IHMA Surxondaryo viloyati @ihma_surxondaryoviloyati Channel on Telegram

IHMA Surxondaryo viloyati

@ihma_surxondaryoviloyati


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun👇
@IHMA_Surxondaryo_murojaat_bot

IHMA Surxondaryo viloyati (Uzbek)

Salom, qadrlangan ma'ruzachilar! Sizga IHMA Surxondaryo viloyati atamasi bilan tanishtirishga chaqiramiz. Kanalimizda Surxondaryo viloyati bo'ylab so'nggi yangiliklar, ijtimoiy tadbirlar, ma'ruzalar, va boshqa ko'p soha haqida foydali va ma'lumotli maqolalar paydo bo'ladi. Agar siz Surxondaryo viloyatidagi so'nggi rivojlanishlardan xabardor bo'lishni istasangiz, kanalimizga a'zo bo'ling va barcha yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling. IHMA Surxondaryo viloyati kanali - bu sizning eng yaxshi yordamingiz bo'ladi! Sizni kanalimizda ko'rishni kutib qolamiz!

IHMA Surxondaryo viloyati

21 Feb, 15:52


#Psixologik_xizmati
#Surxondaryo

Tazyiq va zo'ravonlik qurboni bo'lgan ayollarga ko'rsatilgan psixologik xizmatlar ularni hayotga qaytarmoqda

Jamiyatda ayollar huquqlarini himoya qilish va ularning xavfsizligini ta’minlash muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Ayniqsa, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar uchun ko‘rsatiladigan psixologik yordam ularning hayotga qaytishi va ijtimoiy moslashuvi uchun katta ahamiyatga ega.

“Inson” markazlari ana shunday qiyin vaziyatga tushib qolgan ayollarga psixologik yordam ko‘rsatish, ularning ruhiy holatini barqarorlashtirish va jamiyatga moslashishiga ko‘maklashish bilan shug‘ullanmoqda.

Markazga murojaat qilgan har bir ayolga individual yondashuv asosida xizmat ko'rsatiladi.

🎬Batafsil videoda...

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Surxondaryo viloyati

21 Feb, 10:56


#Ochiq_muloqot
#eshittirish

Bugungi ochiq muloqotimiz Denov tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida bo‘lib o‘tdi.

Sahifalarimizga qo’shiling!
     👇                 👇                 👇
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

21 Feb, 09:18


Milliy libos qadriyatlarimiz ifodasi

🗣Uzun tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari “Milliy liboslar kuni”da faol ishtirok etmoqda

Sahifalarimizga qo’shiling!
     👇                 👇                 👇
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

21 Feb, 07:55


YILLAR VA YO‘LLAR.

Oilaviy bolalar uyidagi to‘qqiz bola taqdiri. Ular mehr va e'tiborga muhtoj emasmi?

Sahifalarimizga qo’shiling!
     👇                 👇                 👇
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

21 Feb, 04:16


❗️ Nogironligi bor shaxslarga magistraturaga kirishda sertifikat talab qilinmaydi

Nogironligi boʻlgan shaxslarga magistraturaga kirishda imtiyoz mavjud. Biroq bu barcha toifadagi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun emas.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.10.2022-yildagi PQ-407-son qarori 4-bandiga koʻra, davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga oʻqishga qabul qilishda koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslar tomonidan xorijiy tilni bilish boʻyicha milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatni taqdim etish talab etilmaydi.

Aynan shu qoidaga koʻra imtiyoz koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslarga taqdim etiladi.

Sahifalarimizga qo’shiling!
     👇                 👇                 👇
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

21 Feb, 03:58


O‘smirlik davri-psixolog nigohida

Sahifalarimizga qo’shiling!
     👇                 👇                 👇
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

20 Feb, 07:34


Inson qadri uchun

Sahifalarimizga qo’shiling!
     👇                 👇                 👇
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

20 Feb, 07:21


XalqSo‘zi| Savdo yarmarkasi: nogironligi boʻlgan shaxslar qoʻllab-quvvatlanmoqda

📍Batafsil_https://xs.uz/uz/post/savdo-yarmarkasi-nogironligi-bolgan-shakhslar-qollab-quvvatlanmoqda

Sahifalarimizga qo’shiling!
     👇                 👇                 👇
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

20 Feb, 04:21


Кейс-менежмент ижтимоий ҳимоя самарадорлигини оширмоқда (+видео)
17:16
https://uza.uz/uz/posts/keys-menezhment-izhtimoiy-himoya-samaradorligini-oshirmoqda-video_690065

IHMA Surxondaryo viloyati

20 Feb, 02:41


Nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar yarmarkasida o'tkazilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi va “Inklyuziv” taʼlim markazi hamkorligida Nogironligibo‘lgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar” savdo yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda.

Unda viloyatning turli hududlaridan kelgan 6 nafarga yaqin imkoniyati cheklangan fuqarolarning 731 ta  oʻz mahsulotlari bilan qatnashmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu ijtimoiy loyiha mualliflari nogironligi boʻlgan shaxslarning har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda oʻz biznesini boshlashda koʻmak berishni maqsad qilgan.

Yarmarkada hunarmandchilik buyumlarini hamyonbop narxlarda xarid qilish imkoniyati yaratib berildi. Savdo yakunida 118  million soʻmlik mahsulotlar sotilmoqda.

Sahifalarimizga qo’shiling!
     👇                 👇                 👇
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

19 Feb, 16:46


Imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar yarmarkasida o'tkazilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi va “Inklyuziv” taʼlim markazi hamkorligida “Imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar” savdo yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda.

Unda viloyatning turli hududlaridan kelgan 6 nafarga yaqin imkoniyati cheklangan fuqarolarning 731 ta oʻz mahsulotlari bilan qatnashmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu ijtimoiy loyiha mualliflari nogironligi boʻlgan shaxslarning har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda oʻz biznesini boshlashda koʻmak berishni maqsad qilgan.

Yarmarkada hunarmandchilik buyumlarini hamyonbop narxlarda xarid qilish imkoniyati yaratib berildi. Savdo yakunida 118 million soʻmlik mahsulotlar sotilmoqda.

Sahifalarimizga qo’shiling!
     👇                 👇                 👇
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

18 Feb, 14:15


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi "Nogironligi bo'lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilizatsiya qilish tizimini takomillashtirish boyicha chora-tadbirlar tog'risida" PQ-389 qarorning ijrosini ta'minlash hamda sportning futbol turini ommalashtirish, do'stlik aloqalarini yanada mustahkamlash, yoshlarni yanada ko'proq qamrab olish maqsadida 16-fevral kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanida eshtishida nuqsoni bor nogironlar o'rtasida mini-futbol sport turi boyicha viloyat chempionati o'tkazildi.

Musobaqada:
Tojikiston Respublikasi jamoasi, Surxondaryo viloyati jamoasi, Buxoro viloyati jamoasi, Qashqadaryo viloyati jamoasi hamda IHMA tasarrufidagi 122-sonli maktab internat o'quvchilaridan iborat jamoalar qatnashdi.


1-o'rin Buxoro viloyati jamoasi
2-o'rin Surxandaryo viloyati jamoasi
3-o'rin Tojikiston Respublikasi jamoalari egallashdi.

Sahifalarimizga qo’shiling!
     👇                 👇                 👇
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

18 Feb, 06:19


#qarorvaijro

“Muruvvat” internat uyida 161 nafar vasiylikka olingan bolalar bo‘lib, ularga 209 nafar xodim tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishadi.

Hozirgi kunda “Muruvvat” internat uyida 4 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan doimiy yashovchi 145 nafar nogironligi bo‘lgan bolalar istiqomat qilmoqda.

“Muruvvat” internat uyida joriy yilning 2025 yil yanvar oyi davomida 6 ta madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazilgan.

Nogironligi bo‘lgan bolalarni sport jalb yetish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha adaptive sportni rivojlantirish, sport to‘garaklarini tashkil qilish va to‘garak aʼzolarini sport bilan muntazam shug‘ullantirish choralari ko‘rib chiqildi. Adaptiv sportning shashka va stol tennis to‘garaklari ochildi va bolalar ishtiroki taʼminlandi.

Sahifalarimizga qo’shiling!
     👇                 👇                 👇
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

18 Feb, 05:59


Mehr va e’tibor og‘ushida

Yiqilganni suyash, ko‘makka muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish azaliy odatlarimizdan sanaladi. Nogironligi bor shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning farovonligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Nogironligi bo'lgan shaxslarga yordam berish, ularni xolidan xabar olish borasida Sho‘rchi tumanida samarali ishlar amalga oshirilayotgani sababli ko‘ngli yarim insonlarning yuzida tabassum paydo bo‘lmoqda. "Inson" markazi tomonidan "Egarchi" mahallasida yashovchi, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj bo‘lganlar uchun zarur bo‘ladigan aravacha topshirildi.

Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikdan ularning yuzidan tabassum, qalbida shukronalik uyg‘ondi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Sahifalarimizga qo’shiling!
     👇                 👇                 👇
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

18 Feb, 04:49


MAXSUS REPORTAJ.

Angor tumanidagi "Nurli maskan" ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati.

Sahifalarimizga qo’shiling!
     👇                 👇                 👇
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

16 Feb, 17:50


Maxsus reportaj | Imkoniyati cheklangan bolalar uchun yordam ko’lami yanada kengayadi

Sahifalarimizga qo’shiling!
     👇                 👇                 👇
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

16 Feb, 13:40


RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali e'lon qilingan  murojaat yuzasidan quyidagilarni ma‘lum qilamiz.

IHMA Surxondaryo viloyat boshqarmasi, Jarqo'rg'on  tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ullaridan iborat ishchi guruh o’rganish olib bordi.


Tumandagi "Uzumzor" mahallasidagi  ijtimoiy xodim tomonidan fuqaroni  “Ijtimoiy himoya yagona reestri” ga kiritilgan, sanatoriylarda davolanish uchun navbatga qo'yilganligi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan  aravacha berilganligini ma'lum qilamiz.

Ushbu murojaat Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.

Sahifalarimizga qo’shiling!
     👇                 👇                 👇
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

16 Feb, 12:55


RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali e'lon qilingan video murojaat yuzasidan quyidagilarni ma‘lum qilamiz.

Ushbu murojaat yuzasidan  Denov tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ullaridan iborat ishchi guruh o’rganish olib bordi.

Fuqaro murojaati  yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi “Temir daftar” orqali ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 313-sonli qarori yuzasidan huquqiy tushuncha va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, yuqoridagi qarorga asosan murojaatchiga so'g'ligini tiklash uchun tibbiy muassasadan shartnoma taqdim etilgan taqdirda "Saxovat va ko'mak" jamg'armasi orqali 17 million so'mgacha pul mablag‘lari o‘tkazib berilishini ma'lum qilindi.


Ushbu murojaat Ijtimoiy himoya milliy agentligi  Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.

Sahifalarimizga qo’shiling!
     👇                 👇                 👇
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

12 Feb, 10:50


#farmon_sharh

Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi


Mazkur Farmonning asosiy maqsadlarini, unda belgilangan vazifalarni va ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar to'g'risida Agentlik mas’ul xodimi Davronov Saxobiddin sizga kerakli ma’lumotlarni taqdim etadi.

Videoni tomosha qiling va bu mavzuda batafsil ma’lumotga ega bo‘ling!

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Surxondaryo viloyati

10 Feb, 17:21


Ijtimoiy xodimlar manzilli faoliyat yuritib, ijobiy natijalarga erishmoqda

Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 539-sonli "Aholini ijtimoiy himoya olish huquqlarini ta'minlash hamda davlat ijtimoiy yordami va hizmatlarini ko‘rsatishga doir qo‘shimcha chora tadbirlari to‘g‘risidagi" qarori ijrosini ta'minlash maqsadida ijtimoiy xizmat va yordamlarni kompleks yondashuv asosida ko‘rsatish, aholining og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish, ijtimoiy himoyaning manzilli va samaradorligini oshirish borasida tizimli ishlar yo'lga qo'yilgan.

Xususan, Bandixon tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazining kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimi tomonidan "Bandixon" mahallasi hududidagi og‘ir sharoitga tushib qolgan, psixologik yordamga  muhtoj oilalar va ularning farzandlaridagi psixoemotsional holatlar o‘rganilib, mutaxassislar bilan tushuntirishlar berildi.

Sahifalarimizga qo’shiling!
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

10 Feb, 17:00


Hozirgi kunda ko‘plab ota-onalar bolalarining jizzakiroq bo‘lib qolayotganidan shikoyat qilishadi.

Termiz shahridagi 22-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mutaxassis fikricha.


Sahifalarimizga qo’shiling!
     👇                 👇                 👇
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

10 Feb, 03:31


Aholi murojaatlarini ijobiy hal qilishni yanada takomillashtirish yo‘lida

Ijtimoiy himoya milliy agentligi murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Zulxumor Xamraxodjayeva Surxondaryoga tashrifining 6-kunida Bandixon, Qiziriq tumanlari va Termiz shahrida bo‘ldi.

Fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar, ularni ijobiy hal qilinishi hamda hujjatlar bilan ishlash masalalari tahlil qilinib, murojaatchilarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish, murojaatlarni yechimini tezlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Sahifalarimizga qo’shiling!
     👇                 👇                 👇
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

09 Feb, 11:03


9-fevral — buyuk shoir, ulug‘ mutafakkir, davlat arbobi va insoniyat ma’naviyatining buyuk timsoli Alisher Navoiyning 584 yilligi

Sahifalarimizga qo’shiling!
     👇                 👇                 👇
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

08 Feb, 16:05


#YIL_TANLOVI

“ЙИЛ ОДАМИ”


Ўзбекистонда “ЙИЛ ОДАМИ”
— Дилором Йўлдошева,

BBC томонидан "Дунёнинг катта таъсирга эга ва илҳомлантирувчи 100 нафар аёли" рўйхатига киритилган, "Матонат" фильми қаҳрамони.

Telegram |Instagram | You Tube | Facebook | X

IHMA Surxondaryo viloyati

08 Feb, 15:08


Surxondaryoda Respublika ishchi guruhi tomonidan sayyor qabullar o‘tkaziladi

"Surxon tongi" gazetasidan maqola chop etildi.

Sahifalarimizga qo’shiling!
     👇                 👇                 👇
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

03 Feb, 11:12


Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги - расмий хабарлар, тезкор янгиликлар, таҳлилий-танқидий материаллар, қонун ҳужжатлари, фото ва видеорепортажлар
https://uza.uz/uz/posts/izhtimoiy-xizmatlar-olis-hududlarga-ham-etib-bormoqda-video_684238

IHMA Surxondaryo viloyati

03 Feb, 11:10


"FAROVON OILA" TRENINGLARIGA START BERILDI

Sahifalarimizga qo’shiling!
     👇                 👇                 👇
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

03 Feb, 10:57


#eshittirish

Ijtimoiy himoya milliy agentligi  Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida  ma'lumot berib o'tdi.

Bu haqda, "Surxondaryo" radiokanali “Maxsus reportaj” eshittirishida batafsil so'z yuritildi.


Sahifalarimizga qo’shiling!
     👇                 👇                 👇
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

03 Feb, 09:08


Treningga start berildi

Ijtimoiy himoya milliy agentligining asosiy maqsad va yo‘nalishlaridan biri ehtiyojmand aholi qatlamini og‘ir ijtimoiy vaziyatdan chiqarish, ularga bu borada har tomonlama ko‘mak berib, ijtimoiylashuvini ta’minlashdir. Shunga asosan, kuni kecha Termiz tumanidagi Sh.Rashidov, “Bunyodkor”, “Guliston” mahallarida “Farovon oila” treninglariga start berildi.

Batafsil_
https://surxontongi.uz/2025/01/29/treningga-start-berildi/

Sahifalarimizga qo’shiling!
     👇                 👇                 👇
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

03 Feb, 06:15


#Ijtimoiy_himoya

Ijtimoiy xodim — xalq xizmatchisi!

Bugungi kunda mahallaning bir bo‘lagiga aylangan ijtimoiy xodimlar fuqarolarning ijtimoiylashuvi, farovon hayot kechirishi yo‘lida kamarbasta bo‘lib xizmat qilmoqda.


Manzilli ijtimoiy xizmat va yordam turlari viloyat markazidan 230 km uzoqlikdagi olis tog‘li qishloqlargacha kirib bormoqda.

Sariosiyo tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazining mahallada kompleks xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimi Saidkamol Rakhimov o‘ziga biriktirilgan hududdagi 15 nafar fuqaroning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashdi.

Mahallalardagi ijtimoiy xodimlar o‘z hududida qiynalgan insonlarga har taraflama yordam ko‘rsatib, ijtimoiylashuvini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda.  Oiladagi bir kishining mushkulini yengillatish, hayotda duch kelgan muammosini yechish bilan butun oilaga quvonch bag‘ishlamoqda. Ularning kelajakka ishonchini oshiryapti.

Sahifalarimizga qo’shiling!
     👇                 👇                 👇
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

02 Feb, 11:54


#sayyor_qabul

IHMA Surxondaryo viloyati boshqarmasining navbatda sayyor qabuli Denov tumanida o‘tkazildi.

Sahifalarimizga qo’shiling!
     👇                 👇                 👇
Telegram| Facebook | Instagram |

IHMA Surxondaryo viloyati

01 Feb, 16:15


“Farovon oila” treninglari o‘tkazildi

Sahifalarimizga qo’shiling!

     👇                 👇                 👇
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

01 Feb, 10:53


RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali e'lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma‘lum qilamiz.

IHMA Surxondaryo viloyat boshqarmasi, Bandixon va Sho'rchi tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari mas’ullaridan iborat ishchi guruh o’rganish olib bordi.


Sho‘rchi tumanidagi aqli zaif bolalar uchun mo‘ljallangan 68-son ixtisoslashtirilgan maxsus maktab-internatida tarbiyalanib kelayotgan Bandixon tumani “Navro‘z” mahallasida istiqmoat qiluvchi voyaga yetmagan 2009-yil 9-yanvarda tug‘ilgan M.I joriy yilning 8-yanvar kuni ota-onasi qaramog‘iga qaytarildi hamda 9-yanvar kuni Bandixon tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 36-son AFChO‘SM umumiy o‘rta ta’lim maktabiga joylashtirildi.

Voyaga yetmaganning ota-onasiga kelgusida farzandining ta’lim tarbiyasi bilan shug‘illanishi ota-onalik majburiyatlari haqida tushuntirishlar berib o‘tildi.


Shuningdek, “Navro‘z” mahallasi proflaktika inspektori Z.Qulmatov, 36-son AFChO‘SM maktabi direktor o‘rinbosari B.Xudoyqulov hamda Milliy gvardiya xodimi kapitan R.Ravshanovlar tomonidan M.Ini doimiy ravishda nazorat qilish va sport to‘garaklariga muntazam ravishda qatnashib borishi nazoratga olindi.

Sahifalarimizga qo’shiling!
     👇                 👇                 👇
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

01 Feb, 09:42


Imkonsizlikdan imkon topayotgan chorvador

Sahifalarimizga qo’shiling!

     👇                 👇                 👇
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

01 Feb, 05:34


🧠IHMA qanday xizmat va yordamlar taqdim etadi?

Sanatoriyga yo’llanma olish uchun — snt.ihma.uz

Bolani vasiylik, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olish uchun — https://my.gov.uz/uz/service/1187

Protez va reabilitatsiya vositalari uchun — my.ihma.uz yoki Uzum market

Tazyiq va zo’ravonlikka uchraganda — 1146 qisqa raqami

Barcha savollar bo’yicha — 1140 qisqa raqami

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Surxondaryo viloyati

31 Jan, 07:28


#Surxondaryo #FarovonlikSari

🇺🇿 Surxondaryo viloyatida “Kambag’allikdan farovonlik sari” tamoyili asosida tizimli ishlar olib borilmoqda

🖋 “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida ijtimoiy himoya yagona reyestrida turgan ishsiz fuqarolar va nogironligi bor kambag‘al oila a’zolarining bandligini ta’minlash maqsadida, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tomorqadan samarali foydalanish va doimiy daromad topish imkoniyatlarini yaratish choralari ko‘rilmoqda.

😮 Mazkur yo‘nalishda, viloyatda 9000 dan ortiq oila dasturga jalb qilindi. 1774 ta mas’ul rahbar tomonidan 7200 oilaning maktab yoshidagi farzandlariga bilim olish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Shuningdek, 3433 nafar kambag‘al oila vakillari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularning stasionar va ambulator sharoitda davolanishlari (tuman darajasida 3103 nafar, viloyat darajasida 284 nafar, respublika darajasida 46 nafar) uchun zarur yordam ko‘rsatildi.

🏃 2025-yilda ham yangi ishlab chiqarish va infratuzilma loyihalari amalga oshiriladi. Aholini kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish dasturlari davom ettiriladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Surxondaryo viloyati

29 Jan, 15:03


#Bolalar
#Surxondaryo

Mamlakatimizda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni oilaviy muhitda tarbiyalash va mehr-muruvvat bilan o‘rab olishga qaratilgan islohotlar natijasida Oilaviy bolalar uylari tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tizim mehr va e’tiborga muhtoj bo‘lgan oilasiz bolalar uchun yangi umid eshigini ochib, ularning sog‘lom va baxtli hayot kechirishlariga xizmat qilmoqda.

Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi “Yangi turmush” mahallasida tashkil etilgan 1-sonli “Oilaviy bolalar uyi” ham ana shunday ezgu maqsad yo‘lida faoliyat olib bormoqda. Bu yerda 10 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola tarbiyalanmoqda. Shulardan 5 nafari qiz bolalar bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos qiziqish va iste’dod sohiblaridir.

Ushbu bolalar uchun uydagi tutingan ota-ona tomonidan barcha zarur shart-sharoitlar yaratilib, ular mehr va e’tibor bilan o‘rab olingan.
Ularning har biri o‘z qiziqishiga qarab fan va sport to‘garaklariga jalb etilgan. Shu orqali ular o‘z orzularini ro‘yobga chiqarish, kelajakda jamiyatga foydali inson bo‘lib yetishish uchun puxta poydevor yaratmoqdalar.

Bunday maskanlarning tashkil etilishi nafaqat bolalar taqdiri, balki jamiyat kelajagi uchun ham ulkan ahamiyatga ega. Zero, har bir bola oilaviy muhitda tarbiyalanishi, mehribonlik va e’tibor bilan o‘sishi uning kelajakda yetuk inson bo‘lib shakllanishida muhim omildir.

🎬 Batafsil videoda...

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Surxondaryo viloyati

29 Jan, 08:11


Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги - расмий хабарлар, тезкор янгиликлар, таҳлилий-танқидий материаллар, қонун ҳужжатлари, фото ва видеорепортажлар
https://uza.uz/uz/posts/murozhaatlar-izhobiy-hal-etilmoqda_682625

IHMA Surxondaryo viloyati

28 Jan, 14:38


Termiz tumanida "Farovon oila” treninglariga start berildi

Ma'lumki, Ijtimoiy himoya milliy agentligining asosiy maqsad va yo'nalishlaridan biri ehtiyojmand aholi qatlamini og'ir ijtimoiy vaziyatdan chiqarish, ularga bu borada har tomonlama ko'mak berib, ijtimoiylashuvini ta'minlashdir.

Shunga asosan, kuni kecha Termiz tumanidagi Sh.Rashidov, Bunyodkor, Guliston mahallarida “Farovon oila” treninglariga start berildi.

Mazkur seminar-treninglarda mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillari ishtirok etishdi. Ularga "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlarining malakali psixologlari tomonidan darslar o'tildi.

Bundan ko‘zlangan maqsad fuqarolarning kambag‘allik tushunchasi, uning oqibatlari va oila aʼzolariga ko‘rsatadigan salbiy taʼsiri, oilalarni qo‘llab-quvvatlash mezonlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar borasidagi bilim-ko‘nikmalarini oshirish hamda ularning ijtimoiylashuvini ta'minlashdan iborat.

Sahifalarimizga qo’shiling!
Telegram| Facebook | Instagram |‌‌

IHMA Surxondaryo viloyati

28 Jan, 12:18


Президент Шавкат Мирзиёев ижтимоий ёрдамларнинг манзиллилигини ошириш, ногиронлиги бўлганларни парваришлашнинг янги тизимига оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по повышению адресности социальной помощи и внедрению новой системы ухода за лицами с инвалидностью.

#Mirziyoyev #taqdimot #ijtimoiyhimoya #parvarish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X