Agar chiqarayotgan mahsulotingizni oilangizga iste’mol qildirmasangiz, demak, u sifatsiz va zararli!
Agar reklama qilayotgan xizmatingizdan o‘zingiz foydalanmasangiz, demak, u samarasiz va foydasiz!
Agar ota-onalarga berayotgan tavsiyalaringizni o‘z farzandlaringizga ravo ko‘rmasangiz, demak, siz ikkiyuzlamachisiz!
Bu – yolg‘on biznes, yolg‘on xizmat, yolg‘on maslahat! Bunday ish bilan band bo‘lgan kishi na ishonchga, na hurmatga, na barakaga ega bo‘ladi. Chunki odamlarni aldagan inson oxir-oqibat o‘zini ham aldaydi va qachonlardir bu yolg‘onining ostida qolib halok bo‘ladi.
Agar chin dildan halol ishlamoqchi bo‘lsangiz, avvalo, o‘zingiz ishlab chiqargan narsani iste’mol qiling, o‘z xizmatlaringizdan foydalaning, o‘z maslahatlaringizga o‘zingiz amal qiling. Aks holda, sizning har bir so‘zingiz va harakatlaringiz puch bo‘lib, oxir-oqibat fosh bo‘lishi muqarrar!