ديني الاسلام | Dinim Islom @dinimmislom Channel on Telegram

ديني الاسلام | Dinim Islom

@dinimmislom


بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم

«Dinim_Islom» – Qalblarga ibrat ulashuvchi ilmiy-ma'rifiy kanal.

«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat
yetkazur...»

ديني الاسلام | Dinim Islom (Uzbek)

«Dinim Islom» Telegram kanali - ma'rifat va iboratlik bilimlarni qalblarga yetkazuvchi muhim ilmiy manba. Bu kanal orqali, islam diniga oid muhim savollar, ma'rifatlar, va diniy qadriyatlar haqida eng so'nggi yangiliklar bilan tanishishingiz mumkin. Dinim Islom kanali mo'minlarga ilmiy-ma'rifat bilan yo'l olib, ularni dinning o'ziga xos boyliklari haqida bilgilaydi. Bu kanal orqali, islam dini haqida o'rganish va mustahkamlash imkoniyatlariga ega bo'lishingiz mumkin. Siz ham bu foydali ilmiy-ma'rifat kanaliga qo'shiling va diniy bilimlarni o'rganishda qatnashish imkoniyatlaridan foydalaning! Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»

ديني الاسلام | Dinim Islom

17 Feb, 08:51


Adolatli Umar Ibn Xattob (r.a)

Kinoni botga joyladik!
Kino ko’di: 1
Bot:
@islomiy_kinolarimbot

ديني الاسلام | Dinim Islom

12 Feb, 23:14


- Qanday qizga uylanish kerak?

©️Ikrom Sharif

@qudratulla

ديني الاسلام | Dinim Islom

26 Jan, 15:57


Bo'lmadi deb hafa bo'lma, shunaqa kunlar keladi bo'lmaganiga shukur qilasan.

ديني الاسلام | Dinim Islom

23 Jan, 12:51


- Sevgi — bu insonning o‘ziga va boshqalarga nisbatan chuqur hurmat, g’amxo‘rlik va ishonch hisi. Sevgi nafaqat romantik aloqalar, balki do‘stlik, oila va hatto tabiat yoki san’atga bo‘lgan mehrni ham o‘z ichiga oladi. Sevgi, asosan, o‘zaro tushunish, bir-birini qadriga yetish va har bir insonning o‘ziga xosligini hurmat qilishda namoyon bo‘ladi. U, shuningdek, to‘g‘ri yo‘lni tanlashda va qiyinchiliklar orasida bir-birini qo‘llab-quvvatlashda yordam beradi. Sevgi insonni o‘sishga, o‘zgarishga undaydi va eng yaxshisini qilishga ilhomlantiradi.

Sizningcha, sevgi haqida nima deya olasiz?

ديني الاسلام | Dinim Islom

23 Jan, 04:42


Kòngilga quloq solish kerak deymiza...
Lekin , bazida shu kòngil ham insonni yaxshigina yanglishtirib qòyishini bilmaymiz))

@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

22 Jan, 04:36


Ihlos ila Alloh uchun qilsang har ishing ibodatdir...


@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

21 Jan, 11:48


- Islomiy oila – bu o’zaro hurmat, sevgi, va mas’uliyatga asoslangan muqaddas bir tuzumdir. Islomda oila, jamiyatning poydevori sifatida qaraladi. Har bir a’zo o’z vazifasini va huquqlarini bilib, bir-birini qo’llab-quvvatlaydi. Erkak va ayol bir-biriga hamroh, boshqaruvchi va tarbiyachi sifatida mas’uliyatni bo’lishadilar.

- Erkak oilaning boshlig’i sifatida, o’z oilasini moddiy va ma’naviy jihatdan ta’minlash, ularning ehtiyojlarini qondirish uchun javobgardir. Ayol esa, o’z rolini sevgi, e’tibor, va g’amxo’rlik bilan bajaradi, u o’z oilasini tarbiyalash va ma’naviy rivojlanishini ta’minlashda muhim o’rin tutadi.

- Islomda oilaning barqarorligi va farovonligi, ishonch, o’zaro hurmat va aloqalarning o’z vaqtida va to’g’ri shakllantirilishiga bog’liqdir. Muhammad (s.a.v.)ning hadislarida oilaning ahamiyati va uning doimiy ravishda mehr-muhabbat bilan saqlanishi ta’kidlanadi.

- Ayniqsa, farzandlar oila a’zolari uchun yagona ne’mat bo’lib, ularga tarbiya berish va ularga yaxshi namunalar ko’rsatish, oilaning maqsadiga erishish uchun muhimdir.

- Islomiy oila nafaqat dunyoda, balki oxiratda ham muborakdir. Shuning uchun, oila a’zolarining bir-biriga yordam berishi, e’tibor ko’rsatishi va sabr-toqatli bo’lishi zarur.

@dinimmislom 🌸

ديني الاسلام | Dinim Islom

20 Jan, 14:04


Uyda o’tirgan ayolning Ajri.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda quyidagilar aytiladi:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimning uchta qizi boʻlsa-yu, u ularning xarxashalariga, ogʻirliklariga sabr qilsa, Alloh uni ularga koʻrsatgan rahmi tufayli jannatga kiritur”, dedilar.

Bir kishi:
“Ikkita qizi boʻlsa-chi, ey Allohning Rasuli?” deb soʻradi.
“Ikkita qizi boʻlsa ham”, dedilar.

Bir kishi:
“Bittta boʻlsa-chi, ey Allohning Rasuli?” deb soʻradi.
“Bitta boʻlsa ham”, dedilar”.

@dinimmislom 🌸

ديني الاسلام | Dinim Islom

18 Jan, 20:27


-Soliham oliy ma'lumotli bo'lishing shart emas, Lekin iymoning Oliy bo'lishini hohlayman.
- Balki Bundayiga loyiq emasdurman
Lekin munosib bo'lishga harakat qilyapman

@dinimmislom❤️‍🔥

ديني الاسلام | Dinim Islom

18 Jan, 00:09


Ko‘zlar uyquga ketdi...

Ey Robbim, ko‘p ko‘zlar uyquda, men esa Senga keldim. Ko‘plab gunohlar bilan keldim.

Ey, duoga ochilgan qo‘llarni quruq qaytarmagan, sajdada yig‘lab iltijo qilgan ko‘zlarni zoye qilmagan, Zot!

Meni va men yaxshi ko‘rgan insonlarni kechir. Bizdan avvalgilarni avf et va bizdan keyingilarga rahm qil.

Ey Robbim, meni Sen yaxshi ko‘rganlarga yaqin, Senga dushman bo‘lganlardan uzoq qil.

O‘z ayb-nuqsonlarimni ko‘ra oladigan ko‘z, anglaydigan aql, to‘g‘rilay oladigan iymon ber menga.

Namozlarda xushu’ni, Qur’on tilovatidagi tadabburni nasib qil!

Hayotimdagi va hatto xayollarimdagi hayoyimni orttir. Ko‘zlarimni nomahramlarga qarashlikdan saqla.

Iymonimni va taqvoyimni yuksaltir. Niyyatlarimni isloh et. Duolarimni samimiy ayla.

Ey mehribon Allohim, umrimni Sen rozi bo‘ladigan ishlarga sarflashim uchun menga yordam ber. Sen rozi bo‘lmaydigan ishlarni qilishdan uzoq tut.

Xojatim va rizqimni bandalaring qo‘lida qilma. Meni O‘zingdan o‘zgaga muhtoj etma, Robbim!

Meni nafsiga qul bo‘ladigan, kibrli va dunyoga muhabbatli qilma.

Menga Qur’onni yodlamoqlikni, hayotimni Qur’on ila yashamoqlikni va xulqimni Qur’on bo‘lmoqligini nasib et.

Allohim, menga soliha juft nasib et va meni ham unga munosib solih bandalaring qatorida qil.

Mendan va mening zurriyotlarimdan Hofizi Qur’on, qori va qoriya, olimu olimalarni yetishtir.

Robbim, meni insonlarning qalbiga ozor berib qo‘yishlikdan qutqar. Mening ustimdan Senga shikoyat qiladigan banda bo‘lishdan meni asra.

Meni g‘azabini yenga oladigan, odamlarning faqat yaxshiliklarini ko‘radigan va yomonliklariga ko‘z yumadigan bandalaring qatorida qil.

Ey ulug‘ Robbim, meni Seni eslatadigan, Sendan qo‘rqadigan, Seni sevadigan va Sen ham ularni sevadigan solih do‘stlar bilan yaqin qil.

Sening fazl va karamingdan umidvorman. Ilimlarning eng afzali Sen tomon yaqinlashtiradigani bo‘lsin men uchun. Menga ilm ehson ayla, Allohim!

Atrofimdagilarga muomalamni go‘zal qil. Odamlar so‘zlarimni anglasinlar.

Firdavs jannatlarida Seni yaxshi ko‘rgan va Sen ham ularni yaxshi ko‘rgan zotlar bilan birga qilgin.

Barchamiz bu dunyoda yo‘qotgan insonlarimiz bilan yana ko‘rishmoqlikni Jannat bog‘laringda nasib qil.

Amiyn

©️theyakun 💡

@dinimmislom🌸

ديني الاسلام | Dinim Islom

17 Jan, 06:39


Qur'oni Karimning toʼqson oʼrnida, Аllohning oʼzi rizqga kafil ekanligini koʼrdim. Faqatgina bir oʼrinda, shaytonning insonni faqirlik bilan qoʼrqitishini koʼrdim. Va insonning, Robbisini toʼqson oʼrindagi vaʼdasini unutib, shaytonning faqatgina bir oʼrindagi yolgʼoniga aldanganini ham koʼrdim!
- Hasan Basriy roziyallohu anhu

@dinimmislom

ديني الاسلام | Dinim Islom

15 Jan, 18:36


Ey nafsim! Jannatga kirishni orzu qilasan, u yerda payg'ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan birga bo'lishni istaysan. O'tgan barcha ulug' zotlar bilan jannatda qo'shni bo'lishni xohlaysan. Ey nodon! Seni u zotlarga o'xshaydigan birorta yaxshi sifating bormi o'zi? Ularning qilgan amallarini mingdan birini bo'lsa ham qilganmisan? Biror marta nafsing xohlab turgan narsani tark qilib, Allohga qurbat hosil qilganmisan? Biror marta Xudo uchun g'azabingni ichga yutganmisan? Biror marta qarindoshlik rishtasini uzgan insoning bilan Xudo uchun silai rahmni bog'laganmisan? Biror kuningni Allohga ma'siyatsiz o'tkazganmisan? Nima amal qilib qo'ydingki jannatni orzu qilasan? Nima karomat ko'rsatdingki jannatda ular bilan qo'shni bo'lasan?
Ey nafsim! Sen aslida uyatdan yerga kirib ketishing kerak bo'lgan zotsan. Agar yer ustida yurgan bo'lsang, o'zinga hech qanday chora ko'rmayotgan bo'lsang, senda sharm-hayodan asar ham qolmagan bo'ladi. Xudoning oldida hech qanday xijolat chekmay qo'yganingni boshqa qaysi so'z bilan ta'riflash mumkin? Agar gunohlaringni Alloh taolo afv qilgan taqdirda ham seni sharmandaliginga o'sha ishlarni qilib o'tganligingni o'zi kifoya qiladi. Mag'firat qilinsang ham Allohning huzurida o'zingni uyatlik deb bilgin. Allohning kechirimliligi Uning fazl-marhamati va buyuk sifatlaridan, xolos. Bunda hech qanday maqtov senga tegishli emas. Barcha hamd-u sano va maqtovlar Allohgadir. Sen esa Uning rahmatidan nasibador bo'lganing baxtingdir. Agar vijdoning bo'lsa, shuncha isyonlaringa qaramasdan seni mag'firat qilgani uchun Allohning oldida yanayam ko'proq uyalishing kerak.
Ey nafsim! Istig'forni ko'paytir. Tavba qil, gunohlaring uchun tinmasdan ko'z yosh to'k. Ajab emas Allohning mag'firatiga doxil bo'lsang! Har nafasingni Allohdan qo'rqish va umid qilish bilan chiqargin. Biror daqiqangni Undan g'ofil holatda o'tkazib qo'ymaginki, o'sha daqiqa so'nggi daqiqang bo'lib qolishi mumkin. Gunoh qilishni xayolinga ham keltirma. Sen mag'firat qilinsang ham sharmandalikka loyiq holatdasan. Asli gunoh kerakli narsa emas, agar kerak bo'lganda ham sen keragidan ortiq gunohlarni qilib bo'lgansan. Agar hayotingni gunohlaringdan iborat deb faraz qilsang, sen uchun hayot tugadi. Gunohlaringni oxirgi nuqtasiga yetib kelding. Buyog'iga sahifa davom etishi mumkin emas. Dunyo-yu oxirating kuyib ketishiga kifoya qiladigan gunohlaring bor. Bisoting to'lib bo'ldi, boshqa gunoh sig'maydi, o'zga osiylikka joy qolmadi. Faqatgina istig'for va tavba ko'z yoshlariga joy qoldi.
Ey nafsim! Hech bo'lmasa Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning shukr uchun yig'laganlarichalik yig'la! Qilib o'tgan osiyliklaring ulug' zotlarning amallariga teskari bo'lsa ham, hech bo'lmasa ko'z yoshlaring ularnikidek bo'lsin! Ibodatda ularga yetisholmading, hech bo'lmasa yig'lashda ular kabi bo'l! Itoatda ulardek bo'lolmading, hech bo'lmasa tavbada ular kabi bo'l! Shijoatda ulardek bo'lmading, hech bo'lmasa nadomatda ular kabi bo'l! Taqvoda ulardek bo'lmading, hech bo'lmasa tavbada ular kabi bo'l! Ilmda ulardek bo'lmading, hech bo'lmasa toliblikda ular kabi bo'l!

ديني الاسلام | Dinim Islom

14 Jan, 04:35


- Payg’ambarimiz s.a.v sahobalar turganda aytdilarki..
- Jannatda darajalar bo’ladi dedilar..
- Jannatga kirganizda pastdagi daraja,tepadagi darajani shunday qarab orzu qilib turadi,dedilar…
- Anas Ibn Molik r.a aytadilarda.!
- Men Payg’ambarimiz s.a.v ni yaxshi ko’raman,Abu Bakr r.a ni yaxshi ko’raman,Umar r.a ni yaxshi ko’raman..
- Lekin ularchalik emasman.
- Men orzu qilaman o’shalar bilan birga bo’lishni orzu qilaman.
- Alloh jannatiy degan bo’lsa ham,hokisorlik bilan Yo Rosululloh s.a.v bu dunyoda sizga o’rganib qoldik,sizni iforlarizga,sizni gaplarizga,siz bilan o’tirib suhbatlashishga o’rganib qoldik.
- Endi jannatga kirsak ham pastda qolib ketamiz biz,siz payg’ambarlar bilan bo’lasz.
- Biz qayerda endi Yo Rosululloh s.a.v , nima qilamiz sizdan ayrilib qolsak deganlarida..
- Payg’ambarimiz s.a.v… Albatta insonlar yaxshi ko’rganlari bilan tiriladilar dedilar..!
- Sahobalar aytishadiki..
Shunaqangi yaxshi so’zni hayotimizda eshitmaganmiz deyishadi.
- Biziyam qalbimizda,Rosululloh s.a.v ga bo’lgan muhabbat bor,
- To’g’ri Rosululloh s.a.v ni sunnatlarini jaa qoyilmaqom qilib bajarmaymizu,lekin yaxshi ko’ramizda..
- Nima qilaylik,shu muhabbatga in sha alloh erishamiz deb payg’ambarimiz s.a.v ga o’xshashga harakat qilamiz!
- In sha alloh bu shafoatdan umidvormiz,in sha alloh bu shafoat bizga ham nasib qiladi,tegib qolar, bir uchiga ilinib qolar deb yashaymiz.
- Allohni fazli bilan,Payg’ambarimiz s.a.v ga berilgan izn shafoat bilan,kichkina amallarimiz bilan,Allohga yoqib qolsa,Kir jannatga desa ajab emas Alloh taolo…

- Alloh qalbimizni isloh qilsin…

@Sobahuna 🌸

ديني الاسلام | Dinim Islom

13 Jan, 21:40


#nasihat 😁

"Go'zal ko'zlaringni pdf dan  qizg'onadigan  va sen uchun kitoblar sotib oladigan kishiga turmushga chiq")))

@dinimmislom🕊

ديني الاسلام | Dinim Islom

12 Jan, 05:26


"Onam meni tushunmaydi"

Ajoyib jumlaya...
Endi tili chiqayotgan go'dakning so'zlarini hech kim tushunmagan bir paytda anglagan zot, ulg'ayganda tushunmasmidi...

@dinimmislom🕊

ديني الاسلام | Dinim Islom

11 Jan, 03:47


💕...

•Dadasi, tahoratingizga suv tayyorlab qo‘ydim.
• Dadasi, nonushta tayyor, turaqoling.
• Dadasi, tashqarida sovuq bo‘lyapti, qalin kurtkangizni kiyaqoling.
• Dadasi, yo‘llarda ehtiyot bo‘ling.
• Dadasi, tushlik qilib oling.
• Dadasi, kech qolmay keling.
• Dadasi, kelyapsizmi, taom tayyor bo‘ldi.
• Dadasi, charchamadingizmi.

Bular ayolning eriga “Dadasi, men sizni yaxshi ko‘raman” degan gapining turli uslubdagi izhorlari.

• Onasi, yaxshi o‘tiringlar, O‘ziga omonat.
• Onasi, ro‘zg‘orda nima kam, kelishimda nima olib kelay?
• Onasi, bolalarimiz seni qiynamadimi?
• Onasi, kun bo‘yi charchamadingmi?
• Onasi, pishirgan taoming juda mazali bo‘pti.
• Onasi, kiyininglar, ko‘chani aylanib kelamiz.
• Onasi, uzr, kel yarashaylik.
• Onasi, qanaqa ko‘ylak oberay?
• Onasi, meni duo qil.

Bular erning ayoliga “Onasi, seni yaxshi ko‘raman” degan gapining turlicha izhorlari.

Yaratgan Egam hamma oilalarni totuv, saodatli qilsin, janjaldan asrasin. Oila ne’matiga erishmaganlarga solih-soliha juftlar ato etsin.

@dinimmislom 🪻

ديني الاسلام | Dinim Islom

10 Jan, 12:23


Nikoh nima?💍💍

Nikoh Rosululloh ﷺ ning sunnat amalidir!

Nikoh karomatdir - insonning obroʻ va e’tiborini koʻtaradi...

Nikoh barakotdir - uyning fayz va barakasini ziyoda qiladi...

Nikoh sokinlikdir - ruhga huzur va halovat beradi...

Nikoh muhabbatdir - qalbga sevgi va muhabbatni jo qiladi...

Nikoh quvvatdir - oilaga kuch va quvvat beradi...

Nikoh - muqaddasdur!
Shuning uchun tezroq nikohlaning👳‍♂️🧕


t.me/dinimmislom 🪻

ديني الاسلام | Dinim Islom

10 Jan, 06:04


Uyda aslida kim boshliq ?

Hotin: Dadasi uyda kim boshliq ekanini bilasizmi ?

Er: Albatta er boshliq boʻladi. Chunki u uyga barcha kerakli roʻzgʻorlarni qilib keladi.

Hotin: Yoʻq adashdingiz dadajonisi

Er: Nega ?

Hotin: Unda savolimga javob berinchi !!! Erkak kishiga bu narsalarni olib kelishni kim aytgan boʻladi ?


t.me/dinimmislom 🪻

ديني الاسلام | Dinim Islom

09 Jan, 09:41


Baxtli yashamoqchimisiz?! 😊
Unda sizni baxtli qiladigan zotni eslab turing...


🌹🍃- سُبحان الله.
🌸🍃Subhanalloh

💫💫💫
🌹🍃- الحمدلله .
🌸🍃Alhamdulillah

💫💫💫

🌹🍃- لا إله إلا الله.
🌸🍃Laa ilaaha illalloh

💫💫💫

🌹🍃- اللهُ أكبر.
🌸🍃Allohu Akbar

💫💫💫

🌹🍃- سُبحان الله و بحمدهِ.
🌸🍃Subhanallohi va bihamdihi

💫💫💫

🌹🍃- سُبحان الله العظيم.
🌸🍃Subhanallohil ʼAziym

💫💫💫

🌹🍃- استغفر الله العظيم و أتوبُ إليهِ.
🌸🍃Astagʻfirullah ʼAziym va atubu ilayh

💫💫💫

🌹🍃- لا حول و لا قوة إلا بالله.
🌸🍃Laa havla va laa quvvata illaa billah

💫💫💫

🌹🍃- اللهم صلِ على نبينا محمد.
🌸🍃Allohumma solli ʼala Nabiyyina Muhammad

💫💫💫

🌹🍃- لا إله الا انتَ سبحانك اني كنت من
- الظالمين
🌸🍃Laa ilaaha illa anta Subhanaka inniy kuntu minaz - zolimiyn!

Kimlarga baxtni hoxlasangiz ularga ulashing.

t.me/dinimmislom 🪻

ديني الاسلام | Dinim Islom

08 Jan, 14:39


​​📿Istigʻforning 40 xosiyati..

1. Allohga itoatgoʻy banda istigʻfor aytadi;
2. Istigʻfor aytgan banda paygʻambarlar, solihlar yoʻlidan yuradi;
3. Istigʻfor aytgan odam iymon halovatiga erishadi;
4. Istigʻfor bandani gunohlardan poklaydi;
5. Istigʻfor aytgan odamning gunohlari savobli ishlarga almashtiriladi;
6. Istigʻfor aytgan odamga neʼmatlar koʻpaytirib beriladi ;
7. Istigʻfor bandaning martabasini koʻtaradi;
8. Baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik olib keladi;
9. Istigʻfor tufayli odamlar ham, jamiyat ham buzuqliklardan poklanadi;
10. Istigʻfor yomgʻir yogʻishiga sabab boʻladi;
11. Mol-dunyoga baraka kiritadi;
12. Istigʻfor aytgan inson farzand neʼmati bilan siylanadi;
13. Dehqonchilik, chorvachilikdagi unumdorlik ham istigʻfor aytish bilan uzviy bogʻliq;
14. Istigʻfor aytuvchi jahannamdan najot topadi;
15. Istigʻfor bandaning jannatga kirishiga sabab boʻladi;
16. Istigʻfor Allohning rahmati tushishiga, banda holati ijobiy tomonga oʻzgarishiga sabab boʻladi, yaxshiliklarni koʻpaytiradi;
17. Istigʻfor tanani baquvvat, sogʻlom qiladi, kasalliklarni aritadi;
18. Istigʻfor aytgan odamning hayoti farovon boʻladi ;
19. Istigʻfor bilan vatan tinch boʻladi, el-yurt taraqqiy etadi;
20. Istigʻfor inson koʻnglini xotirjam qiladi;
21. Boshga tushgan balolarni daf etadi;
22. Bandani Allohga yaqinlashtiradi;
23. Istigʻfor aytgan odam Allohning marhamatiga sazovor boʻladi ;
24. Istigʻfor majlis kafforatidir;
25. Istigʻfor gʻiybatga kafforat boʻladi ;
26. Shayton vasvasasini qaytaradi;
27. Alloh istigʻfor aytgan bandani yaxshi koʻradi ;
28. Istigʻfor aytish Allohni rozi qiladi;
29. Gʻam-tashvishlarni ketkazadi;
30. Xursandchilik olib keladi;
31. Yuzni nurli qiladi;
32. Rizq kelishini osonlashtiradi;
33. Istigʻfor aytgan odamning duosi qabul boʻladi ;
34. Alloh istigʻfor aytuvchining ogʻirini yengil qiladi;
35. Koʻp istigʻfor aytgan odam qiyomat kuni nomai aʼmolini koʻrib xursand boʻladi;
36. Olamdan oʻtib ketgan ota-onalar farzandlari aytgan istigʻfor tufayli jannatda yuqori martabaga koʻtarilishadi;
37. Istigʻfor odamni tushkunlikdan xalos etadi;
38. Hasrat-nadomatni, pushaymonni ketkazadi;
39. Qalbni tiniqlashtiradi;
40. Istigʻfor aytgan odamning rizqi keng boʻladi, kasb-koriga baraka kiradi...

Ziyovuddin Rahimning “Istigʻforning 40 xosiyati” kitobidan

Astagʻfirullohi va atubu ilayh!

@dinimmislom 🪻

ديني الاسلام | Dinim Islom

08 Jan, 07:49


Menga Qurʼon oʻqib ber gulim

Qoraqoshim, qaro koʻzligim
Arazchimu, shirin soʻzligim
Qilib meni oʻzinga maftun
Menga Qurʼon oʻqib ber gulim

Faxr tuyay kuyunganim meni
Alloh uchun suyganim meni
Yanada rom aylagin qani
Menga Qurʼon oʻqib ber gulim

Kerak emas oʻzga kuy navo
Qiroating yurakka davo
Etgin shuni Qoriyam ravo
Menga Qurʼon oʻqib ber gulim

Joʻr boʻlayin tovushlaringa
Sogʻintirgan xonishlaringa
Rahmat yogʻsin boqishlaringa
Menga Qurʼon oʻqib ber gulim

Jannat tamon yoʻlimiz bogʻlab
Nafsni egib, iymonni chogʻlab
Bugun hozir shu ondan boshlab
Menga Qurʼon oʻqib ber gulim

Farishtalar yayrasin kulsin
Gunohlarga kafforat boʻlsin
Alloh ikkimizni ham suysin
Menga Qurʼon oʻqib ber gulim

Neki boʻlsa yengib ikkimiz
Alloh uchun asrab sevgimiz
Jannatda ham boʻlsak birga biz
Menga Qurʼon oʻqib ber gulim...

@DinimmIslom 🪻

ديني الاسلام | Dinim Islom

08 Jan, 04:20


Dardingizni tòkishdan avval , idish teshik emasligiga ishonch hosil qiling...

@dinimmislom 🪻

ديني الاسلام | Dinim Islom

07 Jan, 17:11


Qalb qotishining sabablari:

– Gunoh va ma'siyatlar;
– Ko'p kulish;
– Аllohdan boshqaga bog'liq bo'lish;
– Nag'ma (kuy-qo'shiq) eshitish;
– Qur'ondan uzoqlashish;
– Yomon do'stlar bilan yurish;
– Dunyoga berilib ketish;
– Yeb-ichishda isrof qilish.

So'ngra, shundan keyin qalblaringiz qattiq bo'ldi–toshdek yoki undan-da qattiq. (Baqara surasi, 74-oyat).

@dinimmislom 🪻

ديني الاسلام | Dinim Islom

03 Jan, 04:54


G‘am-tashvishlar qachon tugaydi?

Ibn Qoyyim rahimahulloh aytadilar: Bor g‘amlar jamlanib bitta g‘am - Allohning roziligiga aylanganda, bundan ham go‘zal va yaxshi hayot bo‘lurmi?!

t.me/dinimmislom 🪻

ديني الاسلام | Dinim Islom

01 Jan, 06:30


Istigʻfor moʻjizasi

Bir ayol oʻz boshidan kechirganini shunday hikoya qiladi: “Erim vafot etdi. Oʻshanda men oʻttiz yosh edim. Beshta farzand bilan qoldim. Dunyo koʻzimga qorongʻu boʻlib ketdi. Yigʻlayverib koʻzlarim shishib ketar, umidsizlikka tushib qolardim. Gʻam-alamlar atrofimni oʻrab olgan edi. Farzandlarim hali kichik, bizni taʼminlab turadigan odam yoʻq, erimdan qolgan pullarni tejab ishlatardim.
Bir kuni xonamda oʻtirganimda radioni yoqdim. “Qurʼoni Karim” nomli eshittirish berilayotgan ekan. Unda bir olim “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kim istigʻforni koʻp aytsa, Alloh unga har qanday gʻamdan chiqish yoʻlini, har qanday torlikdan kenglikka oʻtish chorasini koʻrsatib qoʻyadi” deganlar” deb mavʼiza qildi. Oʻshandan keyin istigʻforga astoydil berildim. Bolalarimga ham uni oʻrgatib qoʻyib, koʻp aytishlarini tayinladim.
Oradan olti oy oʻtgach, uyimizga qadimiy buyumlarga pul berilishi haqida xabar keldi. Biz ham shu loyihada ishtirok etib, oʻzimizdagi eski buyumlarni olib borsak, ularni million junayhlarga olib qolishdi. Katta oʻgʻlim mintaqadagi oliygohga oʻqishga kirdi. Qurʼonni yod oldi. Keyinchalik ishi oʻnglanib, odamlarga koʻmak beradigan insonlardan biriga aylandi. Shunday qilib, uyimiz yaxshiliklarga toʻldi. Tinch, xotirjam yashay boshladik. Alloh taolo barcha farzandlarimni isloh qildi. Hammalari yaxshi insonlar boʻlib voyaga yetishdi. Oʻzimdan gʻam, qaygʻu, iztiroblar aridi. Ha, albatta, bularning barchasi istigʻforning ajoyibotlaridan edi”.

Ha, azizlar, koʻplab insonlar istigʻforning foydasidan bexabardirlar. U gʻamlarni arituvchi, mashaqqatlarni ketkazuvchi, rizqning kengayishiga sabab boʻluvchi katta omillardan biridir.

Astag'firulloha va atubu ilayh...

t.me/Dinimmislom 🪻

ديني الاسلام | Dinim Islom

31 Dec, 08:00


Ey boʻydoq birodarim...

Ey boʻydoq birodarim bilaman koʻnglingizga olib qoʻygan qizingiz bor, balki u bilan joiz boʻlmasada bir necha yillab gaplashganingiz ham bordir. Uylanaman deya nomahramlikka eʼtibor bermay yurishingiz sir emas, lekin Allohga xush kelmas bu ishlarni qilib, Allohga birga boʻlishingiz uchun qanday duo qilishingiz mumkin? Bu harom biznesni boshlab unga baraka soʻrash bilan barobar emasmi? Sabr qiling! Uylanmoqchi boʻlgan qizingizni Allohga omonat qilib diniga mustahkam boʻlishini tayinlang...
Oʻzingiz esa diningizda va moliyaviy erkinligingizda rivojlaning...
Kechasi bilan toʻydan keyingi orzu havaslarni oʻylagandan koʻra vaqtli uxlab vaqtli turing! Oila maʼsuliyatini ola oladigan haqiqiy moʻmin boʻling. Oʻzingizni isloh qiling. Vaqti soati kelib esa Alloh hayrli qilgan boʻlsa oʻsha suygan qizingizga uylanasiz. Hozir vaqti emas...


t.me/dinimmislom 🪻

ديني الاسلام | Dinim Islom

31 Dec, 00:15


Nega Bomdod namozi nega aynan quyosh chiqishidan oldin o‘qiladi bilasizmi?

Quyosh chiqishidan oldin yer sirtidan balandlikda joylashgan ozonli atmosfera (ozonosfera) qatlami yerga tushadi. Undan tarqaladigan havo inson salomatligiga juda foydali bo‘lib, insonga huzur-halovat beradi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham bomdod namozidan keyin shu vaqtda tashqariga chiqar yoxud hujralarining derazalarini ochib bu havodan nafas olar edilar.

O‘ziga ibodat qilotganimizda ham salomatligimizni o‘ylagan Robbimizga hamdlar bo’lsin..🤲🏻

t.me/dinimmislom 🪻

ديني الاسلام | Dinim Islom

30 Dec, 08:00


Bir kun vafot etasiz..!

t.me/dinimmislom 🪻

ديني الاسلام | Dinim Islom

29 Dec, 05:12


- Ular aslida bor..!

t.me/dinimmislom 🪻

ديني الاسلام | Dinim Islom

28 Dec, 05:51


Aytishni unutmang!

t.me/dinimmislom 🪻

ديني الاسلام | Dinim Islom

27 Dec, 11:37


- Bilaszmi..)

t.me/dinimmislom 🪻

ديني الاسلام | Dinim Islom

27 Dec, 07:14


10-sabab..!

t.me/dinimmislom 🪻

ديني الاسلام | Dinim Islom

26 Dec, 02:50


- Yolg’onchi kim edi…!

t.me/dinimmislom 🪻

ديني الاسلام | Dinim Islom

25 Dec, 07:09


Moʼminning ziynati – axloq va muomalasi goʼzalligidadir

Moʼminlik – yaxshilik, xayirlik va barokatlik alomatidir.

Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bir hadisi shariflarida marhamat qilinadiki:
Jannatga doxil qiluvchi sabablarning eng asosiysi – Аllohdan qoʼrqishdir, taqvodir, muttaqiy, xush axloqli qul boʼlmoqdir.

Аlloh Taolo insonni goʼzal axloqi tufayli jannatga kirgizadi…ᅠ

Аbdulloh ibn Muborak rahmatullohi alayh goʼzal axloqqa bunday taʼrif beradi: “Goʼzal axloq – ochiq chehrali boʼlish, insonlarga doimo yaxshilik qilish va ularga aziyat yetkazadigan narsalarni bartaraf etishdir”.

Paygʼambarimiz sollallohu alayhi va sallam:
“Qiyomat kuni tarozuda goʼzal axloqdan oʼzga ogʼirroq keladigan narsa yoʼq”, deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Shu nuqtai nazardan, asli fitratimizda bor boʼlgan, bizga olam-olam savoblar keltiradigan goʼzal xulq egasi bo'lishdan tiyilmaylik!

t.me/dinimmislom 🪻

ديني الاسلام | Dinim Islom

24 Dec, 23:57


Boshingni tik tut deb aytishadi, lekin yelkamdagi shuncha gunohim bilan qanday tik tutay..!?

Amalingiz bilan maqtanishdan oldin, gunohingiz bilan oʻzingizni hisob-kitob qilib koʻring. Boshingizni tik tutib yurishga arziysizmi?

t.me/dinimmislom 🪻

ديني الاسلام | Dinim Islom

24 Dec, 12:37


-Qanday bo'lsin?

t.me/dinimmislom 🪻

ديني الاسلام | Dinim Islom

24 Dec, 02:30


Bir kishi doʻstiga: “Falonchini qalbim suymay qoldi” dedi.
Doʻsti unga:
“Men ham shundayman. Lekin bilasanmi doʻstim, balki Alloh qalbimizni koʻr qilib solih insonlar muhabbatini undan olib qoʻygandir. Kel undan koʻra qalbimizni tuzatamiz” dedi.


T.me/Dinimmislom 🪻

ديني الاسلام | Dinim Islom

23 Dec, 10:04


Baxtli bo‘lmoqni istaysizmi?

🍃 - Har orqangizdan gapirganga quloq solmang...
🍃 - Har so‘z berganni, so‘zida turadi, deb o‘ylamang...
🍃 - Har tanishgan insoningizni o‘zingiz kabi bilmang...
🍃 - Baxtsiz qilganni emas, huzur berganni yonida qoling...
🍃 - Sizni yoqtirmaganlarga tabassum qiling va yo‘lingizda davom eting...
🍃 - Boshingizga kelgan yomonliklar uchun sabr, neʼmatlar uchun shukur qiling...
🍃 - Har bir narsani Allohdan va qilgan amallaringizdan deb biling...
🍃 - Insonlardan hech narsa kutmang...
🍃 - Olishdan koʻra, berishni koʻproq yahshi koʻring...
🍃 - Pokiza qalbingizda insonlarga nisbatan nafrat va hafagarchilik saqlamang...
🍃 - Nima boʻlishidan qatʼiy nazar bu dunyo oʻtkinchi ekanligini va bir kun hammasi tugashligini unutmang 🙂

@dinimmislom I Obuna bo'ling

ديني الاسلام | Dinim Islom

23 Dec, 08:10


Birodaringni haqiga duo qilasan.
U buni bilmasa, qanchalar go‘zal duo.

Siz ham bildirmay duo qilasizmi?
🤲

@Dinimmislom 🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

23 Dec, 06:58


Alhamdulillah

ديني الاسلام | Dinim Islom

22 Dec, 12:18


- Qayerda bo'lma, kim bo'lsang ham seni tarbiyalagan odamni uyaltirma.

ديني الاسلام | Dinim Islom

22 Dec, 12:06


Alloh buyuk !

@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

22 Dec, 07:58


Yoʻllarning eng yaxshisi - Ota-Ona tomon olib boradigani...

ديني الاسلام | Dinim Islom

21 Dec, 22:52


Katta orzulari bor inson kechalari uxlay olmaydi…

ديني الاسلام | Dinim Islom

21 Dec, 20:21


абдуллох домла🫀:

ديني الاسلام | Dinim Islom

21 Dec, 03:56


Ayrim insonlarga haddan ziyod e'tiborli bo'lishingiz ularning huzurida hurmatingiz yoqolishiga sabab bo'larkan..

ديني الاسلام | Dinim Islom

20 Dec, 17:31


“Bo'laveradi” deya oila qurmang.
O'lguningizcha birga bo'ladigan insonni charchaguningizcha qidiring.
Kech bo'lsin, ammo xato bo'lmasin…

🙂Eskilik sarqitini yeg'ishtiraylik endi "o'tirib qolasan", "amaki bo'lib qolibsan" degan gaplarni...🙂

Bir biringizga talpinib yashang! 🏃‍♂️

ديني الاسلام | Dinim Islom

21 Nov, 05:08


Муҳаббати йӯқнинг иймони йӯқ.

©Абдуллоҳ домла ҳафизаҳуллоҳ.


@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

16 Nov, 07:59


Siz tushlarimda kelsangiz
Tonglarni kòrishdan menga ne xojat yo Rasululloh...

@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

13 Nov, 15:44


Izoh sizdan....

@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

12 Nov, 02:33


Tong - bu imkoniyat !
Yaqinlardan habar olish uchun
Ota-onangni baĝringga bosishing uchun
Hatolaring sabab uzur sòrash uchun
Insonlarga tabassum ulashishing uchun
Ibodatlaringni ado qilishing uchun....
Tong bilan har qadaming imkoniyatdan iboratdir

Balki ertaga bòlmas

@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

05 Nov, 04:49


Ba'zi sòzlar qalblarda qoladi...
Tinglovchilari bo'lmagani uchun emas
Tinglanish bilangina hal bòlmagani uchun))

@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

04 Nov, 18:20


Dunyo emas , asli... dunyodagilar bizni aldashadi !


@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

03 Nov, 02:17


Sening quling ekanim faxirlanishga kifoya...

@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

01 Nov, 02:53


اللَّهُمَّ صَلِّ عَلَى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ عَدَدَ مَا فِي عِلْمِ الله صَلاَةً دَائِمَةً بِدَوَامِ مُلْكِ الله

"Allohumma solli a'la sayyidina Muhammadin a'dada ma fi il'millahi solatan daimatan bidavami mulkillah".

"Allohim, janobimiz Muhammadga Sening ilmingda bo‘lganlar sanog‘icha va Mulking davom etish muddaticha salot va salom yubor".

Bu salavoti sharifni bir marta o‘qish
700 000 marta salavot o‘qigan bilan tengdir.
Juma kunlari 1000 marta o‘qisa, ikki jahon saodatini qo‘lga kiritadi.
Payg‘ambar (sallallohu alayhi va sallam) ga salot va salom aytish Jannatda u zot bilan topishib, suhbat qurishga erishtiradi.

📚Manba: "Eng zaruriy salavotlar" kitobidan.


@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

01 Nov, 02:53


Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad !
Bir jumangiz insha Alloh Ka'ba atrofida o'tsin !
Juma ayyomingiz muborak bo'lsin🌸🌸🌸


@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

30 Oct, 10:40


Tavba eshiklari ochiqligida ulgirib qol...
U ham qiyomatga qadar ĝanimatdir

@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

29 Oct, 11:40


Allohu akbar !

@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

28 Oct, 03:17


Til bilan qalbni bir qilish ham murakkablashdi bu zamonga kelib ..

@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

25 Oct, 08:18


Chindan ham òylanib qoldim...

@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

25 Oct, 02:22


Juma Ayyom muborak...🤍
Albatta bir Jumangiz InshaAlloh Makkada bo'lsin🕋🌚

Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad.
Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad.
Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad.

Yaqinlaringizni birinchilardan bo'lib tabriklang! 🤍🌷

ديني الاسلام | Dinim Islom

23 Oct, 02:25


Yomĝirni har tomchisini olib tushgan farishtalarni uzoqdagi yaqinlarimizga omonlik sòrab jònatyabmiz...
@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

23 Oct, 02:22


Tong gòzallikdir...
Yomĝir bilan boshlangan tong ne'matdir !

@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

19 Oct, 12:55


Ziyorat qilishimiz kerak...

@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

18 Oct, 08:40


Joyi kelganda voz kecha bilish - jasorat,
Hurmati yo'q joyni tark eta bilish - farosat,
Suymaganga suykalmaslik esa - oriyat...

ديني الاسلام | Dinim Islom

18 Oct, 07:39


Juma Ayyom muborak...🤍
Albatta bir Jumangiz InshaAlloh Makkada bo'lsin🕋🌚

Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad.
Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad.
Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad.

Yaqinlaringizni birinchilardan bo'lib tabriklang! 🤍🌷

ديني الاسلام | Dinim Islom

17 Oct, 17:49


Inson ulg'aygani sari ortib boradimi dardlari? Yoki inson ulg'aygandan so'ng anglaydimi haqiqatlarni…

ديني الاسلام | Dinim Islom

17 Oct, 04:39


Juft tanlash - kitob tanlashga o'xshaydi. Bejirim muqova diqqatingizni tortishi mumkin, ammo sahifalarida mazmun bo'lmasa oxirigacha o'qiy olmaysiz…

ديني الاسلام | Dinim Islom

16 Oct, 02:51


Shunchaki òzingizni isrof qilmang...

@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

15 Oct, 19:21


Insha Alloh "jannatim" bilan Jannatga kiramiz...


@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

15 Oct, 13:14


Senga yozilgan narsa hato ketmas...
Hato ketdimi ? demak seniki emas !

@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

14 Oct, 03:03


Halovat Alloh bilandir !

@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

12 Oct, 04:13


- U guldan bu gulga esayotgan shamol vafo neligini qaydan bilsin..

ديني الاسلام | Dinim Islom

12 Oct, 03:27


Qalbida ming dard bilan gòzal tabassum qiladigan, kayfiyat ulashadigan insonlar bor...
Ular ĝamlarini yolĝiz Robbilariga bildiradilar !

@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

11 Oct, 12:11


Habar ololmasakda ...
Duolarimizda yashayotgan qalbga yaqinlarimiz bor !
Jonlari omon bòlsin...

@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

11 Oct, 04:14


Charchagan qalblarga Alloh borligini eslatib qoying..)

ديني الاسلام | Dinim Islom

10 Oct, 02:54


Esga olamiz birodar...

@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

10 Oct, 02:51


Biz kutgan kunlar keladi insha Alloh.
Chunki bizda, ular uchun qilingan duolar va amalga oshiradigan Qodir Robbimiz bor !
@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

03 Oct, 17:53


Yaxshi kunlar ham, sinovli kunlar ham òtkinchidir...
Qoladigani hulosadir !
@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

03 Oct, 17:52


"Seni yaxwi kòraman Allohim ! "
Degan sòzingni isbotidir sajda...

@dinimmislom🫀

ديني الاسلام | Dinim Islom

28 Sep, 01:18


Biz dunyo uchun rejalar tuzayotganimizda
Kimdìr Jannatdan qasrlar qurmoqda...

@dinimmislom🫀