KLINIK FIKRLASH @klinik_fikrlash Channel on Telegram

KLINIK FIKRLASH

@klinik_fikrlash


“Klinik fikrlay olmaydigan tibbiyot oliygohi talabasi, hech qachon yaxshi vrach bo‘la olmaydi”.

👨‍⚕Doctor Muxtorov

KLINIK FIKRLASH (Uzbek)

Klinik Fikrlash telegram kanali, tibbiyot oliygoxini o'rganishda qiziqish tug'ilganlar uchun mo'ljallangan. Kanalning boshlig'i Doctor Muxtorov bo'lib, "Klinik fikrlay olmaydigan tibbiyot oliygohi talabasi, hech qachon yaxshi vrach bo'la olmaydi" degan so'zni ta'kidlaydi. Bu kanalda tibbiyot sohasida yangiliklar, savollar va fikrlar masalalari ustida munozara qilinadi. Siz ham Klinik Fikrlash kanaliga a'zo bo'lib, tibbiyot sohasida o'z bilim va tajribangizni kengaytirishingiz mumkin.

KLINIK FIKRLASH

02 Oct, 14:18


Монро тешиги агенезияси


кам учрайдиган ҳолат;

зарарланган томонда ён қоринча кенгайиб кетади.

(Монро тешиги - ён қоринчалар билан 3-қоринчани боғлаб турувчи структура)

🩺Kanalga ulanish: @Klinik_fikrlash

KLINIK FIKRLASH

29 Aug, 11:57


Zamonaviy kardiostimulyatorlar

🏥 Ayni davrda tibbiyot texnologiyalari ham tinimsiz rivojlanmoqda.

🫀 Zamonaviy kardiostimulyatorlar yurak qisqarishidan hosil bo'lgan energiya hisobiga ishlaydi.

🔋Avvalgi an'anaviy akkumulyatorli yurak stimulyatorlari batareya quvvati tugab qolishi sababli har 5-7 yilda almashtirib turilishi zarur edi. Bu esa qimmat va potensial xavfli amaliyot hisoblanadi.

Ammo yaqinda AQSHda sinovdan o'tkazilgan yangi texnologiya bu muammoni hal qilishi kutilmoqda.

👨‍⚕👩‍⚕KLINIK FIKRLASH KANALI

KLINIK FIKRLASH

28 Jul, 12:26


АНТИБИОТИКЛАР. Антибиотиклар таснифи Фармакологик хоссалари, препаратлари Антибиотикларнинг салбий таъсирлари.

🩺Kanalga ulanish: @Klinik_fikrlash

KLINIK FIKRLASH

17 Jul, 11:14


🏷 Fundamental Farmakologiya 2020 (o'zbekcha Review)

💊 PHARMAKON - kanaliga obuna bo'ling

KLINIK FIKRLASH

17 Jul, 10:34


Me'da-ichak dispepsiyasi va qorinda o'g'riq sindromini davolashga klinik farmakologik yondoshuv.

💊 PHARMAKON - kanaliga obuna bo'ling!

KLINIK FIKRLASH

05 Jul, 12:05


—Muhim uchrashuvingiz bormi?
—LOPERAMID(IMODIUM)

Tushunganlar bitta layk!

🩺Kanalga ulanish: @Klinik_fikrlash

KLINIK FIKRLASH

04 Jul, 16:04


Pellagra - bu B guruhga kiruvchi vitaminlari va nikotinat kislota (vitamin PP) yetishmasligi natijasida rivojlanadigan kasallik.

Rivojlangan davlatlarda nikotinat kislotaning ozuqa tarkibida yetishmovchiligi kam uchraydi.

Klinik ko'rinishi "3 D" ko'rinishda:
1. Dermatit - mahalliy pigmentli toshmalar.
2. Diareya - gastroenterit natijasida.
3. Demensiya - ko'plab nevrologik kasalliklar qatorida kognitiv funktsiyaning pasayishi.

Davolashni, asosan, zarur vitaminlarga boy ozuqaviy qo'shimchalar (peroral, zarur bo'lsa mushak ichiga inyeksiya shaklida) qabul qilish orqali amalga oshirilish mumkin.

🩺Kanalga ulanish: @Klinik_fikrlash

KLINIK FIKRLASH

02 Jul, 17:07


Rinofima — burun terisining xavfsiz o'smasimon o'zgarishi bo'lib, burunning barcha elementlari gipertrofiyasi bilan namoyon bo'ladi va odam yuzini xunuk(ko'rimsiz) qilib qo'yadi. Barcha teri elementlari kattalashadi, shu jumladan yog' bezlari va ularning chiqaruv yo'llari ham gipertrofiyalanadi. Rinofimada yog' ajralashi kuchayishi, o'tkazuvchi yo'llarda yo'gning to'planishi, hamda yoqimsiz hid aniqlanadi. Odatda rinofima diagnozini qo'yish uchun oddiy dermatologik ko'rik yetarli bo'ladi.

Videoda rinofima olib tashlanishi

🩺Kanalga ulanish: @Klinik_fikrlash

KLINIK FIKRLASH

01 Jul, 12:53


Ksantelazma - qovoq terisidagi sariq rangli hosilalar. Tanada lipid almashinuvi buzilishi, xolesterin miqdorining ortib ketishi oqibatida kelib chiqadi. Ko'pincha ayollarda uchraydi.

🩺Kanalga ulanish: @Klinik_fikrlash

KLINIK FIKRLASH

30 Jun, 13:19


Kesarcha kesish amaliyoti muvaffaqiyatli oʻtdi.

"Ona" va "chaqaloqlar"ning salomatligi joyida😁

🩺Kanalga ulanish: @Klinik_fikrlash

KLINIK FIKRLASH

18 Jun, 08:00


Elers-Danlos sindromi - bu biriktiruvchi to'qimaning kamdan-kam uchraydigan, irsiy kasalligi bo‘lib, oqibatda g'ayritabiiy egiluvchan bo'g'imlar, yuqori elastik teri va mo'rt to'qimalar paydo bo'ladi. Davolash faqat qo'llovchi xarakterda bo‘ladi.

KLINIK FIKRLASH KANALI:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEgNn_qF2q8fRVLudg

KLINIK FIKRLASH

18 Jun, 04:53


Meduza boshi simptomi

Jigar sirrozida assit bilan birga namoyon bo‘lgan meduza boshi simptomi

KLINIK FIKRLASH KANALI:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEgNn_qF2q8fRVLudg

KLINIK FIKRLASH

17 Jun, 04:41


Neyrofibromatoz

Teri, yumshoq to'qimalar, asab tizimi va ichki organlarda yaxshi sifatli o'smalarning shakllanishi bilan ifodalanadigan irsiy kasallik.

🧬 50% holatda kasallik autosom-dominant holatda avloddan-avlodga irsiylanadi. Qolgan holatlarda esa kariotipdagi 17-xromosomasining uzun yelkasida joylashgan NF-1 deb nomlangan genida yuzaga keladigan spontan mutatsiyaga bog'liq.

🦠 Neyrofibromatozda xromasomaning bu sohasida mutatsiyaning turli ko'rinishlar - deletsiya, inversiya, translokatsiya va nuqtali mutatsiyalar uchrashi mumkin. Bu o'zgarishlar natijasida organizmda o'sma rivojlanishiga olib keluvchi nuqsonli neyrofibromin oqsili sintezlana boshlaydi.

💉 Bu o'smalar olib tashlanadi, ammo qaytalanish muqarrar.

👨‍⚕👩‍⚕KLINIK FIKRLASH KANALI

KLINIK FIKRLASH

13 Jun, 17:15


O'smalarning eng keng tarqalgan lokalizatsiyalari

O'sma tananing istalgan sohasida (tirnoq va sochdan tashqari) rivojlanishi mumkin. Ammo ba'zi organlar saraton kasalligi qolganlariga nisbatan ko'proq uchrashi bilan ajralib turadi, bular:

1. Sut bezi
2. Teri (melanoma)
3. Bachadon tanasi
4. Yo'g'on ichak
5. Bachadon bo'yni
6. Oshqozon


❗️Lekin shuni unutmaslik kerakki, o'sma rivojlanishida faqatgina lokalizatsiyasi (joylashgan sohasi) emas, ko'plab boshqa (tashqi va ichki) omillar ham asosiy rolni o'ynaydi.

👨‍⚕👩‍⚕KLINIK FIKRLASH KANALI

KLINIK FIKRLASH

13 Jun, 06:04


Tug'ma diafragmal churra

KLINIK FIKRLASH

12 Jun, 04:39


Yangi tug'ilgan chaqaloqda hansirash va sianoz belgilari namoyon bo'lmoqda. Surat ko'krak qafasi rentgenogrammasini ko'rib turibsiz.

Sizning diagnozingiz?
Diagnozingizni izohlang!

👨‍⚕👩‍⚕KLINIK FIKRLASH KANALI

1,709

subscribers

540

photos

206

videos