Bugun O‘zbekiston Respublikasi Basketbol federatsiyasi bosh kotibi Botir Mirodilov Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif doirasida Buxoro viloyati Sport boshqarmasi hamda federatsiyaning viloyat bo‘limi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida, ayniqsa, basketbolning "3x3" yo‘nalishini Buxoro viloyatida ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha muhim tashabbuslar ilgari surildi. Shuningdek, hududdagi barcha ta’lim muassasalarida basketbol zallarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, infratuzilmani yaxshilash hamda sport anjomlari bilan ta’minlash borasida takliflar ko‘rib chiqildi.
❗️ Tashrif doirasida 2024-yil yakunlari sarhisob qilinib, 2025-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar belgilandi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube