Neueste Beiträge von Feruza Madrakhimova (@fmadraximova) auf Telegram

Feruza Madrakhimova Telegram-Beiträge

Feruza Madrakhimova
Urganch davlat pedagogika instituti rektori
@FeruzaMadraximova_bot
1,204 Abonnenten
4,506 Fotos
374 Videos
Zuletzt aktualisiert 26.02.2025 15:21

Der neueste Inhalt, der von Feruza Madrakhimova auf Telegram geteilt wurde.


🤩 Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 25-fevral kuni Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi 7-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori, Kengash raisi Feruza Madraximova hamda kengash aʼzolari ishtirok etdilar.

Kengash avvalida rektor tomonidan Oliy attestatsiya komissiyasining xulosasiga ko‘ra ilmiy daraja va unvon olgan professor-o‘qituvchilarga diplomlar, shuningdek nomli davlat stipendiyalariga munosib deb topilgan talabalarga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining guvohnomalari topshirildi.

Kengash davomida 2024-2025-o‘quv yili kuzgi semestr yakunlari yuzasidan O‘quv ishlari bo‘yicha prorektorning hisoboti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining institutdagi ijrosi va bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” Strategiyasi to‘g‘risidagi Farmonining oliy taʼlimga tegishli bandlarining institutdagi ijrosi, shuningdek, sohaga oid boshqa qator masalalar yuzasidan axborotlar berildi.

Kengash yakunida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan bir qator darslik va o‘quv qo‘llanmalar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining muvofiqlashtiruvchi Kengashiga tavsiya qilindi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐 Sayt Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 🎞 YouTube

🤩 FOTOREPORTAJ: Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐 Sayt Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 🎞 YouTube

#ochiq_muloqot

🇺🇿 🤩 UrDPIda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi

Bugun Urganch davlat pedagogika institutida Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Nigora Kutlimuratova, institut rektori Feruza Madraximova va Viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Zubayda Axmedovalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Ochiq muloqot davomida davlatimiz tomonidan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bugungi globallashuv zamonida ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri va oqilona foydalanish, texnika xavfsizligi qoidalariga to‘liq rioya qilish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olish kabi bir qator masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Talaba-qizlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐 Sayt Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 🎞 YouTube

🤩 Rektorning Ota-onalar bilan uchrashuvlari davom etmoqda

Xabaringiz bor, Urganch davlat pedagogika instituti rektori, pedagogika fanlari doktori Feruza Madraximova fakultetlar kesimida institut talabalarining Ota-onalari bilan uchrashmoqda. Kuni kecha 8-fevral kuni rektor Aniq va amaliy fanlar fakulteti 1-bosqich talabalarining Ota-onalari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida davlatimiz tomonidan ta’limga va yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va sohani yanada rivojlantirishga bo‘yicha islohotlarga to‘xtalib o‘tildi. Rektor Ota-onalarning taklif-mulohazalarini tinglab, savollariga javoblar berdi.

Shundan so‘ng, Ota-onalar institutda talabalarga yaratilgan sharoitlar, xususan, TTJ, axborot-resurs markazi, sport zal, o‘quv xonalari, darslarni kuzatuv xonalari, oshxonalar bilan yaqindan tanishdilar.

* Rektorning keyingi uchrashuvi Pedagogika fakulteti talabalarining Ota-onalari bilan o‘tishi rejalashtirilgan.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐 Sayt Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 🎞 YouTube

UrDPI tajribasi namuna sifatida eʼtirof etilmoqda

Talabalarning tashqi ko‘rinishlari, ayniqsa milliy liboslar bilan uyg‘unlik borasidagi Urganch davlat pedagogika instituti tajribasi namuna sifatida e’tirof etildi.

Shu munosabat bilan, bugun Xorazm viloyatidagi barcha davlat va nodavlat OTMlarining birinchi prorektorlari, bo‘lim boshliqlari va boshqa tegishli masʼullar UrDPIga kelib o‘quv va to‘garak jarayonlarini ko‘rdilar. Mehmonlar institut tajribasidan o‘z faoliyatlarida foydalanish uchun namunalar oldilar.

Talabalarning milliylik bilan uyg‘un holatdagi tashqi ko‘rinishlari har bir fakultet kesimida alohida ma’no va mazmun kasb etadi. O‘quv jarayonlarida ta’lim va tarbiyani uzviy bog‘liqligi aks etadi. Shuningdek, mehmonlar institutda "Jadidlar bog‘i" bilan tanishdilar, ular uchun milliy liboslar ko‘rgazmasi va madaniy dastur namoyish etildi.

👉 @OTM_XORAZM

👆 Юқоридаги постларда бугун институтимизда ўтказилган #миллий_либослар куни ёритилган.

Энг муҳими, бу борада институтимиз (УрДПИ) тажрибаси намуна сифатида олинмоқда.

Бугун Хоразм вилоятининг барча давлат ва нодавлат ОТМларининг тегишли масъул проректорлари ва ходимлари институтимизга келиб ўқув ва тўгарак жараёнларини кўрдилар, тажриба алмашинувлар бўлди.

Барча меҳмонларга ташаккур, биз келгусида ҳам ҳамкорликка тайёрмиз.

*Юқоридаги ҳар бир постда факультетлар кесимида талабаларнинг ташқи кўринишлари алоҳида маъно ва мазмун касб этган. Талабаларнинг ўқув жараёнларида таълим ва тарбияни узвий боғлиқлиги акс этган. Кўринг, завқланинг, миллийлигимизга ҳавас қилинг.

🤩 @fmadraximova

🤩 Urganch davlat pedagogika instituti tajribasi namuna sifatida eʼtirof etilmoqda

Bugun UrDPIda tashkil etilgan #milliy_liboslar_kunida Xorazm viloyatidagi barcha davlat va nodavlat OTMlarining birinchi prorektorlari, bo‘lim boshliqlari va boshqa tegishli masʼullar ishtirok etdilar.

Mehmonlar fakultetlar faoliyati va "Jadidlar bog‘i" bilan tanishgandan so‘ng, milliy liboslar ko‘rgazmasi va madaniy dasturda ishtirok etdilar. O‘tkazilgan tadbirlar davomida mehmonlar institut tajribasidan o‘z faoliyatlarida foydalanish uchun namunalar oldilar.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

🤩 VIDEOREPORTAJ: Urganch davlat pedagogika instituti tajribasi namuna sifatida eʼtirof etilmoqda

Xabaringiz bor, UrDPI talabalari tomonidan muntazam ravishda milliy liboslar kunlari o‘tkazilib kelinmoqda. Bugun ham institutda #milliy_liboslar_kuni tashkil etilib, unda Xorazm viloyatidagi barcha davlat va nodavlat OTMlarining birinchi prorektorlari, bo‘lim boshliqlari va boshqa tegishli masʼullar ishtirok etdilar. Mehmonlar institut tajribasidan o‘z faoliyatlarida foydalanish uchun namunalar oldilar.

Kun tartibi institutda faoliyat yuritayotgan xodimlar va professor-o‘qituvchilarning milliy libosdagi tashqi ko‘rinishi bilan tanishishdilar. Shuningdek, Jadidlar bog‘i bilan tanishtirish, o‘quv jarayonida talabalarning milliy libosdagi tashqi  ko‘rinishi bilan tanishdilar. Yakunda milliy liboslar ko‘rgazmasi va madaniy dastur namoyish etildi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

🤩 Urganch davlat pedagogika instituti tajribasi namuna sifatida eʼtirof etilmoqda

Bugun UrDPIda tashkil etilgan #milliy_liboslar_kunida Xorazm viloyatidagi barcha davlat va nodavlat OTMlarining birinchi prorektorlari, bo‘lim boshliqlari va boshqa tegishli masʼullar ishtirok etdilar.

Mehmonlar fakultetlar faoliyati bilan tanishgandan so‘ng, institutda tashkil etilgan "Jadidlar bog‘i"ga tashrif buyurdilar.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

#Vazir_Xorazmda #Video

Xabaringiz bor,  22-yanvar kuni  Prezidentimiz oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishib, 2025-yilda tizimda amalga oshiriladigan ishlarni belgilab bergan edilar.

Mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan ayni kunlarda vazirlikning ishchi guruhi Xorazm viloyatidagi oliy taʼlim muassasalarida oʻrganish ishlarini olib bormoqda.

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, Ishchi guruh rahbari Qo‘ng‘irotboy Sharipov hududdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda ishchi guruh a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Yigʻilishda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan topshiriqlarni hududdagi har bir oliygohning dekanatlari hamda kafedralarigacha yetib borishiga alohida eʼtibor qaratildi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube