Chinoz tumani IM 🇺🇿 @chinoz_im_piima Channel on Telegram

Chinoz tumani IM 🇺🇿

@chinoz_im_piima


Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Chinoz tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

Chinoz tumani IM (Uzbek)

Chinoz tumani IM Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida joylashgan Chinoz tumani ixtisoslashtirilgan maktabi haqida ma'lumotlar va yangiliklar paydo bo'ladi. Chinoz tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilarga o'zlarini muntazam ta'lim va tarbiya qilishga bag'ishlangan eng yaxshi o'zlashtirilgan ta'lim muassasalaridan biridir. Bu kanal orqali siz o'quv jarayonida hozirda borilayotgan yangiliklardan xabardor bo'lib, o'quv jarayonida yordam olishingiz mumkin. Chinoz tumani IM Telegram kanaliga obuna bo'lish va yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling!

Chinoz tumani IM 🇺🇿

24 Nov, 06:27


#TAVALLUD_KUN

        💐Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabining jonkuyar, faxirli, tashabbuskor a'zosi, rus tili fan o'qituvchisi Jamila Xamzayevaning shukrona kunlari munosabati bilan uzoq va barokatli umr, mustahkam sog'lik, oilaviy xotirjamlik, ishlariga rivoj tilaymiz!
        🥳Katta hurmat va ehtirom ila, Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi
    
Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/Chinoz_im_piima

Chinoz tumani IM 🇺🇿

22 Nov, 11:29


O'quvchilarimiz xalqaro Olimpiadada ishtirok etish uchun jo'nab ketishdi.

Chinoz tumani IM 🇺🇿

22 Nov, 07:30


#Bizning_maktab
#Taqdimot


Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6-"A" sinf o'quvchilari adabiyot fanidan "Xalq qo'shiqlari "mavzusi doirasida og'zaki taqdimot tayyorlashdilar.

O'quvchilarimiz o‘qishlariga omadlar tilaymiz 👏👏👏👏👏👏👏👏👏

Fan o'qituvchisi: Zikirova Shohida

Chinoz tumani IM 🇺🇿

22 Nov, 07:30


#Bizning_maktab
#Taqdimot

Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6-"A" sinfi o'quvchilarning adabiyot fanidan "Xalq qo'shiqlari " mavzusi asosida tayyorlagan taqdimoti.

O'quvchilarimiz o‘qishlariga omadlar tilaymiz👏👏👏👏👏👏👏👏


Fan o'qituvchisi: Zikirova Shohida

Chinoz tumani IM 🇺🇿

22 Nov, 07:30


#Bizning_maktab
#Taqdimot

Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6-"A" sinf o'quvchilari adabiyot fanidan " Xalq qo'shiqlari " mavzusi asosida og'zaki taqdimot tayyorlashdilar.


O'quvchilarimiz o‘qishlariga omadlar tilaymiz👏👏👏👏👏👏👏


Fan o'qituvchisi:Zikirova Shohida

Chinoz tumani IM 🇺🇿

22 Nov, 06:56


#Ma'naviyat_soati

🔰Joriy yilning 22-noyabr kuni Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ta‘lim muassasasida odob-axloq qoidalariga rioya qilishlarini ta‘minlash mavzularida maktabning VRYoTBDO‘-ChHT rahbari Shakirov J.K. boshchiligida seminar o‘tkazildi.
       Seminarda maktabning 9-11-sinf o‘quvchilari va sinf rahbarlari, jami 236 nafar o‘quvchi yoshlar va 20 nafar pedagoglar qatnashdi.
        O‘tkazilgan seminarda "VATAN", "VATANPARVARLIK" va "HARBIY VATANPARVARLIK" tushunchalari o‘quvchi yoshlarga tushuntirildi. Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri buyrug‘i bilan tasdiqlangan namunaviy odob-axloq qoidalarining ma‘no-mazmuni va talablari qo‘shimcha tarzda yetkazildi.
         Seminar mazmunli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Seminar davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Chinoz tumani IM 🇺🇿

22 Nov, 05:34


#MA'NAVIYAT_SOATI

     🔰O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2024-yil 13-noyabrdagi 156-AF buyrug'i ijrosini ta’minlash maqsadida,  Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 18-noyabr-O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 33 yilligini munosib o'tkazishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirildi.
❇️Jumladan, 8-"A" sinf rahbari Dilshodjon Ibodullayevish boshchiligida, joriy yilning 22-noyabr sanasida o'tkazilgan ma'naviyat soati dars mashg'ulotida, Davlatimiz bayrogʻini har bir oʻquvchi oʻz tassavuridan kelib chiqib, erkin chizish tanlovi oʻtkazildi!
🎗Ushbu jarayon o'quvchilarda o'zgacha taassurot qoldirdi. Vatanimiz ramzlarini muqaddasligini, erkin va hur diorimizni qadrlash tuyg'ulari mustahkamlandi