ISLOMSHUNOSLIK FAKULTETI

@islomshunoslik_fakulteti


Исломшунослик факультети янгиликлари
https://instagram.com/islamic.faculty?igshid=MmVlMjlkMTBhMg==

ISLOMSHUNOSLIK FAKULTETI

23 Oct, 12:06


#Yangiliklar

Talabalarda yangi tadqiqotlarni o'rganish ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida tyutor Umida Xasanova tomonidan trening tashkil qilindi.

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti talabasi, Respublika yosh olimlar kengashi a’zosi, Bobur nomli xalqaro jamoat fondi yoshlar boʻlimi rahbari Faxriddin Nosirjonov tomonidan tayyorlangan «Tarixiy asarlarda murabbiylik va muqavviylik talqini» mavzusida taqdimot qildi.

Taqdimotda mavzu yuzasidan O'zRFA o'zbek tili va adabiyoti folklori insituti katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi Burobiya Rajabova tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar xususidagi ma'lumotlar ulashildi.

Treningda Islomshunoslik fakulteti, “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” yo’nalishi 3-kurs talabalari qatnashdi. Faol talabalar mavzuga doir savollariga javob olib, kelgusida qilinadigan ilmiy izlanishlar bo’yicha kelishib olishdi.

https://t.me/Islomshunoslik_fakulteti

ISLOMSHUNOSLIK FAKULTETI

23 Oct, 12:00


#Yangiliklar

Akademiya dotsenti tuman hokimi tomonidan taqdirlandi

Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Tadbir davomida Shayxontohur tumanini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishdagi samarali faoliyati hamda saylovchilar oldidagi fidokorona xizmatlari uchun tuman kengashi deputatlariga hokim Bobur Abubakirov tomonidan minnatdorchilik izhor etilib, tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi dotsenti Ne’matullo Muhamedov tuman kengashi deputati sifatidagi samarali faoliyati uchun mas'ullar tomonidan taqdirlandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram

ISLOMSHUNOSLIK FAKULTETI

23 Oct, 12:00


#Xalqaro_haftalik

Toshkent madaniy meros haftaligi: xalqaro muloqot va oʻzaro bilimlar almashish manzili

Xabaringiz bor ayni kunlarda Toshkentda “Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar” mavzusida madaniy meros haftaligi boʻlib oʻtmoqda.

Joriy yilning 27-oktabriga qadar davom etadigan mazkur haftalik doirasida turli konferensiyalar, seminarlar, forumlar, koʻrgazmalar va taqdimotlar tashkil etilib, ularda 100 dan ortiq xorijiy olim va mutaxassislar, jumladan, xalqaro madaniy tashkilotlar rahbarlari, chet el muzey va kutubxonalari boshqaruvchilari qatnashmoqda.

Madaniy meros haftaligida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari ham faol ishtirok etmoqda.

Xususan, “Asrlar xazinasi: Oʻzbekiston qoʻlyozmalari” xalqaro sharqshunoslar forumi va koʻrgazmasida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti Neʼmatulla Nasrullayev “Muxtasar al-viqoya” asariga oid yangi tadqiqotlar” mavzusidagi maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3468

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram

ISLOMSHUNOSLIK FAKULTETI

23 Oct, 04:44


#VIDEOLAR

🎞Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning mazhabida namozda takbiri tahrimaning hukmi nima?

🔰Imomiddin Boboqulov,
Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram