Jasurbek Hasanov (@khasanovjasurbek) के नवीनतम पोस्ट टेलीग्राम पर

Jasurbek Hasanov टेलीग्राम पोस्ट

Jasurbek Hasanov
Youtube & Dizayn & Frilanserlik haqida batafsil gaplashamiz.

*Tajriba: be.net/khasanovjasurbek

Hamkorlik: @creative_dprt
Shaxsiy: @khasanov_jasurbek
1,126 सदस्य
316 तस्वीरें
3 वीडियो
अंतिम अपडेट 12.03.2025 10:08

समान चैनल

Kasbim.uz
17,897 सदस्य
Ismoil Safarov
3,644 सदस्य
Shohijahon Dadaboyev | Blog
1,482 सदस्य

Jasurbek Hasanov द्वारा टेलीग्राम पर साझा की गई नवीनतम सामग्री

Jasurbek Hasanov

21 Nov, 04:05

1,651

Doim "did"ni ortiqcha va keraksiz deb o‘ylardim.

Endi tushunyapmanki, adashgan ekanman.

Aslida, bu eng muhim ijodiy ko‘nikmalardan biri.

Did = eng yaxshi g‘oyalarni tanlash qobiliyatingiz

(Va bu ko‘nikmani mashq qilish orqali yaxshilash mumkin.)

*Jay Alto sahifasidan

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

15 Nov, 15:05

1,855

"Gap isboti bilan"

O'rtacha natijadan yuqoriroq natijaga sabab bo'lgan formula.

*Faqat adaptatsiyada ehtiyot bo'ling )

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

14 Nov, 15:06

1,836

Yomon muqova dizaynerlar...

Grafik dizaynerlar ko‘pincha thumbnail'ni billboard kabi qabul qilishadi, bu esa katta xato.

Billboardlar brendni esda qoldirish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, thumbnail'larning asosiy maqsadi — foydalanuvchini klik qilishga undash.

Mavzuni batafsil tushunish uchun bu videoni ko'rishni tavsiya qilaman. (Ingliz tilida)

*Ha, avval, yuqoridagi rasmlar bilan ham tanishib chiqing )

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

12 Nov, 04:05

1,426

Muqovangizda ko'zlardan foydalanib, e'tiborni torting

Bu tomoshabinni jalb qilishning eng yaxshi usullaridan biri.

Yana bir yaxshi tomoni ko‘zli muqovalar ko‘plab yo‘nalishlarda yaxshi ishlaydi.

Masalan, Marketing haqidagi video uchun. ("Maqsadli mijoz" loyihasida sinovdan o'tgan 😉)

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

11 Nov, 04:05

1,474

92.85% holda bu muvaffaqiyatsiz bo'lmaydi

Sarlavhangizni uchun bu formuladan foydalaning:
— "Agar siz 13-18 yoshda bo'lsangiz, iltimos, ushbu videoni tomosha qiling..."

Qaysi yo'nalishda bo'lishingizdan qat'i nazar, ushbu formatdan foydalanib, ko'rishlaringiz o'sishini ko'rishingiz mumkin.

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

09 Nov, 20:07

1,246

CTR - KPI bo’la olmaydi

“Ko’proq, iloji bo’lsa yana variantlar qilaylik”, deb qolishadi ba'zida. Lekin savol tug‘iladi: ko‘p variant yaxshi degani – natijaga olib keladi degani emas-ku?

Odatda ko‘p narsalarni sonlarga bog‘lab qo‘yamiz va shunda natijalarni o’lchash mezoni topilgandek tuyuladi. Masalan, CTR. CTR qanchalik baland bo‘lsa, natija zo‘r degan tasavvur bor. Lekin minglab 12%+ CTR ko'rsatkichlari bilan 10K ko'rishlardan oshmay qolganlar kam emas.

Aslida esa ishlaydigan muqova doim chiroyli bo‘lishi shart emas. Balki yuqori CTRni ham to‘plamas, lekin u sizning videongiz mazmunini bir qarashda ochib beradi va bosishga undaydi.

Shunday qilib, o‘zingiz uchun maqsadlaringizni aniqroq qilishga harakat qiling: sizga ko’proq ko'rish kerakmi yoki shunchaki baland CTR? Tushunarli muqovami yoki ma’nosiz qilingan chiroyli 4-5 xil dizaynmi?

Bir o‘ylab ko‘rishga arziydigan narsa.

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

07 Nov, 17:18

1,386

Birgina sarlavha videoni o‘zgartirmasdan turib, sizga 100 ming prosmotr olib kelishi mumkin

YouTube'da video ko‘proq prosmotr yig‘ishi uchun qimmat production, sifatli ssenariy, e'tibor ushlab qoluvchi montaj, chiroyli muqova ustida ko‘pchilik bosh qotiradi. Bu aslida yaxshi. Lekin ba'zida 100 ming prosmotr uchun ko‘p qiyin ishlar qilish emas, shunchaki sarlavhani o‘zgartirish yetarli bo‘ladi.

Masalan, Shohida Ibrohimova uchun yangi muqova g‘oyasini qilganimda video boshida unchalik ko‘p ko‘rilmadi. CTR ham unchalik qoniqarli emas. Buni muqova yaxshi emasligidan deb o'ylashni boshlagan edim, ba'zilar esa videodan yoki ssenariysidan deb ko‘rishi mumkin, lekin bu yerda o'zaro bog'liqlik yo'qligini tushunib qoldim.

Sarlavhani "Pulingizni investitsiya qilishdan oldin bu videoni ko'ring!" ko'rinishdagi oddiy strukturaga o'zgartirdim.

1 kunda esa o'z natijasini ko'rsatdi. 3 kunda esa 80K dan ortiq ko'rishlarga ega bo'ldi. 10 kun ichida 100K ko‘rilishi aniq.

O‘zim YouTube videolarga ham muqova g‘oyasi, ham sarlavhasini yozishni boshlashim bilan men ishlaydigan YouTube kanallarda prosmotrlar o‘rtacha 2X bo‘ldi. Agar qimmat sifatli videolaringiz yetarlicha adolatdan ko‘p ko‘rilmayapti deb hisoblasangiz, menga aloqaga chiqing va birgalikda prosmotrlarni oshiramiz.

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

06 Nov, 04:05

1,139

Tushunarli muqova boshqa, chiroyli muqova boshqa. Uni birlashtirish esa, haqiqiy ijod namunasidir.

Odatda, Youtube'dagi muqovalar yuqorida aytilgan turlarga bo'linadi. Tushunarli va chiroyli. Ha aytgancha, tushunarsiz va yana kamiga chiroyli bo'lmaganlariyam bor )

Yuqoridagi rasmlar orqali sizga ularning farqini tushuntiraman.

Hamma turdagi muqovaning o'z o'rni bor. Lekin muqovaning asosiy vazifasini unutmaslik kerak. U ham bo'lsa, video ustiga bosishga olib borish.

Muqovani baholamoqchi bo'lsangiz, unga "chiroyli chiqmabdi" deb ta'rif ishlata olmaysiz. Hech bo'lmaganda, men shunday o'ylayman.

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

04 Nov, 04:05

1,021

Matematika, endi tushunish uchun osonroq

Bu fandan tayyorlanganlar yaxshi bilsa kerak, yaxshi muqovaga ega matematika darslari qo'lda sanaydigan darajada. Ha, hattoki, ingliz tilida ham.

Matematiklar o'zi aqlli bo'ladi degan gaplar o'tmaydi )

Sizning-cha, yana qaysi yo'nalishlardagi videolar yaxshi muqovaga ega emas?

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

02 Nov, 04:05

2,300

Buyog'iga, faqat muqova va sarlavhaga qarab baho berasiz

Youtube kichik doirada, ko'rishlar sonini yashirgan holatda lentani test qilayotgani haqida o'qidim.

Bu qiziq tajriba. Bugundan boshlab, men ham shu rejimni yoqib oldim. Va bir narsani sezdimki, odatda, ko'rishlar soni men tanlovimda rol o'ynagan.

Dizayner sifatida bu meni chalg'itadi. To'liq sarlavhaga va muqovaga qarab baho bera olmayman. Shu sababdan, bu rejim men uchun qiziq holatda ketmoqda.

Buni Youtube'ning o'zida yoqib olishni iloji yo'q ekan. Shu sababdan, Ilyosjoniy tavsiya qilgan "extension"dan foydalanib, ko'rishlarni berkitib qo'ydim.

Sinab ko'rib, tajribalaringiz bilan bo'lishing )

@khasanovjasurbek