Fikr-burchak? @fikr_burchak Channel on Telegram

Fikr-burchak?

@fikr_burchak


Sahifa haqida:

= Kundalik;
= Foydali arxiv;
= Samimiy suhbat.

Fikrlovchilar hamma uchun qadrli, to‘g‘rimi?

Eplaganim:
— @Tibbiyot_103bot
— @Anatomiya_oquv_kursi

Fikr-burchak? (Uzbek)

Fikr-burchak? Telegram kanali, fikr va mulohazalarni baham ko'rish uchun mo'ljallangan mahsulotdir. Sahifada kundalik maqolalar, foydali arxiv materiallari va samimiy suhbatlar mavjud. Bu kanal fikrlovchilar uchun mo'ljallangan va hamma uchun qadrli bir platformadir. Kanalda, fikr boshqaruvchilari va yangi kontentlar uchun tavsiyalar ham mavjud. Agar siz ham fikr va mulohazalarni almashishni xohlaysiz, Fikr-burchak? kanaliga obuna bo'ling! nnFikr-burchak? kanalining qo'shimchalaridan bir necha misollar quyidagilardir: n- @Tibbiyot_103bot n- @Anatomiya_oquv_kursi

Fikr-burchak?

19 Nov, 19:26


Bir savol bo‘ldi: "Domla, nimaga maktabdagi o‘quvchilar ustozlarini hurmat qilmay qo‘yishdi?"

Dedimki: "Aslida, o‘quvchilar emas, balki ularning ota-onalari o‘qituvchilarni hurmat qilmay qo‘yishgan! Ota-ona ustozni hurmat qilsa bolasi ham hurmat qiladi".

Yana savol: "Bolalar kitob o‘qimay qo‘ydi, ularni qanday qilib kitobga qaytarsa bo‘ladi?"

Dedim: "Qush uyasida ko‘rganini qiladi. Uyida kitob o‘qilganini ko‘rmagan bola qanday qilib kitobga qiziqsin?! Endi sal o‘ylab ko‘raylik: "uyimizda kitoblar yoki kutubxona bormi?"

Baxtiyor Abdug'afur

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

18 Nov, 18:31


Bu tovushga yillar-ki ko‘nika olmayman...

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

17 Nov, 18:07


To'xtadim.
Koʻlanka yoʻlimni toʻsar.
Nahotki, bu o'zimning soyam?
U lahzama-lahza oʻsar,
Dam-badam kattarar
tun kabi gʻoyat...

Old zimiston.
Yurib boʻlmas. Hayrona turdim,
Ortga qarab (muzday ter bosdi tanimni),
Quvib kelayotgan yurakni koʻrdim,
Yurak oʻzimniki edi.

Tanidim...

©Faxriyor

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

17 Nov, 17:32


Shuncha vaqt mazmunli suhbatlasha oladigan bittagina yaqiningiz bo‘lsin.

Shaxsiyat
Jamiyat
Dunyoqarash
Telefon
Tarbiya
Iqtisod
Instagram
Odamlar
va hokazo...)

@Fikr_burchak | #togrimi?

Fikr-burchak?

16 Nov, 20:29


Qalblarni qozonish — vaziyatni qozonishdan muhimroqdir!

@Fikr_burchak | #IQtibos

Fikr-burchak?

13 Nov, 13:21


Sun'iy intellektdan men haqimdagi ma'lumotlarni aniqlashni va shu asosida suratimni tasvirlab berishini so‘ragan edim. Biroz yoshroq ko‘rsatibdi-ku, lekin ancha haqiqatga yaqin chiqibdi. Stolim ustida olma turishini qaydan bilgan ekan, hayratlandim bundan.)

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

09 Nov, 19:00


Davlatimiz haqidagi zaruriy ilmlar (huquq, geografiya, iqtisod, madaniyat, tarix va boshqalar)ni takroran o‘qib chiqishni boshladim.

Oxirgi marta 2015-2016-yillarda qiziqib o‘qiganman. Undan buyon oradan o‘nlab yillar o‘tmagan bo‘lsa-da, jamiyat va davlatimiz hayotidagi o‘zgarishlar juda tezlashib ketdi.

Eslaysizmi, referendum haqida fikr so‘ralganida “yomon narsamasmi u?” deganlarini? Shu yurtda yashab turib, uning tutumi haqida ozgina bo‘lsa-da bilib qo‘ymaslik uyat bo‘lar...

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

08 Nov, 19:54


Feysbukda 1 yilda -50 kg ozishni reja qilib, bu natijaga 1 yil-u 4 oyda erishganini yozibdi bir kishi. O‘ylab qoldim, nega men vaznimni hech bo‘lmasa 15 kg oshirolmayman yoki nega ba'zilar kabi kuniga bor-yo‘g‘i 3-4 soat foydalanolmayman telefondan...

Hammaga ham emas-a matonatli hayot tarzi..?

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

03 Nov, 03:41


Arosat dunyoda yashaymiz:
Na ko‘nglimiz qaroqchilikka rozi,
Na nafsimiz avliyolikka munosib...

Ikrom Sharif

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

01 Nov, 15:43


Qisqa kuzatuvimdan amin bo‘ldim-ki, ko‘pchilikka sun'iy intellektdan foydalanishni o‘rgatmagan ma'qul ekan. Menimcha, bizda uni referat tayyorlash yoki sevgi nimaligini so‘rash uchun ishlatiladi deb o‘ylashadi... 😄

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

30 Oct, 13:16


Anjir yegim keldi. Oxirgi marta yeganimga taxminan 8 yillar bo‘ldi...(

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

29 Oct, 14:58


Kim kuchli?!

- deb so‘ralsa, bugungi kunda hech ikkilanmay “ijtimoiy tarmoqlarda sahifasi bo‘lmagan va uni kuzatmaydigan odam” deb aytaman. Yana u ancha mashhur odam bo‘lsa. Nega bunday deb o‘ylashimni avval yozganlarimdan bilishingiz mumkin, balki keyinroq inshaalloh yana yozarman ham. Gap shundaki, kecha dunyoni eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Rodri shunaqalardan ekan. Uni hech qaysi ijtimoiy tarmoqda sahifasi yo‘q ekan. Hayron qolmadim. Chunki u futbol o‘ynaydigan pozitsiyada eng kuchligi bo‘lish uchun hushyorlik bilan fikr yuritadigan aql kerak. Bu futboldagi eng og‘ir pozitsiya. Raqibni hujumini oldindan o‘qishi, uni bartaraf qilishi, o‘zi hujum boshlashi va hujumchilarni to‘p bilan ta’minlashi kerak. Buni eplash uchun esa intellekti yuqori bo‘lishi kerak. Ijtimoiy tarmoqlar - ya’ni "ruhiy hojatxonalar" esa aksar holatda intellektni pasaytirish uchun xizmat qiladi. Odamlarni zaiflashtiradi, gormonlarini buzadi...

Komiljon Abdulloh

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

29 Oct, 12:23


Sinovlar ketma-ket kelayotganini his qiladi ba'zan inson. Muhimi, bunday kunlardan boshni tik tutib o‘tib olish bo‘lsa kerak.

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

26 Oct, 17:24


— Ismlar olish va ularning yozilishini milliy anʼanalarga muvofiqlashtirish.

— Oʼzbek tilidagi maʼlumotlar bazasini kengaytirish, har yili xorijiy tildagi mingta ilmiy adabiyotni davlat tiliga tarjima qilish.

— Istirohat bogʼlari, sayilgohlarni xususiylashtirishni ta'qiqlash, buning uchun javobgarlik belgilash.

— Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar sonini 20 nafardan oshirmaslik, katta sinflarda esa 24 tagacha o‘quvchi o‘qitish tizimini yaratish.

Partiyalarning saylovoldi dasturidagi mana shu bandlar amalga oshishi muhim. Buning uchun, siz saylovda ovoz berishingiz kerak tegishli partiya va nomzodga.

Jamiyat islohi faqat u haqida gapirishdan iborat emas, to‘g‘rimi?

@Fikr_burchak 😏

Fikr-burchak?

26 Oct, 09:35


Negativ bosgan va saylovga borishni istamaydigan kishiga savol: 20 mln saylovchi siz kabi fikrlab, saylovga bormasa, bundan yaxshiroq bo‘ladimi?

Jamiyat isloh bo‘lishini istaysiz-u, o‘zingiz issiq ko‘rpa tagida yotasizmi? G‘alatimasmi?)

Xullas, xeyterlar yuvgan miyangizni tozalab oling. Ertaga vatan oldidagi muhim burchimiz bizni kutyapti.

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

26 Oct, 08:33


Bilib qo‘ysangiz zarar emas.

Fikr-burchak?

26 Oct, 08:33


Saylovda qanday ovoz beriladi?

Bu haqda videoda batafsil tushuntirish berilgan.

Ertaga saylovga borganingizda sizga 4 ta byulleten berishadi. Bunga hayron bo’lib qolmang. Byulletenlar 4 xil rangda bo’ladi. Bular:

1) 🔵 Qonunchilik palatasi deputatligi uchun bir mandatli nomzodlar. Bunda siz faqat partiyaga ovoz berasiz, konkret nomzodlarga emas;

2) 🟢 Qonunchilik palatasi deputatligi uchun nomzodlar. Bunda siz partiyaga emas, nomzodga ovoz berasiz;

3) 🟡 Viloyat Kengashi deputatligi uchun nomzodlar;

4) ⚪️ Tuman, shahar Kengashi deputatligi uchun nomzodlar.

O’zingizga ma’qul partiya yoki nomzodning ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga , yoki ✔️, yoxud ✖️ belgisini qo‘yadi.

❗️BU MUHIM: ovoz berish chog‘ida bir necha kvadratga belgi qo‘yilgan bo‘lsa yoki birorta kvadratga belgi qo‘yilmagan bo‘lsa, bunday byulletenlar haqiqiy emas deb topiladi va ovozlarni sanashda hisobga olinmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Fikr-burchak?

25 Oct, 17:24


Masalan, o‘ylab siqilsam arziydigan muammolar ashincha. Lekin, foydasi yo‘qligini bilaman-da. Kamiga, shunday qiyinchiliklar ortidan yaxshiliklar kelgan doim. Shuning uchun xotirjamman.

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

24 Oct, 15:46


Miya salomatligi uchun kuniga ikki mahal kitob o'qish tavsiya etiladi.

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

24 Oct, 07:23


Fikr bildirishni o‘chirdim, lekin qalban birgamiz. Bekorchi gaplar, sizni ham nimadir deyishga undaydigan gaplar yozmaslikka harakat qilaman.🤞

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

23 Oct, 15:07


Kitobni shunchaki varaqlab ko‘rdim, olmoqchi emasdim. Lekin jumlalar orasida «Iqtisodchilar o‘zlarini olim sifatida ko‘rsatishni yaxshi ko‘radilar» degan joyini o‘qib qolib, sababiga qiziqdim. Innamay 10 betga yetib qo‘yippan.

Aytadi-ki, iqtisodiyot aslida hech qanaqa fan emas, shunchaki, matematika va maxsus atamalar bilan murakkab tus berilgan fikrlar, xolos. O‘ylab ko‘rsa, rost-ku?

Xullas, nafsim qurg‘urni oqlash uchun shularni yozdim; kitob sotib olmoqchi emasdim o‘zi... 😑

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

22 Oct, 05:44


Bu rasmda nimani ko‘ryapsiz?

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

21 Oct, 02:01


Videorolikni albatta ko‘ring.

Ajabo! Tush degan narsa qiziq-da,
O'lib qolganmishman tushda nogahon.
Ko'ksimda qo'rg'oshin, quyosh tig'ida,
Tog'lar orasida yotibman bejon.

Uzoqda sharqirab soylar oqmoqda,
Borliqda bir ajib dilbarlik hokim.
Men esam o'ylayman yotib tuproqda:
Mana shu tuproqqa qo'shilar xokim.

Men o'lib yotibman, kimsasiz, unut,
Hech kimsa qayg'urmas va chekmas yohu.
Faqat cho'qqilarda qurqurar burgut,
Faqat vodiylarda ingraydi ohu.

Navqiron yoshimda bo'ldim-ku ado,
Otash yuragimni o'ydi axir o'q.
Na onam, na yorim bermaydi sado,
Do'st tugul, hattoki yig'ichi ham yo'q.

Fig'on otiladi jonsiz bag'rimdan,
(Go'yo fig'on bordek murda dilida.)
Shu payt ikki kishi o'tdi naridan,
Quvnoq suhbat qurib avar tilida.

Men-ku bu dunyodan ko'z yumdim mangu,
Ular kulib-kulib so'zlashar borin;
Qandaydir Hasanning turfa ishi-yu,
Qandaydir Alining sho'x kirdikorin.

Avar so'zin tinglab kirdi menga jon,
Ohista tirildim va shunda bildim:
Meni tuzatolmas hech dori-darmon,
Jonimga masihdir shu ona tilim.

Mayli, kim qay tildan zavq-u shavq olsa,
Mening o'z tilimga ming jonim fido.
Erta ona tilim agar yo'qolsa,
Men bugun o'lishga bo'lurman rizo.

Mayli, qashshoq bo'lsin, mayli, behasham,
Lekin mening uchun aziz va suyuk.
Jahon minbaridan yangramasa ham,
Ona tilim menga — muqaddas, buyuk!

Rasul Hamzatov

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

20 Oct, 16:00


O‘qing, fikrlang.

Fikr-burchak?

20 Oct, 15:56


Kelajagingiz haqida ishonchingiz komil bo'lmasligi - normal holat. Belgilangan algoritm bo'yicha qadam tashlashdan bosh tortib, endi buyog'iga nima qilishingiz kerakligini aniqlay olmaslik hatto nima xoxlashini bilmay qolish - xavotirli emas, o'zingizni ko'p qiynamang.
Shunchaki oddiy qabul qiling barchasini.

O'zingizga vaqt bering.

Hamma narsani 20 yoshlaringizda anglab yetishingiz aslida kerak emas.

22 yoshingizda orzuyingizdagi karyeraga qadam bosgan bo'lishingiz shart emas.

23 yoshingizda esa sevib qolib, butun umr birga bo'ladigan "odam"ingizni tanlashga majbur emassiz.

30 yoshgacha hammasi ideallashgan, barqaror ish, oila, bola-chaqa, garajda mashina, qo'shimcha biznes va ijtimoiy tarmoqlarda siz haqingizda "gapirib turadigan" bir nechta odamlaringiz bo'lishi ham shart emas.

Hechnima, hech qanaqasiga.

Aniq yosh,
aniq vaqt chizig'i uchun harakat qilmang. Boshqalarning hayot yo'liga va raqamlariga o'zingizni majburlab moslashtirishga urinmang.

Shunchaki, barcha tajribalarga "ochiq" bo'ling. Sinab ko'ravering barchasini. "Yo men nimani xoxlayman-a? Nima qilishim kerak o'zi, shumi endi meni kasbim? Shumi men yashaydigan joy? Men sevadiganlarim shumi?" deb hadeb savol beravermang o'zingizga.

Barchasini bir vaqtda aniqlashtirishga urinish - ortiqcha bosim ruhingizga.

Qiyin hobbylarga sho'ng'ing.
Uzoq masofaga yuguring.
Tatib ko'rmagan taomlaringizni sinab ko'ring.
Qo'rqadigan ishlaringizni qilib ko'ring.
Begona odamlar bilan suhbatlashing.
Ommaviy transportda odamlarni kuzating.
Qiyin tillarni o'rganing.
Dalalarda surat chizing.
Kichik detallarni kamerangizga muhrlang.

Aslida, siz orzu qiladigan ideal hayot - ideal kasb, ideal juft va ideal bank hisobidan iborat emas.

Hayot faqat shularga fokus qaratib yashashga o'ta qisqalik qiladi.

Idealist bo'lib, hayotni asl mohiyatini o'tkazib yuborish qayerda-yu, original obraz bo'lib yashash qayerda.

Yupiterlik

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

19 Oct, 06:03


Kishi xursand bo‘larkan, Toshkentdek joyda yillar oldin kursimizda o‘qigan talabalar bilan uchrashib qoldim.

Men chehralarini bilmasam-da (onlayn ta'limning kichik kamchiligi shu), tabassum bilan “biz sizni bilamiz” deb xursand bo‘lishdi. Shuning uchun ham @Anatomiya_uz qadrli menga.❤️

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

17 Oct, 18:44


O‘zi umuman, ba'zida avval yozgan kechinmalaringizni o‘qib turing. Yaxshi odat menimcha.

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

17 Oct, 18:08


Shuni bir ko‘rib yuborishlik...

Fikr-burchak?

16 Oct, 18:19


Yarim kechada yonimda kavshanib o‘tirgan odamni bo‘g‘ib qo‘ygim keladi. 🙂

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

13 Oct, 12:32


G‘alamislar, shunday manzaralarni ko‘rmay, boyligimga ko‘z olaytirasilar ekanda... 😑

Fikr-burchak?

13 Oct, 11:21


Yaxshi kun! 😇

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

12 Oct, 09:53


Talabalarning eng katta kamchiligi to‘g‘ri diagnoz shakllantirolmasligi, menimcha.

Tibbiyot oliy ta'lim dasturiga xalqaro kasalliklar tasnifi (МКБ-10) bo‘yicha mavzular kiritilishi kerak. Masalan, har bir siklning birinchi (yoki oxirgi) darsi faqat xalqaro klassifikatsiyani o‘rganishga bag‘ishlansin.

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

11 Oct, 06:33


Kuz... 🍂

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

10 Oct, 12:31


Befarq bo‘lolmaysan, akasan!

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

07 Oct, 10:01


Odam g‘alati bo‘larkan; Ukamni o‘quv markaziga borgandim, abituriyentlar xuddi amakisini ko‘rib qolgandek, rosa sersalom.

Shuncha tez qaridikmi Karl? 🥺

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

06 Oct, 07:46


Avvaliga barcha sog‘ligingni boylik uchun, keyin barcha boyligingni sog‘liq uchun sarflaysan.

Aslida to‘g‘rimi?

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

04 Oct, 16:43


Кеча Фейсбукда кимдирнинг "Дизайн"нинг томошасини кўриб, "Шуларнинг ҳам ота-онаси бормикан?!" деб берган саволига кўзим тушди.

Ҳақиқатдан ҳам бугун "Браво", "Миллион", "Дизайн" каби масхарабозлар бир четда турсин, эндигина бу соҳага кириб келаётган ҚВЗ чилар ҳам ёки белдан паст мавзуларни ёки инстаграм/тик-токдаги вирус видеоларга тақлид, ёки баклашка чекиш ёки бўлмаса Олим аканинг сочидан наридаги мавзуга ўтмайдиган бўлиб қолишган.

Буни "халқ шуни истаяпти", деб оқлашни ҳам билишади. Бироқ, вазиятга тескари қараса кўп нарса ойдинлашади:

Халқ белдан тепа, кучли IQ ва зукколик талаб этадиган, аудиториянинг савиясини кўтарадиган ёки яхшиликка ундайдиган ҳазилларни истаган тақдирда, ўша аудиторияга мослашармиди? Ўшалар учун ижод қилармиди?!

Энди савол, ўшандай аудитория топилмаса, халқ фақат расво нарсани истаса, яъни яхшиликка хизмат қилиш имкони бўлмаса, ёмонликка хизмат қилинаверадими?

Яхшиликка эмас, ёмонликка хизмат қилаверадими?!

Fikr-burchak?

30 Sep, 13:44


To‘g‘ri, bu juda go‘zal ish: lekin sovg‘a tanlashni hecham yoqtirmayman.

@Fikr_burchak

Fikr-burchak?

29 Sep, 13:45


Qiziq, ayni vaqtda o‘tgan umringizdagi (tanishgan, do‘stlashgan, doimiy ko‘rishib turgan) nechta inson bilan hozirgacha yaqinsiz?

@Fikr_burchak