"HUDUDGAZ FARG'ONA" gaz ta‘minoti filiali @hududgaz_fargona Channel on Telegram

"HUDUDGAZ FARG'ONA" gaz ta‘minoti filiali

@hududgaz_fargona


Соҳа фаолиятига оид қизиқарли, муҳим хабар ва янгиликларни биринчилардан бўлиб кузатиб боринг.
*****
facebook, instagram, tik tok\hududgaz_fargona

"HUDUDGAZ FARG'ONA" gaz ta‘minoti filiali (Uzbek)

Uzbek tilidagi "HUDUDGAZ FARG'ONA" gaz ta'minoti filiali telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda soha faoliyatiga oid qiziqrli, muhim habar va yangiliklarni birinchi bo'lib kuzatib boring. Agar siz yaqin amaliyotlardan birinchilar bo'lib xabardor bo'lishni xohlasangiz, ushbu kanal siz uchun mos manzil. Kanalda oxirgi yangiliklar bilan birga, hududgaz farg'ona gaz ta'minoti filiali faoliyatining eng so'nggi va eng aktual voqealarini ham kuzatib boring. Boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham biz bilan muloqot uchun quyidagi manzillarimizga murojaat qiling: Facebook: [Hududgaz Farg'ona](https://www.facebook.com/hududgaz) Instagram: [hududgaz_fargona](https://www.instagram.com/hududgaz_fargona) TikTok: [hududgaz_fargona](https://www.tiktok.com/@hududgaz_fargona)

"HUDUDGAZ FARG'ONA" gaz ta‘minoti filiali

22 Jan, 14:22


⚠️🔥TORAYTIRISH MOSLAMASINI TAFTISHDAN O‘TKAZISH SABABLI VILOYATNING AYRIM HUDUDLARDA 23-DEKABR KUNI TABIIY GAZ YETKAZIB BERISH VAQTINCHA TO’XTATILADI. JUMLADAN:
🔥"Qo‘qon AGTSH" GTSi 1- sanoat tarmog‘i soat 14:00 dan soat 16-00 ga qadar.
Dang‘ara tumanidagi:
- 1 ta  AGTSH ulgurji iste'molchilari.

🔥"Oltiariq-1" GTSi  3- sanoat tarmog‘i  soat 14:00 dan soat 16-00  ga qadar.
Oltiariq tumanidagi:
- 3 ta AGTSH ulgurji iste'molchilari.

🔥"Oltiariq-4" GTSi  2-sanoat tarmog‘i  soat 11:00 dan soat 13-00  ga qadar.
Oltiariq tumanidagi:
- 4 ta AGTSH ulgurji iste'molchilari.

🔥"Qo‘qon-3" GTSi   2-sanoat tarmog‘i (SFZ)  soat 13:00 dan soat 15-00  ga qadar.
Qo‘qon shahridagi:
- 1 ta ulgurji iste'molchilari.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.

"Hududgaz Farg‘ona" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

"HUDUDGAZ FARG'ONA" gaz ta‘minoti filiali

22 Jan, 03:31


⚠️🔥GAZ SIZIB CHIQISHINI BARTARAF ETISH MAQSADIDA 
VILOYATNING AYRIM HUDUDLARDA 22-YANVAR KUNI TABIIY GAZ YETKAZIB BERISH VAQTINCHA TO’XTATILADI. JUMLADAN:

🔥"Turvat" GTSi 4-sanoat tarmog‘i soat 14:00 dan soat 15-00 ga qadar.
 Toshloq tumanidagi:
- 2 ta  AGTSH ulgurji iste'molchilari.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.

"Hududgaz Farg‘ona" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

"HUDUDGAZ FARG'ONA" gaz ta‘minoti filiali

20 Jan, 19:09


Shohimardonda amaliy tashrif

Bugun Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov sektor rahbarlari bilan birgalikda Shohimardon hududida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va rivojlanish ishlarini oʻrgandi.

Tashrif davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va aholi turmush darajasini oshirish boʻyicha berilayotgan topshiriqlarning ijrosi nazoratdan oʻtkazildi.

Shuningdek, “Hududgaz Fargʻona” gaz taʼminoti filiali rahbari Abdumajidov Shavkat Adxamovichga ham hududning gaz taʼminotini yanada yaxshilash boʻyicha tegishli vazifalar yuklatildi.

Shohimardon rivojidagi yangiliklar haqida tez kunda qoʻshimcha maʼlumot berib boramiz.

"Hududgaz Farg‘ona" GTF matbuot xizmati

"HUDUDGAZ FARG'ONA" gaz ta‘minoti filiali

20 Jan, 19:06


⚠️🔥TORAYTIRISH MOSLAMASINI TAFTISHDAN O‘TKAZISH SABABLI VILOYATNING AYRIM HUDUDLARDA 21-DEKABR KUNI TABIIY GAZ YETKAZIB BERISH VAQTINCHA TO’XTATILADI. JUMLADAN:
🔥"Simaks" GTSi 1- sanoat tarmog‘i soat 12:00 dan soat 14-00 ga qadar.
Rishton tumanidagi:
- 1 ta  AGTSH ulgurji iste'molchilari.

🔥"Simaks" GTSi  2- sanoat tarmog‘i  soat 12:00 dan soat 14-00  ga qadar.
Rishton tumanidagi:
- 1 ta  ulgurji iste'molchilari.

🔥"Shimoliy So‘x PTF" GTSi  sanoat tarmog‘i  soat 09:00 dan soat 16-00  ga qadar.
Rishton tumanidagi:
- 560 ta aholi xonadonlar.
- 15 ta  ulgurji iste'molchilari.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.

"Hududgaz Farg‘ona" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

"HUDUDGAZ FARG'ONA" gaz ta‘minoti filiali

18 Jan, 06:39


😊😊😊😊😊

⚡️Tabiiy gaz zaxiralari abadiy emas

Energiya resusrlaridan tejamkor foydalanaylik!

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ FARG'ONA" gaz ta‘minoti filiali

18 Jan, 05:23


⚠️🔥TORAYTIRISH MOSLAMASINI ALMASHISHI TUFAYLI 
VILOYATNING AYRIM HUDUDLARDA 18-YANVAR KUNI TABIIY GAZ YETKAZIB BERISH VAQTINCHA TO’XTATILADI. JUMLADAN:

🔥"Uchko‘prik yangi" GTSi 2- aholi tarmog‘i soat 13:00 dan soat 14-00 ga qadar.
 Uchko‘prik tumanidagi:
- 3340 ta aholi xonadonlari.
- 8 ta  ulgurji iste'molchilari.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.

"Hududgaz Farg‘ona" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

"HUDUDGAZ FARG'ONA" gaz ta‘minoti filiali

17 Jan, 08:59


https://cabinetaskug.hududgaz.uz орқали тармоққа биринчи марта уланаётган истеъмолчининг шартнома тузиш учун ариза киритиш тартиби!

"Hududgaz Farg‘ona" GTF matbuot xizmati

"HUDUDGAZ FARG'ONA" gaz ta‘minoti filiali

17 Jan, 08:23


"Hududgazta'minot" AJ rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda gaz hisoblagichni sovuq harorat vaqtida o‘rab qo‘yish kerakligi haqida tarqalgan videolarga munosabat

"HUDUDGAZ FARG'ONA" gaz ta‘minoti filiali

16 Jan, 15:23


⚠️🔥TORAYTIRISH MOSLAMASIDAN TABIIY GAZ SIZIB CHIQISHINI BARTARAF QILISH ISHLARINI BAJARILISHI TUFAYLI VILOYATNING AYRIM HUDUDLARDA 17-YANVAR KUNI TABIIY GAZ YETKAZIB BERISH VAQTINCHA TO’XTATILADI. JUMLADAN:
🔥"Mindonobod" GTSi 1-tarmog‘i soat 11:00 dan soat 17-00 ga qadar.
 Farg‘ona tumanidagi:
- 5144 ta aholi xonadonlari.
- 12 ta  ulgurji iste'molchilari.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.

"Hududgaz Farg‘ona" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

"HUDUDGAZ FARG'ONA" gaz ta‘minoti filiali

16 Jan, 13:03


“Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Farg‘ona shahri, A.Navoiy ko‘chasi 30 ko‘p qavatli uyda tabiiy gaz ta'minotida yuzaga kelgan muammoni hal etish maqsadida, "Hududgaz Farg‘ona" GTF "Farg‘onashahargaz" bo‘limi mutaxassislari tomonidan  tezkor choralar ko‘rilib, rejim-sozlash ishlari olib borildi. Amaliy ishlar natijasida aholi xonadonlariga bir me'yorda tabiiy gaz ta'minoti yetkazib berilayotganligini ma'lum qilamiz.

✍️“Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

"HUDUDGAZ FARG'ONA" gaz ta‘minoti filiali

15 Jan, 16:08


🎓 “HGT Malaka oshirish” Telegram kanali ishga tushirildi

Gaz taʼminoti tizimida kadrlar malakasini oshirish va yuqori saviyadagi mutaxassislarni tayyorlashga katta eʼtibor qaratib kelinmoqda.

Endilikda tizimda kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishda olib borilayotgan tadbirlar va islohotlar bilan tanishib borishingiz mumkin.

Shuningdek, ushbu kanal orqali havola etilayotgan test savollarini aniqlash orqali bilimingizni mustahkamlab borish imkoniyati yaratildi.

Kanalga tizim xodimlari hamda sohaga qiziqqan fuqarolar a’zo bo’lishlari mumkin.

📚Kanalda siz...

Sohaga oid foydali ma’lumot va qo‘llanmalar;
Boshqaruv koʻnikmalarini rivojlantiruvchi masalalar;
Yangi oʻquv materiallari va treninglar haqidagi maʼlumotlar bilan tanishasiz.


❗️Yangiliklardan boxabar boʻlish va oʻz bilimingizni boyitish uchun kanalga hoziroq qoʻshiling!

👉 Kanal manzili: @hgt_malaka_oshirish

"HUDUDGAZ FARG'ONA" gaz ta‘minoti filiali

14 Jan, 12:20


“Eng yaxshi ilmiy ishlanma” startap loyihalar tanlovining yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi

Yoshlarning ilmiy va innovatsion faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, gaz taʼminoti sohasida samaradorlikka erishish hamda startap loyihalarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan “Eng yaxshi ilmiy ishlanma” startap loyihalar tanlovi oʻz yakuniga yetdi. Natijalar 10 kun muddatda “Hududgaztaʼminot” AJning rasmiy veb-sayti va kanallarida eʼlon qilinadi.

Tanlovning birinchi bosqichida I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universiteti, Toshkent Kimyo texnologiya instituti hamda Qarshi Iqtisodiyot pedagogika universitetining jami 8 nafar talaba va ilmiy xodimlarning ilmiy ishlanma taqdimoti ekspert guruhiga havola etilgan edi.

Joriy yilning 14-yanvar kuni tanlovning yakuniy bosqichida I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti hamda Qarshi Iqtisodiyot pedagogika universitetining jami 6 nafar talaba va ilmiy xodimlari tomonidan ilmiy ishlanmalar taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unda yosh iqtidorli talabalarning sohada energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, xavfsizlik tizimlarini avtomatlashtirish kabi ilmiy ishlanmalari, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining yosh ilmiy xodimlarining ilmiy-texnik asoslangan ishlanmalar taqdimoti bilan tanishildi.

Tadbir soʻngida “Hududgaztaʼminot” AJda tashkil etilgan ekspertlar guruhi tomonidan tanlov ishtirokchilariga bugungi kunda sohada olib borilayotgan innovatsion islohotlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi hamda tanlov ishtirokchilari qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Bunday ilmiy tadbirlar ilm, fan va ishlab chiqarish jarayonlarini hamohang olib borishga, iqtidorli yosh ilmiy xodimlarni yanada ruhlantirishga, yangicha loyihalar ustida ishlashlariga, shuningdek, mavjud muammolarni ilmiy-texnik asoslangan yechimini topishga, amaliy natijalar va sohada samaradorlikka erishilishiga xizmat qiladi.

“Hududgaztaʼminot” AJ intiluvchan va izlanuvchan talabalar, yosh tadqiqotchi va ilmiy xodimlarni qoʻllab-quvvatlashni maqsad qilgan boʻlib, ilmiy-innovatsion yondashuvlar orqali rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirishga doim tayyor. Yangi gʻoyalar, ilm-fan sohasida yutuqlarga erishishni maqsad qilgan yoshlar uchun Jamiyat eshiklari doim ochiq.

Batafsil: https://hududgaz.uz/news?id=13050

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz