Latest Posts from GAPIRAMIZ.UZ (@gapiramiz_uz) on Telegram

GAPIRAMIZ.UZ Telegram Posts

GAPIRAMIZ.UZ
"𝙈𝙞𝙣𝙜 𝙢𝙖𝙧𝙩𝙖 𝙮𝙤𝙡𝙜ʻ𝙤𝙣 𝙜𝙖𝙥𝙞𝙧𝙜𝙖𝙣𝙙𝙖𝙣 𝙠𝙤ʻ𝙧𝙖 𝙗𝙞𝙧 𝙢𝙖𝙧𝙩𝙖 𝙧𝙤𝙨𝙩 𝙜𝙖𝙥𝙞𝙧𝙜𝙖𝙣 𝙢𝙖ʼ𝙦𝙪𝙡"

@𝙂𝘼𝙋𝙄𝙍𝘼𝙈𝙄𝙕_𝙐𝙕 - 𝙗𝙪 𝙣𝙚𝙮𝙩𝙧𝙖𝙡 𝙟𝙪𝙧𝙣𝙖𝙡𝙞𝙨𝙩𝙞𝙠𝙖.
2,071 Subscribers
1,195 Photos
252 Videos
Last Updated 06.03.2025 21:33

The latest content shared by GAPIRAMIZ.UZ on Telegram

GAPIRAMIZ.UZ

06 Jan, 06:50

102

Yashnobod tumanida YPX inspektorlari tomonidan qidiruvda boʻlgan shaxs qoʻlga olindi.

2025 yil 05 yanvar kuni Toshkent shahar, Yashnobod tumanida xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 1-batalon YPX inspektorlari kichik serjant I.Kamolov va serjant D.Nazarovlar tomonidan Mahtumquli koʻchasi boʻylab harakatlanib kelayotgan LI L9 rusumli avtomashina haydovchisi 1983 yilda tugʻilgan J.K. toʻxtatilib uning maʼlumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, fuqaro J.K. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 192 prim 3-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib qidiruvdaligi maʼlum boʻlgan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro J.K. Yashnobod tumani IIO FMBga topshirildi.


Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
@Gapiramiz_uz | Instagram | Facebook | Youtube
GAPIRAMIZ.UZ

06 Jan, 06:43

85

Xorazmda Qizil kitobga kiritilgan qushni sotmoqchi boʻlgan fuqaro ushlandi.

Xorazm viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi nazorat inspeksiyasi tezkor guruhi viloyat prokuraturasi va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi ekologik reyd tadbirini oʻtkazdi.

Batafsil👇👇👇
https://telegra.ph/Xorazmda-Qizil-kitobga-kiritilgan-qushni-sotmoqchi-boʻlgan-fuqaro-ushlandi-01-06

Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
@Gapiramiz_uz | Instagram | Facebook | Youtube
GAPIRAMIZ.UZ

06 Jan, 06:31

69

Navoiyda Nexia urib ketgan er-xotin vafot etdi

Marhumlarning yaqinlari haydovchi mast holatda boʻlganini hamda aholi yashash punktida mashinani katta tezlikda boshqarganini aytmoqda. Haydovchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Batafsil👇👇👇
https://telegra.ph/Navoiyda-Nexia-urib-ketgan-er-xotin-vafot-etdi-01-06

Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
@Gapiramiz_uz | Instagram | Facebook | Youtube
GAPIRAMIZ.UZ

06 Jan, 06:19

53

1-fevralgacha mahallalar uchun bankirlar tayinlanadi

1-fevralgacha tuman banklari filiallarida mahallabay ishlash boʻlimlari tashkil etilib, ularga mahalla bankirlari tayinlanadi. Har bir mahallada ular bilan birga ishlaydigan yordamchi-agentlar tanlab olinadi. Mahalla bankirlari va yordamchi-agentlar jami qiymati 1 mlrd dollar boʻlgan loyihalarni moliyalashtiradi.

Batafsil👇👇👇
https://telegra.ph/1-fevralgacha-mahallalar-uchun-bankirlar-tayinlanadi-01-06

Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
@Gapiramiz_uz | Instagram | Facebook | Youtube
GAPIRAMIZ.UZ

06 Jan, 06:07

47

Surxondaryoda bodom gulladi

Xabar berilishicha, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tasarrufidagi “Yuqori Toʻpalang” milliy tabiat bogʻi hududida qish sovugʻi hukm surayotgan bir paytda achchiq bodom daraxti gullagan.

Qayd etilishicha, “Yuqori Toʻpalang” milliy tabiat bogʻi 2022 yil 4 martda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tashkil etilgan.

Hududda 667 turga mansub oʻsimlik uchraydi. Shulardan 36 turi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
@Gapiramiz_uz | Instagram | Facebook | Youtube
GAPIRAMIZ.UZ

03 Jan, 08:20

60

Elektromobillarni quvvatlantirish uchun maxsus tarif joriy etilishi mumkin.

Kelgusida isteʼmol koʻp boʻladigan ertalabki – soat 06:00 dan 10:00 gacha, shuningdek, kechki soat 17:00 dan 22:00 gacha boʻlgan vaqt davomida elektromobilni quvvatlantirganlik uchun nisbatan oshirilgan, tungi vaqtda esa 50 foizgacha arzonlashtirilgan tarif qoʻllanishi mumkin.

Energetika vazirligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, bu borada tegishli qaror loyihasi ishlab chiqilgan.

Vazirlikka koʻra, bugungi kunda Oʻzbekistonda mingga yaqin, Toshkent shahrida esa 500 dan ortiq quvvatlantirish stansiyalari ishlab turibdi.

2024 yil 1 noyabrigacha Oʻzbekistonga 5 417 ta quvvatlantirish stansiyasi olib kirilgan.


Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
@Gapiramiz_uz | Instagram | Facebook | Youtube
GAPIRAMIZ.UZ

03 Jan, 07:50

46

Hojatxona qogʻozlari bilan tabiatni ifloslantirgan blogerga chora koʻrildi

Unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 91-1-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari — 1 million 875 ming soʻm miqdorida jarimaga tortildi.

Batafsil 👇👇👇
https://telegra.ph/Hojatxona-qogʻozlari-bilan-tabiatni-ifloslantirgan-blogerga-chora-koʻrildi-01-03

Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
@Gapiramiz_uz | Instagram | Facebook | Youtube
GAPIRAMIZ.UZ

03 Jan, 07:38

46

Qashqadaryoda shifokor bemordan 3,5 mln so‘m olgani uchun 17 mln so‘m jarimaga tortildi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RSHTYOIM) Qashqadaryo filiali shifokori bemorning o‘t qopidagi toshni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash evaziga 3,5 million so‘m talab qilgani uchun sud tomonidan jarimaga tortildi. Qarshi shahar sudining sudyasi Eshimov tomonidan 2024-yil 27-dekabr kuni hukm e’lon qilingan.

Batafsil👇👇👇
https://telegra.ph/Qashqadaryoda-shifokor-17-mln-jarimaga-tortildi-01-03

Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
@Gapiramiz_uz | Instagram | Facebook | Youtube
GAPIRAMIZ.UZ

03 Jan, 07:22

41

Limitdan oshgan elektr narxi ancha arzonlashdi.

Endilikda elektr energiyasi isteʼmoli 200 kilovatdan oshsa, har bir kilovatt uchun 900 soʻm emas, 540 soʻmdan toʻlanadi. Vazirlar Mahkamasining  27.12.2024 yildagi 894-sonli qaroriga asosan Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi unga koʻra:

Batafsil 👇👇👇
https://telegra.ph/Limitdan-oshgan-elektr-narxi-ancha-arzonlashdi-01-03

Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
@Gapiramiz_uz | Instagram | Facebook | Youtube
GAPIRAMIZ.UZ

03 Jan, 07:09

38

Bugun, 3 yanvar — barcha uchun ish kuni

Bugun Yangi yil bayrami munosabati bilan berilgan ketma-ket 6 kunlik dam olish kuni tugaydi.

3 yanvar — barcha xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi.

Shuningdek, Prezident qaroriga koʻra, joriy haftadagi shanba, yaʼni 4 yanvar kuni ham haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun ish kuni hisoblanadi. Chunki ular ayni shu kun hisobidan bugun (2 yanvar) dam olishdi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
@Gapiramiz_uz | Instagram | Facebook | Youtube