BO'KA TUMANI HOKIMLIGI @buka_tuman_hokimligi Channel on Telegram

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

@buka_tuman_hokimligi


Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI (Uzbek)

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI nomli telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanal Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanalidir. Kanalda Bo'ka tumanining eng so'nggi va ma'lumotlarga ega bo'lgan yangiliklari va ko'ngil qo'shuvlarini topishingiz mumkin. Bo'ka tumani hokimligi faoliyatini o'rganish, eng so'nggi ijtimoiy va siyosiy voqealardan xabardor bo'lish uchun bu kanal siz uchun ideal mos keladi. Agar siz Bo'ka tumani bilan bog'liq barcha so'nggi ma'lumotlarni va yangiliklarni bir joyda to'plagan kanalni qidirsangiz, bu telegram kanali siz uchun eng yaxshi manzil bo'ladi. Kanal bilan aloqaga chiqish uchun Instagram sahifamiz: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/ va Facebook sahifamiz: facebook.com/bokahokimligi/ orqali ham ulashingiz mumkin. Hozir ham BO'KA TUMANI HOKIMLIGI telegram kanaliga obuna bo'ling va eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling! Eng so'nggi videolar uchun esa YouTube kanalimiz: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/ ga tashrif buyuring. Boshqa ma'lumotlar uchun web-saytimizga murojaat qiling: www.boka.uz/

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

11 Jan, 15:32


Президент Шавкат Мирзиёев транспорт ва логистика тизимини янада ривожлантириш чора-тадбирлари бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по мерам дальнейшего развития транспортно-логистической системы.

#Mirziyoyev #taqdimot #transport #logistika

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

11 Jan, 14:26


Президент Шавкат Мирзиёев электротехника соҳасидаги натижалар ва галдаги вазифаларга оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о достигнутых результатах и дальнейших задачах в электротехнической отрасли.

#Mirziyoyev #taqdimot #sanoat #elektrotexnika

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

11 Jan, 13:51


#ayollar_daftari

Issiqxonadan
100 million so'm daromad olish mumkinmi?

"Quldiroq" mahallasida yashovchi Umida Maqsudova o'z oldiga yuqori maqsadlar qo'ygan.

▶️ Batafsil videolavhada

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

11 Jan, 05:48


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Бирлашган Араб Амирликлари Президенти Шайх Муҳаммад бин Зоид Ол Наҳаённинг таклифига биноан 13-16 январь кунлари расмий ташриф билан ушбу мамлакатда бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Объединенных Арабских Эмиратов Шейха Мухаммада бин Заида Аль Нахаяна 13-16 января посетит эту страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #BAA #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

10 Jan, 16:46


2025 yilda “Ochiq byudjet” doirasida o'tkaziladigan tashabbuslar taqvimi

“Mening yo'lim” loyihasi “Tashabbusli byudjet”ning birinchi mavsumiga qo'shib o'tkaziladi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

10 Jan, 13:23


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев қисқа муддатли меҳнат таътилини якунлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев завершил свой краткосрочный трудовой отпуск.

Facebook|Instagram|X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

10 Jan, 06:33


#Mehnat_huquqlari

✔️Qonunchilikka ko'ra, xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo'shatish mezonlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

🔹xodimlarining soni 20 nafar va undan ortiq bo'lgan har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi tashkilotni (uning alohida bo'linmasini) tugatish;

🔹xodimlar sonining (shtatining) quyidagi miqdorda:

🏷 30 kalendar kun ichida 50 nafar va undan ortiq xodimning;

🏷 60 kalendar kun ichida 200 nafar va undan ortiq xodimning;

🏷 90 kalendar kun ichida 500 nafar va undan ortiq xodimning qisqarishi.

⚠️ Ammo, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo'shatish to'g'risidagi qarorlarni ushbu kechiktirish keltirib chiqargan yo'qotishlarni ish beruvchiga bir vaqtning o'zida qisman yoki to'liq kompensasiya qilish orqali 6 oy muddatgacha to'xtatib turishi mumkin.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

10 Jan, 05:31


#Sport

O’quvchi yoshlar o’rtasida futbol bo’yicha musobaqa o’tkazildi.


🔺 Bo’ka tumanida "Kreativ ta’til" loyihasiga asosan o’quvchilar o’rtasida futbol sport turi bo’yicha musobaqa o’tkazildi.

🔺 O’quvchilar qishki ta’tilni mazmunli o’tkazishi maqsadida "Yoshlar agentligi" tuman tashabbusi bilan Sardorlar Kengashi a’zolari bilan birgalikda sport musobaqasi tashkil etildi.

💠 Ishtirokchilar o’yin davomida faol bo’lishdi. Musobaqa so’ngida g'oliblar Yoshlar ishlari agentligi Bo’ka tumani bo’limi tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan rag’batlantirildi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

09 Jan, 10:00


#ijtimoiy_soha

Ijtimoiy soha obyektlari o'rganilmoqda.


💠 Ayni kunlarda tuman hokimining o'rinbosari Odil Djo'rayev tumandagi ijtimoiy soha obyektlarida bo‘lib, ularning faoliyatini ko'zdan kechirmoqda.

🔸 Xususan, bugun bir qator ijtimoiy soha obyektlaridagi holat o'rganildi.

🔺 O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga muddat va aniq topshiriqlar berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

04 Jan, 07:40


#Sayyor_qabul

"Madaniyat" mahallasida fuqarolar qabuli tashkil qilindi.

🔸 Bugun Bo’ka tumani hokimining birinchi o'rinbosari M.Saydullayev, Xalq qabulxonasi mudiri Z.Rahmonqulov, hokim o'rinbosarlari, mahalla yettiligi”, tegishli korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida 1-sektor hududidagi "Madaniyat" mahallasida fuqarolar sayyor qabuli o'tkazildi.

🔻 Ushbu qabulda 9 nafar fuqarolar tomonidan ijtimoiy nafaqalar, kredit, moddiy yordam, kommunal sohaga oid masalalar yuzasidan 10 ta murojaatlar kelib tushdi.

🔺 Muammolarni bartaraf etish yuzasidan nazorat reja ishlab chiqilib, ijroga yo'naltirildi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

04 Jan, 06:18


Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Туркистон жадидлик ҳаракатининг асосчиси, атоқли адиб ва жамоат арбоби, ношир ва педагог Маҳмудхўжа Беҳбудий таваллудининг 150 йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида"ги қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О широком праздновании 150-летия со дня рождения основателя джадидского движения в Туркестане, выдающегося писателя, общественного деятеля, издателя и педагога Махмудходжи Бехбуди"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

03 Jan, 12:33


Президент Шавкат Мирзиёевга “2025 йил учун Ўзбекистон Республикасининг давлат бюджети тўғрисида”ги қонун ижросини таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида ахборот берилди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву представлена информация о мерах по обеспечению исполнения Закона «О Государственном бюджете Республики Узбекистан на 2025 год».

#Mirziyoyev #taqdimot #moliya #byudjet

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

03 Jan, 12:01


#Xushxabar

Yangi yilning birinchi kunida viloyatda qancha chaqaloq dunyoga keldi?

Yangi yilning birinchi sutkasida viloyatda 150 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Shundan 79 nafari o‘g‘il, 71 nafari qizbola chaqaloqlardir.

Eng ko‘p tug‘ilish Parkent va Toshkent tumanlarida (14 nafardan) qayd etildi. Tug‘ilganlar orasida 1 egizak (ikki homilalik Olmaliq shahrida) ham bor.

▶️RIOva BSIATMDMTVF - 9 nafar;
▶️Angren shahar -8 nafar;
▶️Bekobod tumani- 2 nafar;
▶️Bekobod shahar - 8 nafar;
▶️Bo‘ka tumani - 8 nafar;
▶️Bo‘stonliq tumani - 9 nafar;
▶️Zangiota tumani -7 nafar;
▶️Qibray tumani - 12 nafar;
▶️Quyi Chirchiq tumani- 5 nafar;
▶️Nurafshon shahar - 11 nafar;
▶️Oqqo‘rg‘on tumani - 6 nafar;
▶️Olmaliq shahar - 11 nafar;
▶️Ohangaron shahar - 5 nafar;
▶️Ohangaron tumani- 5 nafar;
▶️Parkent tumani - 14 nafar;
▶️Piskent tumani - 3 nafar;
▶️Toshkent tumani - 14 nafar;
▶️Chinoz tumani - 3 nafar;
▶️Yuqori Chirchiq tumani - 3 nafar;
▶️Yangiyo‘l tumani - 2 nafar;
▶️Yangiyo‘l shahar - 5 nafar;

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

03 Jan, 09:43


Президент Шавкат Мирзиёевга банклар иштирокида маҳаллаларда аҳоли бандлигини таъминлаш ва даромадини ошириш чора-тадбирлари бўйича ахборот берилди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о мерах по обеспечению занятости населения и повышению доходов в махаллях с участием банков.

#Mirziyoyev #taqdimot #banklar #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

01 Jan, 09:15


#qutlov

Bo’ka tumani hokimi Baxtiyor Begmatovning "Yangi yil" munosabati bilan bayram tabrigi


Assalomu alaykum, qadrli tumandoshlar!
Muhtaram do‘stlar!

Siz azizlarni, nuroniylar, mehribon opa-singillarimizni, a’zmu shijoatli yoshlarimizni yangi orzular, yangi rejalar, quvonchu shodliklar ulashib kirib kelgan Yangi yil bilan samimiy muborakbod etaman!

Barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat va farovonlik tilayman. Yangi yilda barcha xayrli ishlaringizda omad yor bo‘lsin! 2024-yil mamlakatimiz uchun tinch, har tomonlama omadli va barakali yil bo‘ldi.

Biz taraqqiyotimizning yangi davri, yangi bosqichiga qadam qo‘ydik. Muhtaram Prezidentimizning ta’biri bilan aytganda, eng muhimi, odamlarimizning ertangi kunga ishonchi ortmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, o‘tayotgan yil mamlakatimiz tarixida yorqin iz qoldirgan yil bo‘ldi.

Hurmatli do‘stlar!
Yangi kirib kelayotgan 2025-yilda Bo’ka tumanimizni yanada obod va ko‘rkam qilish, inson qadri va farovonligi uchun xalqimiz manfaatlarini himoya qilish asosiy vazifamiz bo‘lib qoladi. Ehtiyojmand oilalar va yordamga muhtoj insonlarni himoya qilishga, aholi daromadlarini oshirishga e’tiborni yanada kuchaytiramiz.

Muhtaram faxriylar, opa-singillarimiz va yoshlarimizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish doimo diqqatimiz markazida bo‘ladi.

Aziz va qadrdon tumandoshlar!
Yangi 2025-yilda xalqimizning barcha orzu-niyatlari ushalsin. Kelajagimiz vorislari sanalmish farzandlarimiz, nabiralarimizning baxtu kamolini ko‘raylik! Qalbingizga quvonch, dasturxoningizga qut-baraka, oilangizdan shodu-xurramlik arimasin!

Go‘zal va betakror yurtimiz tinch-osoyishta, olijanob, bag‘rikeng xalqimiz hamisha omon bo‘lsin!

2025-yilning qadami qutlug‘ kelsin!
Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, Bo’ka tumani hokimi B.Begmatov

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

31 Dec, 19:21


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

31 Dec, 16:50


#bayram

Tuman tibbiyot birlashmasida yangi yil sovg’alari topshirildi.

💠 Yangi yil bayrami munosabati bilan tuman hokimining o’rinbosari O.Djo’rayev, Z.Mannopova, Mahallalar uyushmasi Bo’ka tumani bo’limi boshlig’i Z.Obidov, Yoshlar ishlari agentligi Bo’ka tumani bo’limi boshlig’i M.Ismoilov va TTB bosh shifokori Sh.Mustafov boshchiligida tibbiyot birlashmasida davolanayotgan bolalar, ularning onalari va navbatchilik qilayotgan tibbiyot xodimlariga bayram sovg’alari topshirildi.

🔺 Mas’ullar barchani kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklab, bemorlarni tezroq sog’ayib, oilalari bag’riga qaytishlarini tiladi.

Qorbobo va ertak qaxramonlari ishtirokida topshirilgan sovg’alar barchaning kayfiyatiga ko’tarinkilik bag’ishladi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

30 Nov, 13:11


Hurmatli fuqarolar!

💪 Mol-mulkingiz daxlsizligini istasangiz, "Qo‘riqlash" bosh boshqarmasi xizmat turlaridan foydalaning!

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

30 Nov, 12:18


#jarayon

"Jo'raobod" mahallasida obodonlashtirish tadbirlari davom etmoqda.


🔺 Ayni kunlarda Respublika ishchi guruhi va tuman hokimligi boshchiligida Bo'ka tumanidagi "Jo'raobod" mahallasida keng ko'lamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

🔻 Jumladan, mahalla aholisi ishtirokida hashar tashkil etilib, ko'chalarni obodonlashtirish, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko'chatlarini ekish, ichimlik suvi tarmog'ini tortish, sport va "Workout" maydonchalari hamda mahalla binosini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

30 Nov, 08:00


#deputatlar_faoliyati

Deputatlar tomonidan ijtimoiy soha obyektlaridagi holat o'rganilmoqda.


🔺 Bo'ka tumanidagi ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish maqsadida deputatlar tomonidan o'tkazilgan o'rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

🔸 Jumladan, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati A.Abdullajonov va Xalq deputatlari Bo'ka tumani Kengashi deputati D.Po'latov ishtirokida Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 8- va 19-umumiy o'rta ta'lim maktablarida isitish tizimlarining holati, ko'mir zahiralari, shuningdek o'quv xonalaridagi shart-sharoitlari o'rganildi.

🔹 O'rganish davomida maktab ma'muriyati tomonidan bildirilgan takliflar va aniqlangan muammolar tegishliligi bo'yicha mas'ullarga yetkazilib, ijrosi nazoratga olinishi ta'kidlandi.

Tumandagi ijtimoiy soha obyektlarida o'rganish ishlari davom etmoqda.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

16 Nov, 14:15


#oav

“Jo’raobod” mahallasida sayyor tibbiy ko’rik tashkil etildi.

Jarayonlar “Nurafshon” telekanali lavhasida


✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

16 Nov, 13:43


#Diqqat

🔹 15-noyabr kunidan Respublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” boshlandi.

💠 Bo‘ka tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi mamlakatimiz aholisini ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishlarini so‘rab qoladi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

16 Nov, 13:32


#ta'lim

Bo‘ka tumani sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.


💠 Bo‘ka tumani sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikda Bo‘ka tumani hududida yashab kelayotgan 2016-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan shaxslarni majburiy ta’limga jalb etilishi yuzasidan Bo‘ka tumani "Oltish" mahallasida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

🔹 Xususan, majburiy ta’limga o‘z farzandlarini jalb qilmagan ota-onalar O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortish choralari ko‘rib borilmoqda.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

16 Nov, 13:26


#bayroq

📸 Fotoreportaj: "Jo'raobod" mahallasida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir o'tkazildi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

14 Nov, 13:01


#qabul

"Agrobank" ATB Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari ishtirokida sayyor qabul o'tkazildi.


💠 Kuni kecha Bo'ka tumanidagi 19-son Musiqa va san'at maktabi faollar zalida "Agrobank" ATB Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig'i L.Kazakov boshchiligida fuqarolar sayyor qabuli o'tkazildi.

🔹 Qabulda fuqarolar kredit, oilaviy tadbirkorlik kabi yo'nalishlardagi murojaatlari bilan ishtirok etishdi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

14 Nov, 09:30


#kuz_qish

Ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlarining ishlashi nazorat qilnmoqda.


💠 Ayni kunlarda havo haroratining pasayishi ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimining barqaror ishlashida nazoratning kuchaytirilishiga sabab bo'lmoqda.

🔸 Shu maqsadda tuman IIB boshlig'i J.Manazarov hududda joylashgan 6- va 12-umumiy o'rta ta'lim maktablarida bo'lib, xonalardagi harorat, isitish tizimining ishlashi, ko'mir zahiralari, shuningdek o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

🔹 Mavjud muammolarni bartaraf etish va kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish lozimligi ta'kidlandi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

14 Nov, 08:30


#Sayyor_qabul

"Beshkapa" mahallasida aholi uchun qabul tashkil qilindi.

🇺🇿 Bo'ka tumani IIB boshlig'i J.Manazarov va hamkor tashkilotlar ishtirokida 3-sektor hududidagi "Beshkapa" mahallasida fuqarolar sayyor qabuli o'tkazildi.

🔻 Muammolarni bartaraf etish yuzasidan nazorat reja ishlab chiqilib, ijroga yo'naltirildi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

14 Nov, 08:00


#Sayyor_qabul

"Ko'korol" mahallasida sayyor qabul o'tkazildi.

🔺 Bugun Bo'ka tuman DSI boshlig'i Sh.Xazratov tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida 4-sektor hududidagi "Ko'korol" mahallasida fuqarolar sayyor qabuli o'tkazildi.

🔻 Muammolarni bartaraf etish yuzasidan nazorat reja ishlab chiqilib, ijroga yo'naltirildi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

14 Nov, 06:07


#murojaat

Suvni asrang, tejang va yuqori daromadga ega bo‘ling: Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashining murojaati

BATAFSIL


✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

14 Nov, 04:31


#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, iste'molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz shartnoma asosida ulardan foydalanish qoidalariga muvofiq yetkazib beriladi.

📝 Shartnomada taraflarning huquq va majburiyati, hisobga olish asboblarini o'rnatish, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish va boshqa shartlar kelishib olinadi.

📁 Mazkur qoidalarni buzganliklari uchun tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq ma'muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.

⚠️ Shuningdek, tarmoqlarga o'zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko'rsatkichlarini o'zgartirish o'g'rilik yoki oz miqdorda talon-toroj qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab bo'lishi belgilangan.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

13 Nov, 13:22


Президент Шавкат Мирзиёев Боку шаҳрида озарбайжонлик адабиётшунос ва шоир Акиф Бағировни қабул қилди.

Президент Шавкат Мирзиёев в Баку принял азербайджанского литературоведа и поэта Акифа Багирова.

#Mirziyoyev #qabul #shoir #kitob

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

02 Nov, 14:34


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Федерацияси Ҳукумати Раисининг ўринбосари Дмитрий Чернишенко бошчилигидаги делегацияни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Российской Федерации во главе с заместителем Председателя Правительства этой страны Дмитрием Чернышенко.

#Mirziyoyev #qabul #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

02 Nov, 06:30


#rahbar_va_yoshlar

"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


💠 Kuni kecha Bo‘ka tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 Tadbirda Toshkent viloyati 3-Mintaqa Jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakili - podpolkovnik B.Mavlonov, maktab ma’muriyati va o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.

🔺 Bolalar va o‘smirlar harbiy otryadi a’zolari bilan suhbat davomida saf tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotlari ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar tomonidan "Vatan tayanchi" otryadi a’zolari safida bo‘lgan 11-sinf bitiruvchilarni O‘zbekiston Respublikasi IIV ga qarashli Akademiyaga hamda 9-sinf bitiruvchilarini O‘zbekiston Respublikasi IIV qoshidagi 2-sonli akademik litseyiga o‘qishga kirishlariga tavsiya berib, ushbu o‘quv yurtlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

🔸 Tadbir yakunida "Vatan tayanchi" otryadi faol a’zolaridan maktab sardorlari tayinlanib, ularga ishonchnomalar tantanali ravishda topshirildi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

02 Nov, 05:38


Bugun Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko bilan uchrashuv o‘tkazdik.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashib, ijtimoiy sohaga hamda davlatlarimiz rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirishga alohida e’tibor qaratdik.

Ta’lim sohasidagi unumli sheriklik natijalari, xususan, yaqin kelajakda Rossiyaning yana bir oliy ta’lim muassasasi – Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali ochilishi mamnuniyat bilan qayd etildi.

_

Сегодня состоялась встреча с заместителем Председателя Правительства Российской Федерации Дмитрием Чернышенко.

Мы обменялись мнениями по актуальным аспектам развития узбекско-российского сотрудничества, уделив особое внимание социальной сфере и эффективной реализации договорённостей, достигнутых по итогам встреч глав наших государств.

С удовлетворением отметили результаты плодотворного взаимодействия в области образования, в частности открытие в ближайшем будущем филиала очередного российского вуза — Московского государственного технического университета имени Баумана.

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

01 Nov, 12:30


#jarayon
#migratsiya

Migratsiyada yurgan fuqarolarni O'zbekistonga qaytarish va ish bilan ta'minlash maqsadida onlayn muloqot o'tkazildi.


🔸 Bugun Bo'ka tumani hokimining o'rinbosarlari O.Djo'rayev, Z.Mannopova, Yoshlar ishlari agentligi Bo'ka tumani bo'limi boshlig'i M.Ismoilov, Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish markazi rahbarining o'rinbosari Q.Diyorov tomonidan chet davlatlarda ish, o'qish va boshqa maqsadlarda migratsiyada yurgan fuqarolar bilan onlayn suhbatlashib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi.

🔹 Shuningdek, ularni O'zbekistondagi qulay mehnat sharoitlariga ega va yuqori maosh beruvchi korxonalarga ishga joylashtirish choralari ko'rilishi, tumanimizda ham muhim ish o‘rinlari mavjudligi, qiziqishi, iqtidori hamda mutaxassisligiga mos, yuqori maosh to‘lanadigan bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish uchun barcha imkoniyatlar yetarli ekanligi ma'lum qilindi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt 📲 X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

01 Nov, 12:00


Noyabr oyi pensiya puli qachon to‘lanadi?

🔺 Yangi oy kirdi, pensiyam plastik kartamga qachon tushadi yoki naqd shaklda qachon olaman kabi fuqarolarda savollar tug‘ilishi tabiiy.

🔺 Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari har to‘lov oyining 2-kuniga qadar to‘lov topshiriqnoma (vedomost)lar shakllantiradi va vedomostlar oyning 4-kuniga qadar pensiyani fuqarolarga yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilotga taqdim etiladi.

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-sonli Qarori bilan, pensiya to‘lovlari uchun talab etiladigan mablag‘larni Pensiya jamg‘armasi har oyning 5-sanasiga qadar pensiya oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlariga (plastik kartalarga) moliyalashtirilishi belgilangan.

🏦 Xalq banki tomonidan naqd shaklda pensiya oluvchilarning mablag‘lari tasdiqlangan grafiklar asosida sayyor kassalar tomonidan har oyning 4-27 sanalarida mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)ga borgan holda to‘lab beriladi.

🔸 Yuqoridagilardan kelib chiqib, Pensiya jamg‘armasi tomonidan bank plastik kartada pensiya oluvchi fuqarolarga pensiya mablag‘lari 5-noyabrgacha, naqd pul shaklida oluvchi fuqarolarga esa 27-noyabr sanasiga qadar to‘lab berilishi rejalashtirilgan.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt 📲 X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

01 Nov, 10:01


#tahlil

Ijtimoiy nafaqalarning maqsadli sarflanishi tahlil qilindi.


💠 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-noyabrdagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 596-son qarori ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilndi.

🔹 Tuman hokimining o'rinbosarlari M.Saydullaev va O.Djo'raevlar tomonidan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga kelib tushgan ariza va murojaatlarni mahallalar kesimidagi ijro holati ko'rib chiqilib, aniqlangan holatlarini ijobiy ko'rib chiqish yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

27 Oct, 16:43


#saylov2024

BO'KA, PSKENT, OHANGARON TUMANI
OVOZ BERISH JARAYONLARI


OBUNA BO'LING: NURAFSHON TV

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

27 Oct, 15:44


#сайлов_2024

⭕️ Тошкент вилоятидаги сайлов участкаларида овоз бериш жараёнлари якунланди

Бугун эрталабдан Тошкент вилояти ҳудудий сайлов комиссиясига қарашли 1006 та сайлов участкасида “Менинг танловим – обод Ватаним” шиори остида овоз бериш жараёнлари белгиланган тартибда ташкил этилди.

🔰 Сайловчиларнинг ягона электрон рўйхатига кўра, округ бўйича овоз берувчиларнинг умумий сони 1 миллион 853 минг 879 нафарни ташкил этмоқда. Улардан 4 минг 800 нафари илк бор сайловда иштирок этаётган ёшлардир. Ногиронлиги бор шахсларнинг сайлов участкаларида қулайликлар яратилди. Жумладан, уйда овоз берувчи шахслар учун яшаш манзилига борган ҳолда овоз бериш имкони яратилди.

📑 Марказий сайлов комиссияси томонидан рўйхатга олинган ва аккредитациядан ўтказилган хорижий давлатлар ва халқаро ташкилотлар, ОАВ вакиллари, сиёсий партияларнинг вакиллари сайлов жараёнларини кузатиб борди.

 📎 Соат 20.00 га қадар барча сайлов участкаларида овоз бериш жараёни якунланди. Тошкент вилояти ҳудудий сайлов комиссиясига сайлов бўйича қонунбузилиш ҳолатлари юзасидан мурожаатлар келиб тушмади.

📍 Ҳозирги вақтда бюллетенларни санаш жараёнлари давом этмоқда.

Абдулазиз Мусаев,
Тошкент вилояти ҳудудий сайлов комиссияси Матбуот маркази раҳбари


@tosh_vil_saylov

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

27 Oct, 15:26


Соат 20:00 да республика ҳудудида ташкил этилган сайлов участкаларида овоз бериш жараёнлари якунланди.

🗳Айни дақиқаларда овозларни санаб чиқиш жараёнлари бошланди.

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

27 Oct, 10:49


🇺🇿🇺🇿

Aziz vatandoshlar!

Saylash huquqingizdan foydalaning va o'zingiz munosib deb bilgan nomzodga ovoz bering!

Laylo Toshpo'latova - Toshkent viloyati Bo'ka tumani "Guliston" mahallasi xotin-qizlar faoli

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

27 Oct, 08:26


Халқ билан бирга: Президент сайловда овоз берди ва фуқароларга юртимиз тақдири ва келажагига дахлдорлик учун миннатдорлик билдирди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

27 Oct, 06:50


#saylov2024

Келажагимиз учун муносиб номзодни танлаш вақти келди.
Мухаммедова Азиза Бўка тумани "Гулистон" маҳалласи раиси.

#yosh_saylovchi #saylov_2024 #kelajak_uchun #ovoz_berdim #befarq_emasman
🌐O'ZBEKISTON MAHALLALARI UYUSHMASI BO'KA TUMANI BO'LIMI

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

27 Oct, 06:49


Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Nurafshon shahridagi 7-saylov uchastkasida fuqarolik huquqidan foydalanib, oʻzi munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berdi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

27 Oct, 06:49


Prezident Shavkat Mirziyoyev oila a’zolari bilan birga Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, saylovda ovoz berdi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

27 Oct, 06:11


🇺🇿🇺🇿

Aziz vatandoshlar!

Saylash huquqingizdan foydalaning va o'zingiz munosib deb bilgan nomzodga ovoz bering!

Xojibek Xojiqulov - Toshkent viloyati Bo'ka tumani "Jag'albayli" mahallasi yoshlar yetakchisi

@buka_news

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

27 Oct, 05:16


#saylov

Bo'ka tuman aholisi siyosiy jarayonda faol ishtirok etmoqda


🇺🇿🇺🇿 Toshkent viloyatining Bo'ka tumanida 47 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan. Tumanda qariyb 78594 nafar fuqaro konstitusiyaviy huquqidan foydalangan holda mazkur jarayonda ovoz berishi kutilmoqda.

Saylov uchastkalari ertalabdan davlat madhiyasi yangragan holda ovoz beruvchilar bilan gavjum bo’ldi.

🔺 Konstitusiyaviy islohotlarga befarq bo’lmagan fuqarolar oila a’zolari bilan kelib, ovoz berishmoqda. Tumanda 1 456 nafar yosh birinchi bor ovoz berishda ishtirok etishadi.

@buka_news

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

27 Oct, 04:58


🇺🇿🇺🇿

Aziz vatandoshlar!

Saylash huquqingizdan foydalaning va o'zingiz munosib deb bilgan nomzodga ovoz bering!

Sardor Esonov - Toshkent viloyati Bo'ka tumani "Bunyodkor" mahallasi yoshlari sardori

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

26 Oct, 11:49


#o'rganish
#IIV


IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig'i boshchiligidagi ishchi guruh vakillari ishtirokida mahallalarda o'rganish o'tkazilmoqda.


🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariyati topshirig'iga asosan Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig'i - polkovnik Sh.Uralov boshchiligidagi ishchi guruh vakillari "qizil toifa"dagi mahallalarda, jumladan Bo'ka tumani 3-sektor hududidagi "Rovot" mahallasida bo'lib, oilalarga amaliy yordam ko'rsatish, ish bilan ta'minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, jamoat xavfsizligini ta'minlash va probatsiya hisobida turgan fuqarolar bilan ishlash holati o'rganildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

22 Oct, 16:17


Президент Шавкат Мирзиёев маҳаллийлаштириш, давлат-хусусий шерикликни ривожлантириш, хорижий инвестицияларни жалб қилиш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам локализации, развития государственно-частного партнерства, привлечения иностранных инвестиций.

#Mirziyoyev #yigilish #mahalliylashtirish #investitsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

22 Oct, 11:47


Самарқанд шаҳрида 22 октябрь куни Ўзбекистон-Қозоғистон VI ҳудудлараро ҳамкорлик форуми бўлиб ўтди.

Ўзбекистон Республикаси Бош вазири Абдулла Арипов Қозоғистон Республикаси Бош вазири Олжас Бектенов бошчилигида ўтган форумда икки мамлакатнинг барча ҳудудлари вакиллари ҳамда унинг доирасидаги давра суҳбатида 200 га яқин тадбиркор иштирок этди.

Ҳудудлар раҳбарлари ва тадбиркорлари ўртасида тўғридан-тўғри алоқаларни ривожлантиришга қулай шароит яратиш ва уларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш мақсадида ўтказилган форумда сўнгги йилларда мамлакатларимиз ўртасидаги кўп асрли дўстлик, яхши қўшничилик ва ўзаро ҳурмат тамойилларига асосланган стратегик шериклик ва иттифоқчилик муносабатлари жадал ривожланиб, барча соҳаларда ижобий ўсиш кузатилаётгани таъкидланди.

Ўзаро муносабатлар шундай юқори даражага кўтарилишида, Давлатларимиз Раҳбарлари ўртасидаги дўстона ва ишончли алоқалар муҳим омил бўлаётгани алоҳида қайд этилди.

Facebook | Instagram

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

22 Oct, 10:10


#fvb

Maxsus taktik o'quv-mashg'uloti o'tkazildi.


🔺 Bo‘ka tumani hokimining o'rinbosari O.Djo'rayev, tuman IIB YHXB boshlig'i Sh.Meliyev, tuman FVB boshlig'i Q.Ashirov boshchiligida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi xizmatlarining fuqaro muhofazasi tuzilmalari kuch va vositalar hamda shaxsiy tarkibining shayligi tekshirilib, saf ko'rigi mashg'uloti o'tkazildi.

🔸 Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berilib xodimlarning bilim hamda ko‘nikmalari oshirildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

22 Oct, 09:06


Президент Шавкат Мирзиёев раислигида "Яшил макон” умуммиллий лойиҳасини амалга ошириш юзасидан ўтган видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада.

Facebook|Instagram|X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

22 Oct, 06:44


#Muloqot #Общение

Zoyir Mirzayevning mehnat migrantlari bilan onlayn muloqoti qanday boʻldi?
_____

Как прошла онлайн-беседа Зойира Мирзаева с трудовым мигрантами?


📱 Instagram | 📱 Twitter | 🌐YouTube📱 Facebook  | 🕊Telegram

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

22 Oct, 04:30


#oav
📺📺

💪 Bo'ka tumanidagi maktablarda tashkil etilgan "Yosh gvardiyachilar" sinflarining faoliyatiga nazar.

🎞 Batafsil "Nurafshon" telekanali lavhasida

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

21 Oct, 17:15


"Яшил макон" лойиҳаси доирасида йил охиригача ва келгуси йилда бажарилиши лозим бўлган вазифалар белгилаб берилди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

21 Oct, 17:02


Ҳар бир вилоятда "Яшил" университетнинг техникумлари ташкил этилади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

21 Oct, 13:09


Октябрь-ноябрь ойларида маҳаллаларда 40 миллион дона манзарали ва мевали дарахт янги тизим асосида экилиши белгиланди.

“Маҳалла еттилиги” ҳар бир маҳаллада 30 тадан камбағал оила хонадонига 20 тупдан, 20 минг якка ёлғиз кексалар хонадонига 10 тупдан мевали дарахтлар тарқатади. Шунингдек, еттилик ўзига бириктирилган кўчаларда жами 6 миллион дона манзарали дарахт, кўчалар, уйлар, кўп қаватли уйлар атрофига жами 3 миллион мевали ва манзарали дарахт экишни ташкиллаштириши муҳимлиги қайд этилди.

Таълим тизими раҳбарларига 20 мингдан зиёд боғча, мактаб, олийгоҳ ва шифохоналар ҳудудида 2,5 миллион дона кўчат экишни ташкил қилиш топширилди. Ёшлар ишлари агентлиги 155 минг ёшларга бўлиб берилган 60 минг гектар ерда жами 1,5 миллионта мевали дарахт экишга кўмаклашади.

Барча маҳаллаларда кўчат ярмаркасини ташкил қилиб, 30 миллионта кўчат етказиб бериш муҳимлиги таъкидланди.

Телевидение, радио, газета ва ижтимоий тармоқларда дарахт экиш нуронийлар, маҳалла фаоллари, жамоат арбоблари, санъаткор ва спортчилар иштирокида кенг тарғиб қилинса, ишларнинг самараси бундан-да юқори бўлиши таъкидланди.

Президентимиз аҳолини дарахт экишга жалб қилиш бўйича яхши тажрибалар кўпаяётганини қайд этиб, тўлов ташкилотлари ва электрон савдо платформаларининг бундай лойиҳаларини қўллаб-қувватлаш зарурлигига эътибор қаратди.

Facebook|Instagram|X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

21 Oct, 13:09


Йиғилишда энг аввало юртимиз иқлимига мос сифатли кўчатни кўпайтириш лозимлиги таъкидланди.

Фанлар академияси, экология, қишлоқ, сув ва ўрмон хўжалиги, карантин тизимидаги илмий-тадқиқот ташкилотлари, олийгоҳлар, кафедралар, ин-витро лабораторияларидан самарали фойдаланиб, уруғ ва кўчат етиштириш ҳажмини ошириши зарур.

Нукус, Арнасой, Қоракўл, Муборакда кейинги йилда сувсизлик ва шўрга чидамли галофит ўсимликларидан иборат 4 та боғ барпо қилинади.

Уруғ олиш учун ўрмон хўжаликларидан соғлом оналик плантациясини танлаш орқали йилига 1,5 минг тонна уруғ тайёрланиши, Корея тажрибаси асосида сувсизликка чидамли, иқлим шароитига мос ёпиқ илдизли контейнер ва ин-витро усулида 2 миллион кўчат етиштириш тизими йўлга қўйилиши белгиланди.

Шунингдек, Қорақалпоғистон, Бухоро, Жиззах, Навоий, Қашқадарё, Сурхондарё, Хоразмдаги 250 минг гектар чўлда сув талаб этмайдиган саксовул, қандим, черкез уруғлари дронлар ёрдамида экилади.

Қишлоқ хўжалиги вазирлигига Самарқанд, Хоразм, Тошкент ва водий вилоятларидаги 327 гектар ерда ноёб мевали кўчатларни ин-витро усулида етиштиришни йўлга қўйиш топширилди.

Facebook|Instagram|X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

21 Oct, 13:09


Шу билан бирга яшиллик даражасини ошириш бўйича ислоҳотларни кўп ҳокимлар тушуниб етмаётгани кўрсатиб ўтилди.

Баҳор мавсумида 28 та туман дарахт экишда режани бажармагани танқид қилинди. Иқлим шароитини ҳисобга олмасдан, сув йўқ жойларга дарахт экилгани учун минглаб туп дарахт кўкармаган.

Масалан, суғориш тизими йўқ жойга Тошкент шаҳрида 322 минг, Самарқандда 96 минг, Тошкент вилоятида 67 минг, Қорақалпоғистонда 61 минг, Бухорода 24 минг, Навоийда 15 минг кўчат экилган.

Ҳисоботга қўшиб ёзиш энг кўп Бухоро, Тошкент, Андижон, Сурхондарё, Самарқанд вилоятларида ва Тошкент шаҳрида қайд этилган.

Шу муносабат билан Бош прокуратурага соҳадаги назоратни кучайтириш зарурлиги кўрсатиб ўтилди.

Ҳар бир ҳоким, вазир, ташкилотга қаерга, қанча кўчат экиш эгаси, жойи, суви ва маблағи билан аниқ белгилаб бериш топширилди, мутасаддилар бунинг ижроси бўйича қатъий сўров бўлиши ҳақида огоҳлантирилди.

Facebook|Instagram|X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

21 Oct, 13:09


Мамлакатимизда ҳар йили 200 миллион дарахт ва бута экиб, яшилликни 2030 йилгача 30 фоизга етказиш бўйича марра олинган. 2020 йилда яшиллик даражаси 8 фоиз бўлган бўлса, ҳозир 12 фоиз. Оролбўйида яшил қоплама 2 миллион гектардан ошди.

Жорий йил баҳорида 138 миллион дона кўчат экилгани, йил бошидан 10 минг гектардан зиёд “яшил белбоғ”, 257 та “вазирлик” ва “ҳокимлик” боғлари барпо қилингани таъкидланди.

Шу йилдан бошлаб йўл, дарё ва каналларга туташ 2 минг гектар ер 10 минг аҳоли ва тадбиркорларга экиш учун ижарага берилди. “Менинг боғим” лойиҳаси доирасида бюджетдан 49 миллиард сўм берилиб, маҳаллаларда 215 та янги боғ яратилмоқда.

Ўзбекистоннинг бу борадаги ишларини Табиатни муҳофаза қилиш халқаро иттифоқи, Чўлланишга қарши курашиш конвенцияси ижроия органи ҳам алоҳида эътироф этди.

Facebook|Instagram|X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

21 Oct, 12:40


Йиғилишда “Яшил макон” умуммиллий дастури ижроси ва кузги мавсумда ишларни жадал ташкил қилиш масалалари кўриб чиқилмоқда.

Бугун Президент Марказий Осиё атроф-муҳит ва иқлим ўзгаришини ўрганиш университети билан танишди. Унда экология, барқарор бошқарув, атроф-муҳит иқтисодиёти, экология ҳуқуқи, экологик инновация ва рақамлаштириш йўналишларида 500 нафар бакалавр ва магистр тайёрланади.

Бу билан экология тизимига ҳам замонавий кадрлар тайёрлайдиган мустаҳкам замин яратилди.

Вилоят ҳокимларига ҳар бир вилоятда 1 тадан ушбу университет техникумини ташкил қилиш топширилди. Техникум атрофида илмий-амалий машғулотларни олиб бориш учун дендрология боғи ҳам ташкил қилинади.

Янги ўқув йилидан университетда дуал таълимни йўлга қўйиш, уруғчилик, кўчатчилик, иқлим ўзгариши бўйича қисқа курслар ташкил қилиб, ҳар йили 1 минг нафар ходимнинг малакасини ошириш муҳимлиги кўрсатиб ўтилди.

Facebook|Instagram|X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

21 Oct, 12:30


#uchrashuv

Probatsiya hisobida turgan mahkumlar bilan uchrashuv o'tkazildi.


🇺🇿 Bugun Bo'ka tuman IIB binosida 3-sektor rahbari - IIB boshlig'i J.Manazarov, tergov bo'limi boshlig'i A.Abdulakimov, Probatsiya bo'limi boshlig'i O.Egamov va probatsiya guruhi hisobida turuvchi mahkumlar uchrashuvi o'tkazildi.

🔹 Uchrashuv davomida ishtirokchilar murojaatlari bilan birgalikda takliflari ham tinglandi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mas'ullarga murojaat qilib, tegishli javoblar olishdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

21 Oct, 12:09


Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида "Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида амалга оширилган ишлар натижадорлиги ва келгусидаги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по анализу результативности работы и дальнейшим приоритетным задачам в рамках общенационального проекта "Яшил макон"

Facebook|Instagram|X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

21 Oct, 12:09


#Kun_tartibi #Agenda #Повестка_дня

Mehnat migrantlari bilan navbatdagi onlayn muloqot boʻlib oʻtdi

👉 Batafsil
_____
                                                                                           
The next online meeting with labor migrants is held  

👉 In detail
_____

Состоялась очередная онлайн-беседа с трудовыми мигрантами

👉 Подробно

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

21 Oct, 11:23


Ўзбек тили байрами муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик

Поздравление народу Узбекистана в связи с Праздником узбекского языка

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

21 Oct, 11:06


#Millatimning_sharaf_shoni_ona_tilim

O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tadbir o'tkazildi.


🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tiliga oʻzbek tili maqomi berilganiga 35 yil toʻlgani munosabati bilan Boʻka tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabida "Millatimning sharaf - shoni ona tilim" mavzusida tadbir oʻtkazildi.

🔹 Tadbir davomida "Ona tili va adabiyot", "Yosh qalamkash" hamda "Folklor" toʻgaragi a'zolari she'riy va musiqiy chiqishlari bilan ishtirok etishdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt