✅Endilikda tashkilotlarning E-huquqshunos (lawyer.ijro.uz) elektron tizimida, mehnat ta'tiliga oid hujjatlarni yaratish jarayonida xodimning ta'tilga chiqish sanasi, ta'til kunlari soni va xodimning ish vaqti kiritiladi, kiritilgan ma'lumotlar yordamida tizim avtomatik ravishda bayramlarni hisobga olgan holda xodimning ishga chiqish sanasini aniqlaydi.
✅Shuningdek, hujjatlar ichiga kirilganda xodimning ta'tilga chiqish va ishga chiqish sanalari keltiriladi.
❗️ Xodimning ta'til kunlarini kiritayotganda bayram kunlarini hisobga olmang! Bayram kunlarini tizimning o'zi avtomatik ravishda tatil kunlari soniga qo'shadi!
❗️Hozirda ushbu funksiyadan buyruq faqat bitta xodim to'g'risida bo'lganda ishlaydi. Bitta buyruq bir nechta xodim to'g'risida bo'lganda tatil maydonlarini to'ldirmang, ushbu maydonlar to'ldirish uchun majburiy emas. Tez orada bitta buyruq bir nechta xodim to'g'risida bo'lgan holat uchun ham ushbu funksiyani takomillashtiramiz!
"E-huquqshunos" elektron tizimi bo'yicha yangiliklar va qo'shimcha imkoniyatlardan xabardor bo'lish uchun "E-huquqshunos" rasmiy kanaliga a'zo bo'ling!