Huquqshunos | kanal @huquqshunos_rasmiy Channel on Telegram

Huquqshunos | kanal

@huquqshunos_rasmiy


Adliya va sud sohasiga oid vakansiyalarni yoritib boruvchi Telegram kanal!


.

.

.

.

Huquqshunos | kanal (Uzbek)

Huquqshunos kanali sizning adliya va sud sohasida ish izlayotganingiz uchun maqsadga muvofiq vakansiyalarni yoritadi. Siz bu kanal orqali o'z professional rivojlanishingizga yordam beradigan ilmiy maqolalar va foydali ma'lumotlarga ega bo'lasiz. Huquqshunos kanali yagona manzil bo'lib, adliya va sud sohasida yetuk professional kasblarni o'rganish va rivojlanish uchun yengil yechimlarni taklif etadi. Agar sizning ham huquqshunoslik sohalarida keng tajriba va bilimlaringiz bo'lsa, huquqshunos kanali siz uchun eng muhim axborot manbasi bo'lishi mumkin. Sizga kerakli vakansiya joylashganida siz yaxshi tanlashingiz mumkin bo'lgan eng yaxshi imkoniyatlarni taklif etadi. Huquqshunos kanaliga a'zo bo'lib, so'nggi yangiliklardan va vakansiyalardan birinchi bo'lib, o'z huquqshunoslik kasbingizda rivojlanib, yangi imkoniyatlarga ega bo'lishingiz mumkin! Sizni Huquqshunos kanaliga xush kelibsiz!

Huquqshunos | kanal

01 May, 17:28


👩 Аёлларни Миллий гвардия Тошкент шаҳар Қўриқлаш бошқармасининг эркин ёлланган ишчи-хизматчи лавозимларига ишга қабул қилишюзасидан
ЭЪЛОН!

Қуйидаги махсус талабларга жавоб берадиган аёллар Тошкент шаҳар Қўриқлаш
бошқармасининг эркин ёлланган ишчи-хизматчи
лавозимларига ишга таклиф этилади.

Махсус талаблар:

-маълумоти ўрта ёки ўрта-махсус;

-бўйи 170 сантиметрдан паст бўлмаслиги;

-ёши 25 ёшдан ошмаган бўлиши.

👉 Ишга қабул қилинганлар
кейинчалик шаҳодатланган таркибга хизматга қабул
қилинади.

Номзодлар Миллий гвардия Тошкент шаҳар Қўриқлаш бошқармасининг кадрлар бўлимига мурожаат этишлари сўралади.

Мурожаат учун телефон:
Бошқарма бошлиғининг ўринбосари:
(71) 203-50-26 , (88) 115-02-02
Кадрларбўлими: (95) 170-55-15

Шахсий хавфсизлик бўлими бошлиғи: (99)815-54-30 , (99) 803-73-70


Huquqshunos Telegram kanali

Huquqshunos | kanal

27 Apr, 05:20


Adliya organlariga test sinovlari hujjatlar qabul qilinganidan keyin bo'lib o'tadi. Hamda eng kamida 30-ta testdan 21-ta toʻgʻri javob bergan nomzod bilan suhbat o'tqaziladi.


Huquqshunos Telegram kanalimiz

Huquqshunos | kanal

27 Apr, 05:15


Танлов ўтказиш ва унда иштирок этиш тартиби

👮‍♂ Адлия органлари ва муассасаларига ходимларни ишга қабул қилиш очиқ танлов асосида амалга оширилади.

❇️ Адлия органлари ва муассасаларига ходимларни ишга қабул қилиш очиқ танлов асосида амалга оширилади.

1.Номзодларни дастлабки ўрганиш;

2. Тест синови;

3. Суҳбат.

❗️ Ҳар ойнинг 10 санасига қадар бўш (вакант) лавозимларга танлов ўтказиш ҳақидаги эълон ишчи орган томонидан раҳбар билан келишилган ҳолда Тизим орқали Адлия вазирлигининг расмий ва vacancy adliya uz веб-сайтига жойлаштирилади. Зарурат пайдо бўлганда, эълон оммавий ахборот воситаларига хам жойлаштирилиши мумкин.

👉 Huquqshunos 👈 Telegram kanaliga obuna bo'ling.

Huquqshunos | kanal

27 Apr, 05:14


👮‍♂Қуйидагилар адлия органлари ва муассасаларига ишга қабул қилиниши мумкин эмас:

👉 ўн олти ёшга тўлмаган шахслар;

👉 белгиланган тартибда муомалага лаёқатсиз ёки муомала лаёқати чекланган деб топилган шахслар;

👉 адлия органи ёки муассасасининг ишлаб турган ходими билан яқин қариндош ёки қуда-анда бўлса (ота-оналар, ака-укалар, опа-сингиллар, фарзандлар, эр-хотинлар, шунингдек эр-хотинларнинг ота-оналари, ака-укалари, опа-сингиллари ва фарзандлари), агар ишга қабул қилинаётган ёки тайинланаётган лавозим улардан бири иккинчисига бевосита бўйсуниб ёки унинг назорати остида хизмат қилишни тақозо қилса;

👉 ишга кириш учун сохта ҳужжатлар ёки била туриб ёлғон маълумотлар тақдим этган бўлса;
судланганлик ҳолати тугалланмаган ёки судланганлиги олиб ташланмаган шахслар;

👉 қонун ҳужжатларида белгиланган бошқа ҳолатлар.

❗️Адлия вазирлиги томонидан ушбу тизим доирасида ўз мажбуриятларини бажариш учун зарур бўлган шахсга доир маълумотлар сақланади ва қайта ишланади. Номзод ушбу тизимда ишлаши учун унинг шахсий маълумотларидан фойдаланишга рухсат бериши керак.


👉 Huquqshunos 👈 Telegram kanaliga obuna bo'ling.

Huquqshunos | kanal

27 Apr, 05:14


Адлия органлари ва муассасаларига жинси, ёши, ирқи, миллати, тили, ижтимоий келиб чиқиши, мулкий ҳолати ва мансаб мавқеи, динга бўлган муносабати, эътиқоди, жамоат бирлашмаларига мансублигидан қатъи назар, ўзининг касбий, ишчанлик, шахсий ва ахлоқий фазилатлари, маълумоти даражаси ва соғлиғига кўра адлия органлари ва муассасаларига юклатилган вазифаларни бажаришга қодир бўлган Ўзбекистон Республикаси фуқаролари ёки Ўзбекистон Республикаси Президентининг алоҳида қарорлари билан ўрнатилган тартибда хорижий давлатларнинг фуқаролари ва фуқаролиги бўлмаган шахслар қабул қилинади.


👉
Huquqshunos 👈 Telegram kanaliga obuna bo'ling.

Huquqshunos | kanal

17 Apr, 15:34


Ayollarni Milliy gvardiya harbiy bo‘linmalariga xizmatga qabul qilish yuzasidan
EʼLON!

MAXSUS TALABLAR:

- Maʼlumoti: o‘rta, o‘rta-maxsus yoki oliy;
- Bo‘yi: 178 sm dan yuqori bo‘lishi;
- Yoshi: 25 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
- Sport bilan doimiy shug‘ullanishi.


Nomzodlar doimiy yashash joylari bo‘yicha Milliy gvardiya hududiy boshqarmalarining kadrlar bo‘limiga murojaat etishlari so‘raladi.

📞Murojaat uchun telefonlar:
———
Аёлларни Миллий гвардия ҳарбий бўлинмаларига хизматга қабул қилиш юзасидан
ЭЪЛОН!


МАХСУС ТАЛАБЛАР:

- Маълумоти: ўрта, ўрта-махсус ёки олий;
- Бўйи: 178 см дан юқори бўлиши;
- Ёши: 25 ёшдан ошмаган бўлиши;
- Спорт билан доимий шуғулланиши.


Номзодлар доимий яшаш жойлари бўйича Миллий гвардия ҳудудий бошқармаларининг кадрлар бўлимига мурожаат этишлари сўралади.

📞Мурожаат учун телефонлар:


@Militsiya_102 Nomzodlar telegram kanali.

Huquqshunos | kanal

11 Apr, 19:36


Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi bo‘sh ishchi (xizmatchi) lavozimlarga yo‘nalish bo‘yicha tegishli ish stajiga va maʼlumotga hamda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan nogironligi bor O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga taklif etadi!

Andijon viloyati ichki ishlar organlarida quyidagi bo‘sh ishchi (xizmatchi) lavozimlarga yo‘nalish bo‘yicha tegishli ish stajiga va maʼlumot (o‘rta, o‘rta-maxsus, oliy)ga hamda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan nogironligi bor O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga taklif etadi:


1. Bog‘bon (“Paxtaoy” maktabgacha taʼlim muassasasi);

2. Profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi (Xonobod shahar IIB)

3. Texnik (Shahar-tuman yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari)

Eʼlon bo‘yicha joriy yilning 9 aprel kunidan 1 may kuniga qadar fuqarolik pasporti (ID-karta) bilan Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasiga kelishingizni so‘raymiz.

Murojaat uchun telefon raqami: (93) 481-14-14

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi.

Bizning kanal. https://t.me/+Wt0BLdskKGcxMmIy

👉https://t.me/Huquqshunos_rasmiy

Huquqshunos | kanal

09 Apr, 16:35


Бир ойлик ҳарбий хизмат нархи ошдими?


Safarbarlik chaqiruv rezervi to‘lov badali bevosita mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7 barobariga teng. Yaʼni 1-dekabrdan bir oylik harbiy xizmat uchun to‘lov miqdori 6 mln 860 ming so‘mdan 7 mln 350 ming so‘mga oshirildi.

Hukumat qaroriga muvofiq, safarbarlik chaqiruv rezervi safiga olingan shaxslar tomonidan pul badallari xizmatga olingandan keyin tomonlarning kelishuvi asosida, 1-yil mobaynida biryo‘la yoki bosqichma-bosqich (bo‘lib to‘lash orqali) amalga oshirilishi mumkin.
Fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga 27 yoshga to‘lgunga qadar olinadi. Ular safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tash davrida oylik harbiy yig‘inlarni o‘tashga jalb etilishi, favqulodda vaziyatlar yoki O‘zbekistonga qarshi harbiy tajovuz ro‘y bergan taqdirda haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilishlari mumkin.


👉 Huquqshunos 👈 Telegram kanaliga obuna bo'ling.

Huquqshunos | kanal

08 Apr, 09:32


#Биласизми

🔰 Ҳозирги кунда Ўзбекистон ҳудудида:

🔹меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори – 1 050 000 сўм;

🔹базавий ҳисоблаш миқдори – 340 000 сўм;

🔹пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдори – 372 000 сўм;

🔹ёшга доир энг кам пенсия – 725 000 сўм;

🔹ногиронлик пенсиялари, жумладан иш стажи тўлиқ бўлмаган чоғдаги ногиронлик пенсиясининг энг кам миқдори – 800 000 сўм;

🔹меҳнатга лаёқатсиз фуқароларга бериладиган ногиронлик нафақаси ва болаликдан ногиронлиги бўлган шахсларга бериладиган нафақа – 800 000 сўм;

🔹белгиланган ёшга доир энг кам пенсия миқдоридан (725 000 сўмдан) 800 000 сўмгача пенсия олувчиларнинг ёшга доир пенсиялари – 800 000 сўм;

🔹зарур иш стажига эга бўлмаган кекса ёшдаги фуқароларга бериладиган нафақа – 621 000 сўм;

🔹иш стажи тўлиқ бўлмаган чоғдаги ёшга доир пенсиянинг энг кам миқдори қўшимча тўловни ҳисобга олган ҳолда – 621 000 сўм.


Bizning kanal. https://t.me/+Wt0BLdskKGcxMmIy

👉https://t.me/Huquqshunos_rasmiy

Huquqshunos | kanal

07 Apr, 13:33


❗️2021-yil 1-sentabrdan boshlab ichki ishlar organlarining safdor tarkibidagi lavozimlariga nomzodlar faqat ⬇️⬇️⬇️

➡️idoraviy akademik litseylar,

➡️harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari,

➡️profilaktika inspektorining yordamchilari,

➡️shuningdek, oliy ma’lumotga ega yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha tahsil olayotgan shaxslar orasidan qabul qilinadi;



Bizning telegram kanalimiz

👉https://t.me/+csPU9kWcjmhjYzQy

Huquqshunos | kanal

04 Apr, 17:40


Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarini egallash uchun tashkil etilayotgan tanlovlarning test sinovi bosqichida tushadigan namunaviy savollar

Test savollari toʻplami quyidagi yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi:
— milliy qonunchilik;
— davlat tili;
— axborot kommunikatsiya texnologiyalari;
— mantiq, yaʼni IQ.


Telegram kanalimiz: @huquqshunos_rasmiy

Huquqshunos | kanal

04 Apr, 14:32


Arxivarius lavozimiga tanlov!


📃Лавозим учун расмий талаблар:

- ўрта-махсус маълумотга эга бўлиш;

- давлат тилини мукаммал билиш ва унда иш юритиш;

- касбий фаолият мақсадларида компютер тармоқлари, интернет, электрон почта ва тармоқ технологиясидан мустақил фойдалана олиш;

- масулиятни хис қилиш, қатъиятлилик, ташкилотчилик ва шахсий ташаббускорлик;

- хорижий (рус, инглиз ва бошқа) тилларни билиш (устуворлик беради).

👉 Ariza toʻldirish uchun bosing 👈

💬Telegram kanalimiz: @huquqshunos_rasmiy

Huquqshunos | kanal

04 Apr, 06:50


👨‍✈️Harbiy xizmatga majburlarni hisobga olish bo'yicha mutaxassis.


📃 Ma’lumoti: Oliy (Xodimlar bilan ishlash, texnik, pedagogik yoki harbiy yo‘nalishida) Xodimlar bilan ishlash yo‘nalishida kamida 1 yil ishlagan bo‘lishi.

🏛 Xodimlar bilan ishlash, yangi mehnat kodeksi bo‘yicha o‘quv kurs sertifikati

🧑‍💻Chet tillarini bilish (rus tili);
Kompyuter texnologiyalaridan erkin foydalana olish (Microsoft office, Outlook, Excel, Word, Power Point).
Xurmatli nomzod, sayt orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonida ma’lumotlaringizni to‘liq va batafsil kiritishingiz so‘raladi. Aks holda, kiritilgan ma’lumotlaringiz yuqoridagi talablarga to‘g‘ri kelmagan taqdirda keyingi bosqichga o‘tkazilmasligingiz mumkinligi to‘g‘risida ogohlantiramiz.

❇️ Ariza toʻldirish uchun bosing ❇️


Telegram kanal @Huquqshunos_rasmiy

Huquqshunos | kanal

03 Apr, 19:38


⚖️ Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash (6 oylik) kurslariga qabul 2024-yilning 15-aprelidan 15-may kuniga qadar bo'lib o'tadi (ta'lim shakli masofaviy).

Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan barcha shaxslar hujjat topshirishlari hamda suhbat tarzidagi kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib,  qayta tayyorlash kursiga o‘qishlari mumkin.

Kurs bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom berilib, ular davlat organlari va boshqa tashkilotlarda bosh yuriskonsult, Ichki ishlar organlarida, Adliya organlari va muassasalarida, YXKM ( markaz boshlig'i) , Davlat xizmatlari markazlarida (DXM direktori, bo'lim boshlig'i, bosh mutaxassis, yetakchi mutaxasis, katta mutaxassis), shuningdek fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ishlash huquqiga ega bo‘ladilar (FHDYO mudiri, 1- va 2-toifali inspektor).

❗️ Suhbatda tushadigan savolllardan namunalar yaqin kunlarda kanalga joylanadi

👉 @huquqshunos_rasmiy 👈 Telegram kanaliga obuna bo'ling.

Huquqshunos | kanal

03 Apr, 17:57


Танлов ўтказиш ва унда иштирок этиш тартиби

👮‍♂ Адлия органлари ва муассасаларига ходимларни ишга қабул қилиш очиқ танлов асосида амалга оширилади.

❇️ Адлия органлари ва муассасаларига ходимларни ишга қабул қилиш очиқ танлов асосида амалга оширилади.

1.Номзодларни дастлабки ўрганиш;

2. Тест синови;

3. Суҳбат.

❗️ Ҳар ойнинг 10 санасига қадар бўш (вакант) лавозимларга танлов ўтказиш ҳақидаги эълон ишчи орган томонидан раҳбар билан келишилган ҳолда Тизим орқали Адлия вазирлигининг расмий ва vacancy adliya uz веб-сайтига жойлаштирилади. Зарурат пайдо бўлганда, эълон оммавий ахборот воситаларига хам жойлаштирилиши мумкин.

👉 Huquqshunos 👈 Telegram kanaliga obuna bo'ling.

Huquqshunos | kanal

03 Apr, 17:54


👮‍♂Қуйидагилар адлия органлари ва муассасаларига ишга қабул қилиниши мумкин эмас:

👉 ўн олти ёшга тўлмаган шахслар;

👉 белгиланган тартибда муомалага лаёқатсиз ёки муомала лаёқати чекланган деб топилган шахслар;

👉 адлия органи ёки муассасасининг ишлаб турган ходими билан яқин қариндош ёки қуда-анда бўлса (ота-оналар, ака-укалар, опа-сингиллар, фарзандлар, эр-хотинлар, шунингдек эр-хотинларнинг ота-оналари, ака-укалари, опа-сингиллари ва фарзандлари), агар ишга қабул қилинаётган ёки тайинланаётган лавозим улардан бири иккинчисига бевосита бўйсуниб ёки унинг назорати остида хизмат қилишни тақозо қилса;

👉 ишга кириш учун сохта ҳужжатлар ёки била туриб ёлғон маълумотлар тақдим этган бўлса;
судланганлик ҳолати тугалланмаган ёки судланганлиги олиб ташланмаган шахслар;

👉 қонун ҳужжатларида белгиланган бошқа ҳолатлар.

❗️Адлия вазирлиги томонидан ушбу тизим доирасида ўз мажбуриятларини бажариш учун зарур бўлган шахсга доир маълумотлар сақланади ва қайта ишланади. Номзод ушбу тизимда ишлаши учун унинг шахсий маълумотларидан фойдаланишга рухсат бериши керак.


👉 Huquqshunos 👈 Telegram kanaliga obuna bo'ling.

Huquqshunos | kanal

03 Apr, 17:50


Адлия органлари ва муассасаларига жинси, ёши, ирқи, миллати, тили, ижтимоий келиб чиқиши, мулкий ҳолати ва мансаб мавқеи, динга бўлган муносабати, эътиқоди, жамоат бирлашмаларига мансублигидан қатъи назар, ўзининг касбий, ишчанлик, шахсий ва ахлоқий фазилатлари, маълумоти даражаси ва соғлиғига кўра адлия органлари ва муассасаларига юклатилган вазифаларни бажаришга қодир бўлган Ўзбекистон Республикаси фуқаролари ёки Ўзбекистон Республикаси Президентининг алоҳида қарорлари билан ўрнатилган тартибда хорижий давлатларнинг фуқаролари ва фуқаролиги бўлмаган шахслар қабул қилинади.


👉
Huquqshunos 👈 Telegram kanaliga obuna bo'ling.

Huquqshunos | kanal

02 Apr, 14:31


#vakansiya Oliy sud

O‘zbekiston Respublikasi
tizimidagi vakant joylar to'g'risida
ma'lumot  (29.02.2024-yil holatida)

📞 (71) 239-02-13

📍 Toshkent shahar, A.Qodiriy ko‘chasi, 1-uy.

[email protected]
www.oliysud.uz
www.sud.uz

👉 Huquqshunos 👈 Telegram kanaliga obuna bo'ling.

Huquqshunos | kanal

30 Mar, 16:33


#Тезкор #РАСМАН

Электромобилларга имтиёз берилмоқда: энди уларни рўйхатдан ўтказиш бензинли машинага қараганда 5 баробар арзон бўлади


Ички ишлар вазирлигининг хабар беришича, экологик хавфсизликни таъминлаш, яшил энергетикани қўллаб-қувватлаш мақсадида электромобилларни давлат рўйхатидан ўтказишда имтиёз берилади. Яъни электромобилни рўйхатдан ўтказиш атиги 510 минг сўм бўлади.

Бундан мақсад аҳолининг электромобил харид қилишини рағбатлантиришдир.

Шунга кўра, 2024 йил 1 апрелдан бошлаб автомототранспорт воситалари ва уларнинг тиркамаларини рўйхатдан ўтказиш ва қайта рўйхатдан ўтказишда ундириладиган тўлов ставкалари электромобиллар, мототранспорт воситалари ва автотранспорт воситалари тиркамаларини рўйхатдан ўтказиш ва қайта рўйхатдан ўтказиш учун – базавий ҳисоблаш миқдорининг 1,5 баравари миқдорида тўлов, бензинли машиналарга эса 6,84 баравар тўлов белгиланмоқда.

Тарқатиб, барчани хабардор қилиб қўйинглар

👉 Huquqshunos 👈 Telegram kanaliga obuna bo'ling.

Huquqshunos | kanal

28 Mar, 07:46


🇨🇦 Kanada o‘zbekistonliklarga 5 ming bo‘sh ish o‘rni taklif etmoqda

Bunda qurilish, xizmat ko‘rsatish va texnik sohalarga fuqarolar ishga taklif etilmoqda.

Dastlab qurilish sohasida:
− duradgor;
− payvandchi;
− elektrik;
− santexnik;
− betonchi;
− oynachi;
− tom yopuvchi;
− pol qoplamalarini yotqizish bo‘yicha yordamchi;
− o‘rmon xo‘jaligi va boshqalar.

❗️Talablar va zarur hujjatlar:
- 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lish;
- Ingliz, fransuz yoki ispan tillaridan birini bilish;
- Qurilish kasb-ta’limi mutaxassisligi bo‘yicha guvohnoma, sertifikat, diplomga egalik;
- Xorijga chiqish pasporti.

💵 Ish haqi: soatiga $12,5 dan $30 gacha, haftada 40 soat (5/2) ish.

▶️Ro‘yxatdan o‘tish: https://labormigration.uz/vacancy?vacancy_id=636

‼️Ro‘yxatdan o‘tish ertaga, 29-mart soat 18-00 gacha davom etadi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami


👉 Huquqshunos 👈 Telegram kanaliga obuna bo'ling.