Latest Posts from GAPIRAMIZ.UZ (@gapiramiz_uz) on Telegram

GAPIRAMIZ.UZ Telegram Posts

GAPIRAMIZ.UZ
"𝙈𝙞𝙣𝙜 𝙢𝙖𝙧𝙩𝙖 𝙮𝙤𝙡𝙜ʻ𝙤𝙣 𝙜𝙖𝙥𝙞𝙧𝙜𝙖𝙣𝙙𝙖𝙣 𝙠𝙤ʻ𝙧𝙖 𝙗𝙞𝙧 𝙢𝙖𝙧𝙩𝙖 𝙧𝙤𝙨𝙩 𝙜𝙖𝙥𝙞𝙧𝙜𝙖𝙣 𝙢𝙖ʼ𝙦𝙪𝙡"

@𝙂𝘼𝙋𝙄𝙍𝘼𝙈𝙄𝙕_𝙐𝙕 - 𝙗𝙪 𝙣𝙚𝙮𝙩𝙧𝙖𝙡 𝙟𝙪𝙧𝙣𝙖𝙡𝙞𝙨𝙩𝙞𝙠𝙖.
2,071 Subscribers
1,195 Photos
252 Videos
Last Updated 06.03.2025 21:33

Similar Channels

MUSIQALAR BASS 🎧
5,644 Subscribers

The latest content shared by GAPIRAMIZ.UZ on Telegram

GAPIRAMIZ.UZ

02 Jan, 12:38

41

Fuqaro Prezident Administratsiyasini sudga berdi

Fuqaro Zarnegul Mamutoʻva Prezident Administratsiyasiga nisbatan ishga tiklanish talabi bilan Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritdi.

Tarixiy jarayon

Prezident Administratsiyasiga qarshi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilish juda kam uchraydigan hodisa boʻlib, bu voqea sud tizimining ochiqligi va fuqarolik huquqlari himoyasining yangi bosqichga koʻtarilayotganini koʻrsatadi. Sud jarayoni ertaga oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Huquqshunos Saidali Muxtoraliyev ushbu voqeani sud tizimiga boʻlgan ishonchning ortib borayotganidan dalolat sifatida baholadi:
"Fuqarolarning sudga murojaat qilish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Prezident Administratsiyasini sudga berish kabi misollar tizimning ochiqligi va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish yoʻlidagi muhim qadamdir."

Mazkur ish, nafaqat yuridik jihatdan, balki jamiyatda huquqiy ongning rivojlanishi uchun ham katta ahamiyatga ega boʻlishi kutilmoqda.


🗣@Gapiramiz_uz
GAPIRAMIZ.UZ

02 Jan, 12:23

50

Sirdaryolik yoshlarga poytaxtda maʼrifiy tashrif

Yoshlar haftaligi doirasida Sirdaryo viloyati IIB tizimlarida xizmat qilayotgan faol va iqtidorli yosh xodimlar uchun Toshkent shahriga maxsus maʼrifiy tashrif uyushtirildi. Ushbu tashrif davomida yoshlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi va Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga borish imkoniga ega boʻlishdi.

Batafsil👇👇
https://telegra.ph/Sirdaryolik-yoshlarga-poytaxtda-maʼrifiy-tashrif-01-02

Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
@Gapiramiz_uz | Instagram | Facebook | Youtube
GAPIRAMIZ.UZ

02 Jan, 11:10

37

#Rasmiy_Munosabat: Akmaljon Maxmudaliyevning boshqa ishga oʻtishi haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga mos emas!

Soʻnggi kunlarda Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev boshqa lavozimga oʻtishi haqida tarqalgan mish-mishlar oʻz tasdigʻini topmadi. Ushbu maʼlumotlar haqiqatga mos emasligini hokimning matbuot kotibi Zafar Mirrahimov rasman maʼlum qildi.

Zafar Mirrahimovning soʻzlariga koʻra, bunday xabarlar asossiz boʻlib, turli taxmin va notoʻgʻri talqinlarga asoslangan. U keng jamoatchilikni bu kabi yolgʻon maʼlumotlarga ishonmaslikka chaqirdi va tasdiqlanmagan axborotlarni tarqatmaslikni soʻradi.

"Bunday xabarlarning tarqalishi nafaqat jamoatchilikni chalgʻitadi, balki viloyat hokimligining faoliyatiga nisbatan noaniqlik uygʻotadi. Shu sababli ishonchli manbalarga tayanishni soʻraymiz," — deydi Zafar Mirrahimov.

Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
@Gapiramiz_uz | Instagram | Facebook | Youtube
GAPIRAMIZ.UZ

02 Jan, 10:06

36

Sardor Umrzoqovga qoʻshimcha vakolatlar berildi

Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi.

Batafsil👇👇👇
https://telegra.ph/Sardor-Umrzoqovga-qoʻshimcha-vakolatlar-berildi-01-02

Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
@Gapiramiz_uz | Instagram | Facebook | Youtube
GAPIRAMIZ.UZ

02 Jan, 07:43

37

Qaysi hududlarda iste’molchilar ko‘proq keshbekka ega bo‘ldi?

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonda jami 909,8 million xarid cheki bo‘yicha iste’molchilarga 942,6 milliard so‘m miqdorida keshbek to‘landi. Faqat noyabr oyida esa bu ko‘rsatkich 89,3 milliard so‘mni tashkil etdi. Ushbu to‘lovlarning asosiy qismi Toshkent shahri va boshqa viloyatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Batafsil
👇👇👇
https://telegra.ph/Qaysi-hududlarda-istemolchilar-koproq-keshbekka-ega-boldi-01-02

Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
@Gapiramiz_uz | Instagram | Facebook | Youtube
GAPIRAMIZ.UZ

02 Jan, 06:51

53

Navoiyda yer qimirladi.

Navoiy viloyatining Tomdi tumanida 3,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, zilzila bugun, 2-yanvar kuni soat 09:17 da qayd etilgan. Zilzila epitsentri 42,12 gradus shimoliy kenglik va 64,52 gradus sharqiy uzunlikda, 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. U Toshkentdan 401 kilometr shimoli-g‘arbda sodir bo‘lgan.

Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
@Gapiramiz_uz | Instagram | Facebook | Youtube
GAPIRAMIZ.UZ

02 Jan, 06:37

40

Oʻzbek shaxmat grossmeysterlari soni 30 nafarga yetdi.

Qator nufuzli turnirlarda ishtirok etgan shaxmatchimiz Ortiq Nigmatov 2501 reyting koʻrsatkichiga erishdi. U Qatar Masters 2024 turnirida +9.4, 3rd International President Cup musobaqasida +35 va Muscat International Chess Championship 2024 turnirida +9.8 ball jamgʻardi.

Shu tariqa Nigmatov shaxmat grossmeysteri unvoniga ega boʻlish uchun oxirgi talabni bajardi va oʻttizinchi oʻzbekistonlik grossmeysterga aylandi. Federatsiya vakillari taʼkidlashicha, "shaxmatchimiz GM normasini muddatidan avval bajargan boʻlib, faqat bir marta 2500 reytingdan oʻtishi yetarli edi".

Qayd etish joiz, Ortiq Nigmatov "Muscat International Chess Championship 2024" turnirida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, 9 ta turdan 7 ta gʻalaba va 2 ta durang bilan 8 ochko toʻpladi va musobaqa gʻolibiga aylandi.


Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
@Gapiramiz_uz | Instagram | Facebook | Youtube
GAPIRAMIZ.UZ

01 Jan, 10:25

40

1-yanvardan Oʻzbekistonda qanday oʻzgarishlar kuchga kirdi?

2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda qonunchilikka bir qator oʻzgartirishlar kiritildi. Quyida muhim yangiliklar qisqacha keltirilgan:

Batafsil 👇👇👇
https://telegra.ph/1-yanvardan-Oʻzbekistonda-qanday-oʻzgarishlar-kuchga-kirdi-01-01

Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
@Gapiramiz_uz | Instagram | Facebook | Youtube
GAPIRAMIZ.UZ

01 Jan, 09:31

38

«Zapravka»da videomurojaat qilgan shaxs 15 sutkaga qamaldi

Navbatda turib, gaz quyish shoxobchasining yopib qoʻyilganidan norozi boʻlib, yirtilgan poyabzalini koʻrsatgan holda masʼullarga norozilik bildirgan fuqaroning harakati ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab boʻldi. Ushbu fuqaro keyinchalik mayda bezorilikda aybdor deb topilib, 15 sutkaga qamoqqa hukm qilindi.

Batafsil 👇👇👇
https://telegra.ph/Zapravkada-videomurojaat-qilgan-shaxs-15-sutkaga-qamaldi-01-01

Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
@Gapiramiz_uz | Instagram | Facebook | Youtube
GAPIRAMIZ.UZ

01 Jan, 09:10

37

Boʻstonliqda 12 yanvargacha harakat bir tomonlama boʻladi.

Boʻstonliq tumanidagi togʻli hududlarda joylashgan dam olish maskanlarida 2025 yil 12 yanvarga qadar fuqarolar tashrifi odatdagidan koʻproq boʻlishi kutilmoqda.

Bu haqda viloyat IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Amirsoy, Beldersoy, Chimyon kabi dam olish maskanlariga olib boruvchi yoʻlda xavfsizligini taʼminlash va tirbandliklarning oldini olish maqsadida 4R6 Toshkent—Chirchiq—Chimyon avtomobil yoʻlining 57-kilometridan boshlab, mazkur yoʻlning 92-kilometrigacha, yaʼni 4R10 avtomobil yoʻli bilan tutashgan joygacha transport vositalarining harakati bir tomonlama tashkil etiladi.

Harakat bir tomonlama tashkil etilgan yoʻlning boshida 5.5 (bir tomonlama harakatli yoʻl) va uning oxirida 5.6 (bir tomonlama harakatli yoʻlning oxiri) axborot koʻrsatgich yoʻl belgilari, shuningdek, harakatlanib kirish taqiqlangan qismida 3.1 (kirish taqiqlangan) yoʻl belgisi oʻrnatiladi.