أحدث المنشورات من •BuxDU •БухГУ •BukhSU (@buxdu_uz) على Telegram

منشورات •BuxDU •БухГУ •BukhSU على Telegram

•BuxDU •БухГУ •BukhSU
• Buxoro davlat universiteti

• Бухарский государственный университет

• Bukhara state university
Buxoro davlat universiteti Matbuot kotibi Otabek Jalolov https://t.me/otabekjalolov1

@BuxDUMatbuotkotibi_bot
www.buxdu.uz
+998 65 221-29-14
+99865 221-26-85
13,050 مشترك
42,461 صورة
4,746 فيديو
آخر تحديث 01.03.2025 14:06

قنوات مشابهة

Edu.uz
146,049 مشترك
BMTI.UZ | Rasmiy
5,968 مشترك

أحدث المحتوى الذي تم مشاركته بواسطة •BuxDU •БухГУ •BukhSU على Telegram


❗️Buxoroda basketbolni rivojlantirish bo‘yicha muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Basketbol federatsiyasi bosh kotibi Botir Mirodilov Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif doirasida Buxoro viloyati Sport boshqarmasi hamda federatsiyaning viloyat bo‘limi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida, ayniqsa, basketbolning "3x3" yo‘nalishini Buxoro viloyatida ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha muhim tashabbuslar ilgari surildi. Shuningdek, hududdagi barcha ta’lim muassasalarida basketbol zallarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, infratuzilmani yaxshilash hamda sport anjomlari bilan ta’minlash borasida takliflar ko‘rib chiqildi.

❗️ Tashrif doirasida 2024-yil yakunlari sarhisob qilinib, 2025-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#XUSHXABAR

⚡️Joriy yilning 12-16- fevral kunlari Toshkent shahrida Qo'l jangi sport turi bo'yicha Oʻzbekiston chempionatida BuxDU Jismoniy tarbiya va sport fakulteti talabasi Saʼdullayeva Sevara Xayrullo qizi 48 kg vazn toifasida faxrli 🥇 oʻrinni egalladi.

Talabamiz hamda murabbiylarini muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz!

@buxdu_uz

Универсиада – 2025: Тошкент-Самарқанд жамоалари ғолиблик учун курашади

Бугун, 18 январь куни Бухорода “Универсиада – 2025” ўйинларининг волейбол бўйича Республика ярим финал мусобақалари бўлиб ўтди.

Мамлакатимизнинг Қорақалпоғистон Республикаси, Тошкент шаҳри ва вилоятларнинг 14 та жамоалари иштирокидаги қизиқарли баҳслар сарҳисобига кўра, ғолиблик учун Бухоро-Наманган вилояти талаба жамоалари кураш олиб борса, пойтахтимиз Тошкент ва Самарқанд жамоалари бронза медали учун кечадиган беллашувда курашадиган бўлди.

Ўзбекистон волейбол федерацияси бош котиби Фарҳод Алимовнинг кузатуви остида ўтаётган мусобақанинг эртага 19 январь куни бўладиган мусобақаларида “Универсиада – 2025” ўйинларининг ғолиб ва совриндорлари маълум бўлади.

Ўзбекистон волейбол федерацияси Матбуот хизмати

#BuxDU_QVZ

📸Jarayondan lavhalar:

@buxdu_uz

Sulaymon Inoyatov 87 yoshida vafot etdi

BuxDU tarixchi olimi, mohir pedagog, professor Sulaymon Inoyatovich Inoyatov 87 yoshida vafot etdi.

Sulaymon Inoyatovich 1938 yil 12 martda Buxoro shahrida tug‘ilgan. 1956-1961 yy. Buxoro davlat pedagogika institutini tugatgan.

10 ta monografiya, 15 dan ziyod o‘quv-uslubiy qo‘llanma hamda 300 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. O‘n minglab shogirdlarning sevimli ustozi .

Sulaymon Inoyatov 2023 yilda Prezident farmoniga muvofiq "El Yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlangan edi.

Ustozning vafoti munosabati bilan oila a’zolari va yaqinlariga universitet jamoasi nomidan chuqur taʼziya izhor etamiz.

@buxdu_uz

Gʻijduvonda 1-sonli umumtaʼlim maktabining 100 yilligi nishonlandi

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni

2020-yil 23-noyabr kuni imzolangan Qonunga ko‘ra, 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni etib belgilangangan.

O‘z safida millionlab a’zolarni birlashtirib, ularning mehnatga oid huquq va manfaatlarini ta’minlashda yaqindan yordam berib kelayotgan kasaba uyushmalari xodimlari va a’zolarini bugungi sana bilan muborakbod etamiz!

Ma’lumot uchun, bu kabi bayramlar Avstriya, AQSH, Gresiya, Indoneziya, Kanada, Latviya, Singapur, Fransiya, Xitoy, Shveysariya kabi davlatlarda, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston singari MDH davlatlarida nishonlanib kelinadi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

#Yoshlar_va_turizm
#Festival

👦Urganch davlat universitetida oʻtkazilgan “Yoshlar va turizm” festivalida ishtirok etayotgan Xitoy Xalq Respublikasining Gansu qishloq xoʻjaligi universiteti, Buxoro davlat universiteti hamda Urganch davlat universiteti talabalari koʻhna Xiva boʻylab sayohat qildilar.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube

https://teletype.in/@buxdumatbuotxizmati/OiXqaGyrChH