Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации @cntiuz Channel on Telegram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

@cntiuz


Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish Agentligi huzuridagi Ilmiy-Texnik Axborot Markazi rasmiy kanali

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации (Uzbek)

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish Agentligi huzuridagi Ilmiy-Texnik Axborot Markazi rasmiy kanali, yani Сентр научно-технической информации, bu kanalda innovatsiyalar, yangiliklar va so'nggi ma'lumotlar haqida eng so'nggi yangiliklarni topishingiz mumkin. Bu markaz O'zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish Agentligi tomonidan rivojlanadi va muhim ilmiy-texnik ma'lumotlarni ko'rsatish maqsadida faoliyat yuritadi. Kanalda yangi texnologiyalar, innovatsiyalar, kvantum fizikasi, robotlar va hokazo mavzular bo'yicha maqolalar va videolar joylashadi. Agar siz ilmiy-texnik sohasida so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishni istasangiz, ushbu kanalga obuna bo'lishingiz tavsiya etiladi. Ilmiy-Texnik Axborot Markazi kanaliga obuna bo'lish orqali, texnikalardagi so'nggi yangiliklar haqida tezkor xabarlardan birinchi bo'lib xabardor bo'lishingiz mumkin.

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

14 Feb, 15:36


🟦🟦🟦

Navbatdagi seminar Namangan shahridagi University of Business and Science hamda Turan International Universityda bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar Pivot-RP xalqaro grantlar bazasidan samarali foydalanish, grant izlash va ariza topshirish jarayonlari bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, seminar davomida Web of Science xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, ilmiy maqolalarni nufuzli jurnallarda chop etish imkoniyatlari haqida ham muhim ma’lumotlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

14 Feb, 11:14


One Young World Summit 2025!🤔

🔊2025-yilning 3-6-noyabr kunlari bo'lib o'tadigan One Young World Summit butun dunyo bo'ylab ishtiyoqi yuqori yosh liderlarni taklif etadi. Ushbu dastur sog‘liqni saqlash sohasida barqaror innovatsiyalarni rivojlantirishga intilayotgan NHSning yosh yetakchilari uchun mo‘ljallangan.

🔘Yosh chegarasi: 18 - 35
🔘IELTS/TOEFL talab qilinmaydi
🔘Ro'yxatdan o'tish muddati: 3-mart 2025-yil
🔘Manzil: Myunxen, Germaniya🇩🇪

➡️Batafsil: https://www.oneyoungworld.com/scholarships/roche/2025

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

14 Feb, 04:46


14-fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun!

Bugun buyuk shoir, iste’dodli sarkarda va dono hukmdor Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topganiga 542 yil to‘ldi!

U nafaqat kuchli qo‘mondon, balki yuksak ma’rifat va adolat bilan imperiya barpo etgan dono davlat arbobi edi. "Boburnoma" asari orqali u o‘z davrining siyosiy va madaniy manzarasini bizga yetkazgan, adabiyot va tarixga bebaho meros qoldirgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

13 Feb, 15:56


Bugun Namangan davlat chet tillar instituti va Namangan toʻqimachilik sanoati institutida xalqaro ilmiy bazalardan foydalanish, xususan, Web of Science xalqaro bazasida muallif profilini yaratish hamda Pivot-RP bazasida ilmiy grantlarni izlash bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

13 Feb, 15:00


🟦🟦🟦

🌐Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi "Farmatsevtika sohasidagi ilmiy va innovatsion ishlanmalar" bo‘yicha so‘nggi yangiliklarni taqdim etadi!

Ushbu son quyidagi yangiliklardan iborat:

❄️Buyrak saratoniga qarshi vaksina 100% samaradorlik ko‘rsatdi;

❄️Soch to‘kilishiga qarshi inqilobiy dori sinovdan o‘tmoqda;

❄️AstraZenecaning o‘pka saratoniga qarshi dori vositalari tasdiqlandi;

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

12 Feb, 14:19


🟦🟦🟦

Namanganda Pivot-RP bo‘yicha seminarlar davom etmoqda


📍Navbatdagi seminar Namangan muhandislik-texnologiya instituti va Namangan davlat universitetida bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar ilmiy grantlarni izlash, xalqaro moliyalashtirish imkoniyatlari va samarali ariza topshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

04 Feb, 13:27


🟦🟦🟦

Joriy yilning 4-fevral kuni Ilmiy-texnik axborot markazi va Clarivate kompaniyasi hamkorligida Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Pivot-RP xalqaro ilmiy grantlar bazasidan samarali foydalanish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminarda professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, ilmiy xodimlar hamda yosh olimlar ishtirok etib, ilmiy grantlar izlash va ulardan foydalanish bo‘yicha yangi imkoniyatlar bilan tanishdilar. Tadbir davomida Pivot-RP xalqaro grantlar bazasi imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berilib, xalqaro moliyalashtirish dasturlaridan foydalanish yo‘llari va muvaffaqiyatli ariza topshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda ilmiy loyihalar uchun grantlar yutib olish strategiyalari bo‘yicha muhim tavsiyalar bilan tanishdilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

03 Feb, 11:19


TEKNOFEST 2025 🟡

Bu yilgi festivalda 52 ta asosiy va 118 ta kichik yo‘nalishda texnologiya musobaqalari o‘tkaziladi. Innovatsiyalar, ilg‘or texnologiyalar va g‘oyalar olamiga sho‘ng‘ib, o‘z loyihangizni namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

➡️Imtiyozlari:
- 1 Million dollardan oshiq pul mukofotlari
- Transport, yotoqxona va loyihalarni qo'llab-quvvatlash uchun moliyaviy yordam olish imkoniyati
- Qimmatbaho sovg'alar
- Nufuzli kompaniyalarda amaliyot qilish imkoniyati

Davlat: Turkiya🇹🇷
Yosh chegarasi: Barcha qatnasha oladi

📌Ro'yxatdan o'tishning so'nggi muddati: 20-fevral

🔗Ro'yxatdan o'tish uchun: www.teknofest.org

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

01 Feb, 16:26


Kecha g‘oya, bugun haqiqat!💡

Texnologik yangiliklar turli sohalarda samaradorlikni oshirishga xizmat qilmoqda. Innovatsion ishlanmalar ishlab chiqarish jarayonlarini tezlashtirish, tabiiy resurslardan unumli foydalanish va kundalik muammolarni hal etishda muhim ahamiyatga ega.

Mahalliy ixtirochilar tomonidan yaratilgan ilg‘or texnologiyalar esa turli sohalarda yangi imkoniyatlar ochmoqda. Ularning qanday innovatsion yechimlar ustida ishlayotganini esa lavhamiz orqali bilib olasiz! 🎬

➡️Videoni to‘liq ko‘rish

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

29 Jan, 14:30


🟦🟦🟦

🌐Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi "Astronomiya sohasidagi ilmiy va innovatsion ishlanmalar" bo‘yicha so‘ngi va qiziqarli yangiliklarni taqdim etadi.

Ushbu son quyidagi yangiliklardan iborat:

⭐️Orbitada birinchi bor kislorod va etilen ishlab chiqarildi;

⭐️Kepler teleskopi yangi ekzoplanetalarni aniqladi;

⭐️NASA Marsni o‘rganish uchun yangi vertolyotni namoyish etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

29 Jan, 11:49


OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari to‘liq qoplanuvchi amaliyot dasturi!🌐

Yaponiyada joylashgan Okinava fan va texnologiya instituti (OIST) mahalliy va xorijiy talabalarga 2 oydan 6 oygacha bo‘lgan muddatda univarsitetda amaliyot o’tash imkonini beruvchi OIST Research Intership dasturi. Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Foydali tomonlari:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 15,5 AQSH dollari) haq;
– Shatl avtobus chiptasi;
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta;
– Jihozlangan bepul turar joy;
– Viza, sug‘urta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Arizalar 2025-yil 15-aprelgacha qabul qilinadi.

➡️Batafsil ma'lumot

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

28 Jan, 11:15


Sunʼiy intellekt Suqrot, Aleksandr Makedonskiy, Leonardo da Vinchi, Nyuton, Galileo Galiley, Napoleon, Betxoven, qirolicha Nefertiti kabi tarixiy shaxslarning yuz tuzilishini tikladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

28 Jan, 05:24


🌱 Avtomatlashtirilgan ferma

Gidroponika texnologiyasi va to‘liq robotlashtirilgan tizim yordamida salat barglari yetishtiriladigan innovatsion issiqxona.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

27 Jan, 07:10


#OAV

“O‘zbekistan 24” telekanalining axborot dasturida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi tuproq sho‘rlanishi va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha o‘rnatilgan hamkorlik keng yoritildi.

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

21 Jan, 09:42


Xitoylik fermerlar begona o'tlarni yuqori aniqlikdagi lazer yordamida yo‘q qilmoqda💥

Aqlli qishloq xo‘jaligi texnikasi zararli o‘simliklarni aniqlab, ularni yo‘q qiladi va pestitsidlardan kamroq foydalanish imkonini beradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

20 Jan, 14:44


Qandli diabet nafaqat inson sog‘lig‘i, balki hayot sifatiga ham jiddiy taʼsir ko‘rsatadi. Bu holat bemorlarning kundalik faoliyatida alohida eʼtibor va g‘amxo‘rlikni talab etadi. Shunday sharoitlarda innovatsion yondashuvlar va qulay yechimlar hayotni yengillashtirishga yordam beradi.

Mumi Boot ortopedik oyoq kiyimlar ishlab chiqarish bo'yicha ekspert Omina Mirakbarova aynan shu maqsadda diabet bilan yashaydigan insonlar uchun maxsus poyabzal ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Zamonaviy texnologiyalar va yuqori sifatli materiallar asosida tayyorlangan bu poyabzallar bemorlarning turmush sifatini yaxshilash, ularga ishonch va qulaylik bag‘ishlash uchun yaratilgan.

Videoni to‘liq ko‘rish

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

20 Jan, 06:29


Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiyalar instituti bakalavr va magistatura talabari, shuningdek, bakalavrlik yoki magistrlik diplomini qo'lga kiritgan nomzodlarga ilmiy amaliyot (Scientific Interships) dasturini taklif etadi. Qabul qilingan amaliyotchilar 1 yilgacha bo'lgan muddat davomida institutda taqiqot olib borish va amaliyot o'tash imkoniga ega bo'ladi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil: https://phd.pages.ist.ac.at/scientific-internships/

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

17 Jan, 06:04


Xitoyda endi yoʻllarni haydovchisiz texnika qurmoqda

Sinov doirasida 10 ta avtonom mashina 160 kilometr uzunlikdagi yoʻlga asfalt yotqizdi.

Ekspertlar nazorati ostida ishlagan 1 ta asfalt yotqizuvchi va 9 ta yoʻl tekislovchi texnika odatdagi ishchilar brigadasiga qaraganda bir necha barobar tezroq ishni yakunladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

15 Jan, 15:11


🟦🟦🟦

🌐Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi "Energetika sohasidagi ilmiy va innovatsion ishlanmalar" bo‘yicha so‘ngi va qiziqarli yangiliklarni taqdim etadi.

Ushbu son quyidagi yangiliklardan iborat:

🧬 Quyosh batareyalari uchun radiatsiyaga chidamli yangi modda ixtiro qilindi;

🧬 Havo sharlari orqali shamol energiyasi ishlab chiqarilmoqda;

🧬 Suv va quyosh nuri yordamida yoqilg‘i ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

15 Jan, 06:22


#phd #dotsent #ilm #science

‼️ PhD, Dotsentlarning ilmiy-amaliy faoliyati uchun eng foydali ma'lumotlarni bir joyga jamladik.

Dotsent ilmiy unvoni kimlarga beriladi?! - Batafsil

Ilmiy unvonlarga talabgor boʻlish - Batafsil

Ilmiy unvon olish uchun qanday hujjatlar kerak? - Batafsil

Dotsent qanday kompetensiyalarga ega boʻlishi kerak - Batafsil

Ilmiy ish qilayotgan xodimlarga oʻrtacha ish haqi va lavozimi saqlangan holda qancha muddatga ijodiy taʼtil beriladi? Batafsil

Ijtimoiy-gumanitar fan sohasida ilmiy unvona talabgorlar maxsus imtihon topshiradilar - Batafsil

Dissertatsiya mavzusini tanlash eng muhim jarayon - Batafsil

Qanday talablarni bajargan shaxslar ilmiy unvonlarga talabgor boʻlishlari mumkin? - Batafsil

Oʻrindoshlik asosida ishlayotgan mutaxassislarga ilmiy unvonlar berish tartibi haqida - Batafsil

Ilmiy unvondan mahrum etish yoki uni tiklash - Batafsil

Dissertatsiya va avtoreferatlar - Batafsil

Dissertatsiyalar to'plamini taqdim etadigan elektron kutubxona - Batafsil

Qaysi OTM va ilmiy tashkilotlarda kengashlar mavjud? - Batafsil

O'zbek tilidagi kitob va monografiyalaringizni yevropada bepul nashr eting - Batafsil

Xalqaro miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi - Batafsil

Respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar -
Batafsil

Xalqaro grantlarga doimiy ravishda e'lon qilinuvchi Top-10 portal - Batafsil

Xalqaro ilmiy grantlarni muvaffaqiyatli yutib chiqish -
Batafsil

Xalqaro darajadagi nufuzli ekspertlar hamda olimlar bilan aloqalar o'rnatishning samarali yo'llari haqida - Batafsil

Xalqaro konferensiyalarni e'lon qiluvchi Top 10 portal - Batafsil

Hirsh indeksni qanday hisoblanadi? Batafsil

Hirsh indeksni oshirishning tez va samarali strategiyalari - Batafsil

Ilmiy maqola nima uchun yoziladi? - Batafsil

Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda maqola chiqarish - Batafsil

“Scopus Online Training” bepul onlayn kurslari -
Batafsil

Scopus bazasida maqola chop qilish bepul bo'lgan jurnallar -
Batafsil

Maqola yoki dissertatsiyaga UDK raqamini qayerdan olish mumkin? Batafsil

Patent ma’lumotlarini topishingiz uchun - Batafsil

PDF adabiyotlarni Word formatga o'tkazish - Batafsil

O‘z rezyumingizni oson yarating - Batafsil

Olimlar uchun PR va shaxsiy brendlarini rivojlantirish qanchalik muhim? - Batafsil

XXI asr olimi qanday bo'lishi kerak?! - Batafsil

Bepul nufuzli jurnallar ro'yxati - Batafsil

Bepul onlayn kurslar (bepul sertifikati ham mavjud) - Batafsil

"Ilmiy qaramlik" haqida - Batafsil

📍@akademik_burchak da bo'ling 🛋

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

14 Jan, 07:16


RobotWave: Elektr energiya yordamida begona o‘tlarni yo‘q qilish

RobotWave — Buyuk Britaniyada tashkil etilgan startap bo‘lib, elektr energiyasidan foydalangan holda begona o‘tlarni yo'q qilishning innovatsion usulini ishlab chiqqan. Texnologiya begona o‘tlarning ildizlariga elektr impulslarini yo‘naltirish orqali ularni samarali ravishda yo‘q qiladi. Bu kimyoviy moddalar qo‘llashga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi va ekinlarning o‘sishi uchun qulay sharoit yaratadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

14 Jan, 04:42


Qadrli yurtdoshlar!

Ilmiy-texnik axborot markazi yurtimizni himoya qilishdek sharafli va masʼuliyatli vazifani zimmasiga olgan mard harbiylarimiz hamda Vatan ravnaqi va tinchligi yoʻlida fidoyilik koʻrsatib, adolat, sadoqat va jasorat bilan mehnat qilayotgan barcha yurtdoshlarimizni Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Sizlarga mustahkam sogʻliq, kuch-quvvat va barcha ishlaringizda doimiy zafarlar tilaymiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

10 Jan, 06:49


Aalto University International Summer Program 2025

Finlyandiyadagi Aalto ilmiy instituti talabalarni fakultetlardan birida AScI amaliyot dasturi boʻyicha yozgi tadqiqot amaliyotiga taklif qiladi:

Science maktabi
Muhandislik maktabi
Kimyo muhandisligi maktabi
Elektrotexnika maktabi
Biznes maktabi
San'at, dizayn va arxitektura maktabi.


Taniqli professorlar rahbarligida Findlandiya 12-hafta davomida tadqiqot olib borish imkoniyati.

Foydali tomonlari🗣
- Turar joy, borish, kelish va boshqa xarajatlar qoplanadi
- Xalqaro yoshlar va professorlar bilan tajriba almashish va tadqiqot olib borish imkoniyati
- Sertifikat va boshqa imkoniyatlar

🟠Yosh: 18-30
🟠IELTS/TOEFL: talab qilinmaydi
🟠Ro'yxatdan o'tish muddati: 31-yanvar 2025-yil
🟠Manzil: Finlandiya 🇫🇮

Batafsil: https://www.aalto.fi/en/aalto-science-institute-asci/aalto-science-institute-international-summer-research-programme

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

09 Jan, 06:25


🟦🟦🟦

🌐Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan tayyorlangan "Sun'iy intellekt sohasidagi ilmiy va innovatsion ishlanmalar" bo‘yicha so‘ngi va qiziqarli yangiliklarni taqdim etamiz.

Ushbu sonimiz quyidagi yangiliklardan iborat:

💎Sun’iy intellekt diabetni 10 yil oldin aniqlashga yordam beradi;

💎Xitoy banklari sun'iy intellekt yordamida bir kunda 2 mingdan ortiq nomzod bilan suhbatlashmoqda;

💎O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorlik indeksida Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

07 Jan, 11:47


Zamonaviy biomexanik protezlar

Qo‘lsiz inson barmoqni harakatga keltirmoqchi bo‘lsa, miya oyoq-qo‘llarining mushaklariga olib boruvchi nervlar bo‘ylab harakatlanadigan signalni hosil qiladi. Biroq, qo‘l yo‘qligi sababli bu signallar amalga oshmay, "bo‘shliqda" qoladi.

Ilmiy guruhlar ushbu nerv impulslarini tutib, ularni tahlil qilish va harakat buyruqlariga aylantirish texnologiyasini ishlab chiqdi. Endilikda bu texnologiya asosida yaratilgan biomexanik protezlar insonlarga qo‘lning funksional imkoniyatlarini qaytarishga xizmat qilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

06 Jan, 12:20


🟦🟦🟦

Joriy yilning 6-yanvar kuni Ilmiy-texnik axborot markazi va Clarivate kompaniyasi hamkorligida Oʻzbekiston Xalqaro Islom akademiyasida seminar-trening tashkil etildi.

Unda professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, ilmiy xodimlar va yosh olimlar grantlar izlash va yutish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha ma’lumot oldilar. Seminar davomida spikerlar Pivot-RP xalqaro maʼlumotlar bazasi bilan ishlashning samarali usullari, ilmiy loyihalar uchun eng mos grantlarni topish va tanlash bo‘yicha tavsiyalar berdilar.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

04 Jan, 05:57


International Youth Conference 11 — yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun xalqaro konferensiya!🔈

AQShning mashhur Kaliforniya shtatida global muammolarning muqobil yechimiga faol hissa qoʻshishni istaganlar uchun International Youth Conference 11 konferensiyasi taqdim etiladi.

🔗Konferensiya mavzusi: Youth Leading Inclusive Social Transformation.

Dastur 2025-yil 1-maydan 4-maygacha Kaliforniya shtatining Los-Anjeles shahrida gibrid (ham onlayn ham oflayn) koʻrinishda oʻtkaziladi.

Foydali tomonlari🗣
— Dasturda bepul qatnashish mumkin;
— Konferensiya gibrid koʻrinishda oʻtkaziladi;
— Eng kuchli yetakchi, soha mutaxassisi va olimlardan bilim olish imkoniyati;
— Global muammolarga yechim topish uchun oʻz hissasini qoʻshish.

🟠Yosh: chegaralanmagan
🟠IELTS/TOEFL: talab qilinmaydi
🟠Ro'yxatdan o'tish muddati: belgilanmagan
🟠Manzil: Kaliforniya, AQSh 🇺🇸

Batafsil: https://iycforyouth.org/

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

31 Dec, 10:57


Ilmiy-texnik axborot markazi Sizlarni kirib kelayotgan yangi 2025-yil bilan samimiy muborakbod etadi!
Yangi yil Siz azizlarga ulkan muvaffaqiyatlar, baxtu-saodat, tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik va xonadonlaringizga fayzu-baraka olib kelsin!

🎄Yangi yilingiz muborak bo’lsin!

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

27 Dec, 13:08


🟦🟦🟦

🌐Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan tayyorlangan "Muhandislik sohasidagi ilmiy va innovatsion ishlanmalar" bo‘yicha so'ngi va qiziqarli yangiliklarni taqdim etamiz.

Ushbu sonimiz quyidagi yangiliklardan iborat:

💎Xitoy birinchi "gipertovushli samolyot"ni sinovdan o‘tkazdi;

💎Yaponiyada “Zeta Class” superkompyuteri ishlab chiqariladi;

💎Dunyodagi eng katta suvosti tunnelining qurilishi yakunlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

26 Dec, 14:42


Fan va innovatsiyalar sohasida yangi imkoniyatlar

Bugun, 26-dekabr kuni Hindiston elchixonasi hamda Ilmiy-texnik axborot markazi o‘rtasida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ITEC dasturi doirasida O‘zbekistonlik mutaxassislarning Hindistonning oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirishi, ilg‘or tajribalarni o‘rganishi va ilmiy faoliyat bilan yaqindan tanishishi masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, innovatsion sohada malakani oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish va bu borada hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish bilan birga, madaniy va ma’rifiy tadbirlar, ilmiy konferensiyalar va seminarlarni birgalikda o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

26 Dec, 09:54


2024-yil 26-dekabr kuni Ilmiy-texnik axborot markazi va Clarivate kompaniyasining rasmiy vakili ishtirokida Qo‘qon universiteti uchun “Xalqaro ilmiy bazalardan samarali foydalanish” mavzusida videokonferensiya shaklida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminarda professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, ilmiy xodimlar hamda yosh olimlar ishtirok etdi. Seminar davomida xalqaro ilmiy bazalar bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va ulardan samarali foydalanishning yangi usullari yuzasidan ma’ruza qilindi. Taqdimot davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni olishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

25 Dec, 10:03


Ko‘pchiligimizga maʼlumki o‘rtacha va chuqur sensorli eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolajonlar so‘nggi yillarda Koxlear implanti sabab dunyoni tovushlar orqali idrok etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

Biroq bu muammo to‘liq hal bo‘ldi, degani emas. Bolalar tovush signallarini nutq va tovush sifatida talqin qilishni o‘rgansalargina muloqotga kirisha oladilar. Buning uchun esa tinglash va eshitish mashqlari bajarilishi kerak.

Toshkent Davlat Texnika Universiteti ilmiy izlanuvchisi Yulduzxon Kamolovaning “StarCoch” dasturi mana shu masalaga munosib yechim bo‘ldi. Startap loyiha Koxlear implantga ega bolajonlarda ijobiy o‘zgarishlar qayd etilishiga sabab bo‘lmoqda.

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

07 Dec, 10:43


“Yashil makon” loyihasi doirasida navbatdagi xayrli tashabbus!

Bugun, 7-dekabr kuni, Ilmiy-texnik axborot markazi jamoasi Toshkent shahridagi 261 va 315-umumtaʼlim maktablarida daraxt koʻchatlarini ekish tadbirida ishtirok etdi.

Ushbu tashabbus Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan va har bir fuqaroning tabiatni asrashga boʻlgan masʼuliyatini oshirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Loyiha nafaqat tabiatga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, balki kelajak avlod uchun sof havo, yashil makon va ekologik barqaror muhit yaratishga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

05 Dec, 06:47


Youth Academic Forum 2025! 🌍

Yoshlar akademik forumi (YAF) 2025-yilning 5–8-may kunlari boʻlib oʻtadi. Forum turli sohalar boʻyicha innovatsion gʻoyalar va metodologiyalarni muhokama qilish uchun xalqaro maydon yaratishni maqsad qilgan.

🔘Yosh chegarasi: 15-40
🔘IELTS/TOEFL talab qilinmaydi
🔘Ro'yxatdan o'tish muddati: 31-dekabr 2024-yil
🔘Manzil: Thailand 🇹🇭

Batafsil: https://www.youthacademicforum.com/

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

04 Dec, 15:28


Joriy yilning 4-dekabr kuni Hindistonning Oʻzbekistondagi elchixonasida Ilmiy-texnik axborot markazi vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda fan va innovatsiyalar sohasida oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuvda markazning asosiy faoliyat yoʻnalishlari, maqsadlari va ikki mamlakat oʻrtasida ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha qator takliflar ilgari surildi. Xususan, mutaxassislarni Hindistonda malaka oshirish va innovatsiya sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha tashabbuslarga alohida eʼtibor qaratildi.

Hindiston elchixonasi vakillari bu tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashini va mamlakatning tegishli tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashishga tayyor ekanliklarini taʼkidlashdi.

Uchrashuv ikki davlat oʻrtasidagi ilmiy va innovatsion aloqalarni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochishda muhim qadam boʻldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

02 Dec, 09:28


Global Citizen Prize: Cisco Youth Leadership Award — faol yetakchi yoshlar uchun mukofot🏅

Global Citizen Prize: Cisco Youth Leadership Award mukofoti, Cisco va Global Citizen tomonidan yoshlarning BMTning Global Maqsadlariga erishishdagi roli va global muammolarni hal qilishdagi hissasi uchun taqdim etiladi.

Har bir nomzod mukofot tanlovining 5 ta muhim mezonlari boʻyicha baholanadi:
🟡Impact
🟡Vision
🟡Catalyst
🟡Global citizenship
🟡Technology innovation

Dastur g'oliblariga $250 000 miqdordagi pul mukofoti beriladi.

🔹Yosh chegarasi: 18-30
🔹IELTS/TOEFL talab qilinmaydi
🔹Ro'yxatdan o'tish muddati: 18-dekabr 2024-yil
🔹Manzil: AQSH🇺🇸

Tanlov talablari haqida batafsil rasmiy sayt orqali maʼlumot olish mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

29 Nov, 13:59


#xizmat_safari

Navoiy viloyatida mikro GESlar qurish bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etdi.

Tashrifning ikkinchi, yaʼni 29-noyabr kuni ishchi guruh “Gidrostankoservis” MCHJ hududida boʻldi. Korxona imkoniyatlari hamda shu korxonaga kichik GES qurish yuklatilgan joy, yaʼni “Uzatma-1” kanalining suv resurslari va infratuzilmasi oʻrganildi.

Korxona tomonidan quvvati 20 kVt bo‘lgan gidroagregat loyihasi va dastlabki uskunalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mutaxassislar ushbu qurilmalarning texnik imkoniyatlarini tahlil qilib, loyihaning samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdilar.

Mazkur tashrif hududdagi energiya ta’minotini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan tadqiqotlarning muhim bosqichi bo‘ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

29 Nov, 06:54


#startup

FarmWise: O‘toq qilishga mo‘ljallangan robotlashtirilgan yechim🌱

🚜FarmWise – AQShda tashkil etilgan startap bo‘lib, qishloq xo‘jalik ekinlarini o‘toq qilishga mo‘ljallangan avtonom robotlarni ishlab chiqadi. Ushbu texnologiyalar sun’iy ko‘rish va mashinani o‘rganish tizimlaridan foydalanib, ekinlarga zarar etkazmasdan begona o‘tlarni aniq olib tashlash imkonini beradi. Bu kimyoviy gerbitsidlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi va dehqonchilikning ekologik xavfsizligini yaxshilaydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

28 Nov, 16:24


#xizmat_safari

Navoiy viloyatida mikro GESlar qurish bo‘yicha o‘rganish ishchi guruh faoliyatini boshladi.

Bugun, 28-noyabr kuni, ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy ta’lim tashkilotlari, O‘zbekgidroenergo tashkiloti vakillari va Ilmiy-texnik axborot markazi xodimlaridan iborat ishchi guruh Navoiy viloyatida mikro GESlar qurish jarayonlarini o‘rganishni boshladi.

Ishchi guruhining tashrifi doirasida “Navpromlitmash” MChJ hududida bo‘lib, “Ong qirg‘oq” kanalining suv resurslari va infratuzilmasini o‘rganib chiqdilar. Tashrifning maqsadi - hududdagi energiya ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va suv resurslarini samarali boshqarish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir. Kanalning suv resurslaridan foydalanish infratuzilmasi va texnik sharoitlari batafsil tahlil qilindi.

Tashrif davomida ishchi guruh 29-noyabr kuni ham Navoiy viloyatida bo‘lib, hududdagi boshqa istiqbolli joylarni o‘rganishni davom ettiradi. Ushbu faoliyat, viloyatning energetik ta’minotini yaxshilashga va hududning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

28 Nov, 11:25


Ilmiy-texnik axborot markazi xodimlari sport sinovlarida faol ishtirok etdi

Joriy yilning 25-26-noyabr kunlari vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlari uchun "Jismoniy tayyorgarlik darajasi"ni aniqlashga qaratilgan sport sinovlari o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Ilmiy-texnik axborot markazi jamoasi ham faol qatnashib, o‘z jismoniy tayyorgarliklarini namoyish qilishdi.

Sinovlar davomida ishtirokchilar masofaga yugurish, basketbol to‘pini savatga tashlash va boshqa mashqlarda o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

18 Nov, 13:07


#OAV_biz_haqimizda
#Innoweek_2024

“Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” shiori ostida bo‘lib o‘tgan “Innoweek-2024” xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi doirasida “Nufuzli xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalaridan foydalanish va kutubxonalarning raqamli transformatsiya darajasini oshirish” mavzusida xalqaro seminar O‘zbekiston 24 va Uzreport telekanallarida keng yoritildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

18 Nov, 07:16


18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz!
Davlat bayrog‘imiz doimo baland hilpirab, Vatanimizning faxr va g‘urur ramzi bo‘lib xizmat qilsin! 🇺🇿

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

16 Nov, 12:44


#Innoweek_2024

“InnoWeek-2024”
- xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida “Nufuzli xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalaridan foydalanish va kutubxonalarning raqamli transformatsiya darajasini oshirish” mavzusida xalqaro seminar oʻtkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mamlakatimizdagi ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari vakillari, shuningdek, “Clarivate”, “MIKRO Information Handling and Distribution FZE” kabi xalqaro kompaniyalar ekspertlari ishtirok etdilar.

Batafsil: https://t.me/allaevuzb/5786

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

15 Nov, 09:17


#Innoweek_2024

“InnоWeek-2024” haftaligining birinchi ish kuni qanday o‘tdi? Maxsus videorolik orqali bunga o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

14 Nov, 13:57


#Innoweek_2024

“InnoWeek-2024” sertifikatini qanday olish mumkin?

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

14 Nov, 08:52


#Innoweek_2024

“InnoWeek.Uz-2024”- Xalqaro innovatsion g’oyalar haftaligi doirasida “Nufuzli xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalaridan foydalanish va kutubxonalarning raqamli transformatsiya darajasini oshirish” mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi.

Seminar davomida turli xil platforma va resurslardan foydalanish yo’nalishidagi imkoniyatlar keng yoritildi. Jumladan, “O’zbekiston Milliy kutubxonasi” vakillari va xalqaro ekspertlar — Clarivate va MIKRO Information Handling and Distribution FZE kompaniyalari mutaxassislari o’z maʼruzalarida ilmiy maʼlumotlar bazalaridan samarali foydalanish, ularni boshqarish va ushbu jarayonlarda raqamli texnologiyalarni qo’llash mavzulariga to’xtalib o’tdilar.

Tadbir yakunida savol-javob formatida davra suhbati tashkil etilib, ishtirokchilarni mavzuga oid qiziqtirgan savollariga mutaxasisslar tomonidan javob berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

13 Nov, 17:19


#Innoweek_2024

“InnoWeek-2024” xalqaro innovatsion goyalar haftaligi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumani tafsilotlari “Renessans” telekanali axborot dasturi orqali yoritildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

13 Nov, 07:06


#Innoweek_2024

Ayni damda AOKA da Matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.

https://facebook.com/innovation.gov.uz

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

11 Nov, 07:09


#Innoweek_2024

🗣Kitobsevarlar uchun “InnoWeek-2024”dan maxsus sovg‘a!

🗣Haftalik doirasida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda. Unda “Asaxiy Books” loyihasi asoschisi Firuz Allayev jamoasi bilan shaxsan ishtirok etadi.

❗️Gapning indallosi shu, sizga atagan syurprizlarimizga shaxsan guvoh bolishga shoshiling!

🟥 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi o‘sha-o‘sha: www.innoweek.uz

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

28 Oct, 13:01


Joriy yilning 28-oktyabr kuni Ilmiy-texnik axborot markazi, Clarivate kompaniyasi hamda Scienceweb ilmiy tadqiqotlar bazasi bilan hamkorligida "Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetida "Xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Unda professor-o'qituvchilar, doktorantlar, ilmiy xodimlar hamda yosh olimlar ishtirok etishdi. Seminar davomida "Pivot-RP xalqaro grantlar bazasi imkoniyatlari" to’g’risida ma'ruza qilindi.

Seminar soʻngida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni olishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

25 Oct, 11:08


#saylov_2024 ✔️

🌐Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan ilm-fan va innovatsiya sohasidagi yetakchilarimizning saylovga munosabati aks etgan maxsus video tayyorladi.

🗳Har bir ovoz – kelajak sari qo‘yilgan muhim qadamdir!

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

25 Oct, 07:28


​​📣📣📣 "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish – Наука и инновационное развитие – Science and Innovative Development" ilmiy jurnalining 2024-yil 6-soniga maqolalar qabul qilinmoqda.

❗️Maqolalar oʻzbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.

📞 Mualliflar ilmiy maqolalarni [email protected] pochtasi yoki +998 99 373-90-35 telegram raqamiga yuborishlari mumkin.

‼️Ilmiy maqolalar jurnalga qo‘yilgan talablarga muvofiq yozilgan bo‘lishi lozim.

Maqolalar qabul qilingan kundan boshlab 30 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.

📌Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining TEXNIKA FANLARI bo‘yicha chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

❗️Jurnalga faqat TEXNIKA fanlaridan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida yozilgan maqolalar qabul qilinadi.

‼️ Bakalavr va magistratura talabalarining maqolalari qabul qilinmaydi.

‼️ Jurnalda maqolalar bepul chop etiladi.

📌Jurnal dekabr oyida nashr etiladi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

24 Oct, 05:10


📣 Ertaga, 25-oktabr kuni respublikamizning barcha hududlarida “Qog‘ozsiz bir kun” eko-aksiyasi bo‘lib o‘tadi.

🌐Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi tomonidan e'lon qilingan ushbu kunni o'tkazishdan asosiy maqsad qog‘ozdan foydalanishni kamaytirish va undan oqilona foydalanishni targ‘ib qilishdir.

☘️Aksiya doirasida daraxtlarni asrab-avaylash, ulardan ishlab chiqarilayotgan qog‘ozlar sarfini kamaytirish, mebel jihozlarini yasashda qayta ishlangan xomashyolardan keng foydalanishga alohida e’tibor qaratiladi.

✔️"Qog‘ozsiz bir kun" eko-aksiyasida siz ham faol ishtirok eting!

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

22 Oct, 05:36




🔔Hurmatli obunachilar! Endilikda Ilmiy-texnik axborot markazi siz uchun ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi eng qiziqarli hamda foydali ma’lumotlarini doimiy ravishda taqdim etib borish maqsadida Inno page telegram sahifasi o'z faoliyati boshlaganini ma'lum qiladi!

💡Ushbu kanal orqali ilm-fan va innovatsiyalar, shuningdek ilg'or texnologiyalarga oid atamalar va ularning qo'llanishi haqida batafsil ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

21 Oct, 10:55


21-oktyabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun!🇸🇱

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

18 Oct, 07:22


📣Leaders for Future: Germaniyada 2 oylik amaliyot dasturi!

🔗Dastur ishtirokchilarning shaxsiy va kasbiy ko'nikmalarini kuchaytirish, xalqaro mehmat bozorini tanishtirish uchun mo'jallangan. Amaliyot dasturi 2025-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha davom etadi.

🟡Yosh chegarasi: 18 yosh va undan yuqori
🟡IELTS/TOEFL talab qilinmaydi
🟡Ro'yxatdan o'tish muddati: 15-dekabr 2024-yil
🟡Manzil: Berlin, Germaniya🇩🇪

Batafsil: https://copernicusberlin.org/summer/

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

15 Oct, 06:43


📣Global Leadership Challenge 2024!

Yosh liderlar uchun yetakchilik ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan dastur. Ishtirokchilar mentorlardan bilim olib, turli xil loyihalar ustida ishlashadi. Ushbu dastur 2024-yilning 12-16 dekabrda bo'lib o'tadi.

📎Yosh chegarasi: 21-30
📎IELTS/TOEFL talab qilinmaydi
📎Ro'yxatdan o'tish muddati: 3-noyabr 2024-yil
📎Manzil: Shveytsariya🇨🇭

Batafsil: https://www.leadership-challenge.org/applynow

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

11 Oct, 11:13


🌐 Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" hamda "Innovator" jurnallariga 2025-yil uchun obuna mavsumi boshlanganini E'LON qiladi!🔈

📰"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali mohiyatiga ko‘ra texnika yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini o‘z ichiga olgan ilmiy-innovatsion nashr bo‘lib, mahalliy va xorijiy olimlar, professor-o‘qituvchilar, ekspertlar, tadqiqotchilar, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilarning ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy, ilmiy-metodik maqolalari hamda adabiyotlar sharhlarini o‘zida jamlagan majmuadir.

📝 Jurnaldagi maqolalar o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida nashr qilinadi.

🟢 Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining texnika fani bo‘yicha chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

💎Oʻquvchi-yoshlar uchun ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop nashr hisoblangan “INNOVATOR” jurnalida omadli innovatorlarning ishni qayerdan va qanday boshlagani haqida eksklyuziv intervyular, bo’lg’usi innovatorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va sharoitlar boʻyicha muhim maʼlumotlar berib boriladi. Qolaversa, oʻquvchi-yoshlarning ijodiy hamda intellektual salohiyatini oshirish, zamonaviy ilm-fan va texnologiya yutuqlari hamda yangiliklari bilan izchil tanishtirib borish va eng asosiysi, kelajak avlodni “kelajak kasblari”ga tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilgan!

📚Mazkur ilmiy jurnallar bir yilda olti marta chop etiladi.

📍Tahririyat manzili:100174, Toshkent sh., Universitet ko‘chasi, 7-uy.

📞 (+99894) 688-99-11, (+99899) 373-90-35, (+99888) 007-55-92

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring ⬇️

🚀 Telegram kanal 🔵 Facebook 📷 Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

10 Oct, 10:58


📣📣 Yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar va talabalar uchun HPAIR Harvard Conference — 2025 konferensiyasi tashkil qilinmoqda!

Konferensiya 2025-yilning 7-9-fevral kunlari Garvard universitetida oʻtkaziladi. Dastur davomida turli tadbirlar tashkil qilinadi. Unda ishtirokchilar kichik jamoalarda dolzarb muammolar ustida ishlashadi, shuningdek, soha mutaxassislari tomonidan maslahat berib boriladi.

🔗Mavzu: Generational Transitions: Passing the Torch, Paving the Way

📎Yosh chegarasi: 18 yosh va undan yuqori
📎IELTS/TOEFL talab qilinmaydi
📎Ro'yxatdan o'tish muddati: 20 oktyabr 2024-yil
📎Manzil: AQSh

Batafsil: https://www.hpair.org/

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring⬇️

Telegram kanal | Facebook | Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

10 Oct, 05:53


🌍Nobel mukofotining 2024-yilgi sovrindorlari e'lon qilinmoqda

🧬 Fiziologiya va tibbiyot bo'yicha mukofot "mikroRNK va uning transkripsiyadan keyingi genlarni tartibga solishdagi roli" ustida olib borilgan tadqiqot ishlari uchun AQShlik olimlar Viktor Embros hamda Geri Ravkanga taqdim etildi.

💡Fizika sohasidagi sovrindorlar amerikalik Jon Xopfild va britaniyalik Jeffri Xintonga “sunʼiy intellekt neyron tarmoqlarning mashinali oʻrganish imkoniyatini taʼminlagan kashfiyot va ixtirolari" uchun berildi.

🔬 Kimyo bo'yicha Nobel mukofoti “oqsilni hisoblash dizayni uchun” amerikalik Devid Beker hamda “oqsil tuzilishi prognozi uchun” britaniyalik Demis Hassabis va Jon Jumperga topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring⬇️

Telegram kanal | Facebook | Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

05 Oct, 14:51


Ayni kunlarda Armeniya tomonining rasmiy taklifiga binoan Ilmiy-texnik axborot markazi direktori oʻrinbosari X.Rayimjonov va boʻlim boshligʻi N.Azimova 4-7-oktyabr kunlari Yerevan shahrida boʻlib oʻtayotgan “Aql kuchi. Chegarasiz sunʼiy intellekt etika doirasida” mavzusidagi “Butunjaxon innovatsiyalar va texnologiyalar Kongressi 2024” (WCIT 2024) tadbirida ishtirok etishmoqda.
 
Mazkur tadbir butun dunyo boʻylab yetakchi innovatorlar va ekspertlarni oʻzida birlashtirib, hamkorlik, bilim almashish va tarmoq yaratish uchun noyob platformadir.
 
Markaz vakillari tadbir davomida innovatsiyalar va texnologiyalarning kelajagini shakllantiruvchi soʻnggi tendensiyalar va ishlanmalar, blokcheyn, kiberxavfsizlik haqida sessiyalar hamda davra suhbatlarida ishtirok etishdi. Shuningdek, soha mutaxassislari bilan suhbatda boʻlishdi. Shu bilan birga, DigiTec24 koʻrgazmada ishtirok etdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

Telegram kanal | Facebook | Instagram

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

05 Oct, 14:14


Joriy yilning 4 oktyabr kuni Ilmiy-texnik axborot markazi xodimlari hamda Clarivate kompaniyasining rasmiy vakili tomonodan Chirchiq davlat pedagogika universitetida "Xalqaro ilmiy bazalardan samarali foydalanish" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Unda professor-o'qituvchilar, doktorantlar, ilmiy xodimlar hamda yosh olimlar ishtirok etishdi. Seminar davomida xalqaro ilmiy bazalar bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishdi va samarali foydalanishning yangi usullari haqida ma’ruza qilindi. Taqdimot davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni olishdi.

Strategik sessiyalar yakunida ishtirokchilarga "1-oktaybr Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan diplomlar topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

Telegram kanal | Facebook | Instagram