Últimas publicaciones de Jasurbek Hasanov (@khasanovjasurbek) en Telegram

Publicaciones de Telegram de Jasurbek Hasanov

Jasurbek Hasanov
Youtube & Dizayn & Frilanserlik haqida batafsil gaplashamiz.

*Tajriba: be.net/khasanovjasurbek

Hamkorlik: @creative_dprt
Shaxsiy: @khasanov_jasurbek
1,126 Suscriptores
316 Fotos
3 Videos
Última Actualización 12.03.2025 10:08

Canales Similares

Kasbim.uz
17,897 Suscriptores
Portfolio | Color Shot
2,437 Suscriptores
Jo'rayev_Og'abek
1,366 Suscriptores

El contenido más reciente compartido por Jasurbek Hasanov en Telegram

Jasurbek Hasanov

11 Mar, 04:05

373

O‘ylash xavfli

Bu hech qanday "clickbait" emas. Rostdan ham ish jarayonida o‘ylash sizni ishdan chalg‘itadi.

G‘alati paradoksmi?

Odatda, biror ishni qilish paytida boshqariluvchi shovqinlardan foydalanaman. Bu bo‘lishi mumkin: musiqa, biror video va hokazo. Buni o‘zingiz istalgan payt yoqishingiz yoki o‘chirishingiz mumkin.

Qanaqa ish jarayoni desangiz, aynan o‘ylash emas, amalga oshirish bosqichiga kelganda ortiqcha o‘ylar yoki umuman ishga aloqador bo‘lmagan fikrlarni „o‘chirib qo‘yishim“ kerak.

Tabiiyki, ortiqcha fikrlar ish sifatiga ta’sir qiladi.

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

05 Mar, 04:04

708

Natija e’tiborga bog‘liq

Ba’zan mijozlardan: "Nega ba’zi dizaynlar zo‘r chiqibdi-yu, boshqalari unchalik emas?" degan savolni eshitaman.

Javob oddiy: e’tibor.

Qaysi ishga ko‘proq vaqt va resurs ajratsangiz, natijasi ham shunga yarasha bo‘ladi. Ssenarist haftalab ssenariy yozadi, montajor videoni puxta tayyorlaydi – chunki ular natijaga ta’sir qilishini bilishadi.

Muqovaga esa kamdan-kam hollarda shunday yondashiladi. G‘oya ustida o‘ylash, suratga tushirish, test qilish – bularning barchasi muqovani samarali qilish uchun zarur. Lekin ko‘pincha bu jarayon shoshilinch va yuzaki bo‘ladi.

Eng yaxshi misol? 1 kunlik dedlaynlar.
Albatta, shunday muddatda ham nimadir qilish mumkin. Lekin sizga shunchaki nimadir emas, videoingizni ko‘rishga undaydigan muqova kerak.

Shunday ekan, e’tibor natijani belgilaydi. Muqovaga yetarlicha vaqt ajratilmasa, u tomoshabinni jalb qila olmaydi. Video ustida qancha ishlashdan qat’i nazar, agar muqova e’tiborsiz qoldirilsa, video kutilgan natijani bera olmasligi mumkin.

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

28 Feb, 14:49

846

Fevral oyida tayyorlangan muqovalardan bir parcha

Art direktor: Jasurbek Hasanov
Dizaynerlar: Komron Toshkanov, Siroj Rustamov, Nusratilla Azimov

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

27 Feb, 04:46

871

Yaxshi natija vaqt bilan keladi

Andrew Price videolaridan birida aytib beryapti:
"Yozuvchi Stephen King birinchi qoralamasini tugatgandan so‘ng unga olti hafta qaramaydi. U boshqa ishlar bilan shug‘ullanadi, ta’tilga chiqadi yoki yangi kitob yozishga kirishadi.

Keyin esa, unga qaytgach, xuddi boshqa odamning ishini o‘qiyotgandek bo‘ladi. Bu unga mutlaqo yangi nuqtai nazardan qarash imkonini beradi – agar u shunchaki joyida o‘tirib davom ettirganida, bunday natijaga erisha olmas edi."


Bu misolni berishimdan maqsad, ijodkor o'z ishiga tashqaridan, boshqa perspektivalardan qaray olishi kerak. O'zini-o'zi tanqid qila bilishi kerak.

Dizayn jarayonida ham shuni qo‘llash mumkin:
Tayyorlagan dizayningizni darrov mijozga yubormang. Uni chetga olib qo‘yib, bir muddatdan keyin qayta ko‘rib chiqing.
Tabiiyki, avval sezilmagan kamchiliklar ko‘rinadi.

Yoki post yozayotgan bo‘lsangiz – uni birdan kanalga joylab yubormang.
Qayta o‘qigach, tuzatishlar kerakligini sezasiz.

*Ba'zida postlarimni yozib bo'lgach, birdan kanalga joylab yuboraman. Qayta o'qiganimdan keyin tahrirlashim kerakligini sezaman.

G‘oyangiz bormi? Uni yozing, keyinroq boshqa kayfiyatda o‘qing.
Shunda zaif tomonlar, egovlash kerak bo‘lgan qirralar aniqroq ko‘rinadi.

Ijodga vaqt bering. Eng yaxshi natijalar shoshilish bilan emas, vaqt bilan keladi.

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

26 Feb, 04:46

724

“Kamroq iste’mol qil, ko‘proq yarat.” – Jay Alto

Ko‘proq kontent ko‘rsam, fikrlarim rivojlanadi, ijodim kuchayadi deb o‘ylardim. Ammo ijodiy jarayon boshqacha: ijod – iste’molda emas, harakatda shakllanadi.

Har bir ortiqcha o‘qilgan maqola, har bir ortiqcha ko‘rilgan video sizni tomoshabin sifatida kuchliroq qiladi. Ammo yaratuvchiga aylantirmaydi.

Aziz Rahimov podkastlaridan birida aytgandi:
“20 daqiqa kontent iste’mol qilsangiz, 25 daqiqa yarating.”

Bu oddiy nisbat ham ijodingizni kuchaytiradi, fikrlaringizni aniqroq qiladi.

Eshitish – bilim emas.
Tomosha qilish – tajriba emas.
O‘rganish – qo‘llar harakatga kelganida boshlanadi.

Siz kutayotgan ideal kontent yo‘q. Uni yaratadigan – o‘zingizsiz.

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

22 Feb, 17:27

968

"Ish mijozingizga yoqishi shart emas"

Dizayner sifatida siz mijoz bilan ishlaysiz. Lekin qilinadigan ishlar mijoz uchun emas, auditoriya uchun bo'ladi. Bu yerda ishlarni aynan mijozga yoqishi ahamiyatga molik bo'lmaydi.

Nega?

Men qilayotgan dizaynimni qaysi auditoriyaga qilayotganimni va ularga nimalar qiziqligini yaxshi bilaman. Tabiiyki, tayyorlaydigan dizaynim ham shunga mos tarzda tayyorlanadi.

Agar ishni mijozimga yoqishiga harakat qilsam, bu yerda men qiladigan ishdagi ma'no yo'qoladi. Chunki vazifam, muqova dizayni orqali tomoshabinga o'zi tushunadigan tilda, ma'lumot yetkazish edi.

Endi meni maqsadli auditoriyaga emas, balki umuman videoni ko'rishi shart bo'lmagan odamlarga yetib borishi mumkin.

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

19 Feb, 02:05

1,113

Algoritmlar ijodingizni boshqarmasin

Ijod – bu tashabbus.

Agar algoritmlar sizga nima ko‘rishingizni, kimni tinglashingizni, qanday ishlash kerakligini belgilab bersa, siz o‘zingizga egalik qilmayapsiz.

Har safar platformaga kirganingizda, u sizga mos lentani ko'rsatadi, sizga o‘xshagan fikrlaydiganlarni atrofingizga to‘playdi.

Bu qulay, lekin xavfli – siz yangi fikrlarni qabul qilmay, faqat bitta doirada qolib ketasiz.

Shuning uchun:
— O‘zingiz mustaqil izlashingizga vaqt ajrating.
— Faqat tavsiya qilingan narsalarni iste’mol qilishdan qoching.
— O‘z ijodingizni algoritmlarga bog‘lab qo‘ymang.

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

09 Feb, 16:10

1,400

Busiz sizning videolaringiz ishlamaydi.

Ko‘pchilik video tayyorlaydi, lekin ko‘pchilik e’tiborni torta olmaydi.

YouTube — e’tiborlar jangi. Agar ilk soniyalarda tomoshabinni ushlay olmasangiz, video "uxladi".

Asosiy qurol bu — HOOK.

Bu shunchaki kirish emas. Tomoshabinga nega aynan sizning videongizni ko‘rishi kerakligini ko‘rsatish.

Ko‘pchilik bunga e’tibor bermaydi. “Men Jasurbek Hasanov, dizaynerman…” deb boshlaydi va... yutqazib bo‘ladi.

Yaxshi video — yaxshi hook bilan boshlanadi.

Agar hookingiz kuchsiz bo‘lsa, qolgan harakatlaringiz bekor.

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

29 Jan, 04:06

1,555

Aynan profil rasmi sabab, sizning videoingizni o'tkazib yuborishlari mumkin.

Tanlov jarayoni juda oddiy:
1. Scroll;
2. Muqovani ko‘rib, qiziqish uyg‘onadi;
3. Qaysi kanal ekani tekshiriladi;
4. Click.

Aynan shu bosqichda profil rasmi hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Uni tez-tez o‘zgartirish auditoriyani chalkashtiradi va sizni tanib olishni qiyinlashtiradi.

Profil rasmi uzoq muddat davomida o'zgartirish talab qilmaydigan bo‘lishi kerak.

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

28 Jan, 18:35

1,200

Jamoamiz har doimgidan ham kuchli va ijodga to‘la! 💪

Art direktor: Jasurbek Hasanov
Dizaynerlar: Komron Toshkanov, Siroj Rustamov, Nusratilla Azimov

@khasanovjasurbek