Bugun, 25-fevral kuni Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi 7-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori, Kengash raisi Feruza Madraximova hamda kengash aʼzolari ishtirok etdilar.
Kengash avvalida rektor tomonidan Oliy attestatsiya komissiyasining xulosasiga ko‘ra ilmiy daraja va unvon olgan professor-o‘qituvchilarga diplomlar, shuningdek nomli davlat stipendiyalariga munosib deb topilgan talabalarga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining guvohnomalari topshirildi.
Kengash davomida 2024-2025-o‘quv yili kuzgi semestr yakunlari yuzasidan O‘quv ishlari bo‘yicha prorektorning hisoboti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining institutdagi ijrosi va bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” Strategiyasi to‘g‘risidagi Farmonining oliy taʼlimga tegishli bandlarining institutdagi ijrosi, shuningdek, sohaga oid boshqa qator masalalar yuzasidan axborotlar berildi.
Kengash yakunida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan bir qator darslik va o‘quv qo‘llanmalar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining muvofiqlashtiruvchi Kengashiga tavsiya qilindi.
©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati