qilish birmuncha vaqt, resurslarni talab qiladi.

Shunday ekan har kim shaxs sifatida rivojlanishda davom etsa keyinchalik uning ortidan ergashganlar ham muvaffaqiyatli bo'lishi hech gap emas.

Biz kitobdagi asosiy qahramon Abdulloh ibn Muborak hazratlariga o'xshashga harakat qilishimiz kerak yoki bo'lmasa kitobda aytilganidek yaxshi yo'ldosh bo'lishimiz kerak.

Bu meni shaxsiy xulosalarim, o'qib ko'ring, balki sizda boshqacha bo'lar.

@xurshidbekotaxonov_blog
M1racle books📚

29 Jan, 17:26

864

1/2

"Kimning maqsadi bo'lmasa, maqsadi borlarga xizmat qiladi"

"Haqiqiy omad kaliti yoxud savdogarlar ustozi"

Meni chindan ham juda qiziqtirgan kitob. Bu faqat bitta 156 betlik kitob emas, bu bir nechta kitoblarni o'zida jamlagan kitob. Har bir odam o'qishi kerak bo'lgan kitob deb bilaman men o'zim uchun bu kitobni.

Kitobda qiziq vaziyatlar bo'lgan va yozilaganki, domlalar boylikdan bizni qaytarishyapti, boylikdan kambag'allik yaxshi javobi oson bo'ladi deyishyapti lekin bu xato, beruvchi qo'l oluvchi qo'ldan afzalroqdir deydi yozuvchi kitobda.

Ha, bu jumlalarda kitobni yopib bir o'ylab olishimga to'g'ri keldi. Chunki, bu kitob bilan hozirgi davr oralig'ida qancha muddat bo'lmasin ba'zan men hozir ham shunday muammolar bo'layotganiga duch kelaman.

Kitobdan olgan yana bir asosiy xulosamni aytsam "Hamma zo'r bo'lishi shart va uning teskarisi" kitob menda aynan shunday xulosa paydo qildi. Buni poyezd misolida ko'rsak, uning o'z tortuvchi teplovozi bo'ladi.

@xurshidbekotaxonov_blog
M1racle books📚

19 Jan, 17:57

1,383

Mana bitta sir. Kitobni kursdoshlarimdan bir ikkitasi o'qidi keyin hammaga gapirib berib yurgandi. Qiziqib berib tur bir ko'z yugurtirib chiqaman dedim. Keyin hayolimga kelgan birinchi fikr odam o'ylagan ishini 72 soatda qilmasa uni umr bo'yi qilmasligi bo'ldi. Juda kam holatlarda u ishni qayta qilarkan va yakunlarkan. Shunaqa qilib kitob 100 bet ekan va uni 72 soatda tugatish normal holat.

Endi kitob haqida ozroq fikrimni aytib o'tsam. Kitob uncha ta'sirlanarli emas, balki voqealar rivojini qanday bo'lishini oldindan tasavvur qila olganim uchunmi kitob juda yaxshi taasurot qoldirmadi menda. Balki o'qib siz ham shunday fikrga kelarsiz. Kitob yengil bir o'tirishda o'qisa bo'ladigan ekan. Bu shaxsiy xulosalarim edi, o'qib ko'ring balkim sizga yoqib qolar!

@xurshidbekotaxonov_blog
M1racle books📚

15 Dec, 17:50

1,957

https://t.me/xurshidbekotaxonov_blog
M1racle books📚

19 Sep, 18:37

3,420

Hammaga Assalamu Alaykum! Hozirda o’zimda bor kitoblarni arzon narxida sotyotgan kanalimni qoldirdim(Italiyada o’qishim uchun)

https://t.me/+GphpoZCuyBxjNTFi

Shu yerda buni amalga oshiramiz)
Kitoblar uchun yopiq kanal.
M1racle books📚

20 Aug, 09:42

3,861

https://www.instagram.com/reel/C-2UcmRowq4/?igsh=d3J4d2c5YWFmaGM3

Nihoyat uzoq kutilgan vaqt. Juda qo’rqdim boshlash uchun. Bir yildan beri deyarli ko’pchilik so’radi blog yuritishimni, yordam berishga tayyorlar ham ancha edi. Xullas o’tib reel’sni ko’ring. Hozircha biror aniq yo’nalish tanlamadim. Study, lifestyle va finance haqida qilmoqchi edim o’zi)
M1racle books📚

31 Jan, 20:18

8,866

Assalamu alaykum)

Risk managmentni o’rganishga qattiq kirishganman. Ayniqsa investitsiya bilan bog’liq risklar qiziq) Excel’da hech narsa qilolmasdim. Hamma tekin kurslarda o’qib chiqyapman😅(Kompyuterdagi chart’larni o’zim qildim) Italiyada o’rgatiladigan eng yaxshi narsa self-study’ga katta e’tibor qaratish bo’lsa kerak)

Bugun mani quvontirgan narsa Investment risk managment bo’yicha Coursera ‘da Behruzbek Ochilov’ni tekin kurslari borakan. O’zbekistondan ilmli odamlarni ko’rish judayam xursand qiladi.
M1racle books📚

04 Jan, 16:05

8,619

“Effortless” kitobini tugatib rasm olishga chiroyliroq joy qidirib yurgan paytim😅

Siena’ning bu qismiga o’shanda o’tgandim. Tabiati juda go’zal va tarixiy joy. Bu shaharda qurilish qilish YUNESKO tarafidan taqiqlangan. Tarixiy binolarga zarar yetmasligi uchun.

Kitobga keladigan bo’lsak, aynan hech narsaga ulgurmaslik stress’i bosib kelayotgan paytda juda yordam berdi menga) Kam resurs bilan ko’proq narsani uddalash va Umuman dunyo qarashni o’zgartirib yuboradigan kitob) Hamma narsaga qiyinchilik bilan erishish kerak, degan steriotipdan qutilishga yordam beradi)

Sizga yana nimalar qiziq? Qanday postlar kutyapsiz?)

@m1racle_books
M1racle books📚

12 Dec, 21:36

8,538

​​Overthinking...

Hozirda bu ibora ko'pchilik orasida juda "mashhur". Keragidan ortiq o'ylash va keragidan ortiq bo'rttirish. Inson har doim kurashib keladigan bir ovoz bor. Ichingizda aynan o'sha ovoz bilan tinmay baxslar qilasiz yoki aytaylik o'sha ovoz/tuyg'u sizni ko'p o'ylashga majbur qiladi. Bunda ta'sir qiluvchi omillar ham bor albatta. Atrof muhit, sizdan har doim zo'rroq bo'lgan qo'shningiz, kimnidir sizdan yaxshiroq bo'lib ketishi yoki o'zingizni har doim muhokama qilish instinkti. Go'yoki har doim nimadandir qolib ketayotgandek xavotir va qo'rquvning miyyaga yog'ilib kelishi. Aslida hammasi yaxshi, sekin-sekin harakatlanib maqsadga boryapsiz, ammo miyyangizda faqatgina hamma hard work(qattiq ishlash) qilganlargina muvaffaqiyatli bo'ladi, degan fikr sizni tinch qo'ymaydi.

Siz yetarlicha qattiq ishlamayapsiz. Atrofingizda muvaffaqiyatga erishganlarning faqat 4 soat uxlash va kechasi-kunduzi kitob o'qishi haqidagi hikoyalar sizda o'zingizga nisbatan qo'rquvni uyg'otadi. Demak qattiq ishlab faqat 3-4 soat uxlash kerak. Xuddi shunday qilasiz ham. Ammo nega haligacha mashina, uy olmadingiz? Nega ishingizda ko'tarilmayapsiz? Hali to'y qilisingiz kerak... Xullas yana bepayon overthinking' boshlanadi.

Bu narsalarni o'ylayotganda bir narsani ahamiyatga olmaymiz. O'sha muvaffaqiyatga erishganlarning katta qismi o'z ishini sevgan va jarayondan zavqlana olganlar aslida. Siz shunchaki hard work' qilishingiz kerakligi uchun ishlayotgan bo'lsangiz unda jarayondan zavqlanishni unutasiz. Bu esa shubhasiz katta bosim degani. Bosim har doim sizni o'ylashga, endi 4 soatmas 2 soat uxlashga va yanayam ishingizga sho'ngishingizga majbur qiladi. Balki bu bosim sizni albatta xohlagan natijangizga olib borar, lekin osonroq yo'li bo'lsachi? Focus'ni jarayondan lazzatlanishga va o'zingizda bor narsalarga qaratsangizchi? Hozir "Effortless" kitobini o'qib o'tirib shu narsalar hayolimdan o'tyapti. Kitob hayotingizni osonlashtirish haqida va yozilganlar rostdan ham chuqur o'ylab ko'rishga arziydigan narsalar)

Hard work'ka biror e'tirozim yo'q albatta😅 Ammo yengillashtirishga qarshi emasman)

With love @m1racle_books
M1racle books📚

12 Dec, 17:48

6,596

https://medium.com/publishous/5-finance-books-you-should-read-in-2023-49eaf38b4193