أحدث المنشورات من Jasurbek Hasanov (@khasanovjasurbek) على Telegram

منشورات Jasurbek Hasanov على Telegram

Jasurbek Hasanov
Youtube & Dizayn & Frilanserlik haqida batafsil gaplashamiz.

*Tajriba: be.net/khasanovjasurbek

Hamkorlik: @creative_dprt
Shaxsiy: @khasanov_jasurbek
1,126 مشترك
316 صورة
3 فيديو
آخر تحديث 12.03.2025 10:08

قنوات مشابهة

Blog | Color Shot
1,464 مشترك
Nodizayn
1,218 مشترك

أحدث المحتوى الذي تم مشاركته بواسطة Jasurbek Hasanov على Telegram

Jasurbek Hasanov

31 Oct, 04:05

1,197

Bozorda porlab turishning OSON yo‘li

Mutaxassis sifatida bozorda ajralib turish uchun “Hard-skill”lar yetarli bo‘lmay qoldi. Sababi, bunday vazifalarni bajarish uchun turli dasturlar yoki AI’lar ishlab chiqilgan.

Shunday holatda ham qanday qilib, bozorda ko‘zga ko‘ringanlardan bo‘lish mumkin? Bu juda oddiy, tushuntiraman…

Mijozlar doimiy ishlashlari uchun odatda, “soft-skill”lar kerak bo‘ladi. Bularga, suhbat olib borish, muddatlar bilan ishlash, uning ehtiyojlarini o‘rganish kabilar kiradi.

Maqolada, aynan, DEDLAYN bilan ishlash haqida aytib bermoqchiman.

👉 To'liq maqolani Medium'da o'qing )

*Aytgandek, Medium'ga alohida maqolalar yozib boraman

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

29 Oct, 04:05

1,189

Yaxshi natija bermaydigan dizayner emas, noto'g'ri vazifa beradigan mijoz bo'ladi

Dizaynerlar bilan ishlash jarayonida turli xil kutilmadagi dizaynlar uchun topshiriqlar beriladi. Lekin natija har safar mijoz kutganidek bo'laveramaydi. Ha, ha, eslayapsizmi? Sizda ham shunday holat bo'lgan. Bir mijoz yozadi, suhbatlashasiz, vaziyatni iloji boricha oydinlashtirib, ishni boshlaysiz. Natijani yuborasiz, lekin ma'qul kelmaydi.

Buning asosiy sabablaridan biri noto'g'ri kutuvdagi topshiriqlar. Texnik Topshiriq yozish ham bir alohida muhim qism. U qanchalik to'g'ri va tushunarli yozilsa, natija shunchalik yaxshiroq chiqadi.

Hech e'tibor berganmisiz, siz bilgan zo'r dizayner bor. Uni portfoliosida yoki u qilgan ishlar orasida bir yaxshi bo'lmagan dizaynni ko'rib qolasiz. Va "rostdan ham shuni u qilganmi?" degan savol paydo bo'ladi. Xafsalangiz pir bo'ladi.

Bu yerda dizaynerlarni "форточка" topib olib chiqib ketmoqchi emasman. Lekin mijozda ham gap ko'p )

Dizayner tanlashda avvalgi ishlaridan kelib chiqib uni potensialini ko'rishingiz mumkin. Undan zo'r qilishi mumkinmi? Ha. Ammo bu aniq emas. Shu sababdan, undagi kutuvingizni, avvalgi ishlaridan yuqori qo'ymasligingiz kerak.

— Siz xohlaydigan darajadagi dizayner tanladingizmi?
— Sizning kutuvingizga mos TT yozildimi?
Natija yaxshi chiqishi uchun avval shu savollarga javob bering

*Jarayondan olgan kichik xulosam

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

28 Oct, 15:06

2,598

Oktabrda jamoamizning mehnati bilan bir qancha ishlar qilindi! 🔥

Art direktor:
Jasurbek Hasanov
Muqova dizaynerlari: Komron Toshkanov, Og'abek Jo'rayev, Fayzullo Akbarov, Axror Homidov, Yunus Shamsiyev
Kontent menejerlar: Ibrohim Alijonov, Muhammad Azizxon Akbarov, Nurullox Sobirov

Yigitlar o'z yangi qirralarini ochib, qiyqiriq natijalar qilishdi! Hammaga Respect ⚡️

Dizaynlarni ko'rish uchun: link

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

23 Oct, 09:05

1,670

Bu safar yanada chuqurroq

"Ustoz AI" loyihasi uchun maxsus qo'llanma ishlab chiqdik. Uning ichida muqovadan tortib, video montajda kerak bo'ladigan barcha holatlar inobatga olingan.

Yuqorida qoldirgan "Safe zone" ham shu qo'llanma doirasida tayyorlangan edi. Montajorlar uchun ham prezentatsiya ichida kichik sovg'a bor.

👉 Prezentatsiyani ko'rish

© Creative Department

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

08 Oct, 12:36

1,643

"Safe zone"dan foydalanasizmi?

Dizayn jarayonida "safe zone" juda muhim. U yordamida muhim elementlar, matnlar kadrda to'liq va aniq ko‘rinishda qoladi.

Ko‘pincha videomontajchilar uchun bu juda tanish, lekin aslida, muqova dizaynida ham katta ahamiyatga ega.

Internetda muqova uchun yaxshi "safe zone" topa olmay, o‘zim yaratdim. Sizga ham kerak bo‘lib qolar deb, ulashmoqchiman.

Foydalaning, kam bo‘lmaysiz 😉

Yuklab olish uchun

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

03 Oct, 08:30

1,508

Bu qanday loyiha?

Bu loyiha o‘zbek YouTube'ining rivojlanishida yangi qadam bo‘ladi, deb ishonaman. Chunki endilikda jamoani kattalashtirish maqsadida Creative Department nomli loyiha boshladik. ⚡️

Loyiha, asosan, muqova dizaynlari bilan shug‘ullanadi. Va, albatta, qolgan sohalar bo‘yicha ham o‘z faoliyatini tez orada yo‘lga qo‘yadi.

Hozirda jamoani kattalashtirish maqsadida loyihaga iste'dodli mutaxassislar jalb qilmoqdamiz.

Agar siz ham YouTube bilan bog‘liq faoliyat yuritayotgan bo‘lsangiz va bizning jamoaga qo‘shilishni istasangiz, izohlarda o‘z kasbingiz va tajribangizni yozib qoldiring. Menejerlar siz bilan bog‘lanishadi.

*Eng aktual yo‘nalishlar: TT (texnik topshiriq) yozish, Muqova dizayner, Video prezentatsiya dizayneri, Ssenarist, Videomontajyor.

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

28 Sep, 04:05

1,434

Dizayn bir xil bo'lsa ham nima sababdan hammasida har xil ko'rsatkich?

Yaqinda kichik bir ekspriment uchun 3ta bir xil dizaynni A/B testga berdik. Tabiiyki, Youtube buni bir xil ekanini sezmadi. 💀

Test natijalari esa ajoyib. "Ustoz AI" dagi natijada, 1-dizayn peshqadamlikni ushlab turibdi.

"Maqsadli mijoz" loyihasida esa, foizlar o'rini almashgan.

Menda quyidagicha gipoteza paydo bo'ldi:
Avval, 1-dizayn obunachilarning o'ziga ko'rsatiladi. Ma'lum muddatdan keyin yangi auditoriyaga beradi.

2-3 - esa keyinroq / kamroq auditoriyaga taqsim qilinadi.

Siz qanday fikrdasiz? Nima sababdan natijalar farq qilishiga olib kelgan?

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

26 Sep, 09:15

1,023

Bozorda TOP’lardan bo’lishingiz uchun muhim!

Hozirgi iqtisodiyotda oʻz oʻrningizni egallash va yaxshi natijalarga erishish uchun diqqat bilan ishlash juda zarur.

Ko'plab sohadoshlarim fokusda muammolarga duch kelmoqda, chunki ular Telegram, Instagram kabi shovqinli platformalarda ishlaydi. Ofisda ham ochiq ish maydoni diqqatni chalgʻitadi.

Bundan tashqari, koʻp monitorli ishlash ham eʼtiborni boʻlishi mumkin. Odatda, ikki monitor sizni bir vaqtning oʻzida ikki narsa haqida oʻylashga majbur qiladi.

Ish jarayonini samarali qilish uchun yaqinda men Telegramdan Gmailʼga oʻtdim (Jamoadagilarni ham olib o’tdim, albatta 😉). Bu menga ishga diqqatni jamlash va chalgʻituvchi omillardan xalos boʻlishga yordam berdi.

Ikki tomonga bo’linib, ko’p vaqt yo’qotmaslik uchun mijozlar xabar yozganmi yoki yo’qligini tekshirish uchun esa ma’lum vaqtlar belgilab, ularda Telegramni tekshirishni belgilab qo’ydim.

Agar bozorda yaxshi o’rinni egallashni, odatiy ish vaqtingizda ko’proq natijalarni chiqarishni xohlasangiz, o’z diqqatingizni qadrlang. Iloji boricha ishlaringizga chuqur sho’ng’ishga salbiy ta’sir o’tkazadigan barcha narsalarni cheklash haqida o’ylab ko’ring.

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

24 Sep, 07:26

2,712

Ushbu oy Youtube'da ancha manfaatli bo'lgan ishlarga qo'l urdik.

Art direktor: Jasurbek Hasanov
Muqova dizaynerlari: Og'abek Jo'rayev, Komron Toshkanov, Fayzullo Akbarov, Yunus Shamsiyev, Axror Homidov
Kontent menejerlar: Suxrob Avalboyev, Ibrohim Alijonov, Nurullox Sobirov, Alibek Yigitaliyev

Dizaynlar tayyor bo'lishi qatnashgan barcha minnatdorlik bildiraman. Barchaga Respect! 🔥

*Aytgancha, bu dizaynlar yigitlarning qilgan ishlaridan bir shingil xolos )

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

22 Sep, 04:05

1,465

Muqova qanday bo'lishi kerak?

Ushbu postda eslatib o'tilgan qoidalar:

1. 3'lik qoidasi — dizaynda muhim uch element orqali mavzuni ochib berish haqida.
2. Uch so'z qoidasi — faqat uch so'zdan foydalanib, mavzuni to'g'ri ochib berishga xizmat qiladigan muqova matni.
3. Kontrast — keskin ajratish. Bu ranglar, shakllar, katta yoki kichiklik orqali amalga oshiriladi.

Agar postning davomi qiziq bo'lsa, izohlarda "kerak" yozib qoldiring. ✍️

@khasanovjasurbek