Esse Behruz bilan @esse_behruz Channel on Telegram

Esse Behruz bilan

@esse_behruz


"O'qi" degan Zot "O'qidingmi?" deb, albatta sòraydi.

Kanal admini: Behruz Xurramov
Journalist
Motivator
Teacher
.........
Aloqa uchun : @ishonchim_205

Esse Behruz bilan (Uzbek)

Esse Behruz bilan kanali albatta "O'qi" degan zot "O'qingmi?" deb, albatta sòraydi. Kanalda Behruz Xurramov tomonidan tashkil etilgan va uning lidersizligi ostida o'qimoq, fikr-mulohaza qilish, yangi bilimlarni olish imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin. Behruz Xurramov kanalning admini bo'lib, ushbu mavzuda journalistlik bilan shug'ullanib, insonlarga motivatsiya qilishda ham yetakchi o'rin o'ynaydi. U yana bir zamon o'qituvchi sifatida jamiyatda o'z muhitini rivojlantirishga ko'ngli bor. Kanal orqali siz yangiliklardan xabardor bo'lishingiz, dunyo hodisalari haqida ma'lumot olishingiz va o'z fikrlaringizni boshqalarga xabar berishingiz mumkin. Agar siz ham o'zingizni rivojlantirish, foydali va fikr-mulohazalarni almashishni istasangiz, "Esse Behruz bilan" kanaliga obuna bo'ling va yangi dunyoni o'rganing. Aloqa uchun: @ishonchim_205

Esse Behruz bilan

31 Dec, 11:40


Tabriklarni eshitishga tayyorman🙂‍↕️🙂‍↕️🙂‍↕️🙂‍↕️😁

Esse Behruz bilan

29 Dec, 07:08


Chat GPT dan so’radim:

- Men harakatga kelishim uchun qattiqroq gapir.

- Tushunib yetishing kerakki, hech kim sening oldingga kelib, senga muvaffaqiyatni tayyor qilib bermaydi. Agar hozirgi holatingda qolishga tayyor bo'lsang, demak, o'zingni yana bir necha yilni ortda qoldirib, faqat vaqtni bekor sarflashingni kutishing kerak. Yaxshi bo'lish uchun, o'zingni sinab ko'rishga majbur bo'lasan. O'zgarish faqat senga bog'liq. Yoki hozir o'zgara boshlaysan, yoki abadiy orzu qiladigan odam bo'lib qolaverasan.

Esse Behruz bilan

28 Dec, 06:34


Yaqinlaringiz bilan tez-tez suhbatlashib turing

Bugun 80 dan oshib qolgan bobom bilan 2 soatga yaqin suhbatlashdik. Ochig’ini aytganda, necha yillardan buyon birga yasakda hech bunday suhbat qilmagan ekanman. Bolaliklaridan tortib bugungi hayotlarigacha gapirib berdilar. Yoshlikdagi lazzatli hayotlari-yu qiyinchiliklari, ota-onalari-yu bobo-buvilari - hamma hammasi haqida aytib berdilar. Armiya davrlari, oila qurishlari va 10 ta farzandni voyaga yetkazish uchun yashab 80 dan oshib, bugun qarilik gashtini surayotganlari haqida uzoq gaplashdik.

Insonlarning hayotini, tarixini eshitish bunchalar qiziq bo’lishini bilmasdim. To’g’ri, bu narsalar kitoblarda yoziladi, lekin real hayotda bu samimiyatni topish qiyin.

Yaqinlaringizga e’tiborli bo’ling. Eng yaxshi sovg’a bu - e’tibor!

Esse Behruz bilan

28 Dec, 02:30



rasmga izoh Behruz Xurramovdan.

Esse Behruz bilan

21 Dec, 06:04


Esseni yozoldingizmi do’stlar?

Esse Behruz bilan

20 Dec, 17:38


Jamiyat rivojlanishida oliy ta'limning o‘rni beqiyos bo‘lsa-da, bugungi kunda aksariyat maktab bitiruvchilari zamonaviy, akademik ma'lumotni talab etmaydigan kasblarga qiziqish bildirishmoqda. Bu tendensiya bir tomonlama qarash emas, balki davr talablari va shaxsiy ehtiyojlarning o‘zaro ta'siri natijasidir. Shu bilan birga, ayrimlar bunday sohalar uzoq muddatli barqaror faoliyatni ta'minlay olmasligiga ishonishadi. Xo’sh, kasb tanlashdek mas’uliyatli vazifada tomonlardan qay birining fikriga ergashgan ma’qul?
     Darhaqiqat, zamonaviy kasblar ko’pincha eng so’nggi texnologiyalarga asoslangan bo’lib, ularda faoliyat yuritish ancha erkin ekanligi sababli ham “Z avlod” ning (1997-2012-yillarda tug’ilganlar) aksariyat qismini jalb etayotganligi hech kimga sir emas. Ularning fikricha, avvalo, ushbu tanlovning tub mohiyatini aynan mehnat faoliyatining an’anaviy ish joyi va vaqtiga bog’liq emasligi tashkil etadi. Bunga ijtimoiy tarmoqlarda blog yuritish orqali daromad topayotgan ko’pchilik yoshlarni misol qilishimiz mumkin. Shuningdek, tezkor natijalar olish istagi ham ushbu qarorga kelishning mantiqiy asoslaridan biridir. Negaki hozirgi avlod  o‘qish va ta'lim olishga yillar sarflash o‘rniga qisqa muddatli kurslar yoki onlayn treninglar orqali daromadli kasbga ega bo‘lishni ma'qul ko‘rmoqda. Jumladan, grafik dizayn, SMM, dasturlash kabi sohalarda bir necha oy davomida malaka sertifikati olish va darhol ishga kirish imkoniyati mavjud. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilda AQShda freelancerlar(internet orqali daromad topayotganlar) orasida oliy ta'limga ega bo‘lmaganlarning ulushi 45% ni tashkil etgan.
      “Tikansiz gul bo’lmas, mashaqqatsiz hunar” deganlaridek, zamonaviy kasblar uzoq muddat ta’lim olish, ko’nikma va malaka oshirishni aytarli talab etmaganligi bois ularni  qisqa muddatli deya hisoblaydiganlarning fikricha, globalizatsiya davri talablari doimiy ravishda o‘zgarib boradi. Bugun dolzarb bo‘lgan kasb ertaga o‘z qiymatini yo‘qotishi mumkin. Masalan, 10 yil oldin ommalashgan ba'zi dasturlash tillari bugungi kunda deyarli ishlatilmayapti. Shuningdek, avtomatlashtirish va sun'iy intellekt rivojlanishi tufayli ko‘plab kasblar yo‘q bo‘lishi xavfi mavjud. “McKinsey” kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2030-yilgacha global mehnat bozorida 40% kasblar mexanizatsiyalashtirilishi kutilmoqda. Qolaversa, bunday kasblarda mutaxassisliklar doirasi tor bo’lib,  boshqa sohalarga moslashish imkoni cheklangandir. Oliy ta’lim esa keng qamrovli nazariy va amaliy bilimlarni taqdim etadi. Jumladan, IT va dasturlashning turli tarmoqlarini o’quv kurslari orqali o’rgangan xodim iqtisodiy sharoitlar o’zgarganda faoliyatini davom ettira olmay qolishi ehtimoldan holi emas.

https://t.me/msozbektilivaadabiyoti

     Mening fikrimcha, zamonaviy kasblarga qiziqish yoshlarning amaliy natijalarga erishishga intilishi bilan bog‘liq. Ammo bu tanlovni amalga oshirishda uzoq muddatli barqarorlikni ham e'tibordan chetda qoldirmaslik zarur. Bunday sohalar qisqa muddatli talabga asoslangan bo‘lib, bozor sharoitlari o‘zgarishi bilanoq o‘z ahamiyatini yo‘qotishi mumkin. Masalan, bugungi kunda raqamli texnologiyalar bilan bog’liq sohalar yuqori darajada rivojlanayotgan bo‘lsa-da, unda mehnat qilishga qiziqayotganlar soni oshgani sayin, mehnat bozori haddan tashqari to‘yingan holga kelishi mumkin. Bu esa hozirda ommalashayotgan kasb egalari kelgusida haddan tashqari raqobatga bardosh bera olmasliklariga olib keladi. Oqibatda, daromadning keskin pasayishi ehtimoli ham oshadi.

https://t.me/msozbektilivaadabiyoti

     Xullas, zamonaviy kasblarning tezkor daromad olib kelishi inkor etib bo‘lmas fakt, ammo ularning kelajakdagi istiqboli  bir qancha omillarga bog'liq. Texnologik rivojlanish, bozorning o‘zgaruvchanligi va tor ixtisoslashuv bu turdagi sohalarning uzoq muddatliligi borasida shubha uyg‘otadi. Shu sababli, umr bo‘yi barqaror faoliyatga ega bo‘lish uchun akademik bilimlar egallanib, muntazam o’z ustida ishlash odatiy hayot tarziga aylantirilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi.

https://t.me/msozbektilivaadabiyoti

Esse Behruz bilan

20 Dec, 15:01


❗️❗️❗️EHTIMOLIY MAVZU:

Ayrimlar chet tilini o'rganish madaniylik belgisi deb bilsalar, ba'zilar esa o'zga tilni bilish moddiy hayotni ta'minlaydi deydilar.

Zamonaviy dunyoda chet tilini o‘rganish shunchaki bilim olish emas, balki shaxsiy rivojlanish va jamiyatda o‘z o‘rnini topish vositasiga aylangan. Kimdir buni madaniyat darajasining ko‘rsatkichi sifatida qabul qilsa, boshqalar uni moddiy farovonlikka erishishning kaliti deb biladi. Xo’sh, bu ikki qarashning qay biri o’zga tilni o’rganishning bugungi kundagi zaruratini to‘laqonli namoyon etadi?

https://t.me/msozbektilivaadabiyoti

    Til dunyo oynasidir. Shunday ekan, chet tilini o‘rganishni madaniyatning belgisi deb biluvchilar, avvalo, uning inson dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyatini ta’kidlaydilar. Negaki “Til bilgan – el biladi” deganlaridek, o‘zga lisonni mukammal o‘zlashtirgan kishi boshqa xalqning tarixi, adabiyoti va urf-odatlari bilan bevosita tanishish imkoniga ega bo‘ladi. Masalan, ingliz tilini bilish orqali Shekspirning asarlarini asl holida mutolaa qilish yoki fransuz tilini o‘rganib Parij muzeylari nodir eksponatlaridan bahramand bo‘lish mumkin. Bu esa insonni ma’nan boy qiladi. Shuningdek, “Til—dil kaliti” deganlaridek, poliglotlar ko‘pincha jamiyatda hurmat va e’tibor qozonadi, negaki bu qobiliyat bilimdonlik va madaniyatning ajralmas qismi sifatida qaralishi bilan birga xalqlar va madaniyatlar integratsiyasiga yo‘l ochadi. Xususan, bir necha tilda so’zlasha olgan siyosiy liderlar Nelson Mandella va Mahatma Gandi aynan  shu sabab turli millat-u elatlar muhabbatini qozona olishgan bo‘lsa, ajab emas.

https://t.me/msozbektilivaadabiyoti

   Boshqa tomondan esa chet tilini bilishning amaliy ahamiyati katta. Globalizatsiya davrida mamlakatlararo aloqa va hamkorlikning rivojlanishi xalqaro tillarini o‘rganishni zaruratga aylantirar ekan , bunday mutaxassislarning yuqori daromadga ega bo‘lish ehtimoli oshadi. Jumladan, IT yoki turizm kabi sohalarda chet tilisiz muvaffaqiyatga erishish deyarli imkonsiz. Jahon iqtisodiyotiga oid tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, poliglot xodimlarning o‘rtacha maoshi qolgan kasbdoshlarinikiga nisbatan o‘rtacha 1,5 baravarga yuqoriroq bo‘ladi. Qolaversa, o’zga yurt tillarini o‘rganganlar tobora zamon talabiga aylanib borayotgan onlayn sohalarda faoliyat yuritishlari ehtimoldan holi emas. Xususan, internet mehnat bozorida tarjima xizmatlari, kontent yozish, til o‘rgatish kabi daromadgir kasblar bugun shiddat bilan ommalashib bormoqda.

https://t.me/msozbektilivaadabiyoti

     Nazarimda, chet tilini bilish nafaqat madaniyatni boyitish, balki moddiy hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiluvchi vositadir. Til – bu faqat muloqot vositasi emas, balki insonni yangi imkoniyatlarga eltuvchi kalitdir. Jumladan, qanchadan qancha o‘zbek yoshlari jahon tillarini mukammal egallab , xalqaro universitetlarda ta’lim olish yoki turli grantlarni qo‘lga kiritish kabi yutuqlarga erishmoqdalar. Jahon banki hisobotiga ko‘ra, bunday talabalar dunyo mehnat bozorida 60 foizdan ortiq ish o'rinlarini band etishgan.

https://t.me/msozbektilivaadabiyoti

       Xulosa qilib aytganda, chet tilini o‘rganishning madaniy va iqtisodiy jihatlari bir-birini inkor etmaydi, balki to‘ldiradi. Biroq kelgusida moddiy farovonlikka erishishni maqsad qilgan har qanday inson, albatta, xorijiy tillarni qunt bilan o’rganmog‘i  lozim. Zero shafqatsiz raqobat davrida o‘rta qatlam orasida g'olib bo'lish uchun talab etiladigan eng asosiy ko‘nikma ko‘p tillilik ekanligi tayin.



https://t.me/msozbektilivaadabiyoti

Esse Behruz bilan

11 Dec, 16:22


O’quvchilarimdan biri yozgan esse.

Essening yozilish strategiyalarini ko’rishingiz uchun yubormoqdamiz. Ko’ring, tahlil qiling va o’rganing.

https://t.me/esse_behruz

Esse Behruz bilan

10 Dec, 16:40


Darslarimizni sog’indingizmi???

Esse Behruz bilan

07 Dec, 18:18


Bugun boshqacha sovuq a? 🥶

Esse Behruz bilan

02 Dec, 18:16


Imtihon kunlari aniq. Ro’yxatga olish ham boshlandi. O’zi imtihonga tayyormisiz????

Esse Behruz bilan

02 Dec, 07:13


⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi

🖥 2024-yil 2-dekabrdan ona tili (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatga olish 8-dekabr 23:59 ga qadar davom etadi.

❗️9-dekabr – to‘lov qilishning so‘nggi muddati.

📆 Test sinovlari 21–22-dekabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Esse Behruz bilan

30 Nov, 10:26


Ushbu so’rovnomaga ko’ra birinchi bo’lib esse tahlili darsi o’tkaziladi. Keyin g’azal darsi. Hamma tayyormi?

Komentlarda o’zingizga qulay kunni yozib qoldiring. Bizga ham shunga qarab dars tashkil qilamiz.

Esse Behruz bilan

30 Nov, 10:26


Bepul darslarni davom ettiramizmi?????

Esse Behruz bilan

30 Nov, 10:26


https://t.me/+_LGdMglHGkJhYTUy

Shu kanalda barcha o’quvchilarimizning natijalari joylab boriladi azizlar. Ko’rib borsangiz bo’ladi.

Esse Behruz bilan

28 Nov, 15:30


Menda o’qigan o’quvchilarim, sertifikatlaringizni yuboring😊

Esse Behruz bilan

28 Nov, 12:17


Natijalar nima bo’ldi?

Esse Behruz bilan

27 Nov, 16:57


MILLIY SERTIFIKATGA TAYYORGARLIK JARAYONIDA YOZILGAN ESSELAR 💣

🔥 USHBU NAMUNALARNING O'RTACHA BAHOLANISHI: 20—22 BALL
🤩

©️Davlatova Rushana

Esse Behruz bilan

26 Nov, 11:02


Ovoz berish ertaga 16:00 gacha davom etadi. Shunga qarab dars qo’yamiz

Esse Behruz bilan

26 Nov, 10:26


Tezlashimizzzzzz. Shunga qarab dars qo’yaman!

Esse Behruz bilan

25 Nov, 06:14


Yana qanday darslar o’tib berishimizni xohlaysizlar?

Komentlarda fikringizni yozib qoldiring….

Esse Behruz bilan

24 Nov, 16:13


Live stream finished (1 hour)

Esse Behruz bilan

24 Nov, 16:13


Jinoyat sodir etilgan joyni ko‘rishimiz, tekshirishimiz kerak – uyushiq kesim.
(Jinoyat sodir etilgan joyni ko‘rishimiz kerak, tekshirishimiz kerak – qo‘shma gap)

Esse Behruz bilan

24 Nov, 16:02


Hozir shu zulm va adovat tikanlari o‘zining ilk mevasini berdi.

1)grammatik bog'lanish - 10
2) tobe bog'lanish - 9
3) teng bog'lanish - 1
4) so'z birikmasi - 8
5) otli birikma - 6
6) fe'lli birikma - 2
7) bitishuv - 4
8) moslashuv - 3
9) boshqaruv - 1

Esse Behruz bilan

24 Nov, 16:02


Ahmad o‘z hayotida esda qoladigan hech nima ko‘rmadi.


1)grammatik bog'lanish - 5
2) tobe bog'lanish - 5
3) teng bog'lanish - 0
4) so'z birikmasi - 4
5) otli birikma - 2
6) fe'lli birikma - 2
7) bitishuv - 1
8) moslashuv - 1
9) boshqaruv - 2

Esse Behruz bilan

24 Nov, 16:02


Katta sement ko‘prik ustidan mashinalar tinimsiz o‘tib turibdi.

1)grammatik bog'lanish - 6
2) tobe bog'lanish - 6
3) teng bog'lanish - 0
4) so'z birikmasi - 5
5) otli birikma - 3
6) fe'lli birikma - 2
7) bitishuv - 3
8) moslashuv - 1
9) boshqaruv - 1

Esse Behruz bilan

24 Nov, 16:02


Sohibqiron ayol qadriga, go‘zalligiga ichki samimiy muhabbat bilan qaragan.


1)grammatik bog'lanish - 9
2) tobe bog'lanish - 8
3) teng bog'lanish - 1
4) so'z birikmasi - 7
5) otli birikma - 4
6) fe'lli birikma - 3
7) bitishuv - 3
8) moslashuv - 2
9) boshqaruv - 2

Esse Behruz bilan

15 Nov, 20:09


Bir kitob o'qidim, sarlavhasi sen...

✍️ Malika Tavfiq
🎤Behruz Xurram

Esse Behruz bilan

15 Nov, 17:31


🟦🟦🟦🟦🟦

Bepul darslar marafonimiz davom etadi!!!

19-noyabr (seshanba) kuni kanalda malakali ustoz Furqat Mo’minov tomonidan jonli dars olib boriladi.

Dars mavzusi: G’azal tahlili

Soat : 20:00
🗺Manzil: @esse_behruz

🔥🔥Darsga hammani chaqiring. Chatda ko'rishguncha🫵🫵

https://t.me/esse_behruz
https://t.me/esse_behruz

Esse Behruz bilan

15 Nov, 17:13


Demak, talablarga ko’ra birinchi g’azal tahlili, esse nazaryasi, esse tahlili, ona tili grammatikasi va o’qib tushunish darslari bo’lib o’tadi.

Bizdan uzoqlashmang. Sanoqli kunlarda shu ketma-ketlikdagi darslarimiz boshlanadi.

Dars manzili: https://t.me/esse_behruz

Esse Behruz bilan

14 Nov, 14:27


Keyingi safar qaysi mavzuda dars o’tkazishimizni xohlaysiz?

Esse Behruz bilan

14 Nov, 11:12


https://t.me/esse_behruz

Esse Behruz bilan

14 Nov, 11:12


IIMIY MATN DARSI❗️

https://t.me/esse_behruz

Esse Behruz bilan

14 Nov, 11:11


Live stream finished (1 hour)

Esse Behruz bilan

14 Nov, 11:09


https://t.me/msozbektilivaadabiyoti

Esse Behruz bilan

14 Nov, 10:13


17-mart imtihonining statistik tahlili.

@Renessansstudy

Esse Behruz bilan

14 Nov, 10:09


DARS BOSHLANDI‼️

https://t.me/esse_behruz

Esse Behruz bilan

14 Nov, 10:06


Live stream started

Esse Behruz bilan

14 Nov, 10:05


ASSALOM-U ALAYKUM, TAYYORMISIZ? DARSNI BOSHLAYMIZ!

Esse Behruz bilan

13 Nov, 21:23


🟦🟦🟦🟦🟦
Bepul darslar marafonimizga start beramiz!!!

Bugun kanalda barchamiz bilgan malakali ustoz Rushana Davlatova tomonidan jonli dars olib boriladi. Dars mavzusi: Matnlar bilan ishlash

Soat :15:00
📍Manzil: @esse_behruz

🔥🔥Darsga hammani chaqiring.Chatda ko'rishguncha🫵🫵

https://t.me/esse_behruz
https://t.me/esse_behruz

Esse Behruz bilan

09 Nov, 05:49


Bepul marafon darslarimizga start bermoqchimisiz.
Qatnashasizmi?

Esse Behruz bilan

07 Nov, 16:23


Ushbu darsimizga start berildi🤩

Esse Behruz bilan

03 Nov, 11:45


Esseni yaxshi yozdingizmi do’stlar?

Esse Behruz bilan

02 Nov, 15:12


📢📢📢📢📢📢📢📢📢📢📢📢

Talablarga koʻra yangi esse guruhi ochilmoqda. Bu imtihongacha oxirgi guruh bo’lishi aniq.

Bu guruh dekabrda imtihonga kiradiganlar uchun maxsus
….

Kursda
Esse yozish 0 dan oʻrgatiladi;
Davomiyligi—1oy;
Darslar soni 9 ta. 8 esse yozilib barchasi tahlil qilib beriladi;
Narxi: 80 ming
Toʻlov oldindan (Click,Payme orqali)
Joylar soni cheklangan.

Darslar 7-noyabrdan boshlanadi.
Darslarni Behruz Xurramov olib boradi.
Murojaat uchun:
@ishonchim_205

Natijalar bilan tanishish:
https://t.me/+pQx4qazHF844NzBi

Namunaviy darslar
https://t.me/esse_behruz/587
https://t.me/esse_behruz/348

Esse Behruz bilan

02 Nov, 11:16


#Tushgan esse mavzusi:

Bugungi kunda ba'zi insonlar davlat byudjetidagi mablag'lar sportga ko'proq sarflanishi kerakligini aytmoqda, ayrimlar esa ta'limga pul ajratish manfaatliroq deb hisoblashmoqda.

https://t.me/esse_namunalari1
https://t.me/esse_namunalari1
https://t.me/esse_namunalari1

Esse Behruz bilan

02 Nov, 06:11


O’quvchilarimdan biri yozgan esse.

Essening yozilish strategiyalarini ko’rishingiz uchun yubormoqdamiz. Ko’ring, tahlil qiling va o’rganing.

https://t.me/esse_behruz

Esse Behruz bilan

02 Nov, 01:02


Barchangizga omad. Imtihonlardan eng yuqori natijalarni olish nasib etsin. Alloh oson qilsin.

Robbana atina fid-dunya hasanatav-va fil axiroti hasanatav-va qina azaban-nar. Alloh qo’llasin🤲🤲🤲

Esse Behruz bilan

02 Nov, 01:02


Imtihonda barchaga eng yuqori natijalarni tilab qolamiz.

Alloh omadingizni bersin ilohim

Esse Behruz bilan

01 Nov, 22:25


Bugungi imtihonga tayyorgarlik🔥🔥🔥

Esse Behruz bilan

01 Nov, 18:03


O’quvchilarimdan biri yozgan esse.

Essening yozilish strategiyalarini ko’rishingiz uchun yubormoqdamiz. Ko’ring, tahlil qiling va o’rganing.

https://t.me/esse_behruz

Esse Behruz bilan

01 Nov, 06:27


❗️❗️❗️ESSE TOMONLARINI DALILLASHDA QIYNALASIZMI??? IMTIHONOLDI MANA SIZGA YANA BIR QIMMATLI MANBA!!!

BU FAYLDAGI MA'LUMOTLAR BILAN ISTALGAN FIKRNI DALILGA AYLANTIRISHINGIZ MUMKIN❗️

https://t.me/msozbektilivaadabiyoti

Esse Behruz bilan

28 Oct, 17:20


Bu kurs noyabrda testga kiradiganlar uchun

Esse Behruz bilan

28 Oct, 17:17


📢📢Siz uchun bitta ajoyib taklif📢📢

Esse yozishni bilmaysizmi?
Fikr kelmasligi va mavzuga kirishib ketishda muammo bormi?

Unda biz sizga aynan shu bo’yicha yechim taklif etamiz.

Siz uchun “Super esse” kursini taklif etamiz.
Kurs to’lovi atigi 15 ming so’m.
Ushbu kurs ikki darsdan iborat. Birinchi darsda Sizga essening bor sir-sinoatlari to’liq o’rgatiladi hamda ikkinchi darsda siz yozgan bitta esse tekshirilib, tahlil qilib beriladi.

To’lov oldindan.
Kursning 1-darsi 31-oktyabr kuni bo’lib o’tadi.
Murojaat uchun:
@ishonchim_205

Esse Behruz bilan

28 Oct, 17:01


Xabaringiz bor 2-3-noyabr kunlari ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo’lib o’tadi. Ayni damda ushbu imtihonga aynan esse bo’yicha 80 dan ortiq talabgorlarni tayyorlamoqdaman. Keyingi imtihon esa dekabr oyida bo’lib o’tadi.

Dekabrda imtihon topshirmoqchi bo’lganlar bormi?
Noyabr uchun ham kurs ochamizmi?

Esse Behruz bilan

28 Oct, 07:08


📝 Mart oyida o'tgan imtihonda shu namunadagi javoblar varaqasidan foydalanganmiz. Bu safargi testda qanday titul bo'ladi - bu noaniq. Hozircha qo'lingizni o'rgatib turing.

https://t.me/esse_behruz

Esse Behruz bilan

27 Oct, 09:17


Negadir bildirilayotgan reaksiyalar kam. Qiyin emasku 👍 🔥 larni bosib qo’yish. Yokida esse namunalar yuborishni to’xtataylikmi?

Esse Behruz bilan

27 Oct, 09:13


O’quvchimning endigina yozgan 5-essesi. O’z o’rnida kamchiliklari ham, yutuqlari ham talaygina.

Essening yozilish strategiyalarini ko’rishingiz uchun yubormoqdamiz. Ko’ring, tahlil qiling va o’rganing.

https://t.me/esse_behruz

Esse Behruz bilan

25 Oct, 17:35


Esse uch tarkibiy qismdan iborat bo‘lishi lozim: kirish, asosiy va xulosa qismlari.

I. Kirish. Essening kirish qismini yozishda quyidagilarga amal qiling:

1) kirish qismi ikki-uch jumladan iborat bo‘lishi lozim;
2) berilgan vaziyat matnini aynan ko‘chirmang;
3) tezis qo’ying.

https://t.me/esse_behruz

Esse Behruz bilan

24 Oct, 10:20


O’quvchimning 5-esse yozishi. O’z o’rnida kamchiliklari ham, yutuqlari ham talaygina.

P.s: Iltimos, xato kamchiklari tahlil qilinmasin. O’zimiz tahlil qilganmiz, faqat yozish strategiyalarini ko’rishingiz uchun yubormoqdamiz.

https://t.me/esse_behruz

Esse Behruz bilan

23 Oct, 07:34


Esse yozishda bu muhim:

• Fikr-mulohazalaringizni publitsistik uslubda bayon qiling.
• Fikrlaringizni mantiqiy izchillikda, adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda ifodalang.

https://t.me/esse_behruz

Esse Behruz bilan

22 Oct, 16:23


Essega Reja tuziladimi?
-yo’q !
Essega epigraf qo’yiladimi?
-yo’q !
Esseda Xulosada nima yozaman ?
-asosiy qismdan kelib chiqib xulosa va o’sha vaziyatga yechim hamda taklif (qisqa shaklda).

https://t.me/esse_behruz

Esse Behruz bilan

22 Oct, 04:19


O’quvchimning endigina 3-essesi.
Vavvv deydigan darajada emasdir, lekin yaxshigina yozilgan😁



P.s: Iltimos, xato kamchiklari tahlil qilinmasin. O’zimiz tahlil qilganmiz, faqat yozish strategiyalarini ko’rishingiz uchun yubormoqdamiz.

https://t.me/esse_behruz

Esse Behruz bilan

22 Oct, 04:14


O’quvchilarim yozgan esselardan tashlab turaymi?
Nima deysizlar?

Esse Behruz bilan

14 Oct, 04:04


❗️Bugundan ona tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan milliy sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish boshlanadi (20-oktabr roʻyxatdan oʻtishning oxirgi kuni)

Imtihon kuni: 2-3-noyabr kunlari

Registratsiya linki:
https://my.gov.uz/oz/service/1003

Esse Behruz bilan

10 Oct, 12:23


https://t.me/behruz_xurram1
Shaxsiy kanalim. Obuna bo’lib qo’ysangiz xursand bo’lardim…

Esse Behruz bilan

07 Oct, 16:49


Ertadana boshlab kanalga esse bo’yicha foydali fakt va misollar yozib boramiz. Bizni kuzatishda davom eting.

Esse Behruz bilan

06 Oct, 15:38


Esse tahlili darsimiz hammaga yetkazing.
🎉🎉🎉

Vaqti: 21:00

📌Manzil: https://t.me/esse_namunalari1

Esse Behruz bilan

02 Oct, 10:53


Milliy sertifikat imtihoni sanalari. Tayyorgarlikni tezlating. Astoydil o’qing.

Esse Behruz bilan

02 Oct, 06:55


Keyingi bepul darslarimiz milliy sertifikat bo’limlarining qaysi biridan bo’lishini istaysiz va aynan nimalarni o’rganmoqchisiz?
Yozib qoldiring. Keyingi darsimiz aynan shu haqida bo’ladi.

Esse Behruz bilan

02 Oct, 06:53


Kechagi darsning audio varyanti. Bemalol tinglab, esse haqida tushuncha va billimlarga ega bo’lishingiz mumkin.

Esse Behruz bilan

01 Oct, 17:06


Live stream finished (47 minutes)

Esse Behruz bilan

01 Oct, 16:56


🩷🩷🩷🩷🩷🩷🩷🩷

Talablarga koʻra yangi esse guruhi ochilmoqda. Bu imtihongacha oxirgi guruh bo’lishi mumkin.

Kursda
Esse yozish 0 dan oʻrgatiladi;
Davomiyligi—1oy;
9 ta esse yozilib barchasi tahlil qilib beriladi;
Narxi: 80 ming
Toʻlov oldindan (Click,Payme orqali)
Joylar soni cheklangan.

Darslar 5-oktabrdan boshlanadi.
Darslarni Behruz Xurramov olib boradi.
Murojaat uchun:
@ishonchim_205

Natijalar bilan tanishish:
https://t.me/+pQx4qazHF844NzBi

Namunaviy darslar
https://t.me/esse_behruz/587
https://t.me/esse_behruz/348

Esse Behruz bilan

01 Oct, 16:18


Live stream started

Esse Behruz bilan

01 Oct, 08:46


Ushbu darsimiz ertaga emas, bugun soat 21:00 da bo’lib o’tadi. Takrorlayman, BUGUN 21:00.
Hammani kutaman.

2,031

subscribers

225

photos

23

videos