"Taraqqiyot strategiyasi" markazi tarafından Telegram'da paylaşılan en son içerikler
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
27 Feb, 14:56
682
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Рамазон ойини муносиб тарзда ўтказиш тўғрисида"ги Қарори — Постановление Президента Республики Узбекистан "О проведении священного месяца Рамазан на достойном уровне"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
26 Feb, 16:43
659
Фуқаролик жамияти институтлари янгича тизимда қўллаб-қувватланади
Бу ҳақда Олий Мажлис ҳузуридаги Фуқаролик жамияти институтларини қўллаб-қувватлаш жамоат фонди маблағларини бошқариш бўйича Парламент комиссияси йиғилишида маълумот берилди.
Парламент комиссияси йиғилиши тафсилотлари "Севимли" телеканалида 🇺🇿 Oʻzbek (lotin)
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi Jahon banki va Buyuk Britaniya hukumati ko'magida, Hamdo‘stlik va Taraqqiyot byurosining Markaziy Osiyo bo‘yicha hududiy rivojlantirish ofisi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston fuqarolarini tinglab tadqiqoti natijalari: aholi turmush darajasini oshirishda mahallabay yondashuv” mavzusida davra suhbati tashkil etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Parlamenti, vazirlik va idoralar, tegishli xalqaro tashkilotlar, mamlakatimizdagi xorijiy vakolatxonalar, tahliliy markazlar, xalqaro va mahalliy ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Davra suhbatida “O‘zbekiston fuqarolarini tinglab” tadqiqoti natijalari, shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uyg‘unligi, iqtisodiy o‘sish, aholi turmush darajasi, migratsiya muammolari va ijtimoiy himoya masalalari muhokama qilindi.
Markaz rasmiy sahifalari Telegram | Facebook | Twitter | Youtube
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
05 Feb, 05:18
312
Куала-Лумпурда давлатимиз раҳбари Шавкат Мирзиёевни тантанали кутиб олиш маросими бўлиб ўтди — В Куала-Лумпуре состоялась торжественная церемония встречи главы нашего государства Шавката Мирзиёева
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
20 Jan, 05:14
557
💬Davlat dasturi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bagʻishlangan tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamkorligida davra suhbati oʻtkazildi. Unda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni loyihasi sudyalar tomonidan muhokama qilindi.
🔺Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Davlat dasturi loyihasining ustuvor yoʻnalishlari va ularda nazarda tutilayotgan muhim chora-tadbirlarga toʻxtalib, ayni paytda oʻtkazilayotgan jamoatchilik muhokamalari va mazkur jarayonning hujjatni yanada takomillashtirishdagi ahamiyati haqida gapirdi.
🔺Muhokama ishtirokchilariga Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari Ikrom Muslimov Davlat dasturi loyihasining Qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yoʻnalishida, jumladan sud tizimidagi raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish boʻyicha koʻzda tutilayotgan muhim choralar haqida maʼlumot berdi.
📎Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting!
Markaz rasmiy sahifalari Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Youtube
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
13 Jan, 02:41
278
Tahlilnoma | 2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi: Eng muhim TOP yangiliklar va ekspertlar mulohazalari #12jan #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
12 Jan, 08:42
804
✍️ 2025 - йилга мўлжалланган Давлат дастури лойиҳаси жорий йил 22 январга қадар кенг жамоатчилик ва экспертлик муҳокамаларидан ўтказилади.
🔈📣Давлат дастури лойиҳаси муҳокамасида фаол иштирок этишга чорлаймиз.
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
11 Jan, 13:48
1,175
Давлат дастури – 2025 лойиҳасида кўзда тутилаётган айрим муҳим чоралар билан қуйидаги инфографикада танишишингиз мумкин.
❗️Лойиҳа 2025 йил 22 январга қадар кенг жамоатчилик ва экспертлик муҳокамаларидан ўтказилади.
🔈📣Давлат дастури лойиҳаси муҳокамасида фаол иштирок этишга чорлаймиз.
*****
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
11 Jan, 10:12
460
📣 “Ўзбекистон – 2030” стратегиясини “Атроф-муҳитни асраш ва “яшил иқтисодиёт” йилида амалга ошириш бўйича давлат дастури ва уни тасдиқлаш тўғрисидаги Ўзбекистон Республикаси Президенти Фармони лойиҳалари ишлаб чиқилиб, кенг жамоатчилик муҳокамаси учун www.uzbekistan2030.uz порталига жойлаштирилди.
❗️Давлат дастури лойиҳасида кўзда тутилаётган айрим муҳим чоралар билан қуйидаги инфографикада танишишингиз мумкин.
Лойиҳа 2025 йил 22 январга қадар кенг жамоатчилик ва экспертлик муҳокамаларидан ўтказилади.
🫂 Давлат дастури лойиҳаси муҳокамасида фаол иштирок этишга чорлаймиз. 🔈
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
16 Dec, 04:41
701
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Belgiyadagi elchixonasi hamda O‘zbekiston va Yevropaning yetakchi tahlil markazlari bilan hamkorlikda Brussel shahrida “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” tahlil markazlari forumi o‘tkazildi.
Forum Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning kirish so‘zi bilan boshlandi. Tadbirda Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bilan munosabatlari ko‘rib chiqilib, hamkorlikning asosiy jihatlari, xususan, mintaqada ikki va ko‘p tomonlama aloqalarni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.
Markaz rasmiy sahifalari Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Youtube