Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal) @guloramuzaffarova Channel on Telegram

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

@guloramuzaffarova


Shaxsiy IELTS balim 8.5 🏆
10 yillik o'qitish tajribasi 👩‍🏫
IELTS 7+ onlayn kursi asoschisi 🚀

Bepul darslar qadalgan xabarlarda turibdi.

guloramuzaffarova (Uzbek)

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)nnSizning IELTS balingizga yangi yuksakliklar qo'yishga tayyormisiz? Agar ya, 'guloramuzaffarova' kanalimiz siz uchun! Gulora Muzaffarova - u o'zining uzoq muddatli o'qitish tajribasi bilan, IELTS teste tayyorlanishga yordam beruvchi, 7+ ball olishni maqsad qilgan IELTS onlayn kursi asoschisidir. U tajribali o'qituvchilardan o'z tajribasidan foydalangan holda bepul darslar va qadalgan xabarlar orqali sizni yaratuvchi uslubda IELTS testiga tayyorlaydi. Siz ham 'guloramuzaffarova' kanaliga obuna bo'ling va o'zingizni yuksak ballarga olib chiqing! 🏆👩‍🏫🚀

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

08 Nov, 09:34


Diqqat, e’lon!

Tongni sevuvchi o’quvchilar bormi? 🌝

Ustozimiz Ms Fayoza ertalab 10:00 da yangi General English onlayn guruh ochyaptilar. Darajasi Pre Intermediate + bo’lgan o’quvchilarga mo’ljallangan.

Bu guruhimiz IELTS topshirishdan avval General Englishni boost qilib olmoqchi bo’lganlarga mo’ljallangan. Darsda nimalar bo’lishini Ms Fayoza videolarida ko’rishingiz mumkin.

Ms Fayoza - CEFR C1 darajaga ega, Webster univesiteti magistratura talabasi, tajribali va jonkuyar ingliz tili o’qituvchisi. Ular haqidagi fikrlarni o’quvchilarni o’zlaridan izohlarda kutib qolamiz. 😊

Morning General English guruhimizga a’zo bo’lish uchun hoziroq @gulora_support ga ismingiz va telefon raqamingizni yozib qoldiring. 📞

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

08 Nov, 07:38


General English nega kerak?☝️

Aksariyat o’quvchilar IELTS yoki CEFR o’qishga shoshishadi. O’ylashadiki, qancha tez test kitoblarni o’qib chiqsam, shuncha tez darajam oshadi. Grammatika menga kerakmas, oddiy so’zlarni yodlab nima qilaman? Imtihon uchun akademik so’zlarni bilsam bo’ldida deb xato fikrda bo’lishadi.

Aslida esa, testga tayyorlov darajangizni oshirmaydi. Shunchaki, bor bilimingizni ramkaga solib beradi, xolos. Oylab, yillab IELTS yoki CEFR o’qiganingiz shunchaki behudaga bo’lib qoladi.

Buning o’rniga, General English kursiga borib, ko’proq grammatika, lug’at o’rganib, speaking qilishga, gap tuzishga ahamiyat qaratishingiz kerak.

Aynan General English kursining sizga beradigan qiymati haqida mendan emas, English Platform onlayn o’quv markazimiz o’qituvchisi Ms Fayozadan 👩‍🏫eshiting.

Videolarni diqqat bilan ko’ring.👇

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

07 Nov, 12:15


Bu kitobni o’zbek tilida o’qiyapman.

Hozircha boshidan 50 betcha o’qidim. Qiziqarli ekan. Nasib bo’lsa, oxirigacha o’qiyman.

Apple kompaniyasi asoschilaridan biri Stiv Jobs bolaligi va o’smirligi qanday o’tganligi tasvirlangan bo’limlarni tugatdim. Stiv Jobs yoshligidanoq talanti bilan boshqa bolalardan ajralib turgan, maktab fanlari unga juda zerikarli tuyilgan, va shu sababdan biroz bezori, sho’x, ustozlarini gapiga kirmaydigan qaysargina bola bo’lgan. Texnika va elektronikaga juda qiziqqan ekan.

Stiv Jobs xarakterining o’ziga xos tomoni - u qaysar va qat’iy bo’lgan. Fikrini boshqalarga uqtira olgan. Aynan shu xarakteri tufayli biznesda katta muvaffaqqiyatlarga erishgan deb taxmin qilishadi.

Atrofiga doim o’ziga o’xshab texnikaga qiziqadigan do’stlar yiqqan. Bu ham uning kelajakdagi yutuqlarida katta rol o’ynaydi.

Hozircha shularni o’qidim. Hali yana o’qiyveray. Qiziq joylarni ulashaveraman. 😊

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

07 Nov, 11:17


Hozir shu kitobni o’qishni boshladim. Kim o’qib chiqqan?

Boshlanishidanoq taasurotlarim yaxshi. Kitob haqida fikrlarimni ulashib boraymi?

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

06 Nov, 05:22


Siz hadeb IELTS o’qiyapsizu, lekin o’sish bo’lmayaptimi? Balingiz bitta joyda qotib qolganmi? Mock testlariz faqat 20-25 ta oraliqda chiqayaptimi?😭

Unda sizga IELTS emas, balkim General English kursi kerak. Ya’ni, avval yaxshilab lug’at va grammatika darajangizni ko’tarib, speaking praktika qilishingiz kerak. IELTS gacha ingliz tili fundamentini mustahkam qo’yib olishingiz kerak.

Ana shundan keyin, IELTS o’qishni boshlasangiz, sizda yetarli ingliz tili bilimi borligi uchun test savollarini ishlashda qiynalmaysiz. Sizda haqiqiy o’sish bo’ladi. ☝️

Aynan shunday kurs izlaganlarni, yangi Intermediate guruhimizda taklif qilamiz. Darslarimiz onlayn, kechki payt 20:00 da dars o’tiladi. Headway Intermediate va Destination B2 📚 kitoblaridan dars o’tiladi va urg’u ingliz tili so’z boyligi va speakingni oshirishga qaratiladi.

Ushbu yangi onlayn guruhimiz haqida batafsil ma’lumot olish uchun @gulora_support ga telefon raqam qoldiring. 📞

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

06 Nov, 05:03


IELTS 5.5 versus 8.5

Siz hozir speakingda qaysi darajadasiz?

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

05 Nov, 09:32


Tezkor xabar bilan qaytyapman!

Orangizda Beginner va Elementary darajadagi ingliz tili o'quvchilar bo'lsa, sizni haftaning toq kunlari Dushanba, Chorshanba va Juma kunlari kechki paytda o'tiladigan yangi onlayn Elementary guruhimizga taklif qilamiz.

Bu guruhlarda darslarni Ms Laylo 👩‍💻 ustozimiz olib boradilar va kursda asosan Essential Grammar in Use kitobidan grammatika mavzulari, Headway Elementary kitobidan esa lug'at, speaking va listening audiolari mashq qilinadi. Asosiy urg'u - o'quvchilarning lug'at darajasini oshirib, speaking qobiliyatini rivojlantirish.☝️

Hozir mana shu guruhga odam yig'ilyapti. Darslar Juma kuniyoq boshlanadi. Guruhga qo'shilish uchun @gulora_support ga ismingiz va telefon raqamingizni yozib qoldiring. 📞

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

05 Nov, 09:31


Elementary daraja o’quvchimiz Jahongir. 👨‍🎓

O’quvchilar bilan uchrashuv kuni Navoiydan kelib, gullar sovg’a qilib, rahmatlar aytib ketdilar. 2 oy Elementary guruhimizni o’qib tamomlab, sertifikatlar olib ketdilar.

Ularning kurs haqidagi fikrlari videoda.😊

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

03 Nov, 11:30


Bugun ofisimizda oshxo’rlik 😋

Ofisdagilar bugun Yakshanba bo’lsayam, ishlashyotgani uchun obedga o’zim zig’ir yog’li Qashqadaryocha osh qilib keldim.

Hammaga yoqdi. Sizam rasmdan bo’lsayam, baho berib qo’ying.

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

02 Nov, 10:31


Mening javobim

IELTS menga kasb berdi, kasbim orqali minglab insonlarga foydam tegib, ularni til o’rganishiga yordam berdim.

IELTS menga ko’plab yaxshi insonlar bilan tanishish imkonini berdi, eng yaqin do’stlar, qadrdonlar, hamkasblar, o’quvchilarim bilan aynan IELTS sertifikatim orqali tanishdim.

IELTS menga moliyaviy mustaqillik berdi. O’zim hohlagan joyda, o’zim hohlagan tarzda yashash va ishlash imkonini berdi.

IELTS menga dunyo ko’rish imkonini berdi. 9 ta davlatni ko’rish va ularning tabiati va go’zalligidan bahramand bo’lish, turli xil millat vakillari bilan gaplashish imkonini berdi.

IELTS menga keng dunyoqarash berdi. Istalgan ma’lumotni ingliz tilida izlab, mustaqil o’rganish imkoniyatini berdi.

Bu ro’yxatni yana uzoq davom ettirgan bo’lardim.

Endi, IELTS olganlar gapirsin, qo’lingizdagi sertifikat sizga nima berdi? Izohlarda yozing, zero sizning gaplaringiz boshqalarga motivatsiya bo’lsin. 🏋️‍♀️

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

30 Oct, 15:00


Hozir Reading va Listeningni 9.0 ga olib chiqish haqida dars o'tyapman. Ushbu havolada, kirib oling.👇

https://t.me/bepul_jonli_efirlar?livestream

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

30 Oct, 07:38


Bugun havo biram mazzayu!

Kim telefoniga kuzni chiroyli suratlarga olgan? Izohlarda ulashing. Mazza qilib fotosevarlar tomosha qilamiz. 🍂🍂🍂

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

29 Oct, 16:10


Efir foydali bo'ldimi?

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

29 Oct, 15:16


5-noyabrda boshlanadigan yangi onlayn General English va IELTS guruhlarimizga a'zo bo'lish uchun, @gulora_support ga ismingiz va ishlaydigan 2 ta telefon raqamingizni yozib qoldiring. Ertaga o’zimiz telefon qilamiz.📞

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

29 Oct, 15:02


Savol-javobni boshladik! Savollaringizni so'rang!

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

29 Oct, 15:00


Ovoz va ekran qanday?

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

29 Oct, 14:59


Live stream started

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

29 Oct, 14:11


20:00 da savol-javob efirida ko’rishamiz! Get ready! 🚀🚀🚀

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

29 Oct, 11:31


Dears, bugun 20:00 da speaking bo’yicha savol-javob efir o’tkazamizmi?

Axir speaking ko’p o’quvchilarni eng og’riqli nuqtasiku!

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

29 Oct, 09:03


Marhamat, darsni diqqat bilan ko’ring va kerakli joylarini o’ziz uchun konspekt qilib oling.✍️

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

29 Oct, 09:03


Introductory lesson to English speaking 🗣️

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

29 Oct, 08:35


Good day, my dear subscribers🤗

Shunday ajoyib kunda Speaking bo’yicha bepul videodarsga nima deysiz?🎁

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

28 Oct, 07:38


Qadrdonlar,

Yuqorida aytganimdek, motivatsiya uchun muhit juda muhim. Atrofizda til o’qiydiganlar bo’lsa, siz ham ularga qarab o’qiysiz. Sizdan dars qilishni talab qilib, ramkaga solib turadigan ustoz bo’lsa, motivatsiya o’z-o’zidan 5 barobar oshadi.

Biz onlayn kursimizda xuddi shunday qilamiz. Bir guruhda 20 kishi o’qitamiz va aynan shu guruhni o’zini alohida ustozi bo’ladi. Siz qolgan 19 kishini dars qilishi, o’sishiga qarab o’sasiz. Ustozingiz dakkisidan cho’chib dars qilasiz. ☝️

Shu sabab, noyabrdan yangi onlayn kurs boshlayman deganlarni onlayn guruhlarimizga taklif qilaman. Batafsil ma’lumot uchun @gulora_support ga telefon raqam qoldiring. 📞

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

28 Oct, 07:07


Bir Vazifani qilaman deyman,Telefon ushlagan Paytim,Boshqa Vazifalar Esdan,Chiqib ketib qoladi.Telefon Dangasaiman.Chunki Telefon foydalangan paytim,Ish qilgim kelmaydi.Ishga buyurib qolishsa,Stresga tushaman.Achhig'im Keladi.Telefondan,Dangasalikdan Qutulish uchun,Ustoz Qanday Foydali Maslaxatlar Bera Olasiz?

Shu savolga audioda qisqa va lo’nda javob berishga harakat qildim. Diqqat bilan audioni tinglang.👆

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

28 Oct, 06:59


Motivatsiyani qanday ushlab turish mumkin?💪

Bilasizmi, motivatsiya o’tkinchi tuyg’u. U yalt paydo bo’lib, yana puff etib o’chib qoladi. Uni uzoq ushlab turish qiyin.

Motivatsiyani ushlab turishdan ko’ra yaxshiroq ikkita zo’r yechim bor.☝️

Birinchisi, avval ham aytganimdek muhit. Agarda siz to’g’ri muhit ichida bo’lsangiz, o’zingizga to’g’ri davra tanlasangiz, dangasalik va motivatsiya yetishmasligini unutib yuborasiz. Agarda atrofingizda sizni ilhomlantiradigan odamlar bo’lsa, siz ularga qarab ijobiy tomonga moslashib borasiz. Ya’ni, siz aslida dangasa odam emassiz, shunchaki noto’g’ri muhit ichidasiz.

Ikkinchi usul bu - kichik odatlarni shakllantirish. Birdaniga katta vazifani bajaraman deb tirishish shart emas, balkim kichkina kichkina vazifa qo’yib, shularni bajarish, va kichkina bo’lsada, nimadir qila olganizdan o’zingizdan xursand bo’lishingiz kerak. Unutmang, mayda qadam yurgan uzoqqa boradi.

Fikrlarimga qo’shilasizmi? Motivatsiyani ushlab turishda sizga qanday usullar yordam bergan?

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

28 Oct, 02:46


Dushanbadan yaxshiroq harakat qilishni, yaxshiroq o’qishni, IELTSga kuchliroq tayyorlanishni boshlayman deganmidingiz? Bugun shu kun! Yangi haftaning ilk kuni!🚀🚀🚀

Ko’pchilik Dushanbadan yanhi hayot boshlayman deydiyi, lekin negadir Seshanba kuni aytgan gaplarini unutib qo’yadi. Qisqa vaqtdagi motivatsiya bilan o’zingizni aldamang. Natijada maqsadingizga erishishingiz qiyin bo’ladi.

Sizga asl, osonlikcha o’chmas motivatsiya kerak!

Demak, bugungi mavzuimiz motivatsiya haqida bo’ladi.

Agreed? - 🔥🔥🔥

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

26 Oct, 10:22


Men shu paytgacha o’qigan va qattiq ta’sirlangan 3 kitob:

1. Asrga ta’tigulik kun

Bu kitobni yig’lab o’qiganman. Ayniqsa, manqurt yigit oxirida o’z onasini o’ldirib qo’ygan sahnasi ming toshyurakni ham eritadi.

2. Alkimyogar

Bu kitobni 17-18 yoshlarimda talabaligimda o’qiganman. Va menga yosh cho’pon yigitning orzulari yo’lida kuchli ishonch bilan harakat qilishi qattiq ta’sirlantirgan.

3. The Mountain is You.

Bu kitob mental health haqida, ya’ni ichki xotirjamlik, hayollarimiz go’zal bo’lishi muhimligini uqtiradi. Ko’plab keraksiz o’ylarni miyangizdan chiqarib, kerakligini o’stiradi. 🌱

Sizgachi? Qaysi kitobning qaysi sahifasi chuqur ta’sir qilgan?

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

26 Oct, 05:42


Hello, dears!

Keling, bugun TOP 3 rubrikasini qilamiz. Kitoblardan boshlaymiz.

Izohlarda o'zingizga eng yoqqan 3 ta TOP kitobni nomini yozib qoldiring. Keyin esa men yozaman. 📚😊

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

25 Oct, 18:07


Yuqoridagi videoda va’da qilingan formulalar ro’yxati

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

25 Oct, 04:57


Kecha sizga onlayn kursimizni boshqa kurslardan farqini aytib bergan edim.

Bugun shu gapimni tasdiqlab fikr bildirgan o’quvchilarimni ko’ring.

Atayin uzun yozilgan otzivlarni yubordim, erinmasdan o’qing. Qanchadan-qancha dil so’zlari, minnatdorchilik bildirib, o’quvchilarimiz uzun xabar yozishgan. 💌

Siz ham mana shundan mamnun o’quvchilarimiz qatorida bo’lishingiz mumkin. 5-noyabrga qadar onlayn kursimizga a’zo bo’lish imkoniyatingiz bor.

Batafsil ma’lumot uchun @gulora_support akkauntiga telefon raqam yozib qoldiring.📞

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

24 Oct, 10:44


📌 Bizning kursni boshqa onlayn kurslardan qanday farqlari bor?

1️⃣ Odatiy onlayn kurslarda, siz yuzlab o’quvchi bor katta guruhda leksiya eshitib o’tirasiz.

— Bizda esa kichik 20 kishilik guruhlarda, seminar tarzda o’qiysiz. Mavzular kichik guruhlarda tushuntirib beriladi va vazifalar muhokama qilinadi.

2️⃣ Odatiy onlayn kurslarda, darajangizga qarab guruhga joylanmaydi. Hamma o’quvchilar bitta katta guruhga joylanadi.

— Bizda esa, o’quvchini darajasi ham yozma, ham og’zaki test bilan tekshiriladi va o’z darajasiga mos guruhda, o’ziga mos darsliklar bilan mavzu o’tiladi.

3️⃣ Odatiy onlayn kurslarda, faqat bitta yo’nalish bo’ladi. Yoki faqat IELTS, yoki faqat speaking.

— Bizda esa, har xil darajalar uchun mos kurs bor. Va bitta bosqichni tugatib, keyingi bosqichniyam aynan biz bilan o’qish imkoniga egasiz.

Farqlarni sezyapsizmi? 🔥🔥🔥

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

24 Oct, 09:16


- Onlayn kurs qachon boshlanadi? 📆

- 5-noyabrda.

- Darslar qaysi darajaga mos?

- Bizda har xil darajalar mavjud. Elementary, Pre intermediate va Intermediate guruhlar, hamda darajasi IELTS ga yetganlarni IELTS guruhda o’qitamiz. O’zimiz o’quvchini darajasini aniqlab, mos guruhga qo’yamiz. General English guruhlarda asosiy e’tibor grammatika va lug’atni oshirishga qaratiladi. IELTS da esa testga tayyorlov birinchi o’rinda turadi.

- Darslar qay tartibda va qancha vaqt davom etadi?

- Bitta bosqich 10 hafta davom etadi va har bir bosqichga oldindan tayyorlangan videodarslik, audiodarslik va qo’llanmalar beriladi. Bundan tashqari, kichik 20 kishilik guruhlarda haftada 3 marta 2 soatdan asosiy ustoz tomondan mavzu tushuntirib beriladi, vazifalar berilib, uyga vazifalar tekshiriladi. Va hammada 1 marta qo’shimcha speaking club o’tiladi.

- Darslar qaysi payti bo’ladi?

- Bizda asosan kechki 20:00 va 21:00 da va ertalabgi 9:00 va 10:00 da guruhlar mavjud.

- Kursda nazorat bormi?🛂

- Albatta! Kurs nazoratchisi sizning davomatingiz va uyga vazifa topshirishingiz bilan shug’ullanadi. Sababsiz 3 marta dars qoldirganlar guruhdan chetlatiladi. Qayta guruhga qo’shilishi uchun vazifalarni otrabotka qilishi kerak bo’ladi.

- Bu kursda o’qib, nechi IELTS olaman?

- Nechi bal olishingiz, hozirgi darajangizga bog’liq. Odatda o’quvchini o’zlashtirishga qarab 0.5 dan 1.0 balgacha o’sish bo’ladi. Natijalar shu yerda batafsil berilgan.👉 https://t.me/guloramuzaffarova/3872

- Kurs narxi qancha?

- Bizda 3 xil tarif bor va ikki yarim oylik kurs uchun bir marta to’lov qabul qilinadi. Tarifga qarab to’lovlar 1 000 000+ dan boshlanadi.

Yanada batafsil ma’lumot olish va kursga a’zo bo’lish uchun @gulora_support ga 2 ta ishlaydigan telefon raqam qoldiring.📞

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

24 Oct, 08:43


Xayrli kun, barchaga!

Sog’-salomatmisiz, qadrdonim! Ishlar, o’qishlar yaxshimi?

Bugun sizlarga 5-noyabrda boshlanadigan onlayn kursimiz haqida batafsilroq ma’lumot bermoqchiman.

Kutyapsizmi? 🔥🔥🔥 reaksiyalar kutaman sizdan!

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

23 Oct, 11:37


Qachongacha qilaman degan ishizni ortga surmoqchisiz?

Qanday qilib, qisqa fursatda tez o’sish mumkin?

Networking nima va u nega kerak?


Audioni diqqat bilan tinglang. Siz uchun juda foydali.☝️

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

23 Oct, 07:29


Kechagi mavzu siz uchun judayam qiziq bo’libdiku! 🥹

Keling, bugun shu mavzuni qayta davom ettiramiz. Va yanayam chuqurroq ichiga kiramiz.

Bugun sizlar bilan dangasalik va prokrastinatsiya, ya’ni biror ishni bajarishni ortga surish haqida gaplashamiz.

Kutyapsizmi? Sizda ham dangasalik bormi? 🥲

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

22 Oct, 09:39


Men qanday qilib self-study bilan IELTS 7.5 bal olganman? ☝️

Tajribamni audioda ulashdim. Diqqat bilan tinglang.👆

Audioda aytganimdek, hech bo’lmaganda boshlang’ich bilimlarni ustozdan olib, keyin self-study qilishingiz mumkin. 0 dan hech qanda tushunchasiz self-study qilish qiyin.

Agar uydan chiqib, o’quv markazga qatnay olmasangiz, siz uchun onlayn kurslarimizni tavsiya qilaman. Noyabrdan yangi General English va IELTS onlayn guruhlar ochyapmiz.

Batafsil ma’lumot uchun @gulora_support ga 2 ta ishlaydigan telefon raqam qoldiring. Sizga telefon orqali batafsil ma’lumot beramiz. 📞

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

22 Oct, 08:06


Xo’p, self-study chilarim aytingchi?

Ingliz tilini kursga bormasdan o’qib, IELTS ga mustaqil tayyorlanish jarayonida eng asosiy muammoyingiz nima? 👇

Eng asosiy savollarga alohida postda javob beraman.

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

21 Oct, 10:35


Writingdan qiynalayotganlar uchun maxsus sovg'a! 🎁🎁🎁

Siz uchun 15 daqiqalik video darslikni kanalimga yuklayman. Faqat videoni 24 soat qoldiraman. Ko'rishga ulgurib qoling!

Bu videodarslikda Writing Task 2 haqida umumiy tushuncha berilib, savol turlari tahlil qilib berilgan. Judayam foydali! Albatta ko'ring!

IELTS writingni ustoz bilan kursda batafsil o'rganmoqchi bo'lganlarni noyabrda ochiladigan yangi onlayn IELTS guruhlarimizga taklif qilaman. Nafaqat writing, balkim kompleks hamma skillari ichida kurs bo'ladi.

Kurs haqida batafsil bilish va a'zo bo'lish uchun @gulora_support ga telefon raqam qoldiring. Batafsil ma'lumot telefon orqali beriladi. 📞

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

21 Oct, 06:48


Diqqat bilan tinglang! 🔈🔈🔈

O’zingiz uchun juda kerakli insaytlarni olasiz! Lekin audiodayam aytganimdek, ayniqsa writing kabi qiyin skillarda yaxshi ustozni kursi kerak. Chunki writingni self-study qilish anchagina qiyin.

Xo’sh, audioni tinglab bo’lib aytingchi: Sizni writing balingiz nechchi? Audioda aytilgan kitoblardan foydalanib ko’rganmisiz?🤔

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

21 Oct, 03:58


Xo’sh, xo’sh, xo’sh!

Writingga qiziqadiganlar ko’p ekan. Srazu 100 ta olov kelibdi. 🔥🔥🔥

Avval, aytingchi, writingda siz uchun eng og’riqli muammo nima? 👇

Gulora Muzaffarova (Asosiy kanal)

20 Oct, 07:01


Sunday morning 🍳

Yakshanbani bekor o’tkazmasdan, kechagi darsni ko’rvoling. Tez orada o’chiriladi.😉