IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal @iiv_namal Channel on Telegram

IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal

@iiv_namal


Ushbu kanal rasmiy boʻlib, faqat Ichki ishlar vazirligi Namangan akademik litseyi oʻqituvchilari, oʻquvchilari hamda ota-onalar uchun!!!

IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal (Uzbek)

Bu kanal IIV Namangan akademik litseyining rasmiy kanalidir. Faqat Ichki ishlar vazirligi Namangan akademik litseyi oʻqituvchilari, oʻquvchilari hamda ota-onalar uchun joylashtirilgan. Bu kanalda litseyning faoliyatiga oid so'nggi yangiliklar, tadbirlar va maqolalar bilan tanishishingiz mumkin. IIV Namangan akademik litseyi oʻquvchilari va oʻqituvchilari uchun maxsus ko'rsatuvlar, qiziqarli maqolalar va yangi imkoniyatlar haqida xabarlarni olishingiz mumkin. Ota-onalar uchun esa, o'z farzandlarining o'qish-yo'qish jarayonlariga oid maslahatlar va yordam bera oladigan maqolalar joylashtiriladi. Bugungi kunda, IIV Namangan akademik litseyi oʻquv jarayonida qiziqarli, ajoyib hujumlarni yaratib chiqmoqda. Siz ham IIV Namangan akademik litseyining rasmiy kanaliga qo'shilib, yangiliklardan xabardor bo'ling va o'z o'qish yo'nalishingizda yuksak natijalarga erishing!

IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal

31 Jan, 10:30


IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilari tergovchilar xizmat faoliyati bilan tanishdilar

Ichki ishlar vazirligi Namangan akademik litseyi o‘quvchilari huquqiy bilimlarini oshirish va Tergov boshqarmasi xizmati faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida bo‘lishdi.

Ekskursiya davomida tergovchilar tomonidan o‘quvchilarga Ichki ishlar organlari tizimida tergov bo‘linmalarining tashkil topish tarixi hamda tergov bo‘limlarini jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ishtiroki, qonuniylikni taʼminlash, jinoyatchilikni oldini olish borasidagi vazifalari bilan batafsil tanishtirishdi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube

IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal

26 Jan, 07:02


IIV Namangan Akademik litseyida IIV Akademiyasi mas'ullari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube

IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal

18 Jan, 15:53


Zakovatda ayollar bellashdi (Namangan)

©️ "Zo'r TV" telekanali "Bu kun" informatsion dasturi           


Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube

IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal

14 Jan, 16:42


IIV Namangan akademik litseyida “Yangi O‘zbekiston armiyasi -mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilar” kuni munosabati bilan IIV Namangan akademik litseyida “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Namangan viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi xodimlari ishtirokida uchrashuv ham tashkil qilinib. yig‘ilganlarni bayram bilan qutlab, bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida o‘quvchi yoshlarga so‘zlab berdilar.

Tadbir yakunida o‘qishi va xulqi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan o‘quvchilar litsey maʼmuriyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube

IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal

14 Jan, 08:03


O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan Namangan viloyati IIB tashabbusi bilan Dinamo sport majmuasida "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etildi

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube

IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal

13 Jan, 12:49


Dinamo sport majmuasida "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan Dinamo o‘yingohida Namangan viloyati IIB maʼnaviy maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tashabbusi bilan boshqarma sohaviy xizmatlari, IIV Namangan akademik litseyi, Yoshlar ittifoqi Namangan viloyat kengashi, Mudofaa ishlari boshqarmasiga qarashli Pop tumanidagi 07648-sonli harbiy qism, FVB, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi Vatanparvar tashkiloti Namangan viloyat kengashi bilan hamkorlikda Dinamo sport majmuasida "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etildi.

Mazkur tadbirga mahallalardagi uyushmagan yoshlar, universitet, maktab va texnikum talaba, o‘quvchilari hamda yoshlar yetakchilari taklif etildi.

Jangovar va ko‘rgazmali chiqishlarni tomosha qilish barobarida yoshlar FVB, Vatanparvar tashkiloti va boshqa soha xizmatlarning maxsus transportlari, qurol aslahalari, xizmatda foydalaniladigan buyumlari bilan ham yaqindan tanishish, ular to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar olish imkoniga ega bo‘lishdi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube

IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal

11 Jan, 03:19


Namangan viloyati IIB MMI va KBTX xodimlari tomonidan Prezident maktabi o‘quvchilari uchun “Jasorat” muzeyiga sayohat tashkil etildi

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube

IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal

05 Jan, 17:21


Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tarkibiy va hududiy bo‘linmalarining safdorlar tarkibidagi lavozimlar uchun tanlov e’lon qilinadi

Asosiy talablar:
-O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan, Namangan viloyatida doimiy ro'yxatda turuvchi
erkaklar;
-Bo'yi 170 sm va undan yuqori bo'lganlar;
-Harbiy xizmatni o'taganlar (muddatli yoki SChR);
-Yoshi 18 dan kichik va 30 dan katta bo'lmaganlar;
-Oliy ta'lim muassasasini TAMOMLAGAN oliy ma'lumotlilar, shuningdek, IIV yoki harbiy akademik litseylarni bitirganlar


Qo'shimcha ma'lumotlar shu yerda

Ro'yxatdan o'tish
kb.iiv.uz sayti orqali

Murojaat uchun:
95-707-85-86;
69-210-32-06;
69-210-32-17.

Batafsil:👉🏻
@nomzod2020

IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal

04 Jan, 04:04


Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizni ijtimoiy tarmoqlar taʼsiri ostida shakllanayotgan diniy qarashlariga eʼtiborli boʻling!
———
Ҳурматли ота-оналар, фарзандларингизни ижтимоий тармоқлар таъсири остида шаклланаётган диний қарашларига эътиборли бўлинг!

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV

IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal

26 Dec, 11:40


Наманган вилояти ИИБнинг сержантлик лавозимларидаги бўш ўринлар учун Ички ишлар вазирлиги МОИ Касбий тайёргарлик факультети орқали қабул қилиш учун танлов эълон қилинади!

Ушбу танловда 18-30 ёшдаги барча олий маълумотли йигит-қизлар иштирок этишлари мумкин😊😊😊.

Номзодлар 2025 йилнинг 16 январь кунига қадар яшаш ҳудудидаги Ички ишлар органлари кадрлар бўлинмалари масъул ходимларига мурожаат қилишлари лозим.

Қўшимча маълумотлар бу ерда:

Мурожаат учун:
+99869-210-32-17
+99869-210-32-06

Батафсил: 👉🏻@nomzod2020

IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal

26 Dec, 05:04


📌Maqsad sari intilgan yoshlar

     O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va inovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkazib kelinayotgan chet tilini bilish darajasi hamda umumta'lim fanlarini bilish darajasi to'g'risidagi sertifikatlarga ega bo'lishda Ichki Ishlar vazirligi Namangan akademik litseyi o'quvchilari ham faol ishtirok etmoqdalar.
     Xorijiy tillarni o'rganish va tarix, matematika fanlariga bo'lgan qiziqish so'nggi yillarda tobora ortib bormoqda. Bugungi o'quvchilar orasida sertifikat sohiblarining kun sayin ko'payib borayotganligi buning isbotidir.

IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal

25 Dec, 12:22


Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev “Yoshlar haftaligi-2024” doirasida tizimdagi yosh xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube

IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal

24 Dec, 12:36


Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev “Yoshlar haftaligi-2024” doirasida tizimdagi yosh xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 13-dekabrdagi tegishli buyrug‘iga asosan joriy yilning 18-25-dekabr kunlari “Yoshlar haftaligi-2024” deb eʼlon qilinib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularni qo‘llab-quvatlash maqsadida ochiq muloqot hamda uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Bugun polkovnik Shuxrat Aliyev viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar va IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchi-yoshlari bilan uchrashib, ularga tizimda yaratilgan imtiyozlar, shart-sharoitlar, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish, xizmatga bo‘lgan masʼuliyat, ustoz-shogird anʼanalari, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, fuqarolar bilan bo‘lgan muloqotda doimo xushmuomalada bo‘lish kabi ustuvor vazifalar to‘g‘risida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuv davomida boshqa hamkasblarga alohida o‘rnak bo‘lgan bir guruh yosh xodimlarga boshqarma boshlig‘ining esdalik qo‘l soatlari, pul mukofoti, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube

IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal

01 Nov, 04:35


“25-oktyabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan Namangan viloyati IIBdagi raqamli “Jasorat” muzeyining ochilish marosimi tantanali ravishda oʻtkazildi

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube

IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal

01 Nov, 04:35


“25-oktyabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan Namangan viloyati IIBdagi raqamli “Jasorat” muzeyi o‘z ish faoliyatini boshladi

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube

IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal

30 Oct, 08:07


IIV Namangan Akademik litseyida ochiq eshiklar kuni o'tkazildi

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube

IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal

29 Oct, 14:09


IIV Namangan Akademik litseyida ochiq eshiklar kuni o'tkazildi

Yoshlarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning kasb tanlashida yordam berish va taʼlim muassasasi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Namangan Akademik litseyida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

Unda o‘quvchilar litseyning o‘quv va amaliy mashg‘ulotlari haqida batafsil maʼlumot olish, darslar qanday o‘tilishini bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Tadbir davomida JTSB xodimlari tomonidan yoshlarga ichki ishlar organlarida xizmatda foydalanilayotgan jangovar texnikalar, harbiy qurollar va maxsus vositalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Shuningdek, Kinologiya xizmati xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari ishtirokida sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olish va ularni issiq izidan fosh etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazishdi.

Litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan jangovar chiqishlar barchaga yuqori kayfiyat ulashish barobarida, vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada jonlantirdi.

Yoshlar tadbir yakunida o‘zlariga qiziqarli bo‘lgan savollar bilan murojaat qilib, akademik litseyda taʼlim olish tartibi, talablar va imkoniyatlar haqida qo‘shimcha maʼlumot olishdi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube

IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal

27 Oct, 04:43


Zakovatda “Jasorat” jamoasiga omad yor bo‘lsin!
O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi Zakovat turnirining respublika bosqichi bugundan boshlandi. Ushbu turnirda IIV Namangan akademik litseyning o‘quvchilari viloyat sha’nini himoya qilishadi. Shu sababli ularga omad tilab qolamiz.

IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal

25 Oct, 11:13


IIV Namangan akademik litseyi o'quvchilarining bayram tabrigi

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube

IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal

21 Oct, 11:38


Namangan viloyati IIB tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida bo‘sh bo‘lgan safdorlar tarkibining pastrul-post xizmati inspektori lavozimlari uchun tanlov eʼlon qilinadi
Batafsil
———
Наманган вилояти ИИБ таркибий ва ҳудудий бўлинмаларида бўш бўлган сафдорлар таркибининг паструль-пост хизмати инспектори лавозимлари учун танлов эълон қилинади
Батафсил

Қўшимча маълумотлар учун:
@nomzod2020

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube

IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal

12 Oct, 05:38


Faxriy ayol xodimalar ishtirokida “Uch avlod” uchrashuvi o‘tkazildi

“Keksalar haftaligi” doirasida Namangan viloyati IIB, hamda IIV Namangan akademik litseyi tomonidan joylarda turli tadbirlar va uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.  

Joriy yilning 11-oktabr kuni Namangan viloyati IIB JXX YHXB ma’rifat zalida yoshi ulug‘ faxriylarga e‘tibor hamda g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularni sog‘lomlashtirish ishlarini samarali tashkil etish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ijtimoiy hayotdagi faolliklarini oshirish hamda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida ichki ishlar organlarida uzoq yillar xizmat qilib nafaqa gashtini surayotgan faxriy ayollar, tizimda faoliyat yuritayotgan xodimalar va IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchi qizlari ishtirokida “Uch avlod” uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda faxriylarning boy hayotiy va kasbiy tajribalari bilan o‘rtoqlashgan yosh xodimalar o‘zlarining kelgusi faoliyatlarida zarur bo‘lgan maslahatlarni olishdi

IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal

12 Oct, 05:37


Yoshlar saylida faol yoshlar

Joriy yil 10-oktyabr kuni Namangan shahar “Uch favvora” xiyobonida “Men tanlagan kasb” shiori ostida o‘tkazilgan yoshlar saylida IIV Namangan akademik litseyi o'quvchilari ham faol ishtirok etishdi.

Saylda ishtirok etgan faxriylar tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni vatanga muhabbat hissini shakllantirish, hamda har bir inson yurt himoyasi uchun doimo shay turishi lozimligi haqida bir qator hayotiy misollar bilan tushunchalar berildi
.

IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal

01 Oct, 12:52


El ardog‘idasiz, aziz ustozlar

Ichki Ishlar Vazirligi Namangan akademik litseyida 1 oktyabr — "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan “El ardog‘idasiz, aziz ustozlar” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ustozlarni tabriklash uchun Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik F.Rahmatov hamda Namangan akademik litseyi direktori qatnashdilar.

Tadbirda o‘qituvchilik nechog‘lik mashaqqatli kasb ekanligi, o‘quvchilar bilimini yuksaltirishda o‘rni beqiyosligi alohida taʼkidlandi.

Tadbir davomida akademik litseyning bir guruh o‘qituvchilari Ichki ishlar vazirligi va Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmalarining mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, bayram sababchilari uchun Alisher Navoiy nomidagi musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan "Zebiniso" nomli spektakl namoyish etildi.

Litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiq, raqslar esa barchani shod etdi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube