Dernières publications de "Taraqqiyot strategiyasi" markazi (@dscuzbekistan) sur Telegram

Publications du canal "Taraqqiyot strategiyasi" markazi

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
"Taraqqiyot strategiyasi" markazining rasmiy kanali.

Официальный канал Центра "Стратегия развития".

Тел.: +998 71 239-01-91
3,018 abonnés
2,051 photos
367 vidéos
Dernière mise à jour 10.03.2025 15:35

Le dernier contenu partagé par "Taraqqiyot strategiyasi" markazi sur Telegram

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi

12 Dec, 14:04

812

📱 13-14-dekabr kunlari Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya Boshqarmasi tomonidan bu yil toʻrtinchi marta tashkil etilayotgan Xalqaro Strategik Kommunikatsiya Forumi – Stratcom Summitʼ24 boʻlib oʻtadi.

❗️ Mazkur nufuzli tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov ishtirok etadi. Sammitning “Dezinformatsiyaga qarshi kurashda sunʼiy intellekt: davlat tashkilotlari uchun strategik vositalar” mavzusiga bagʻishlangan panel sessiyasi Eldor Tulyakov moderatorligida boʻlib oʻtadi.

💬 Xalqaro tadbirda qatnashish uchun dunyoning 30 ta davlatidan yetakchi tashkilotlar, fuqarolik jamiyati, ommaviy axborot vositalari, ilmiy doiralar va tahlil markazlari ekspertlari, jami 3 mingdan ortiq mehmonlar taklif etilgan.

Markaz rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Youtube
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi

12 Dec, 11:38

544

Parij shahrida “Markaziy Osiyodagi integratsiya jarayonlarining dolzarb masalalari hamda Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi muloqotni kengaytirish” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbir “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Oʻzbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi hamda Yevropa rivojlanish va xavfsizlik instituti hamkorligida tashkil etildi.

Davra suhbatida Oʻzbekiston va Fransiyaning yetakchi tahlil markazlari vakillari, diplomatlar, siyosatchilar hamda Yevropaning turli mamlakatlaridan 40 ga yaqin xalqaro ekspertlar qatnashdi.

Markaz rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Youtube
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi

05 Dec, 14:02

839

✔️Bugun Toshkent shahrida 2024-yilgi Oʻzbekiston parlamenti saylovlari natijalarini va yangi parlament hamda fuqarolik jamiyatining islohotlarni ilgari surishdagi rolini muhokama qilish masalalariga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazildi.

💬 Tadbirda siyosatchilar, fuqarolik jamiyati yetakchilari va xalqaro ekspertlar yigʻilib, siyosiy raqobat darajasi, yangi parlament tarkibi va uning mamlakat kelajagini shakllantirishdagi oʻrnini tahlil qilishdi.

🔺Anjumanda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov ishtirok etib, oʻz nutqida mahalliy kengashlarning vakolatlarini kengaytirish, ularni muhim qarorlarni qabul qiladigan faol organlarga aylantirish boʻyicha erishilayotgan natijalarga toʻxtalib oʻtdi.

Markaz rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Youtube