DEBAT XOLL | Saylov 2024 @debatxoll Channel on Telegram

DEBAT XOLL | Saylov 2024

@debatxoll


«DEBAT XOLL» nodavlat teleradiokanallar media-markazi


Bizga obuna bo’ling: https://taplink.cc/debatxoll

DEBAT XOLL | Saylov 2024 (Uzbek)

DEBAT XOLL kanali, «Saylov 2024»ga bag‘ishlangan yangilanganlar va tajriba bo‘yicha ilmiy-analitik dasturlarni o‘z ichiga olgan tadqiqoti va ma'lumotlarga ega bo‘lgan teleradiokanallar media-markazi hisoblanadi. Kanal orqali, saylov tizimiga oid eng so‘nggi yangiliklar va ma'lumotlarni olishingiz mumkin. DEBAT XOLL telekanali, o‘z mijozlari uchun adolatli va obyektiv journalism muhitini ta’minlashni maqsad qilgan yangi media portali sifatida faoliyat yuritadi. Kanalga obuna bo‘lish orqali, Siz Sog’liqni va o‘zaro munosabatlari nazorat qilishda keng imkoniyatlardan foydalanishingiz mumkin. DEBAT XOLL kanaliga obuna bo‘ling va Saylov 2024 deyarli o‘rganing!

DEBAT XOLL | Saylov 2024

29 Oct, 13:46


Hurmatli do‘stlar

2024 yilgi saylovlarning yakuni bilan «Debat Xoll»dagi faoliyatimizni sarhisob qilamiz. Bu murakkab, ammo qiziqarli davrda biz 5 debat, 5 siyosiy partiya brifingi, 16 panel sessiyasi va 6 jurnalistlar uchun trening o‘tkazdik. Bu bizning jamoamiz uchun katta sinov bo‘ldi, ammo birgalikdagi mehnatimiz orqali maqsadlarimizga erishdik.

«Debat Xoll» media-markazi siz uchun har kuni ishladi, to‘g‘ri va aniq ma’lumotlarni taqdim etishda, fuqarolarning siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishlariga yordam berdi.

So‘z erkinligi, tezkor ma’lumot va bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash – bizning faoliyatimizning asosi bo‘ldi.

Biz bilan bo‘lgan barchagizga katta rahmat, bizga yordam berganingiz va maqsadlarimizga ishonganingiz uchun. Birgalikda muhim qadam tashladik va birlashish, hamkorlikda ish olib borish har qanday muammoni hal qila olishini ko‘rsatdik.

Hurmat va minnatdorlik bilan,
Debat Xoll jamoasi.

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

DEBAT XOLL | Saylov 2024

29 Oct, 13:43


G‘alaba sadosi: ijtimoiy video roliklar tanlovi 1-oʻrin g‘olibi bilan suhbat

Biz sizga ijtimoiy video roliklar tanlovi 1-oʻrin g‘olibini— haqiqiy ijodkorning sizni ilhomlantiradigan va o‘ylashga majbur qiladigan hikoyalarini tinglashni taklif qilamiz. Uning ishi ortida qanday orzular va intilishlar borligini va ularning dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirishga qanday umid qilishlari haqida bilib oling.

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

DEBAT XOLL | Saylov 2024

29 Oct, 12:29


“Debat Xoll” hamkor tashkilotlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz!

Ushbu tadbir qo‘shma loyihalar va yutuqlarga to‘la saylovoldi jarayonining yorqin xulosasi bo‘ldi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi oldidan saylov jarayonining xabardorligi, ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashda hamkorlarimizning hissasi katta ekanini qayd etdik.
Marosim qanday oʻtganini Reels videoimizni koʻrib bilib oling.

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

DEBAT XOLL | Saylov 2024

29 Oct, 12:22


“Saylov – 2024” jarayonlarini targ‘ib etuvchi videoroliklar tanlovi g‘olibi aniqlandi

Demak, va’da qilinganidek quyidagilar taqdirlandi:

1-o‘rin: Nurullayeva Nurjamol — “iPhone 16”

2-o‘rin: Shohsanam Komilova — Noutbuk

3-o‘rin: Sarvinoz Qurbonova — Zamonaviy planshet

Qayd etish lozimki, videoroliklar mazmun va kreativ yondashuvlar asosida baholandi.

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

DEBAT XOLL | Saylov 2024

29 Oct, 11:51


Jonli efir yakunlandi va biz siz bilan asosiy lahzalarni bo'lishishga tayyormiz!

Bugun "Debat Xoll"da saylov natijalari va ularning O'zbekistonning yangi parlamentini shakllantirishiga qanday ta'sir qilishi muhokama qilindi.

Mamlakatimizning kelajagini tahlil qilish va muhokama qilishga qo'shiling!

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

DEBAT XOLL | Saylov 2024

29 Oct, 08:48


Bizning katta siyosiy madaniyatimizni G‘arbdan ham, Sharqdan ham kuzatishdi

Bu so‘zlarni “Debat Xoll”da bo‘lib o‘lgan maxsus sessiyada Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Sayfiddin Jo‘rayev ta’kidladi.

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

DEBAT XOLL | Saylov 2024

29 Oct, 08:29


Sessiyaning beshinchi, so‘ngi qismi "Xalqaro kuzatuvchilarning ishtiroki, saylov natijalari va deputatlik o‘rinlari" mavzusida bo‘lib o‘tmoqda

Bizni kuzatib boring!

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

DEBAT XOLL | Saylov 2024

29 Oct, 08:29


OAV faoliyati saylovchilarga tanlov uchun qulaylik yaratdi

“Debat Xoll” media markazida “Saylov-2024: natijalar tahlili, yangi parlament shakllanishi” mavzusidagi maxsus sessiyada “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov:

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

DEBAT XOLL | Saylov 2024

29 Oct, 08:19


Saylov jarayonlarini yoritishda mamlakatimizda juda katta media raqobat paydo bo‘ldi — Jaloliddin Usmonov

“Debat Xoll”da bo‘lib o‘tayotgan maxsus sessiyada Xalqaro press-klub raisi Jaloliddin Usmonov:

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

DEBAT XOLL | Saylov 2024

24 Oct, 13:41


Oʻzbeklar – bolajon xalq. Ota-onalarning farzandga munosabati, bolalar huquqi va erkinliklari...

Bu borada Oʻzbekistonda vaziyat qanday? Oilada zoʻravonlik kuzatilsa, qanday choralar koʻriladi?

Yangi parlament bolalar huquqlarini taʼminlash bo`yicha nimalarni amalga oshiradi?

Shu kabi savollar bugun oʻrtaga tashlandi. Ekspertlar fikriga quloq tuting.

Javoblar “Debat xoll”da...

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

DEBAT XOLL | Saylov 2024

24 Oct, 06:32


“Debat Xoll”da bolalar huquqlari himoyasi masalasi muhokama qilinmoqda

“Debat Xoll” media markazida “Bolalar huquqlari himoyasi” mavzusida navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti bo‘lim boshlig‘i mayor Umid Nurakbayev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Surayyo Rahmonova, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisning xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Gulnora Yo‘lchiyeva hamda jurnalist va blogerlar ishtirok etmoqda.

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

DEBAT XOLL | Saylov 2024

24 Oct, 04:25


So‘nggi debat: tashabbus qaysi siyosiy partiya tomonda bo‘ladi?

“Debat Xoll”da bo‘lib o‘tadigan saylovoldi qizg‘in jarayonlarni ekologiya, sog‘liqni saqlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan 5-debatda ko‘rishingiz mumkin.

Siyosiy partiyalar vakillarida so‘nggi chiqish, hal qiluvchi imkoniyat. Bu degani, mazkur debat oldingilaridan tubdan farq qiladi, siyosiy partiyalar barcha imkoniyatlarini ishga soladi: kutilmagan savollar, qarama-qarshi fikrlar... Bu jarayonlar markazida bo‘lish eng to‘g‘ri tanlov!

Ertaga, 25-oktyabr kuni so‘nggi debatni quyidagi telekanallarda jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin: O‘zbekiston Milliy media birlashmasiga a’zo telekanallar — “Mening yurtim”, “Renessans”, “Sevimli”, “Zo‘r TV” va “Uzreport” (o‘zbek tilida), “Dunyo bo‘ylab” (rus tilida) hamda “Foreign languages” (ingliz tilida). Shuningdek, Milliy media birlashmasi va Xalqaro press-klubning YouTube kanalida ham bevosita efirni kuzatish imkoniyati mavjud.

Kelajagimizni belgilaydigan savollarga javoblarni tinglang, jamiyatimiz rivoji yo‘lida o‘z fikringizni izohlar orqali bildirishni unutmang. Har bir ovoz va ishtirok muhim!

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

DEBAT XOLL | Saylov 2024

23 Oct, 17:16


Maʼlum sabablarga koʻra muddatidan oldin ovoz berishda ishtirok etmagan saylovchi saylov kuni ishtirok eta oladimi?

“Debat Xoll” da saylov jarayonlari bilan bogʻliq barcha savollaringizga javob topishingiz mumkin

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

DEBAT XOLL | Saylov 2024

23 Oct, 16:53


Adolat SDP: OTMlarda qishloq xo'jaligi sohasidagi kvotalar sonini oshirishga urg'u berish qanchalik to'g'ri?

Biz zamonaviy dunyoda ko'proq IT yo'nalishlariga urg'u berishimiz kerak emasmi?

Adolat SDP javob beradi

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

DEBAT XOLL | Saylov 2024

23 Oct, 16:24


XDP: Kam ta'minlangan oilalarda turli tadbirlarni (to'y va dafn marosimlari kabilar) qat'iy tartibga solish haqidagi takliflar ijtimoiy tengsizlikka olib kelmaydimi?

XDP javob beradi

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

DEBAT XOLL | Saylov 2024

23 Oct, 15:54


Ekopartiya: Yoshlar va xotin-qizlar bandligini qanday ta'minlamoqchi?

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

DEBAT XOLL | Saylov 2024

23 Oct, 15:24


"Milliy tiklanish": Boshlang'ich sinf o'quvchilarining baholash tizimini isloh qilish zarurmi?

Ekopartiyachilardan jiddiy savol!

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

DEBAT XOLL | Saylov 2024

23 Oct, 14:54


O'zLiDeP: Xususiy maktablar sonining oshishi ta'lim sifatiga yomon ta'sir o'tkazmaydimi?

O'zLiDePdan faktlarga suyangan javob!

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

DEBAT XOLL | Saylov 2024

23 Oct, 14:24


Bugun "Debat Xoll"da “O‘zbekiston siyosiy maydonida ayollarning o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Unda ayollar harakatining yetakchilari tomonidan mamlakatimizning kelajagini shakllantirishda ayollar siyosiy faolligining ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Yangiliklarimizni kuzatib boring va qiziqarli yangiliklar markazida bo‘ling!

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe