BIOLOGIYA Botanika Zoologiya ATTESTATSIYAGA TAYYORGALIK GENETIKA ATF VIDEODARSLIK 5-6-7-8-9-10-11-sinf quiz testlar audio @biologiya_botanika_5_6_sinf_test Channel on Telegram

BIOLOGIYA Botanika Zoologiya ATTESTATSIYAGA TAYYORGALIK GENETIKA ATF VIDEODARSLIK 5-6-7-8-9-10-11-sinf quiz testlar audio

@biologiya_botanika_5_6_sinf_test


Bosh admin: @Ziyaboyev_Elmurod

@Biology_Quiz_Bot

@Biologiya_Kimyo_Viktorina_test

@biologiya_kimyo_dtm_quiz_testlar

@Kimyo_biologiya_kanal

@biologiya_academy

@Biologiya_test_savollar

@biologiya_quiz

@biologiya_attestatsiya

@biologiya_olimpiada

biologiya_botanika_5_6_sinf_test (Uzbek)

Bu Telegram kanalida Biologiya, Botanika, Zoologiya, Genetika va boshqa fanlar bo'yicha saqlangan ma'lumotlar, testlar, va videodarsliklar mavjud. Bu kanal 5, 6, 7, 8, 9, 10 va 11-sinf o'quvchilari uchun o'zlarini testlash, quizlar va malakani oshirish imkoniyatini beradi. Kanalda audio darsliklar ham mavjud va o'quvchilarga foydali bo'lishi uchun tayyorlangan. nnKanaldagi bosh administrator @Ziyaboyev_Elmurod hisoblanadi va ular ko'plab qo'llab-quvvatlash kanallari ham mavjud. Bu kanalda biologiya fanidan imtihon topshiriqlari, testlar, quizlar, va ko'plab ma'lumotlar mavjud. nnAgar siz biologiya, botanika, zoologiya va genetika fanlari bo'yicha malakangizni oshirishni istasangiz, bu kanal siz uchun. Sizning o'quv jarayoningizni yanada oshirish uchun biologiya fanidan testlarga tayyormisiz? Agar ha, bu kanal sizga qulay foydani beradi va o'zlashtirgan mavzular bo'yicha bilishingizni sinovga chiqaradi. Bundan tashqar, bu kanalda biologiya bo'yicha olipmpiada savollari ham mavjud, shuningdek biologiya fanidan attestatsiya topshiriqlarini ham o'rganishingiz mumkin. nnAynan shu uchun, agar biologiya faniga qiziqish ekanligingizni va o'quv jarayoningizni yanada oshirishni istasangiz, biologiya_botanika_5_6_sinf_test kanaliga obuna bo'ling va foydali ma'lumotlar, testlar va darsliklar bilan tanishing!

BIOLOGIYA Botanika Zoologiya ATTESTATSIYAGA TAYYORGALIK GENETIKA ATF VIDEODARSLIK 5-6-7-8-9-10-11-sinf quiz testlar audio

24 Feb, 13:39


LIZOSOMA

🔴Lizosoma – hujayraning dastlabki moddalar almashinuv jarayoni kechadigan qismi bo’lib, uni 1955-yilda Kristian de Dyuv kashf etgan.
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬

🟠U barcha eukariot hujayralarda (eritrositlar bundan mustasno) uchraydi, prokariotlar hujayrasida lizosoma mavjud emas.
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬

🟡Lizosoma yetishmasligi bilan bog’liq 50 dan ortiq irsiy kasalliklar mavjudligi aniqlangan.
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬

🟢Lizosomalar Golji majmuasidan ajralayotgan pufakchalardan va bevosita endositoz jarayonidagi pufakchalardan hosil bo’ladi.
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬

🔵Lizosomalarning umum qabul qilgan yagona klassifikatsiyasi mavjud emas. Asosan birlamchi va ikkilamchi lizosomalar farqlanadi.
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬

🟣Birlamchi lizosomalar to’g’ridan-to’g’ri Golji majmuasidan hosil bo’ladi, ularning ichidagi fermentlar nofaol holatda bo’ladi.
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬

⚫️Ikkilamchi lizosomalardagi fermentlar esa faol holatda bo’ladi. Hujayra muhitidagi pH miqdori pasayishi bilan lizosomalar fermentining faolligi ortadi.
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬

🟤Lizosomalar ichida 60 ga yaqin fermentlar mavjudligi aniqlangan.
🔱🔱🔱🔱🔱🔱🔱🔱🔱🔱🔱

📌 KANALIMIZ
❤️ @I_LOVE_BIOLOGIYA ❤️

Do‘stlaringizga ham ulashing.

Kanalimizga qo‘shiling

Qo‘shilish uchun yuqoridagi ko‘k yozuvlar ustiga bosing. 🔔

BIOLOGIYA Botanika Zoologiya ATTESTATSIYAGA TAYYORGALIK GENETIKA ATF VIDEODARSLIK 5-6-7-8-9-10-11-sinf quiz testlar audio

23 Feb, 05:54



👉Ekologik piramida qisqacha tushuncha


🛑Ekologik piramida qoidasini 1927-z yil Ch. Elton tomonidan fanga kiritilgan bo'lib, uni asosii birinchi trofik daraja produsentlar , undan keyin konsumentlar tashkil etadi. Bir trofik darajadan ikkinchisiga o'tgan sari individlar soni kamayadi, lekin tana o'lchami kattalashib boradi. Tabiatda ekologik piramidalarning ko'rinishlari:

🛑 Sonlar piramidasi - individlar sonini aks ettiradi. Unga binoan oziq zanjirida birinchisidan ikkinchisiga o'tgan sari individlar soni kamayib boradi.

🛑Biomassa piramidasi - tirik moddani umumiy quruq massasini aks ettiradi. Bunda birinchi zanjirdan ikkinchisiga o'tgan sari biomassa ortadi.

🛑Energiya piramidasi - trofik darajalardagi energiya oqimini aks ettiradi. Quyi darajadan yuqori darajaga o'tgan sari energiyaning 10%i o'tishini hisobga olsak, oziq zanjiridagi trofik darajalarning umumiy soni 6 tadan oshmaydi.

🛑Oziq zanjirining har bir trofik darajasida 90% energiya yo'qoladi, 10%i keyingi darajaga o'tadi. R. Lindeman ushbu qonunni 10% lik qoidasi deb atadi.

🔰Masalan:

🔰Produsentlar 1000kJ

🔰Birinchi tartib
konsumentlar 100 kJ

🔰Ikkinchi tartib
konsumentlar 10kJ

🔰Uchinchi tartib
konsumentlar 1kJ

Do‘stlaringizga ham ulashing. 🔵

Kanalimizga qo‘shiling. ⤵️
https://t.me/+R_ff0d8hmxlXz_w0

BIOLOGIYA Botanika Zoologiya ATTESTATSIYAGA TAYYORGALIK GENETIKA ATF VIDEODARSLIK 5-6-7-8-9-10-11-sinf quiz testlar audio

22 Feb, 09:53


XLAMIDOMONADA:

1️⃣..Qisqaruvchi vakuola
2️⃣..Xivchin
3️⃣..Ko'zcha
4️⃣..Sitoplazma
5️⃣..Yadro
6️⃣..Qobig'i

Do‘stlaringizga ham ulashing. 🔵

Kanalimizga qo‘shiling. ⤵️
https://t.me/+PBL8S2n_qnhlYjgy

BIOLOGIYA Botanika Zoologiya ATTESTATSIYAGA TAYYORGALIK GENETIKA ATF VIDEODARSLIK 5-6-7-8-9-10-11-sinf quiz testlar audio

22 Feb, 02:18


🅰 harfi bo'yicha biologik ma'lumotlar: 📚


🔴1. Abiotik omillar (yunoncha - «а» inkor qo'shimchasi, «bios» - hayot) – tirik organizmlarning hayot faoliyati va tarqalishiga ta’sir qiladigan anorganik tabiat tarkibiy qismlari.

🔵2. Agroekosistema (yunoncha - «agros» - dala) – inson tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish maqsadida yaratilgan sun’iy ekosistemalar.

🟢3. Adaptatsiya (lot. «adaptatio» moslanish) - tirik organizmlarning muayyan yashash muhitida yashashi va ko‘payishni ta’minlovchi belgi yoki belgilar yig‘indisi.

🟠4. Allogenez (yunoncha - «alios» - o‘zgacha, boshqa, «genesis» - rivojlanish) – organizmlarda tashqi muhit sharoitiga moslanish jarayonida yangi belgi xususiyatlar asosida xususiy moslanish (idioadaptatsiya)ni vujudga keltiradigan evolutsion yo‘nalish.

🟡5. Antropogen omillar - odam va uning xo'jalik faoliyatining o‘simlik, hayvon va boshqa tabiat komponentlariga ta’siri bilan bog‘liq omillar guruhi.

🟣6. Arogenez (yunoncha - «airo» yuksalish, «genesis» - rivojlanish) – organizmlarning tuzilishida yirik o ‘zgarishlar - aromorfozlarning vujudga kelishi bilan bog‘liq evolutsion
yo‘nalish.

⚫️7. Aerenxima (yunoncha - «aeg» - havo, «knchyma» - to‘qima) - suv va botqoqlikda o‘suvchi o‘simliklarning hujayralari orasida havo to‘playdigan to‘qima.

⚪️8. Amensalizm – o‘zaro biotik munosabat turi bo‘lib, bu munosabatda bir turning faoliyati ikkinchi turga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan organizmning o‘zi esa bu munosabatdan foyda ham, zarar ham ko‘rmaydi.

🟤9. Bentos (yunoncha - «benthos» - chuqurlik) - suv havzalarining tubida yoki suv tubining qatlamlarida hayot kechiradigan organizm.

🔘10. Biogeotsenoz (yunoncha - «bios» hayot, «geo» - yer, «kaynos» - umumiy) - tarixiy davrda tarkib topgan o‘z-o‘zini boshqaruvchi tabiiy uyushma, biotsenoz va anorganik tabiat komponentlari bilan chambarchas bog‘langan mustahkam ekologik sistema.

🔷11. Biologik evolutsiya - tirik organizmlar va ular jamoalarining yo'naltirilgan tarixiy rivojlanish jarayoni.

🔶12. Biologik progress (lotincha - «progressus» - oldinga harakat) - organizmlarning ma’lum sistematik guruhlarining tashqi muhit sharoitlariga moslanishi bilan bog’liq yuksalishini ifodalovchi evolutsiya yo‘nalishi.

🔲13. Biologik regress (lotincha - «regressus» - qaytish, tubanlashish) - organizmlar yashash sharoitiga moslanishlarining susayishini ifodalovchi evolutsiya yo‘nalishi.

🔳14. Ekosistemaning biomassasi - mazkur ekosistema tarkibiga kiruvchi barcha tirik organizmlar tarkibidagi organik moddalar yig‘indisi.


Do‘stlaringizga ham ulashing. 🔵

Kanalimizga qo‘shiling. ⤵️
https://t.me/+Ie9sKGPUXRI4MjUy

BIOLOGIYA Botanika Zoologiya ATTESTATSIYAGA TAYYORGALIK GENETIKA ATF VIDEODARSLIK 5-6-7-8-9-10-11-sinf quiz testlar audio

21 Feb, 13:39


🔰BIOLOGIYA – HAYOT HAQIDAGI FAN(10-sinf kirish )

📌Biologiya Yerdagi hayotning barcha ko’rinishlarini, uning turli darajadagi:
molekula, hujayra, organizm, populatsiya (tur), biogeosenoz (ekosistema), biosfera darajasidagi tizimlarning barcha xossalarini o’rganadi.

🛑Biologiya atamasi fransuz olimi J. B. Lamark va nemis olimi G. R. Trevina rus tomonidan fanga kiritilgan bo’lib, «bios» – hayot, «logos» – fan degan ma'noni bildiradi

🔰Tekshirish obyektiga ko’ra biologiya fani bir qancha sohalarga
bo’linadi.
📔1.Botanika – o’simliklar
📒2.Zoologiya – hayvonlar 📗3.Mikrobiologiya–mikroorganizmlar
📘4.Mikologiya – zamburug’lar
📕5.Gidrobiologiya – suv muhitidagi organizmlar
📓6.Paleontologiya – qazilma holdagi organizmlar
📙7.Ekologiya esa organizm va muhit orasidagi munosabat to’g’risidagi fan hisoblanadi.

➡️🛑Biologiya tirik organizmlarning ayrim jihatlarini tekshirish bo‘yicha ham turli fanlarga ajraladi.

🔘1.Anatomiya – organizmlar organlari tuzilishini
🔴2.Fiziologiya – organizmlar organlari funksiyasini
🔵3.Embriologiya – murtak (embrion) rivojlanishini
🟡4.Sistematika –organizmlarning sistematik guruhlarini, o’zaro qarindoshlik munosabatlarini,
🟢5.Etologiya – hayvonot olamining xulq-atvorini tadqiq etadi.

➡️🛑Biologiyaning ba’zi sohalari boshqa tabiy fanlar hamkorligida paydo bo'lgan.☑️

🔴1.Biofizika-biologik sistemalarda ro’y beradigan fizik jarayonlarni
🔵2.Biokimyo-organizmlarning kimyoviy tarkibi, ulardagi kimyoviy jarayonlar
⚫️3.Biogeografiya-tirik organizmlarning yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini
🟢4. Bionika-organizmlar hayot faoliyatining o’ziga xos jihatlari va
tuzilishini asos qilib texnik sistemalar yaratishni
5. biotexnologiya - tirik organizmlardagi biologik jarayonlarni ishlab chiqarish korxonalarida qo’llashni maqsad qilib qo’yadi.

📌 KANALIMIZ
❤️ @I_LOVE_BIOLOGIYA ❤️

Do‘stlaringizga ham ulashing.

Kanalimizga qo‘shiling

Qo‘shilish uchun yuqoridagi ko‘k yozuvlar ustiga bosing. 🔔

BIOLOGIYA Botanika Zoologiya ATTESTATSIYAGA TAYYORGALIK GENETIKA ATF VIDEODARSLIK 5-6-7-8-9-10-11-sinf quiz testlar audio

20 Feb, 13:54


QON haqida....

QON haqida Qadimgi zamonlardayoq odamlar organizm uchun qonning ahamiyati nihoyatda muhim ekanligini bilishgan. Faqat 19-asrga kelib mikroskop kashf etilgandan keyin qonning tarkibi, xususiyati va organizmdagi ahamiyati o’rganilgan.

Qon – bu tirik organizmning qon tomirlari bo’ylab doimo harakatlanuvchi qizil rangdagi maxsus suyuq to’qima. Odam vaznining taxminan 7 foizini qon tashkil etadi (vazni 70 kilogramm bo’lgan odamda 5 litrga yaqin qon bo’ladi)

Qon asosan och-sariq suyuqlik – plazma hamda unda suzib yuruvchi qizil va oq qon tanachalaridan iborat.


Qon plazmasiga organizm hayoti uchun zarur bo‘lgan ko’pgina sodda va murakkab moddalar- oqsil, yog‘, uglevodlar, tuz, kislota, vitaminlar va boshqalar kiradi.

Qonga qizil rangni – faqat mikroskop ostida ko‘rish mumkin bo’lgan mayda donachalar – qizil tanachalar (eritrotsitlar) beradi. Ular qonda 120 kun yashaydi, keyin parchalanib ketadi.

Eritrotsitlar alohida modda —organizmni gemoglobin bilan to’latilgan. Gemoglobin tarkibiga temir moddasi bolgan bo’yovchi modda kiradi. Gemoglobin temiri nafas olganda o‘pkaga tushgan kislorodni osongina o’ziga singdirib oladi. 0‘pkada kislorod bilan to‘yingan qon uni butun organizm bo‘ylab tashiydi – kislorod tanadagi har bir hujayra uchun juda zarur, usiz hujayra nobud boladi.

Odam qonini mikroskop ostida kuzatganda son-sanoqsiz eritrotsitlar orasida oz miqdordagi oq qon tanachalari – leykotsitlarni ko‘rish mumkin. Ular eritrotsitlardan yirikroq bolib, ancha tiniq ko‘rinadi. Leykotsitlar bizni kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblardan himoya qiluvchi yordamchimizdir. Ular qon tomiri devoridan o‘tish xususiyatiga ega. Mikroblar organizmimizga kirishi bilanoq oq qon tanachalari «armiya»si o‘sha xatarli joyga shoshiladi, mikroblar bilan «jang»ga kirishadi, ularni yutadi va «hazm qilib» yuboradi.

Qon organizmni to’yintiradi. Tanamiz hujayrasi rivojlanadi, o‘sadi, eskilari, nobud bo’lganlarining o’rniga yosh hujayralar paydo boladi. Buning uchun «qurilish materiali» kerak, buni biz ovqatdan olamiz. Iste’mol qilgan ovqatingiz me’da va ichakdan o’tib, uzoq vaqt obdan qayta ishlanadi, keyin qon tomirlari ichiga singib ketadi va qon oqimi bo’ylab ketaveradi. Ingichka qon tomirlari devorlari – kapillyarlar orqali qon organizmdagi barcha to‘qima va hujayralarni faqat kislorod bilangina emas, balki suv, oziq moddalar, tuz va vitaminlar bilan ham ta’minlaydi.

Shu bilan birga, qon moddalar almashinuvi jarayoni tufayli vujudga keladigan zararli moddalarni hujayralardan chiqarib tashlaydi, aks
holda ular organizmni zaharlashi mumkin. Mana shu zararli moddaiar o‘pka, buyrak, ichak va teri orqali tashqariga chiqadi.

Qonda yana uning ivishida ishtirok etadigan alohida hujayralar – trombotsitlar bor. Agar qon tomiri shikastlansa, o’sha joyda qon quyilib qoladi va jarohatni berkitadi.

Mana endi siz qonning organizmdagi ahamiyati to‘g‘risida bilib oldingiz. Uni hayot manbai deb bejiz aytishmaydi.

Do‘stlaringizga ham ulashing. 🔵

Kanalimizga qo‘shiling. ⤵️
https://t.me/+Ie9sKGPUXRI4MjUy

BIOLOGIYA Botanika Zoologiya ATTESTATSIYAGA TAYYORGALIK GENETIKA ATF VIDEODARSLIK 5-6-7-8-9-10-11-sinf quiz testlar audio

19 Feb, 13:46


O‘simliklar klassifikatsiyasi

📌KANALIMIZ
💟
@I_LOVE_BIOLOGIYA 💟

Do‘stlaringizga ham ulashing. 🔴

Kanalimizga qo‘shiling. ⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAFB2edochnczM96XJw

BIOLOGIYA Botanika Zoologiya ATTESTATSIYAGA TAYYORGALIK GENETIKA ATF VIDEODARSLIK 5-6-7-8-9-10-11-sinf quiz testlar audio

18 Feb, 12:54


SUVDA HAMDA QURUQLIKDA YASHOVCHILARNING KO'PAYISHI , RIVOJLANISHI VA XILMA - XILLIGI.

📌 Tuxum qo'yishi ---- > Baqalar qishki karaxtlik xolatidan chiqib suv havzalari yaqinida oziq axtara boshlaydi. Urg'ochi baqalar tuxumlariga erkak baqalar urug'ini sepib ketadi.
Bitta baqa 5 000 - 10 000 tagacha tuxum qo'yishi mumkin. Tuxumning ustki qismi qoramtir tusda bo'lib quyosh nuri tasirida yaxahi isiydi.

📌 Rivojlanishi ---- > Tuxumdan lichinka ( itbaliq ) rivojlanadi.
Itbaliqning tuzilishi baliqqa o'xshaydi.
- > uzun va keng dumi
- > ikki tutam jabralari
- > yuragi ikki kamerali
- > qon aylanish doirasi bitta
- > yon chiziqlari mavjud.

Itbaliq dastlab tuxumdan qolgan qoldiq bilan keyinchalik mayda suvo'tlqri , bir hujayrali hayvonlar va mikroorganizmlar bilan oziqlanadi.

Itbaliq rivojlanish jarayonida :
- > jabra o'pkaga alishadi.
- > dumi yo'qolib boradi.
- > yuragi uch kamerali bo'ladi.
- > qon aylanish doirasi ikkita bo'ladi.

📌 Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning xilma - xilligi.
4 000 dan ortiq tur kiradi. Asosan ikkita katta turkumdan iborat.
Dumlilar ( Triton , Salamandra )
Dumsizlar ( ko'l baqasi , Qurbaqa )

Dumlilar ---- > O'rta Osiyoda uchramaydi. Eng yirik vakili Gigant Salamndra bo'lib Janubiy - Sharqiy Osiyoda tarqalgan , uzunligi 1,7 m ga yetadi.
Dumsizlar ( Yashil qurbaqa ) ---- > ko'l baqasiga nisbatan ancha yirik , rangi och yashil yoki kulrang , terisida zaharli oq suyuqlik ishlab chiqaradigon bezlari joylashgan. Orqa oyoqlari nisbatan kuchsiz bo'ladi. Kunduzi kemiruvchilar inida va yerro'lalarda yashirib yotadi , kechasi esa ovga chiqadi.

📌 Ahamiyati ---- > Suvda hamda quruqlikda yashovchilar Foydali hayvonlar bo'lib zararkunanda hasharotlarni qiradi.
Qurbaqa bir kecha kunduzda 100 tagacha , 9 oy davomida 3 000 tagacha hasharotni qiradi.

📌 Kelib chiqishi.
Baliqlar ----- > O'pkali panjaqanotlilar ---- > Dumlilar ---- > Dumsizlar.

Bundan 300 mln yil ilgari O'pkali panjaqanotlilardan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi.
O'pkali panjaqanotlilarning suzgichlari skeleti Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning oyoqlari skeletiga o'xshab ketgan.

Do‘stlaringizga ham ulashing. ⚫️

Kanalimizga qo‘shiling. ⤵️
https://t.me/+PBL8S2n_qnhlYjgy

BIOLOGIYA Botanika Zoologiya ATTESTATSIYAGA TAYYORGALIK GENETIKA ATF VIDEODARSLIK 5-6-7-8-9-10-11-sinf quiz testlar audio

17 Feb, 13:45


CHUMOLILAR HAQIDA OSONLASHTIRILGAN MA'LUMOTLAR!!!

🐜 Chumolilar ham asalarilar singari oila bo‘lib yashaydigan pardaqanotlilardir.

🐜 Ular qorin bo‘limining ikki bo‘g‘imli ingichka bel orqali ko‘krakka qo‘shilishi, boshining yirik va jag‘larining kuchli rivojlanganligi bilan boshqa pardaqanotlilardan farq qiladi.

🐜 Chumolilar oilasi bir nеcha ming, hatto millionlab individlardan tarkib topgan.

🐜 Individlari orasida bir nеcha ona, o‘nlab erkak va bir nеcha minglab ishchi chumolilar bo‘ladi.

🐜 Ishchi chumolilar ko‘payish qobiliyatini yo‘qotgan urg‘ochilardan iborat. Ular chala hazm bo‘lgan oziq bilan qurtlar, navkarlar va ona chumolini boqishadi.

🐜 Chumolilar tuproqda murakkab, ko‘p kamеrali in quradi.

🐜 Ko‘pchilik chumolilar foydali hasharotlar hisoblanadi.

🐜 Kеng bargli va nina bargli o‘rmonlarda yashaydigan sariq o‘rmon chumolisi zararkunanda hasharotlarni qirib, daraxtlarni himoya qiladi.

🐜 O‘rta Osiyo cho‘llarida tarqalgan chopqir faeton chumoli mayda zararkunanda hasharotlar, o‘simliklar doni va mevasi bilan oziqlanadi.

🐜 Cho‘l va sahrolarda uchraydigan qir chumoli o‘simliklar doni bilan oziqlanadi.

🐜 Xonadonlarda yashaydigan sariq fir’avn chumolisi sara shirinliklarni xush ko‘radi.

🐜 Bog‘ qora chumolisi shira bitlari ajratgan suyuqlikni yalab, ularni yirtqich hasharotlardan himoya qiladi.


Do‘stlaringizga ham ulashing. 🔵

Kanalimizga qo‘shiling. ⤵️
https://t.me/+TCfxmgvz0CqLtmaN

BIOLOGIYA Botanika Zoologiya ATTESTATSIYAGA TAYYORGALIK GENETIKA ATF VIDEODARSLIK 5-6-7-8-9-10-11-sinf quiz testlar audio

16 Feb, 19:22


Abiturientlar diqqat bilan o'qing

" O'tgan ishga salovat yohud bo'lar ish boldi"

Ha biz insonmiz. Biz shunday mavjudodmizki mag'lubiyatga uchrasak o'tgan ishga salovat, endi u kunlar qaytmaydi,bo'lar ish boldi deb o'tmishni yopishni titkilamaslikni hohlaymiz. Titkilang... ustozingizni tartib qoidalari sizni taqdiringizni belgilayotgan edi.
Titkilang... dars qilmasdan uxlagan kunlaringizda o'qishdan yiqilishga olib kelayotgan edi.
Titkilang... darsga sababsiz kirmagan kuningiz imtixonda xato qilgan savolingizni tushuntirilayotgan edi 🤦‍♂️
TITKILAB tashlang... Ota onangiz sizdan yuqori bal kutayotgan edi.😔 Yana TITKILAYVERING o'zingizni orzularingiz nima edi, shunga yarasha harakat qilmadingiz.🥺 O'qimadingiz
TITKILAMANG agar ko'zingiz ochilmagan bolsa ochilib qoladi.😊 Umuman otmishga qaramang, TITMANG xatolaringizni sezib qolasiz va uni qayta qilmay qo'yasiz. Aslida otgan kunlarni , hafta va oylarni sarhisob qiling eslang ustozlarni tanbexu dakkilarini ham eslab o'ting xulosalar chiqaring.
Agar shunday qilmasangiz keyingi yilni ham bo'lar ish boldi yoki o'tgan ishga salovat deb nomlash kerak bo'ladi
(egalarini topib boradi)

: @Ziyaboyev_Elmurod

📌 KANALIMIZ
❤️
@I_LOVE_BIOLOGIYA ❤️

Do‘stlaringizga ham ulashing. 🔴

Kanalimizga qo‘shiling. ⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAFB2edochnczM96XJw

BIOLOGIYA Botanika Zoologiya ATTESTATSIYAGA TAYYORGALIK GENETIKA ATF VIDEODARSLIK 5-6-7-8-9-10-11-sinf quiz testlar audio

16 Feb, 13:52


Botanika vaqti👉👉👉

✏️ Gulli o'simliklarning yer yuzidagi soni:
533 oila,13000turkum,250mingdan ortiq turni o'z ichiga oladi.

✏️Gulli o'simliklarning asosiy organlari: ildiz,poya,barg,gul meva urug' kabilar.

✏️Gulli o'simliklarning xilma xilligi------ekologik sharoitga----- bog'liq.

✏️ O'simliklarning tashqi muhit sharoitga xar xil shaklda moslashishi----hayotiy shakl---- deb ataladi.

✏️To'qima tushunchasini fanga 1682-yilda Malpigi va N.Gryu tomonidan "O'simliklar anatomiyasi"kitobida fanga kiritilgan.

✏️Ildiz turlari: asosiy,yon,qo'shimcha ildizlarga bo'linadi.

✏️Ildiz tizimi:
O'q Ildiz va popuk ildizga bo'linadi.

✏️Makkajo'xorining ildizi poyadan atrofga 2 m gacha cho'ziladi.

✏️Bosh piyozniki 60-70 sm gacha yoyiladi.

✏️ Makkajo'xorining 1mm2 so'rish qismida 700 tagacha ildiz tukchalari bo'ladi.

✏️Ildiz bo'linish qismidagi hujayralarning bo'linib ko'payishi hisobiga bo'yiga o'sadi.

✏️Tayanch ildizlar ---- makkajo'xori,oqjo'xori o'simliklarida mavjud.

✏️Havo ildizlari ---- tropik o'lka o'simliklarida mavjud.

✏️Vatanimizning eng uzun poyali o'simliklariga Mirzaterakni kiritamiz uning bo'yi 20-25 m gacha bo'ladi.

✏️Kaliforniya Sekvoyadendronlariniki 110-140 m gacha bo'ladi.

✏️Avstraliya Evkaliptlariniki 150-155 m gacha bo'ladi.

✏️Eng uzun poyali o'simlik Rotang palmasi yong'oqlari bo'yi 400 m dan oshiq.
Vatani Janubiy Osiyoning tropik o'rmonlarida boshqa daraxtlarga chirmashib o'sadi.

📌 KANALIMIZ
❤️
@I_LOVE_BIOLOGIYA ❤️

Do‘stlaringizga ham ulashing. 🔴

Kanalimizga qo‘shiling. ⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAFB2edochnczM96XJw

BIOLOGIYA Botanika Zoologiya ATTESTATSIYAGA TAYYORGALIK GENETIKA ATF VIDEODARSLIK 5-6-7-8-9-10-11-sinf quiz testlar audio

15 Feb, 13:44


📕Genetikaga oid ma'lumotlar 📕

Genetika organizmlarning ikki xususiyatini o'rganadi:
1. Irsiyat
2. O'zgaruvchanlik

Irsiyat --- > Ota ona organizm genlarining avlodiga o'tishini o'rganadi.

O'zgaruvchanlik --- > Avlodning Ota onadan farq qilishini o'rganadi.

Genlar bilan bog'liq jarayonlarni dastlab 1865 - yil Gregor Mendel o'rgandi lekin uning amalga oshirgan ishlari 35 - yil tan olinmadi.
1900 - yilga kelib 3 ta olim :
De Friz , Chermak , Korrens Genetikani qaytadan kashf etdi.

Genetika ----- > Genlarni o'rganuvchi Biologiya bo'limi xisoblanadi.

Genlarni tasiriga ko'ra 3 guruxga bo'lishimiz mumkin.

1. Allel genlarning o'zaro tasiri ( 1 gen 1 belgini rivojlanishida ishtirok etadi )

Mendel qonunlari :
a ) Dominantlik
b ) Belgilarning ajralishi
c ) Mustaqil holda irsiylanish

2. Noallel genlarning o'zaro tasiri ( bir nechta gen bir belgini rivojlanishiga tasir ko'rsatadi )

a) Komplementar tasir
b) Epistatik tasir
c) polimer tasir

3. 1 gen bir nechta belgini rivojlanishiga tasir ko'rsatadi.

1.Pleotropiya.


Do‘stlaringizga ham ulashing. 🔵

Kanalimizga qo‘shiling. ⤵️
https://t.me/+PBL8S2n_qnhlYjgy

BIOLOGIYA Botanika Zoologiya ATTESTATSIYAGA TAYYORGALIK GENETIKA ATF VIDEODARSLIK 5-6-7-8-9-10-11-sinf quiz testlar audio

14 Feb, 13:43


📌Oqsil, Uglevod, Nuklein kislota biopolimerlar. YOG’LAR esa biomolekula hisoblanadi. Oqsil monomerlari – aminokislotalar. Nuklein kislotalar monomeri – nukleotidlar hisoblanadi.

📌Hujayrda tuzilishi, vazifasi va yana bir qancha xususiyatlari bilan farq qiluvchi 2 xil nuklein kislota dezoksiriboza (DNK) va ribonuklein kislota (RNK) uchraydi.

📌DNK va RNK nukleotidlardan tuzilgan. Har bir nukleotid azot asosi (Purin asosi - ADENIN, GUANIN: Pirimidin asosi - TIMIN, SITOZIN, URATSIL), monosaxarid (dezoksiriboza, riboza) va fosfat kislota qoldig’idan tashkil topgan.

📌Dezoksiriboza va Riboza pentozalar guruhiga kiradi. Ularning tarkibida 5 tadan C (uglerod) atomi bo’ladi. Dezoksiriboza tarkibida 1 atom O (kislorod) yetishmasligi bilan ribozadan farq qiladi.

📌DNK nechta nukleotiddan iborat bo’lsa, shuncha dezoksiriboza (pentoza) bo’ladi.

📌Nukleotidlarning molekulyar massasi 345ga teng. Orasidagi masofa 0,34 nm yoki 3,4 A (Angstrem) ga teng.

📌DNK – 2 ta zanjirli bo’lgani uchun orasida vodorod bog’lari mavjud bo’lib, ular doimo komplementar sherik nukleotidlar A - T orasida 2 ta hamda G - S orasida 3 ta bo’ladi.

📌DNK ning RNK dan farqli tomoni – molekulyar massasi katta, 2 ta zanjirdan iborat, purin asoslaridan A, G; pirimidin asoslaridan S, T uchraydi. RNK da esa T uchramaydi.

📌DNK da Purin va Pirimidin asoslari vodorod bog’lar orqali, Purin asoslari o’zaro yoki Pirimidin asoslari o’zaro – fosfodiefir bog’lar yordamida birikkan.

📌DNK da nechta nukleotid bo’lsa fosfodiefir bog’ 2 ta kam bo’ladi. RNK da esa 1 taga kam bo’ladi.

📌Vodorod va fosfodiefir bog’lar DNK dagi kimyoviy bog’lar hisoblanadi.

📌RNK dan DNK sintezlanishi teskari transkripsiya; DNK ning 1 znjiridan RNK (i-RNK, t-RNK, r-RNK) lar sintezlanish jarayoni transkripsiya – ko’chirib yozish deb ataladi. Bu jarayon ham qat’iy komplementarlik asosida kechadi.

📌Hujayradagi eng asosiy assimilatsion jarayonlardan biri oqsil biosintezi hisoblanadi, bu jarayon asosan sitoplazmada, ribosomalarda kechadi.

📌Sintezlangan oqsil haqidagi irsiy axborot asosan yadroda, DNK da nukleotidlar ketma-ketligda yozilgan bo’lib, ular asosan dastlab RNK (i-RNK, t-RNK, r-RNK) sintezlab olinadi. i-RNK da 4 xil nukleotid yordamida kodlangan irsiy axborot har nukleotidlar uchligida (triplet) aminokislotalar sinteziga sabab bo’ladi. Har bir aminokislotaning 4 xil nukleotid yordamida 3 ta nukleotid ketma-ketligida ifodalanib kelishiga genetik kod deyiladi.

📌Jami kodlar soni 64 ta bo’lib, 20 xil aminokislotalardan ikkitasini kodi 1 tadan. Qolgan 18 tasini kodi 2, 3, 4, 6 tadan bo’lishi mumkin. 5 ta kodonga ega bo’lgan aminokislota uchramaydi.
1. Metionin va triptofan - 1 ta;
2. Fenilalanin, tirozin, gistidin, glitsin, lizin, sistein, serin - 2 ta;
3. Izoleysin - 3 ta;
4. Valin, serin, prolin, treonin, alanin, asparagin - 4 ta;
5. Leysin, glutamin, arginin - 6 ta; 6. Qolgani terminatorlar - 3 ta; ular polipeptid zanjir sintezi tugallanganini bildiradi.

📌Jami 64 ga teng.

📌Har qanday oqsil molekulasi – metionin aminokislotasidan boshlanadi.

📌1 ta aminokislotani 1 ta kodon (3 ta nukleotid) kodlaydi. 1 ta aminokislotani massasi 120 D (Dalton). Har bir aminokislota o’zaro peptid bog’lar yordamida bog’lanib turadi. Peptid bog’ aminokislota sonidan 1 taga kam bo’ladi

Do‘stlaringizga ham ulashing. 🔵

Kanalimizga qo‘shiling. ⤵️
https://t.me/+SqwQW-ESVeKsIyCF

BIOLOGIYA Botanika Zoologiya ATTESTATSIYAGA TAYYORGALIK GENETIKA ATF VIDEODARSLIK 5-6-7-8-9-10-11-sinf quiz testlar audio

13 Feb, 13:37


🔴TRANSKRIPSIYA-aminokislotalar izchilligidagi axborotning DNK dan i- RNK ga ko‘chirilishi

🔵TRANSLATSIYA-irsiy axborotning i-RNK tilidan aminokislotalar tiliga tarjima qilinishi

⚪️TRANZITSIYA-bir purin azotli asosining ikkinchi purin azotli asosi bilan yoki bir pirimidin azotli asosining ikkinchi pirimidin azotli asosi bilan o‘rin almashinishi

🟢TRANSVERSIYA-purin asosining pirimidin asosi bilan aksincha pirimidin asosining purin bilan almashishi

🟠TRANSLOKATSIYA-nogomologik xromosomalarning o‘zaro ayrim bo‘laklari bilan o‘rin almashinishi

🟡TRANSPOZON- ko‘chib yuruvchi genetik element

🟤TRANSFORMATSIYA-bir organizm irsiy molekulasi har qanday bo‘lagining ikkinchi organizm irsiy molekulasi tarkibiga birikish hodisasi

🟣TRANSDUKSIYA-bitta bakteriya hujayrasidan ikkinchisiga faglar orqali genlarning o‘tishi

🟤TRANSPIRATSIYA -barg og‘izchalari orqali suv bug‘lanishi

⚪️TRANSGEN-transformatsiya langan hujayralar bo‘lininib ko‘payishidan hosil bo‘lgan organizm

🔘TRANSPORT RNK- yadroda hosil bo‘ladi,aminokislotalarni biriktirib ribosomaning polipeptid zanjiri yig‘iladigan joyga -ribosomaga yetkazadi

: @Ziyaboyev_Elmurod

Tanishlaringizga ham ulashing. ♻️

Kanalimizga qo‘shiling. ❇️

Qo‘shilish uchun yuqoridagi ko‘k yozuvlar ustiga bosing.

BIOLOGIYA Botanika Zoologiya ATTESTATSIYAGA TAYYORGALIK GENETIKA ATF VIDEODARSLIK 5-6-7-8-9-10-11-sinf quiz testlar audio

12 Feb, 14:23


🌿 SELEKSIYA 🌳
( O'simlik navlari )

1. G'o'za navlari 🍃
- Toshkent-1 - Buxoro-12
- Toshkent-2 - Omad
- Toshkent-3 - Namangan-39
- Samarqand-3 - Porloq-1
- Yulduz - Porloq-2
- AN-402 - Porloq-3
- Buxoro-9 - Sulton

2. Bug'doy navlari 🌾
- Ulug'bek-600
- Sangzor

3. Olma navlari 🍏
- Oq olma
- Targ'il olma
- Qozi dastor
- Namangan olmasi

4. Shaftoli navlari 🍑
- Zarafshon
- Anjir shaftoli
- Vatan
- Lola
- Farxod
- Zarg'aldoq

5. Uzum navlari 🍇
- Rizamat - Daroyi
- Sohibi - Qorago'zal
- Gultish - Buvaki
- Hiloliy - Kattaqo'rg'on
- Husayni - Qirmizi
- Kishmish - Charos
- Toyipi - Chillaki

6. Kartoshka 🥔
- Samarqand
- Nimrang
- Obidov

7. Qovun navlari 🍈
- Aravakash - Cho'gari
- Bargi - Umrboqi
- Bosvoldi - Zarmiton
- Bo'rikalla

8. Qulupnay 🍓
- O'zbekiston
- Dilbar
- Toshkent

Tanishlaringizga ham ulashing. 📩

Kanalga ulanish:👇
https://t.me/joinchat/Srf4MDSicW5GeAhO

BIOLOGIYA Botanika Zoologiya ATTESTATSIYAGA TAYYORGALIK GENETIKA ATF VIDEODARSLIK 5-6-7-8-9-10-11-sinf quiz testlar audio

12 Feb, 13:18


Madaniy o'simliklarni kelib chiqish markazlari:🏔


📌 1⃣ Janubiy Osiyo tropik markazi.

🌏 Tropik Hindiston, Hindi-Xitoy, Janubiy Xitoy, Janubiy-Sharqiy Osiyo orollari
📎 50%
🌴 (sholi, shakarqamish va sabzavot ekinlari).


📌 2⃣ Sharqiy Osiyo markazi.

🌏 Markaziy va Sharqiy Xitoy, Yaponiya, Tayvan orollari, Koreya
📎 20%
🌴 (soya va tariq)


📌 3⃣ Janubiy-g‘arbiy Osiyo markazi.

🌍 Kichik Osiyo, O‘rta Osiyo, Eron-Afg‘oniston, Shimoliy-g‘arbiy
Hindiston
📎 14%
🌴 (bug‘doy, suli, dukkaklilar, zig‘ir, sabzi).


📌 4⃣ O‘rta yer dengizi markazi.

🌍 O‘rta dengiz qirg‘oqlaridagi mamlakatlar
📎 11%
🌴 (karam, qand lavlagi, beda, zaytun daraxti vatani).


📌 5⃣ Abissiya (Efiopiya) markazi.

☝️O‘ziga xos alohida dehqonchilik madaniyatining juda qadimgi o‘chog‘i bo‘lgan
🌴 (oq jo‘xori, arpa, banan, yovvoyi no‘xat, kofe daraxti)


📌 6⃣ Markaziy Amerika.

🌎 Janubiy Meksika
🌴 (oshqovoq, loviya, makkajo‘xori, qalampir, g‘o‘za, kakao daraxti)


📌 7⃣ Janubiy Amerika (And) markazi.

🌎 Janubiy Amerikaning g‘arbiy sohili bo‘ylab And tog‘lari tizmasi rayonlarining bir qismini o‘z ichiga oladi
🌴 (kartoshka, ananas, tamaki).

: @Ziyaboyev_Elmurod

@dominant_biologiya

Do‘stlaringizga ham ulashing.

Kanalimizga qo‘shiling

Qo‘shilish uchun yuqoridagi ko‘k yozuvlar ustiga bosing. ⤴️

BIOLOGIYA Botanika Zoologiya ATTESTATSIYAGA TAYYORGALIK GENETIKA ATF VIDEODARSLIK 5-6-7-8-9-10-11-sinf quiz testlar audio

11 Feb, 19:29


Umumta'lim fanidan sertifikat kirish imtihonida o‘sha fandan maksimal ball bermaydi – DTM

▪️Davlat test markazining AOKAdagi matbuot anjumanida ma’lum qilishicha, umumta’lim fanlaridan beriladigan milliy sertifikat kirish imtihonida o‘sha fandan maksimal ball emas, natijaning teng foizini beradi.

"Masalan, matematika fanidan sertifikat uchun imtihon topshirgan abituriyent 60 foiz ball to‘plasa, unga OTM kirish imtihonida ham maksimal ballning 60 foizi beriladi. Shu sababli sertifikat uchun imtihonda abituriyent yuqoriroq ball to‘plashga harakat qilishi kerak", - dedi DTM yuristi Guljahon Madrahimova.

Lekin sertifikat uchun savollar kirish imtihoni testlariga qaraganda murakkabroq bo‘ladi.

Tanishlaringizga ham ulashing. 📩

Kanalga ulanish:👇
https://t.me/joinchat/Srf4MDSicW5GeAhO

BIOLOGIYA Botanika Zoologiya ATTESTATSIYAGA TAYYORGALIK GENETIKA ATF VIDEODARSLIK 5-6-7-8-9-10-11-sinf quiz testlar audio

09 Feb, 23:51


OZBEKISTONDA GEN MUHANDISLIGI VA BIOTEXNOLOGIYA FANI YUTUQLARI.

Gen muhandisligiga bag'ishlangan tadqiqotlar O'zbekstonda 1980 - yillarning boshlarida akademik O.S. Sodiqov tashabusi bilan boshlangan.

I. Abdurahmonov --- > << Geninmar >> ilmiy markaz hodimi. Paxta tolasining uzunligini belgilaydigon va g'o'zaning gullashini boshqaradigon genlar oilasini AQSH Texas qishloq xo'jaligi va mexanika universiteti olimlari bilan ilk bor ajratib oldi.

Sh. S. Azimova --- > Gen va hujayra muhandisligi usullarini qo'llab , xalqimizda << Sariq kasallik >> deb ataluvchi Gepatit B xastaligini tashxislash va oldini olish uchun zarur vaksina yaratishda ilmiy loyihalarni muvafaqqiyatli yakunladilar

R. S. Muhamedov va B. Irisboyev --- > PCR texnalogiyasini qo'llab , o'nlav xavfli yuqumli va irsiy kasalliklarning gen muhandisligi tashxisi biotexnologiyasini keng tadbiq qildi.

B.Irisboyev va G.Hamidullayeva ---> Respublika kardiomarkazi bilan hamkorlikda kardiomiopatiya kasalligining irsiylanish qonuniyatlarini o'rganib kelmoqda.

R. S. Muhamedov va A. Ikromov --- > Gen daktiloskopiya ( Genning DNK izchilligi va genlar spektriga binoan noma'lum shaxsni aniqlash ) usulini tadbiq etdilar.

O. T. Odilova --- > Tuproq va yer osti suvlarida to'planib qolgan pestitsid qoldiqlarini parchalab zararsizlantiruvchi Pseudomonas bakteriyasi shtamidan shu funksiyalarni bajaruvchi genlar guruxini g'o'za tomiri tolachalari sathida yashovchi Rizosfera ko'chirib o'tkazdi.

Mamlakatimiz olimlari tomonidan g'o'zada tola sifati , erta gullash , turli stressga chidamlilikni beruvchi bir necha o'nlab genlar ajratib olindi va klonlandi.
Xozirgi kunda xam gen ijineriyasi bilan yaxshi natijalar qayd etilmoqda.

📌KANALIMIZ
💟 
@I_LOVE_BIOLOGIYA  💟

Kanalimizga qo‘shiling. ⬇️

https://t.me/joinchat/AAAAAFB2edochnczM96XJw