Dernières publications de Susambil – Nodir Nishonov (@insusambil) sur Telegram

Publications du canal Susambil – Nodir Nishonov

Susambil – Nodir Nishonov
Susambil, Qurultoy va Dervish_nod loyihalarining muallifi Nodir Nishonovning kanali 📚🏹

YouTube: https://www.youtube.com/c/SUSAMBILolami

Takliflar & Hamkorlik: @profsoyuz_influence
7,185 abonnés
4,211 photos
914 vidéos
Dernière mise à jour 01.03.2025 07:38

Canaux similaires

BoburAkmalov
63,456 abonnés
Xuddi Shunday
6,774 abonnés
Azizbekh
4,029 abonnés

Le dernier contenu partagé par Susambil – Nodir Nishonov sur Telegram


👉 https://youtu.be/BvcbU1a1cz4

Jadidlar, umuman XX asr boshida yashagan o‘zbek oydinlari mavzusiga ko‘p e’tibor qaratamiz. Qurultoy ochilganidan buyon bu mavzuda ko‘p suhbatlar qilganmiz, yaqinda ham Mustafo Cho‘qay haqida gaplashdik. Bugun ushbu mavzuni davom ettirish niyatidamiz. Mehmonimiz — tarixchi olim Bahrom Irzayev. U kishi bilan bugun O‘zbekistonning ilk rahbarlaridan biri Akmal Ikromov shaxsiyati haqida gaplashamiz.

@insusambil

⚡️Minecraft filmining TO‘LIQ treylerini qarshi oling.

Muhtasham chiqibdi lekin. Ko‘ramiz)

@insusambil

To‘satdan "Shrek 5" loyihasining ilk tizeri e’lon qilishdi. 👍

Ijodkorlar ilk videoda bizga yangi grafikani va Zendeya ovoz bergan Sherkning voyaga yetgan qizini namoyish etishdi. Xullas, barchasini 2026-yil dekabrida ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. 🤩

@insusambil

Jared Padaleki va Misha Kollinz "The Boys" serialining beshinchi mavsumi tarkibiga qo‘shildi.

#TheBoys

@insusambil

"Uzuklar hukmdori: Gollumga ov" bir yilga kechiktirildi - Endi film premyerasi 2027-yilda bo‘lib o‘tadi.

Endi Serkis filmning ssenariysi yaqindagina yozila boshlanganini, suratga olish ishlari esa faqat 2026-yilda boshlanishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, rejissor avval taxmin qilinganidek, film ikki qismga bo‘linmaydigan bo‘ldi.

@insusambil

YouTube'da izohlarni yondirib tashlaylik) Har biringizni izohingiz va laykingiz jamoamizga MEGA kuch bag‘ishlaydi.

👉 https://youtu.be/B9l2XNV0Yx0

“Gravity Falls” animatsion serialining hikoyasi xuddi bir stakan sarguzasht, ikki choy qoshiq qalbdagi og‘riqlar, bir hovuch mistika va sir ustiga bir qop yumor qo‘shib tayyorlanganga o‘xshaydi. Aynan shu sababli bir obunachimiz har kuni: “Gravity Falls haqida video qilmaguningizcha yozaveraman” degan da’vatini to‘g‘ri tushunamiz. Unutmang Susambil barcha muxlislar fikrini qadrlaydi. Bizga esa sizning fantastik obuna, fantastik like va fantastik izohlaringiz kuch bag‘ishlaydi. Demak, shahar haqidagi sirli ensiklopediyalaringizni hozirlang, chunki biz Gravity Fallsg'a yo‘l olyapmiz.

@insusambil

#kinonews

"Andor" serialining ikkinchi mavsumi ilk treyleri va posteri e’lon qilindi

Isyonchi Kassian Andor haqidagi hikoyaning yakuni 22-aprelda Disney+ platformasida namoyish etiladi va "Star Wars: Rogue One" filmi voqealariga bevosita bog‘lanadi.

Mavsum 12 ta qismdan iborat.

@boredpandablog

O‘rtadunyoda (O‘rtayer) oddiy bir kun ruknidan)

Bu sun’iy intellekt deganlari muazzam narsada.

@insusambil

Ron Xovard suratga olgan "Yerdagi jannat" filmining posteri e’lon qilindi.

Asosiy rollarni sohibjamol Ana de Armas, Vanessa Kirbi, Sidni Sueyniy va afsonaviy Jud Lou ijro etgan. Loyiha uzoq vaqt davomida prokatchini topa olmayotgan edi. Qizig‘i shundaki, film Rotten Tomatoes da tanqidchilarning 59 foizlik ijobiy bahosiga ega chiqdi.

@insusambil