Hasankhoja Muhammad Sodiq @hasankhojablog Telegram 频道

Hasankhoja Muhammad Sodiq

Hasankhoja Muhammad Sodiq
👉 https://linkfly.to/Hasankhoja

O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

Murojaat: @hasankhojabot
4,478 订阅者
459 张照片
362 个视频
最后更新于 09.03.2025 05:46

相似频道

Sariq Dev
14,171 订阅者
Temurbek Adhamov
10,877 订阅者
Muhammad Temur A'zam
3,492 订阅者

Hasankhoja Muhammad Sodiq: A Voice in the Digital Age

Hasankhoja Muhammad Sodiq is an emerging voice in the digital landscape, known for sharing personal notes, complaints, and recommendations through his various online platforms. His engagement with followers is characterized by a candid approach that resonates with many, especially the youth of Uzbekistan. Utilizing modern communication channels, Sodiq has carved out a niche where he not only shares his thoughts but also encourages dialogue among his audience. As social media continues to evolve, figures like Sodiq exemplify the potential for individuals to influence public opinion and foster community engagement. In a world where personal stories can inspire and provoke thought, Sodiq's contributions highlight the power of digital communication in bridging the gap between individual experiences and collective discourse.

Who is Hasankhoja Muhammad Sodiq?

Hasankhoja Muhammad Sodiq is a notable figure in the Uzbek digital landscape. He engages with his audience through social media platforms, where he shares his personal experiences, thoughts, and insights.

His content ranges from personal reflections to advice, making him an approachable figure for many. Sodiq's online presence is marked by his willingness to address complaints and share recommendations, which helps foster a sense of community among his followers.

What kind of content does he share?

Sodiq's content primarily consists of personal notes, complaints regarding societal issues, and recommendations for his audience. This blend of content serves to inform and engage his followers, encouraging them to reflect on their own experiences.

By sharing his thoughts openly, Sodiq not only provides a glimpse into his personal life but also addresses broader topics that resonate with his audience, making his platform a space for dialogue and connection.

How does he engage with his followers?

Sodiq engages with his followers through various social media platforms, encouraging interaction and feedback. His approach is informal and relatable, which helps followers feel comfortable sharing their own views and experiences.

He frequently invites his audience to participate in discussions, fostering a sense of community where voices can be shared. This method of engagement has proven effective in building a loyal following.

Why is his platform significant in Uzbekistan?

In Uzbekistan, where traditional media outlets may not always reflect the diverse opinions of the public, Sodiq’s platform serves as an important alternative. It provides a space for personal expression and a platform for societal issues to be addressed.

His significance lies in his ability to mobilize discussions around important topics, thus influencing public discourse and raising awareness among the youth and broader community.

What impact has he had on social media in Uzbekistan?

Hasankhoja Muhammad Sodiq has significantly impacted the way social media is used for personal expression in Uzbekistan. His candid and relatable style has encouraged many young people to voice their opinions and engage with societal issues.

Moreover, Sodiq’s approach to digital communication highlights the evolving landscape of media in Uzbekistan, where individuals can now utilize platforms to challenge norms and inspire change.

Hasankhoja Muhammad Sodiq Telegram 频道

Assalomu alaykum, Aziz Do'stlar! Tanishuv kanalga xush kelibsiz! Bu kanalda Hasankhoja Muhammad Sodiqning eng so'nggi yangiliklari va fikrlari bilan tanishishingiz mumkin. Kanalda o'zimga eslatmalarini, shikoyatlarni va tavsiyalarni ko'rishingiz mumkin. Hasankhoja Muhammad Sodiqning yangiliklarini qidirib topish uchun pastdagi linkga o'ting va kanalga obuna bo'ling! Agar savollaringiz yoki takliflaringiz bo'lsa, @hasankhojabotga murojaat qiling. Keyinchi yangiliklar va ma'lumotlar uchun kanalga obuna bo'ling va o'z fikrlaringizni ulashishingizni kutamiz! Rahmat!

Hasankhoja Muhammad Sodiq 最新帖子

Post image

Vijdonan

Agar chiqarayotgan mahsulotingizni oilangizga iste’mol qildirmasangiz,
demak, u sifatsiz va zararli!

Agar reklama qilayotgan xizmatingizdan o‘zingiz foydalanmasangiz, demak, u samarasiz va foydasiz!

Agar ota-onalarga berayotgan tavsiyalaringizni o‘z farzandlaringizga ravo ko‘rmasangiz, demak, siz ikkiyuzlamachisiz!

Bu – yolg‘on biznes, yolg‘on xizmat, yolg‘on maslahat! Bunday ish bilan band bo‘lgan kishi na ishonchga, na hurmatga, na barakaga ega bo‘ladi. Chunki odamlarni aldagan inson oxir-oqibat o‘zini ham aldaydi va qachonlardir bu yolg‘onining ostida qolib halok bo‘ladi.

Agar chin dildan halol ishlamoqchi bo‘lsangiz, avvalo, o‘zingiz ishlab chiqargan narsani iste’mol qiling, o‘z xizmatlaringizdan foydalaning, o‘z maslahatlaringizga o‘zingiz amal qiling. Aks holda, sizning har bir so‘zingiz va harakatlaringiz puch bo‘lib, oxir-oqibat fosh bo‘lishi muqarrar!

08 Mar, 15:28
1,113
Post image

Qalbida dunyoni sig‘dira oladigan ishonch, nur, iymon, xotirjamlik bor edi. U sajdada jonini Robbiga topshirdi.

Ta’ziya marosimi o‘tganidan so‘ng merosxo‘rlar seyfni ochishdi. Vasiyatni o‘qishdi. Katta o‘g‘il:
- Oylik mablag‘ni berishdan yetti kun kechikibmiz, dedi.
So‘ngra belgilangan pulni olib juvonning uyini topib kelib eshigini taqillatdi. Eshikni juvon ochdi. Yigit unga pulni uzatib dedi:
- Marhamat pulni oling. Bir hafta kechiktirganimiz uchun bizni ma’zur tutasiz.
Yigitning ko‘zlari to‘la yosh edi.
Juvon dedi:
- Pulni endi ololmaymiz. Otangizga ayting, endi boshqa faqir qidirsinlar. Bir hafta oldin o‘g‘lim birinchi maoshini oldi. Endi bu pulga bizning ehtiyojimiz yo‘q. Otangizga mendan salom ayting. Men u kishini bir umr duo qilaman!
Yigit ko‘zlariga yosh to‘lib dedi:
- Otam bir hafta oldin vafot qildilar!

Ali Tantoviy rohimahulloh aytadi:
"Bu qissa haqiqatdan ham sodir bo‘lgan. Alloh bilan tijorat qilish mana shunaqa bo‘ladi. Yaxshi ishni ko‘paytiring. Albatta uni Allohning huzurida topasiz!".

07 Mar, 19:08
1,217
Post image

ALLOH BILAN TIJORAT

Ali Tantoviy rohimahulloh aytadi:

"Bu voqea o‘tgan asrning taxminan yetmishinchi yillarida Dimashqda sodir bo‘lgan. Katta savdogarlardan biri saraton bilan og‘rib qoladi. Bizning diyorlarda davolanishning iloji bo‘lmagani sababli odatdagidek davolanish uchun Amerikaga bormoqchi bo‘lishadi. Tahlil va analizlardan so‘ng davolanishning foydasi yo‘qligini, kasallik butun tanaga tarqalganligini aytishadi. Biror-bir umid uchquni qolmagan edi.

Amerikalik shifokor bemorga bir oylik umri qolganini, vataniga qaytib o‘sha yerda oilasi bag‘rida vafot etishini ochiq aytadi. Qolgan kunlarini g‘animat bilishini, istagan va yaxshi ko‘rgan mashg‘uloti bilan mashg‘ul bo‘lishini aytadi.

Savdogar uyiga qaytdi. Qolgan bir oyning ham uchdan ikkisi qolgan edi. U o‘limini kuta boshladi.

Yomg‘irli kunlarning birida qalbida tanglik his qilib uyni tashlab ko‘chaga chiqdi. Yo‘lakdan yurib borayotib toliqdi. Nafas rostlash uchun yo‘lakning chetida o‘tirdi.

Yo‘lakda bir yosh juvon bilan ko‘rinishidan boy-badavlatligi bilinib turgan go‘zal yigit gaplashib turar edi. Yigit og‘zidagi saqichni egilib olib chaynar edi. Yigit bemor savdogarga e’tibor ham bermadi. Aftidan u juvonni pul bilan domiga tushirib nafsini qondirmoqchi edi. Yigit bilan faqir juvon qilayotgan past ovozli suhbatdan savdogar shuni angladi. Juvon yigitga molga, nonga ehtiyoji borligini aytar edi. Uni farzandlari bilan ijarada turgan joyidan ijarachi haydab chiqargan ekan. Yigit juvonning gaplariga ishonmadi. Juvon eski uyning ijarasini to‘lay olmabdi.

Yigit juvon talab qilgan pulni bermadi. U juvonning ozg‘in tanasiga arzimagan pul evaziga ega chiqmoqchi edi. Juvon u pulga ko‘nmagach yigit uni tashlab ketdi.
Savdogar juvonga yaqinlashib so‘radi:
- Qizim, kechirasiz! Sizga nima bo‘ldi? Boshingizga tushgan hodisani so‘zlab bera olasizmi? Bu ishni qilishga sizni nima majbur qildi?
Juvon dedi:
- Ijarachi bizni farzandlarim bilan uydan haydab chiqardi. Farzandlarim ko‘chada qolgan. Erim qamoqda. Uning ahvolidan bexabarman. Bizga ko‘rsatishmaydi. Mening boshqa hech kimim yo‘q.
Juvon Allohning nomi bilan qasam ichib aytdiki, bu ishga birinchi marta majbur bo‘layotgan ekan. Hatto shuning ham uddasidan chiqa olmadim, dedi.
Savdogar dedi:
- Ey qizim! Agar men sizga butun umr nafaqa berib tursam, farzandlaringizga g‘amxo‘rlik qilishga yetarli mablag‘ berib tursam menga nima va’da bera olasiz?
Juvon dedi:
- Istagan narsangizni so‘rang.
Savdogar dedi:
- Men sizdan bitta narsa so‘rayman. Bir umr tanangizni haromga sotmaysiz. Men sizni va farzandlaringizni kafillikka olaman.
Juvon dedi:
- Men roziman.
Savdogar dedi:
- Bu ishni qaytib qilmasligingizga kafilingiz bormi?
Juvon dedi:
- Alloh taolo kafilim bo‘lsa shunga rozimisiz? Men butun umr bu ishni qilmaslikka, va’damni bajarishga Allohni guvoh qilaman. Mana bu qiyin holatda turganimda sizni yuborgan Allohga hamd aytaman.
Savdogar dedi:
- Kelishdik. Menga manzilingizni tushuntiring. O‘zingiz uyingizga, farzandlaringiz oldiga boring. Men keyinroq uyingizga boraman.

Savdogar darhol uyiga qaytdi. Xonasiga kirib bir varaqqa vasiyatini yozib uni seyfga qo‘ydi. Vasiyatda shunday yozilgan edi:
"Aziz farzandlarim! Sizlarga butun umr, mendan keyin varaq ostidagi manzilga har oy besh kishiga yetarli mablag‘ yuborib turishingizni vasiyat qilaman".

So‘ngra bir qancha pul va turli jihozlarni katta mashinaga ortib juvonning uyi tomon yo‘l oldi. Uy egasiga to‘lanmay qolgan ijara pullarini to‘ladi. Keyingi uch yillikni ham qo‘shib to‘ladi. Yana ayolning barcha qarzlarini ham to‘ladi.

O‘sha kuni savdogar juvonning uyidan qalbi farahga to‘lib qaytdi. U o‘limi oldidan qilgan xayrli ishidan shod edi. Shifokor aytgan vaqt ham keldi. Ammo savdogar o‘lmadi. Birinchi oylikni olib juvonning uyiga bordi. Oylikni berib darhol uyiga qaytdi.

Kunlar- oylar o‘tdi. Ammo u o‘lmadi. U oyma-oy mablag‘ni o‘zi juvonnikiga olib borib berib turdi. Yillar o‘tdi. Ammo u o‘lmadi. Vasiyat yigirma yildan ortiq vaqt seyfda qolib ketdi.

Savdogarimiz bir kuni tongda bomdodni o‘qidi. Xushu’ bilan Allohga sajda qildi.

07 Mar, 19:08
1,183
Post image

🏆 Yutuqlarimiz tasodif emas!

⚡️ Har bir inson hayotida ikki yo‘l bo‘ladi: biri orzular sari intilish, ikkinchisi esa imkoniyatlarni boy berish. Biz o‘quvchilarimizga orzulari uchun harakat qilishni o‘rgatmoqdamiz.

🚀 Ular yutuq tasodifan kelmasligini anglab yetishdi. Maqsadga erishish uchun tinimsiz harakat qilish kerak va bugun ular mehnat natija berishini isbotlamoqda.

🎯 Natijalar shunchaki kelmadi – bu fidokor ustozlar, to‘g‘ri tanlangan maktab, intiluvchan o‘quvchilar va doimiy qo‘llab-quvvatlovchi ota-onalar mehnati natijasidir.

Bu bizning muvaffaqiyat formulamiz!

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!


Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

07 Mar, 06:15
1,049