أحدث المنشورات من Jasurbek Hasanov (@khasanovjasurbek) على Telegram

منشورات Jasurbek Hasanov على Telegram

Jasurbek Hasanov
Youtube & Dizayn & Frilanserlik haqida batafsil gaplashamiz.

*Tajriba: be.net/khasanovjasurbek

Hamkorlik: @creative_dprt
Shaxsiy: @khasanov_jasurbek
1,126 مشترك
316 صورة
3 فيديو
آخر تحديث 12.03.2025 10:08

قنوات مشابهة

DSGN PRO
24,474 مشترك
Marketingda ishla
6,197 مشترك

أحدث المحتوى الذي تم مشاركته بواسطة Jasurbek Hasanov على Telegram

Jasurbek Hasanov

23 Jan, 15:25

1,555

Uslub yaratishning eng asosiy 3 qoidasi

1. Rang kombinatsiyasini tanlang va doimiy ishlating;
2. Takrorlanuvchi elementlardan foydalaning;
3. Bir xil shriftni saqlang.

Ishlatilgan elementlarni test qilib, eng yaxshi natijalarni doimiy uslubga kiriting.

*izchillik - bir ishni bir xil ravishda takrorlash

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

18 Jan, 09:08

1,774

Youtube'da yutib chiqish formulasi oson

Shunchaki izchillikni ushlang!

Har safar yangi manipulyatsiya dizayni. Soatlab qayta ko'rib chiqishlar. Hech biri muhim emas.

O'z uslubingizni toping. Ishlash yoki ishlamasligini bir nechta testlar orqali aniqlang. Va shunchaki undan qayta foydalaning.

Ishlayaptimi? Tegmang. U ishlayveradi.

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

08 Jan, 12:35

1,881

Sekin boshlab, tez tugating

Har safar ish boshlganingizda ko'plab vaqt qayta ko'rib chiqishlarga ketayotganini, mijoz o'zi nima xohlayotganini tushunish ancha qiyin bo'ladi. "Xudo xohlasa final" kabi fayllarni saqlash joningizga tegib ulgurgan.

Buning yechimi bor. Va juda oddiy.

Ishni boshlashda shoshmang, mijoz ketib qolishidan qo'rqmang. O'zingizga kerak bo'ladigan ketma-ket savollar ro'yxatini tuzing va ularni birma-bir berib, mijozingiz nima xohlashini aniqlang.

*Agar jarayonni tezlashtirishni xohlasangiz, qo'ng'iroq orqali hal qilishingiz mumkin.

Bu sizga kichik filtr vazifasini ham bajaradi. Hamma mijozlar ham suhbatni oxirigacha aloqa o'rnatmaydi. Va bu suhbatni muvaffaqiyatli yakunlangan mijozlar odatda, siz bilan uzoq hamkorlikni o'rnatadi.

Foydalaning. Asablarni asrang.

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

10 Dec, 04:05

2,374

Muqovada ma'lum nuqtaga e'tibor qaratishning turli yo'llari bor. Bulardan ikkitasi bilan bo'lishaman

— Arrow - "Strelka". E'tiborni tez biror tomonga qaratish usullaridan biri.
— Text - "So'z". Bir so'zdan iborat, lekin video mazmunini ochib bera oladigan bo'lishi kerak.

Siz qaysi usuldan foydalanasiz?

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

09 Dec, 04:05

2,002

Bir oyda +800K ko'rishlarga qanday erishdik? 🚀

O‘rtacha ko‘rishlar ~30K edi. Lekin to‘g‘ri muqova va sarlavha bilan raqamni 15X o‘stirdik!

Nima ishladi?
Muqova: Minimalistik, video mavzusini ochib beruvchi va diqqatni jalb qiluvchi dizayn.
Sarlavha: Oddiy, qiziqarli va auditoriya kutgan javobni va’da qiladi.

Natija:
— +800K ko‘rish
— Oddiy ko‘rishlardan 15 baravar ko‘p auditoriya

Dizayn shunchaki chiroyli emas, strategik ham bo‘lishi kerak. 🎯

Siz ham videolaringizga mos ko'rishlarni xohlasangiz, men bilan bog'laning, yordam beraman.

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

01 Dec, 10:20

4,972

Noyabr "outlier"lar oyi bo'ldi

Noyabr oyida ko'plab, tub burishlarga sabab bo'ladigan sarlavha, muqovalar tayyorlandi.

Jarayonda qatnashgan barchaga Respect! 🔥

Art direktor: Jasurbek Hasanov
Dizaynerlar: Komron Toshkanov, Og'abek Jo'rayev, Fayzullo Akbarov, Siroj Rustamov, Nusratilla Azimov
Menejerlar: Nurullox Sobirov, Ibrohim Alijonov, Suxrob Avalboev

© Creative Department

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

30 Nov, 17:08

2,228

Video ko'rishingiz uchun shay

Dizaynerning ishini 10X'ga tezlashtirishga va sifatli ish qilishga yordam beradigan instrument bilan bo'lishganman.

📱 Video ko'rish: https://youtu.be/RfMnVuoveqQ

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

28 Nov, 04:05

1,699

Coming soon..! 🔥

Yaqin kunlarda dizaynerlarga liq foydali video tayyor bo'ladi.

Video mavzusi nima deb o'ylaysiz?

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

24 Nov, 15:05

1,879

Muqova hammasini hal qildi

Yaqinda bir video uchun doimiy uslubdagi dizayn tayyorlandi. Lekin negadir, odatiy ko'rishlardan (1K +) ham bo'la olmadi. Mavzu aktual. Savol tug'iladi. Nega unda bu video uchmadi?

Kuchli sarlavha yozilmagan edimi? Yo'q, uni ustida yaxshi ishlangan edi.
Muqova dizayni sifatsiz edimi? Yo'q, doimiy uslubda, xuddi doktorlarning muqovasiga o'xshab turar edi.

Shunday bo'lsa ham natija bermadi. Ibrohimning tavsiyalari bilan muqovani yangiladik. CTR orqali tushuntirsam, video boshida 3-4%ga zo'rg'a chiqqan bo'lsa, hozirgacha 8,5% dan pastga tushmadi.

Video qanchalik aktual bo'lmasin, uni tomoshabinga o'zi xohlaganidek tushunarli yetkazib bermasangiz, afsus, yaxshi natija bermaydi.

*Videolarga mos ko'rishlarni xohlasangiz, kimga aloqaga chiqishni bilasiz )

@khasanovjasurbek
Jasurbek Hasanov

24 Nov, 04:05

1,410

Kam ko‘rishlarga yechim: ko‘proq yarating!

Ko'rishlar siz istagandek ko'p emasmi? Yechim oddiy: ko‘proq thumbnail yarating va ko‘proq sarlavhalar yozing.

Nega? Chunki yaxshi natija doimiy mehnatdan keladi. Qanchalik ko‘p yaratsangiz, shunchalik ko‘proq nimalar ishlashini tushunasiz.

Doimiylik + Harakat = Natija 🚀

*Bu formula g'oya, ssenariy, umuman, barchasi uchun to'g'ri keladi

@khasanovjasurbek