Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal @hazorasp_mmtb Channel on Telegram

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

@hazorasp_mmtb


Kanalimizga ta'limga oid foto hamda video lavhalaringizni joylashtiring va ommolashtiring
Murojaat uchun: @Kamol07
Reklama va e'lonlarni kanal rivoji uchun pullik qilingan. Kanal admini bilan kelishilgan holda. Bizni to'g'ri tushunasiz degan umiddamiz

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal (Uzbek)

Assalomu alaykum, sevgli oqituvchilar va ta'lim sohasiga qiziqganlar! Bugun sizlarga "Hazorasp pedagoglari" rasmiy kanalini taklif qilamiz. Kanalimizda sizga ta'limga oid foydali foto va video lavhalarni taqdim etamiz. Bu lavhalar orqali o'zingizni ommalashtirishingiz mumkin. Kanalimizda murojaatlar uchun @Kamol07 ga murojaat qilishingiz mumkin. Agar siz reklama va elonlaringizni kanalimizda o'z joyiga ega qilmoqchi bo'lsangiz, bu uchun pullik qilishingiz kerak. Ammo ogohlantirish kerak, pulni to'lashingizdan oldin kanal admini bilan muzakaralar olib chiqishingiz kerak. Biz kanal rivojiga qiziqish uchun shu sharoitlarni qo'ymoqdamiz. Sizlarni "Hazorasp pedagoglari" kanaliga qiziqishni oshirishga chaqiramiz. O'z fikrlaringizni, savollaringizni va takliflaringizni ko'rsatishingizni kutib qolamiz. Rahmat!

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

11 Feb, 11:14


#Yana_savolingiz_bormi

Ҳурматли кузатувчилар!
Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги Ахборот хизмати томонидан янги — “Яна саволингиз борми?” лойиҳаси йўлга қўйилди.

Унда соҳага доир саволларга мутахассислар томонидан жавоб берилади.
Лойиҳанинг ўзига хослиги шундаки, савол ва жавоблар имкон қадар аниқ ва қисқа, барчани қизиқтирган мавзуларда бўлишига эътибор қаратилади.

Лойиҳанинг 1-сонида ўқувчини бир мактабдан бошқасига ўтказиш тартиби ҳақидаги саволга вазирлик бошқарма бошлиғи Эркин Муродов томонидан жавоб берилди.

Хўш, бизга "Яна саволингиз борми?", унда @uzedu_vazirbot га юборинг. Биз унга албатта, жавоб берамиз.

@D_Sobirova_MMTV

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

10 Feb, 18:54


Xushxabar

Maktablardagi oʻzbek tili (davlat tili) fani oʻqituvchilarimiz uchun ajoyib yangilik.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2025-yil 1-fevraldan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻzbek tili (davlat tili) fani boʻyicha dars beruvchi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi oʻzbek tili va adabiyoti sertifikatiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi.

#davlat_tili #ustama

@hilola_umarova

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

10 Feb, 16:04


Xorazm viloyat Hazorasp tumanidagi 7-son umumiy o'rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Jumaniyazova Shahnoza Omonovna  tomonidan  buyuk mutafakkirlar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur  tavalludiga bag'ishlab tayyorlangan "Ikki buyuk siymo" , "Hirotda-Navoiy, Kobulda - Bobur" nomli  badiiy kechadan lavhalar.
Tadbir ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi.  O'quvchilar Navoiy hayotini  4-faslga bo'lib sahna ko'rinishlari bilan jonlantirib berdilar.
Zahiriddin Muhammad Boburning musofirlikdagi hayotini ko'rsatish orqali o'quvchilarda buyuk siymolar haqidagi tasavvurlari kengaydi  . Turli badiiy chiqishlar tomoshabinlarga manzur bo'ldi.

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

07 Feb, 14:25


Korrupsiyaga murosasiz bo‘lish bolalikdan o‘rgatilmoqda

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi taʼlim va yoshlarning imkoniyatini kengaytirish global resursi (GRASE) dasturi va “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi doirasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

▶️Xususan, maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimi oshirilib, odob-axloq qoidalari, halollik, rostgo‘ylik kabi mavzular bilan tanishtirib borilmoqda.

Pedagoglar korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi elektron platformasidagi maxsus dastur va kontentlardan foydalanib, kichkintoylarga dastlabki tushunchalarni bermoqda.

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

07 Feb, 13:21


Hazorasp tumani 9-son maktabda o'tkazilgan "Buyuk allomalar oyligi" doirasida 4-sinf rahbari Safarova Salomatning sinf soati va ma'naviy ma'rifiy tadbiri.

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

26 Jan, 07:35


Oʼzbekiston delegatsiyasi "Muloqotdan - harakat sari: Oʼzbekiston va Malayziya strategik hamkorlik yoʼlida" mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdi.

💬Davra suhbatida Malayziya Parlamentining "Doʼstlik guruhi", Tashqi ishlar vazirligi, Davlat boshqaruvi milliy instituti, Diplomatiya va xalqaro munosabatlar instituti, Osiyo strategiyasi va yetakchilik instituti, Xadxari Islom instituti va Janubi-Sharqiy Osiyoning terrorizmga qarshi kurash mintaqaviy markazi xodimlari ishtirok etdi.

💬Davra suhbati yakunida SMTI va SXTI oʼrtasida 2025 yilga moʼljallangan hamkorlik rejasi imzolandi. Ushbu reja ikki mamlakat tahliliy markazlari oʼrtasida sheriklik va muntazam ishchi aloqalarni yoʼlga qoʼyishni nazarda tutadi.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

25 Jan, 16:04


#Pedagoglar

Hazorasp tumanidagi 4-sonli maktab o‘qituvchilari yuqori natijalar ko‘rsatib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi sertifikatlariga ega bo‘ldilar. Ushbu sertifikatlar ularning umumta’lim fanlari bilish darajasini tasdiqlaydi.


Hazorasp tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi Matbuot xizmati

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

17 Jan, 16:09


#Hazorasp_IM
#Xalqaro_olimpiada
#xushxabar

🥉 O'QUVCHIMIZ - DILSHODBEK RAJABOV 21-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI G'OLIBI


13-17-yanvar kunlari Qozog’istonning Ostona shahrida 21-Xalqaro Jautikov olimpiadasi bo‘lib o‘tgan olimpiadaning yopilish marosimini quyidagi havola orqali ko’rishingiz mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=EaZS4KPeB7c

       🛎Bizni kuzatishda davom eting.
        https://t.me/HazoraspIMA

🌐 Telegram | Facebook

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

16 Jan, 09:15


📣📣📣📣📣

O‘QITUVCHILAR O‘RTASIDA RESPUBLIKA
OLIMPIADASI O‘TKAZILMOQDA

📣Ilg֥‘or va tashabbuskor o‘qituvchilarni aniqlash va ularni rag‘batlantirish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Kimyo va fizika fanlaridan O’qituvchilar o’rtasida Respublika olimpiadasi tashkil etilmoqda!

❗️Olimpiadada davlat va nodavlat ta’lim muassasalaridagi fizika hamda kimyo fani o‘qituvchilari ishtirok etishlari mumkin.

⭕️⭕️⭕️
Ishtirok etish istagida bo‘lganlar joriy yilning 1-fevraliga qadar ushbu elektron platforma orqali ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish haqida videoyo‘riqnoma👈

📌Olimpiada hududiy va Respublika bosqichlarida tashkil etiladi.

💠Olimpiada yo‘riqnomasi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

🎁G‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

SHOSHILING!

Imkoniyatdan samarali foydalanish oʻz qoʻlingizda!

Barchangizni olimpiadada faol ishtirok etishga chaqiramiz!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

16 Jan, 04:31


Hurmatli Prezidentimiz olib borayotgan ochiq tashqi siyosat tufayli mamlakatimiz yoshlariga dunyoning nufuzli universitetlari eshik ochyapti. Ertadan boshlab “Yangi O‘zbekiston” universitetining bir guruh talabalari Birlashgan Arab Amirliklarining Xalifa universitetida bir semestr mobaynida o‘qishni davom ettirishadi.

Talabalar Kimyo va materialshunoslik muhandisligi, Mexanika muhandisligi va Dasturiy ta’minot muhandisligi yo‘nalishlarini tanlashgan. Yurtimizda bugun zamonaviy muhandislarga ehtiyoj katta.

Bundan 2 yil avval BAAga xizmat safarimiz davomida Xalifa universiteti bilan talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olgan edik.

Kelajakda hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlab, ikkala universitet o‘rtasida bundan-da yirik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

@hilola_umarova

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

15 Jan, 10:19


#Bilimli_yoshlar

Hazorasp tumanidagi 48-sonli maktab o‘quvchilari matematika va ingliz tili fanlari bo‘yicha yuqori natijalar ko‘rsatib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi sertifikatlariga ega bo‘ldilar. Ushbu sertifikatlar ularning umumta’lim fanlari va chet tillarini bilish darajasini tasdiqlaydi.

Erishgan yutuqlar bilan o‘quvchilarimizni tabriklaymiz.


Hazorasp tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi Matbuot xizmati

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

15 Jan, 07:31


#SAYYOR_QABUL

MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI BOSHLIG‘I BIRINCHI O'RINBOSARI Q.ZARIPOVNING  SAYYOR QABULI HAZORASP TUMANIDA TASHKIL QILINADI.

Navbatdagi sayyor qabul 2025-yil 16-yanvar kuni Hazorasp tumanidagi 25-son umumiy o'rta ta'lim maktabida soat 10:00 da boshlanadi.

Manzil: Hazorasp tumani Muxomon mahallasi  Karvon yo'li ko‘chasi, 102-uy


Hazorasp tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi Matbuot xizmati

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

15 Jan, 05:19


Hazorasp tumandagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan maktabning 9-10-sinf o‘quvchilari (o‘g‘il bolalar) o‘rtasida “O‘zbegim o‘g‘lonlari” mavzusida ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
Jamoalar beshta ta shart bo‘yicha bellashdilar;
1-shart - “Vatan madxi”;
2-shart - “Bo‘yinbog‘ bog‘lash”;
3-shart - “Pazandachilik sirlari”;
4-shart - “Arqon tortish”;
5-shart - “Erkin mavzu” (saxna ko‘rinishi).
Ko‘rik tanlov ko‘taringki ruxda bo‘lib o‘tdi, g‘olib bo‘lgan jamoalarni maktab direktori A.R.Ismailov taqdirladi, ularga maktab ma’muriyatining diplomi hamda estalik sovg‘alari topshirildi.

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

14 Jan, 12:46


Тошкент шаҳридаги Президент мактаби барқарор ривожланиш бўйича Шайх Зоид Ол Наҳаён номидаги нуфузли мукофотнинг "Глобал ўрта мактаблар" номинациясида ғолиб деб топилди.

Мукофотни Бирлашган Араб Амирликлари Президенти Шайх Муҳаммад бин Зоид Ол Наҳаён топширди.

Абу-Дабидаги тақдирлаш маросимида Президентимиз Шавкат Мирзиёев иштирок этди. Давлатимиз раҳбари мактаб вакиллари билан учрашиб, уларни ғалаба билан қизғин табриклади.

Президентская школа города Ташкента признана победителем в номинации "Глобальные средние школы" престижной премии имени Шейха Заида Аль Нахайяна в области устойчивого развития.

Премию вручил Президент Объединенных Арабских Эмиратов Шейх Мухаммад бин Заид Аль Нахайян.

На церемонии награждения в Абу-Даби присутствовал Президент нашей страны Шавкат Мирзиёев. Глава нашего государства встретился с представителями школы и горячо поздравил их с победой.

Facebook|Instagram|X

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

10 Jan, 04:16


✈️Navbatdagi "Al-Xorazmiy izdoshlari olimpiadasi" ga marhamat 🤩 

🤩Ishtirokchilarga yengillik yaratish maqsadida tumanlarda oʻz filliallarimizni yoʻlga qoʻydik

😄Endilikda Urganch shahridan tashqari Shovot va Hazorasp tumanlaridan oʻzingiz uchun qulay lokatsiya tanlagan holatda olimpiadada ishtirok etishingiz mumkin
Manzillar roʻyxati

Testlar 12-yanvar kuni barcha hududlarda bir xil vaqtda 10:00 da boshlanadi va bir xil vaqtda yakunlanadi, Natijalar umumiy eʼlon qilinadi

📣2-8-sinf oʻquvchilari uchun
Matematika fanidan olimpiada

😀Savollar: Oʻzbek tilida

🎁G'oliblar va ularning oʻqituvchilari medallar va diplomlar hamda esdalik sovg'alaro bilan taqdirlandilar 🥇🥈🥉

😀Eslatib oʻtamiz roʻyxatdan oʻtmagan oʻquvchilar olimpiadaga kiritilmaydi!

🔜 Roʻyxatdan oʻtish:
@Xorazmiy_olimpiad_bot

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun:
📞+998996833323

😀22-dekabr kuni boʻlib oʻtgan olimpiadaning taqdirlashi shu kuni boʻlib oʻtadi

Bizning rasmiy kanalimiz:
@xorazmiy_olimp

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

07 Jan, 16:58


#Эълон

Hurmatli ustozlar!

📣 2024-2025-o‘quv yili uchun taqvim mavzu-rejalarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Respublika ta'lim markazining rasmiy telegram sahifasidan olishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

07 Jan, 15:36


BIZNI SHUNDAY YOSHLARIMIZ BOR.

Hazorasp tumanidagi 32-sonli maktabning bir guruh 11-sinf o'quvchilari matematika va ingliz tili fanlari bo‘yicha yuqori bilim darajasini namoyon etib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan umumta’lim fanlarini va chet tillarini bilish darajasini tasdiqlovchi nufuzli sertifikatlarga ega bo‘ldilar.

Bu yutuqlari bilan o‘quvchilarimizni samimiy muborakbod etamiz va ularga kelgusidagi ta’lim va hayot yo‘llarida ulkan zafarlar tilaymiz!

Hazorasp tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi Matbuot xizmati

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

31 Dec, 19:04


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

30 Dec, 16:20


Hazorasp tumani 1-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori A.R.Ismailov maktabning uyida yakka tartibda ta'lim oladigan 6 nafar oʻquvchilarning holidan xabar olib, ularni kirib kelayotgan "Yangi yil bayrami" bilan tabrikladi. O'quvchilar qor bobodan yangi yil sovg'alarini qabul qilib olar ekanlar, ularning yuzlaridagi quvonch va qalblaridagi hayajon sezilib turardi. O'quvchilar o'zlarining ustozlari o'rgatgan "Yangi yil bayrami"ga bag'ishlangan she'rlarini aytib va o'zlarining tayyorlagan qo'l mehnatlarini maktab rahbariyatiga ko'rsatib o'tdilar.

🔠🅰️🔠🔠🔠 🔠🔠🔠
🔠🔠🅰️🔠2️⃣0️⃣2️⃣5️⃣

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

08 Nov, 16:16


Asl qahramonlar kim?

Bugun yuzdan ortiq taqdirlanayotgan yoshlar hamda oʻqituvchilar nigohida xursandchilik, hayajon va gʻururni his qildik. Men esa oʻsha daqiqalarda ota-onalarga yuzlanib, ularning har biriga qayta-qayta rahmat aytgim keldi. Chunki ota-onaning ishonchi va koʻmagisiz oʻquvchi va oʻqituvchilarning mehnati yuzaga chiqmasdi.

Qadrli ota-onalar, farzandingizga bergan e'tiboringiz uchun men ham sizlardan minnatdorman.

Bugungi medallarning hammasi SIZNIKI!

@hilola_umarova

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

08 Nov, 12:55


Kun qahramoni
#Xazorasp_tuman_28_maktab
Matnazarova Hovajon Baxtiyorovna
Ona tili va adabiyoti fani bo‘yicha kun qahramoni 86 ball

@T_Nurmetov

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

08 Nov, 12:47


Kun qahramoni
#Xazorasp_tuman_maktab
Jumanazarova Dilafruz
Geografiya fani bo‘yicha kun qahramoni 84 ball

@T_Nurmetov

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

08 Nov, 12:47


Kun qahramoni
#Xazorasp_tuman_14_maktab
Xaitboyeva Manzura
Geografiya fani bo‘yicha kun qahramoni 80 ball

@T_Nurmetov

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

08 Nov, 05:38


#Эълон

Hurmatli ustozlar!

📣 2024-2025-o‘quv yili uchun taqvim mavzu-rejalarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Respublika ta'lim markazining rasmiy telegram sahifasidan olishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

07 Nov, 12:31


Президент Шавкат Мирзиёев мактабларда мусиқа, жисмоний тарбия ва ҳарбий ватанпарварлик фанлари сифатини ошириш бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о повышении качества преподавания музыки, физической культуры и военно-патриотического воспитания в школах.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

06 Nov, 16:58


🤩 Navbatdagi Al-Xorazmiy izdoshlari olimpiadasiga marhamat 



📆10-noyabr (Yakshanba) kuni 
🧑‍🎓2-8-sinf oʻquvchilarini matematika fanida  olimpiadamizga taklif qilamiz

📍Olimpiada soat 🕙 10:00 da
Urganch shahar 29-son maktabda boʻlib oʻtadi

Savollar: Oʻzbek tilida

🏆 G'oliblar medallar va diplomlar bilan taqdirlandilar


Roʻyxatdan oʻtish 👈🏻

Shoshiling

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun:
@madaminov_003 yoki
📞 Telefon
+998996833323 ga murojaat qiling

20-oktabr kuni boʻlib oʻtgan olimpiadaning taqdirlashi shu kuni boʻlib oʻtadi

Bizning rasmiy kanalimiz:
@xorazmiy_olimp

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

06 Nov, 16:55


#Foydali

📎Huquq maktabi — yuridik bilimlarni egallash uchun zamonaviy va qulay mobil ilova

Ilova orqali yuqori malakali ustoz va ekspertlar tomonidan tayyorlangan o'quv materiallaridan foydalaning!

Nega aynan Huquq maktabini tanlashingiz kerak?

Murakkab huquqiy masalalar sodda tilda tushuntirilgan;
Mobil ilovadan istalgan vaqtda va joyda foydalanish imkoniyati mavjud;
Muvaffaqiyatli foydalanuvchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

💡Huquqiy savodxonlik — muvaffaqiyatingiz kalitidir!

Ilovani IOS va Android orqali yuklab olish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/xorazmadliya

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

05 Nov, 09:44


Hazorasp tumanidagi 45-son umumiy oʻrta taʼlim maktabida pedagog xodimlarda turli xil stressni oldini olish,ularga koʻtarinki va pozitiv kayfiyat bagʻishlash maqsadida "Aʼlo kayfiyat - sifatli dars" trening mashgʻuloti oʻtkazildi.
Maktab psixologi: Roʻzmetova Aziza


Hazorasp tuman MMTB Axborot xizmati
Hazorasp tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo'limining rasmiy sahifalariga
Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook |
➡️Hazorasp_MMTB ⬅️

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

03 Nov, 04:14


💐#ТУҒИЛГАН_КУН

Бугун Ҳазорасп туман мактабгача ва мактаб таълими бўлими бошлиғи Холида Собированинг туғилган куни.


Собирова Холида Нурмамедовна ўз касбининг фидойиси ва масъулиятли раҳбар.Шижоати, илми, ташаббускор ва самимийлиги билан кўпчиликнинг ҳурматига сазовор бўлган.
Туман Мактабгача ва мактаб таълими бӯлими жамоаси ва барча педагоглар, таълим-тарбия соҳаси ходимлари номидан Холида Нурмамедовнани бугунги таваллуд кунлари билан муборакбод этамиз. Жонкуярлик билан олиб бораётган ишларида ҳамиша омад ёр бўлиб, узоқ умр кўриб, оиласи ва яқинлари бахтига соғ-саломат бўлишларини тилаб қоламиз.

Туғилган кунингиз муборак бўлсин!


Ҳазорасп туман Мактабгача ва мактаб таълими бӯлимининг Матбуот хизмати.

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

01 Nov, 16:47


Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi MMTB ga qarashli 9- son umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Stressni bartaraf qilish" oyligi doirasida maktab rahbariyati boshchilik barcha pedagog ustozlardan " Kasbiy stressni baholash" metodikasi (Vaysman anketasi) va Pedagogik jamoaning qobilyatini aniqlash testi oʻtkazildi.
Maktab psixologi: N.Samandarova

Hazorasp tuman MMTB Axborot xizmati
Hazorasp tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo'limining rasmiy sahifalariga
Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook |
➡️Hazorasp_MMTB ⬅️

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

31 Oct, 16:01


PEDOGOGLAR UCHUN ATTESTATSIYA
30.10.2024

📲@XorazmTELEKANAL✔️