Bugungi kunda "Ziyo ulash" loyihasi O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab olmoqda va ishtirokchilar soni kundan-kunga ortib bormoqda.
Sanʼatkorlar ham “Ziyo ulash” aksiyasiga qoʻshilmoqdalar. Ular poytaxtdagi davlat xizmatlari markazlaridan biriga kitoblar topshirib, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va barcha uchun kitoblardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish tashabbusini qoʻllab-quvvatladilar.
Tashabbusga qoʻshilmoqchimisiz? Yagona sharti: oʻqib boʻlgach, boshqaga bering. Kitoblaringizni eng yaqin davlat xizmatlari markaziga topshiring. Ehtimol, aynan sizning kitobingiz kimnidir yangi yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin.
Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.
📌 Kanalga ulanish