Qanday qilib bu muammoni yechish mumkin?
✅ Boshqaning baholashidan halos bo‘ling, xattoki, juftingiznikidan ham. O‘zingizni boringizcha qabul qilishni o‘rganing, «menga u yarashmaydi, bu mening yoshimga mos emas, bu uchun qarilik qilaman, bundan uyalaman, juftim nima deb o‘ylaydi va hkz»larni bir chetga suring. Hamma narsani sinab ko‘ring, an’anaviy narsalar tez jonga tegadi. Qolaversa, bu yotoqxona va unda ikki kishi bor. Siz haqingizdagi taassurot o‘zingizni tutishingiz bilan shakllanadi, qanday libos/ko‘rinish/intim uslub bilan tashabbus ko‘rsatmang, hammasini o‘zingiz oddiy va tabiiy qabul qiling. Ikkinchi tomon ham shunda moslashadi. Majbur :)
✅ Oynada tez-tez o‘zingizga razm soling va yaxshi gaplar bilan o‘zingizga xushomad qiling. Ayollar hamisha o‘zlarida noqislik ko‘rishadi, erkak kishi (to‘g‘ri yurgan bo‘lsa agar) ayol kishidagi komplekslarni u qadar chuqur bahololmaydi. Ko‘z ochib ko‘rgani ayoli bo‘lgani uchun go‘zallik deb qabul qiladi har bir detalni. Agar mabodo qing‘ir yurgan, ayol qomati bo‘yicha profi(Alloh asrasin) va boz ustiga sizni doimiy tanqid qiladigan erga tushgan bo‘lsangiz, katta ehtimol bilan bu uning muammosi: to‘g‘ri yurishi kerak edi, o‘zini o‘zi qiynabdi bola 😅. Ammo bu gapim sizning semirib, besonaqay bo‘lib ketishingiz uchun motivatsiya emas. Latofat, eng avvalo, ayol kishining o‘zi uchun.)
Darvoqe, erkaklarga odatda hushomad qilinmaydi, ko‘p ayollar bunda no‘noq. Shuning uchun oynada o‘z-o‘zini ruhlantirish erkaklar uchun ham foydadan holi emas, ammo u qadar berilib ketmang.
Ps. Ayollar eringizning tashqi ko‘rinishi haqida ham shirinso‘zlar aytib turing.
✅ Yengil sha’malar qilish. Yaxshi ko‘rgan insonining oldida kishi o‘zini yaxshi, chiroyli, qulay his qiladi. Shuning uchun ba’zan juftingizning aqli yetib xushomadlar qilmasa, yengil sha’ma qilishda hech qanday muammo yo‘q. Bu bilan siz o‘zingizni yerga urgan, e’tiborni so‘rab olgan bo‘lib qolmaysiz. Yoki juftingiz/intim hayotda biror yangilikni xohlasangizu, uyalsangiz uni boshqa shaklda yetkazish mumkin. Masalan, sms, yoki istagingizga aloqador biror rasm, biror stiker va hkz. To ko‘nikib, bir-ikki tajriba qilmaguncha mana shunday «tryuklardan» foydalanib turasiz, keyin esa bemalolchilik bo‘lib ketadi.
Odatda, uyalish hissi nikohning dastlabki davrlarida bo‘ladi. Ammo bir necha yillik turmushda ham bu muammo bilan qiynalayotganlar talaygina. Siz bugun istagingizni aytishdan uyalsangiz, ertaga uyalmaydigani chiqib qolishi mumkin. Ayollar ko‘p, bilasiz. Shuningdek, erkak kishi ham uzoq va baxtli hayotni xohlasa, o‘zgarishlarni yaxshi qabul qilishni o‘rganishi kerak.
Siz uchun foydali kanal ➡️ @Gunesh_Xonimlar