来自 Bobil Kutubxonasi (@bobil_kutubxonasi) 的最新 Telegram 贴文

Bobil Kutubxonasi Telegram 帖子

Bobil Kutubxonasi
Reading Because Murder Is Wrong!
Hamkorlik: @bobil_reklama

Instagram: https://www.instagram.com/muzaffarmirzohid/
6,498 订阅者
1,331 张照片
115 个视频
最后更新于 01.03.2025 07:14

相似频道

Alimoff Live
11,426 订阅者
Dildora_bookaholic
2,073 订阅者

Bobil Kutubxonasi 在 Telegram 上分享的最新内容


O’zbekcha haqida

Go’zal so’zi go’z/ko’z va al/ol so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, ko’z oluvchi, ko’zga yoqimli tasvir degani.

G’oz so’zi esa eski manbalarda “qoz” bo’lib keladi va aslida “qiz” so’zi bilan bitta ildizga ega.

Shunaqa)

@bobil_kutubxonasi

Икки кун аввал адабиёт назарияси ҳақидаги бир китоб бўйича ношир дўстлар билан гаплашиб қолгандим. У китоб таржимаси ҳақида аввал ҳам гуруҳга ёздим, энди кераги йўқ. Дўстлар тўғридан тўғри рад жавоби беришади, деб ўйлагандим, лекин соғ бўлишсин, аввал китобни ўрганиб чиқишди. Кейин эса ҳали кичик нашриёт бўлишгани сабаб чиқаролмасликларини ётиғи билан тушунтиришди. Вақт ажратишгани учун ҳам раҳмат.

Шу ўринда, Туркиядаги университетларга махсус таклиф ё университет бюджетидан жўнатиладиган ўзбек домлалар ҳақида гапирсам... Академиянинг ичидаман ва факультетга ўзбек домлалар келиб туради. Асосан туркология бўлимига. Майли, илм қилиш осонмас, шу боис домла домла деб ҳурматини жойига қўяману, дарсига кириб уялиб кетаман. Жуда саёз, жуда... Масалан, охирги келган бир домла Абдулла Орипов шеъриятида ватан мадҳи ҳақида презентация ўтди. Ориповнинг "Ўзбекистон" қасидасидаги сатрларни кўрсатиб, бу ерда ватанга севги ётибди, деди. Ер ёрилса, мени ютса, дедим. Ориповдаги ватанпарварликни тилга олиш учун филология фанлари доктори бўлишингиз шартмас? Ё шеърни туркчага таржима қилсангиз ҳам, Африкадаги суахили тилига таржима қилсангиз ҳам, ўша мавзуни ҳамма тушунади. Ачиниб қарадим домлага.
Ўзбекистонга охирги борган пайтим самолётда бошқа ўзбек домла билан бирга ўтириб қолдик. Суҳбатлашдик. Ўзлари яхши одам, лекин Туркиядаги оддий талаба эркинлиги ҳам уларга оғир ботибди. Бундан ташқари, масалан соҳалари немис филологияси эди, оддий мавзуларда ҳам дарсликдан ташқарида фикр юритолмасди.

Ўртоқлар, нашриётларни айблолмаймиз. Ўқийдиган одам кам. Ўзи, одам кам. Ўзбекистонни эмас, ўзингизни қутқариш учун ҳам филолог бўлсангиз, назария ўқинг. Бир марта Жонтемир ака "Сени постмодернизм бўйича изланиш қилаётган бир бола билан таништираман", деб қолди. Кўришдик. Постмодернизм ҳақида билими Қозоқбой Йўлдош домланинг мақолаларидан нарига ўтмасди. Оддий матнлар аролик консептидан бехабар одам. Бўғилиб кетдим.
Менинг ҳам жаҳолатим бор. Мен ҳам баломасман. Лекин, ишлаш мумкин.

Маданият Институтида ўқиб, кетишга тайёрланаётган пайтим домламдан чет элда ижтимоий фанлар ўқиш мантиқлими, деб сўрадим. Йўқ, деди. биз ҳам Арасту ўқитамиз, Америкадагилар ҳам. Арастуни фақат ўзбек сферасида, ҳеч кимнинг шарҳи ё йўриғини олмай ўқиган Мирзоҳидга бу мантиқлидек туюлганди. Аммо, ҳозирги университетимда Арастунинг аҳлоқ ва руҳ тушунчаларини бир ой домлалардан ўрганиб, имтиҳон учун бешта китоб ўқишга мажбур бўлгач, асил фарқни ўргандим.

Назария ўрганинглар, филологлар. Адабий танқид бу "ёзувчи бу ерда нима демоқчи" эмас, балки "буни ёзиш учун ёзувчига нималар туртки бўлган" деган саволга жавоб беришдир. Филология ва танқид адабиётга носир ё шоирнинг сеҳрли кўзойнагидан эмас, илмий қарашлар орқали қарай олишдир. Мақолангизни "Шеър кайфиятдан туғилади" деган гап билан бошлаб, филолог бўлиб қолмайсиз. Ҳеч ким сизни, ҳурмат ҳам қилмайди. Ҳеч йўқ, мен қилмаган бўлардим... Адабиётшунослик учун адабий назария билан бирга, ҳатто ундан ҳам кўпроқ антропология, клиник психология, социология ва фалсафа ўрганинг. Фуко, Деррида, Гадамер, Батлерни ўқинг, мен ўзбек филологиман, деб тил ўрганмай ўтирманг. Инглизча билмаган, унда бемалол ўқий олмаган одамни филолог сифатида тан олиш қанчалик мумкин, билмадим. Бугун учун, албатта. Мумтозчиларни ку энди билмадим...

Университетларимиз одам бўлсайди, алоҳида нашриёт очиб, ўз кадрларининг кўпи қовунлигини тан олиб, таржима назарий китоблар чиқарган бўларди. Кейин бизникилар ҳам давлатнинг пулига чет эл олийгоҳларига бориб, бизни шарманда қилмаган бўларди.

Мирзоҳид

@bobil_kutubxonasi

2

O'tmishni qoraytirish bilan birga uni ulug'lash, tomirimizda oqib yotgan va bugunga kelib an'analashgan qadim jaholatimiz, bilmaslik-tinchlik shiorimiz... Bular dunyoning eng kechikkan madaniyatlaridan biri bo'lganimiz uchun boshlagan yig'imiz, xolos. O'zbekiston orqada qolgan yo rivojlanayotgan emas, kechikkan mamlakat. Dunyoda hamma davlatlar qaytadan yaralib, o'z iqtisodiga ega bo'lgan mahal kechikdik, o'z ruhimizni yaratishga kechikdik... Ishqilib, kechikdik. Bugun kimdir, hatto o'zim ham o'zbek jamiyati degan atama ishlatsam, g'alati bo'laman. Jamiyat tug'ma tutumlar orqali bog'langanlar guruhidir. Bizning esa insoniy an'analarimizdan tortib eng sof hissimiz bo'lmish umidgacha yasamadir.
Bu jamiyatning tuzalishiga, men buyoqda she'r o'qiyapmanu lekin bu zalda nega gaz yo'q, deb o'ylashiga umidim bormi? Yo'q. Kommunist ham, 30-avgust kechasi kommunist bo'lib, 31-avgustda birdan o'zbek millatchisi bo'lib qolgan ikkiyuzlamachi dinozavr ham emasman. Charchadim.

Mirzohid

@bobil_kutubxonasi

1
O'zbekistonda va o'zbek mafkuraviy tizimida kommunizmning eng yaqqol ko'zga tashlanadigan qoldig'i, menimcha 'kelajak' konsepti bo'lsa kerak.

Buni Trotskiyning Ferdinand Selin qalamiga 'Tun Tubiga Sayohat' asari haqida yozgan tanqidiy maqolasini o'qib tushundim. Selinnig ushbu romani, urush va inson qadri atrofida qurilgan bo'lib, unda insoniylik butun siyosiy kuchlardan avval kelishi keraklgi ta'kidlanadi. Selinning o'ta ochiq va jirraki uslubi sabab ko'plab munaqqidlar uni adabiyotga yangicha nafas olib kirgan yozuvchi sifatida alqashadi. Asaridagi anarxik ostmatn va inson munosabatlari bois hatto uni 'inqilobchi' deb ataganlar ham topiladi. Ammo, men doim Leninning o'rniga kelganida nima bo'lardi, deb qiziqqan siyosatchi-intellektual bu asarni inqilobchilikdan yiroq deb hisoblaydi. Roman inqilobchi emas, chunki u insoniyatga nisbatan umid uyg'otmaydi. Umid esa inqilobning eng muhim omili va unsuridir.

O'zbek mafkuraviy muhitida, doimiy ravishda kelajakka intilish ko'ramiz. Bu kuzatuv eng oliy siyosiy davralardan tortib qishloq maktablaridagi gazsiz, sovuq faollar zalida o'tadigan tadbirlargacha seziladi. Tinimsiz kelajakning yanada yaxshiroq bo'lishi, kelajakdagi marralar, kelajakdagi O'zbekiston... Vaholanki, hech qachon hech qaysi strategiya o'zi yo'q kelajakni bor qilib qo'yolmaydi.
Bizning mafkuramiz umidga asoslangan. G'arbdan, mafkurasi shubha va savollar ustiga qurilgan G'arbdan farqimiz shu. Ya'ni, ochiq kiyinish, sekulyar fikrlash, turli o'ziga hosliklarga nisbatan tolerantlik aslida G'arb emas. Haqiqiy G'arb tushunchasi, ideologiyasi mavjud holatning savol ostiga olinishidir. Mavjud holat esa faqat hozir sodir bo'layotgan voqelikdir. Albatta tarixni ham e'tiborsiz qoldirolmaymiz. Bu yerda biroz Hegel, Kant va Marks kabi nemis ideologiyasiga og'adigan bo'lsak, tarix biz o'zbeklar uchun bugunning sababi emas, balki bugundan uzilgan, bugun bilan aloqasiz, o'z holicha mavjud mustaqil materiyadir. Hozirni o'ylamaymiz.

Kommunizmning mukammal jamiyat qurish utopiyasi, ayniqsa Islomning qonimizga singib ketgan Jannat va'dasi bilan birlashganda, juda qiziq holat ro'y beradi: Biz hozirni faqat kutish zalidek qabul qila boshlaymiz.
Tadbirlardahi iroqi do'ppi, oq jemper ustidan kiyilgan qora kostyum va biroz qisiq ovozda o'qilgan vatan she'rlari - bular aslida bugunni o'ylamay kelajakni qorni och holda tahayyul qilishdan boshqa narsa emas.
Albatta o'smir shoira qizlarni mafkuraning asosiy quroli, demoqchi emasman. Ammo, ularning ko'zlaridagi umid bizga, ayniqsa uch-to'rt kitob o'qigach sun'iy, o'n-o'n besh kitobdan so'ng esa achinarli ko'rina boshlaydi. Bu qattol umiddan ularni qutqargimiz, hech yo'q ikki satr iqtisodiy savodxonlik uchun jon talashgimiz keladi.

Savol ostiga olinmagan hozir tarixga aylangan payt, savol ustiga olinganida birdan o'zgaradi. Masalan, ruslar ishg'oli davrida o'z hozirlarini savol ostiga olmagan Turkiston xalqi bugun, rus ishg'oli tarixga aylangach, uni bus butun mafkuraviy utopiyaga, kerak bo'lsa, kelajakka yo'nalgan umid olovining benziniga aylantirib olgan. Chunki, yorug' kelajakni qurish uchun bir xalqning qorong'u o'tmishi bo'lishi kerak. Boshqa hech narsaning ahamiyati yo'q. Kelajakka nisbatan yaratilgan umid esa, shoira qizlarning ko'zidagi, atvoridagi umid qadar sun'iy, chunki u tabiiy holatda yaratilmagan, balki o'tmishni, tarixni sun'iy ravishda qoraytirish natijasida o'rtaga chiqqan. Kelajakdan baxt izlash kabi, o'tmishdan motam uchun o'lik izlash ham, aslida bizga kommunizmdan meros.

Davomi bor…

Mirzohid

@bobil_kutubxonasi

Injilda Iso Masih “Tangrining qo’zichog’i” deb berilgan. Ammo, olis shimolda yashaydigan eskimoslar uchun Injil inuit tiliga tarjima qilingan payt Iso Masihni “Tangrining tyuleni” deb yozishgan ekan. Shimol diyorida qo’zichoq bo’lmagani uchun ularga moslab tyulen ya’ni dengiz mushugi varianti…

Ikkinchi qiziq ma’lumot esa, Injil ilk bor ibroniy tilidan lotinchaga Muqaddas Jerome tarjima qilgan. Va, Injilning “Misrdan Chiqish” kitobidagi Muso payg’ambar ta’rifini “shoxdor” deb o’girgan. Vaholanki, original ibroniy matnda “Nurafshon Muso” deyilgandi, ammo bu so’z bir vaqtning o’zida “shoxdor” ma’nosini ham anglatgan.
Asosiy Injilga Hazrati Muso shu nom bilan kirgach, asrlar davomida uni shoxdor shaklda tasvirlashgan. Bu tasvirlarning eng mashhuri esa Mikelanjeloga tegishli Muso haykalidir…

Some thoughts I want to say, especially when some students come and tell me about their life problems, but I can’t say it because it would be rude:

1. You're exactly where you're supposed to be. Because you make terrible decisions.

2. You are enough. We don't need more of you.

3. You are doing your best. Which is fucking embarrasing.

4. You are never alone. Anxiety will always be there for you.

5. Stop wondering if you're good enough. You're not.

6. Have a panic attack. You've earned it.

7. Do something nice for someone today. Leave them alone. Life is hard enough without your bullshit.

8. Stop worrying about what other people think. I mean, have you met other people? They're awful. And you should be thankful for being with the people who can think. That's a treat.

9. Today I am taking control of my emotions. I am choosing anger.

10. The only person you can truly rely on is you. What a fucking nightmare.

11. There will never be a perfect time. Make the terrible decision now. You deserve it.

12. No one is coming to save you. You are the adult. I'm so sorry...

@bobil_kutubxonasi

Bir fikr tug’ildi.
Biron o’quv markazida inglizchadan o’zbekchaga tarjima darsi taklif qilsamchi?
Ya’ni, inglizchani ma’lum darajada o’rganib, tarjimon bo’lmoqchilarga mo’ljallangan dars.
Tajribasi borlar nimadir desa, yaxshi bo’lardi.

Oxirgi bir yilda nega nisbatan kam badiiy asar o'qiganim va uning o'rniga esselar, biografiya va nazariy asarlarga sho'ng'iganimni, haligi kun Netflixda ko'rish uchun serial izlay turib sezdim.
Jiddiy narsa qidirmayotgandim, vaqt o'tsin, uyqumni keltirsin, dedim. Lekin, aynan yengil seriallarda nimadir kamdek tuyuldi. Topdim. Ularga yetishmayotgan narsa qirra edi.
Buni romanlarga ham tatbiq qildim.
Agar bir badiiy asar aynan qaysidir mavzu haqida bo'lsa, o'qimasdim. Farqi yo'q. Ekologiya, oila, muhabbat, vijdon... Bir asardan o'zimni izlardim. Va, meni mendan boshqa hech kim yaxshi bilolmaydi, to'g'ri, ammo asar ichida ichimdan o'tayotganlarni topishim kerak.
Syujet meni ichiga tortmadi, degan gapni ko'p aytdim o'tgan yili. Mavzu vijdon haqida, masalan. Hech qachon sudxo'r kampirni o'ldirib, o'zimni aybdor his qilmadim. Ajrashish bo'lsa, uylanib ajrashmadim, farzand dog'i ko'rmadim. Menga nima bu qahramonlarning qayg'usidan, derdim. Bunday kitoblarning yigirmanchi betidayoq shunday deyman: ‘Ha, demak yozuvchi avval g’oyani pishitgan keyin esa uni romanlashtirish uchun hikoya to’qigan. Shuning o’rniga koshki 15 betli esse yozsa…” Hikoya qani? Sen naqqolsan. Ishing hikoya aytish. Avval hikoyangni ayt, o’quvchi sifatida biz undan ma’no chiqaraylik. Chunki, istasak istamasak har bir hikoyaning qissadan hissasi bor. Zotan, adabiyotning sehri ham shunda. Sehrsiz matn adabiyot bo’lolmaydi.
Bu asarlar men uchun bir qirrali edi. U qirra ichimni qonatsa qonatdi, qonatmasa yo'q. Vaholanki, asardagi qatlamlar orasida keza turib, o'zimni topishim kerak edi.
Tarjima qilganim uchun aytmayapman, lekin 'Taxtlar O'yini' ni aynan bitta mavzuda deyolmaymiz. Fitna, do'stlik, oilaviy rishtalar, shaxs bo'lish uchun kurash va hokazolar bor unda. Hamma undan nimadir topadi. Ammo, masalan faqat ahloq haqidagi romanning ko'p o'qilishi qiyin. Chunki, shaxsan men ahloqni o'rganmoqchi bo'lsam, falsafiy esse o'qish yo shunchaki Jumaga chiqib, imomning ma'vizasini tinglashni afzal ko'raman. Buning uchun romanda bir nomavjud qahramonning diydiyosini eshitishga majbur emasman. Empatiya odamni charchatadi, meni charchatadi.
Let the lynch commence.))
Bu gaplarni aynan to'g'ri, degan da'voyim yo'q. Faqat shaxsiy tajriba, xolos. Chunki, o'tgan yili juda horg'in edim.
Biografiyalarga yo'naldim. Garchi mualliflar bu asarda hayotimni yozdim, desada, ishoning eng katta yolg'onlar biografiyalarda aytiladi. Bor odamning real tashvishlarini o'qidim. Va, qiziq tuyuldi.
Herbert Marcusening 'One Dimensional Man' - 'Bir O'lchamli Inson' nomli falsafiy-sotsiologik asari bor. Unda faylasuf zamonaviy insonning ruhi va qalbi o'lib, asosan badanga asoslangan istaklariga ixtisoslashuvini tadqiq qiladi. Men ham syujet aynan bitta mavzu atrofida shakllangan asarlarni o'qiy olmayman. 'Haqida' lar bo'g'ib tashlaydi meni.
Buni tushunganim yaxshi bo'ldi. O'qilmagan kitoblar avval ko'nglimni hijil qilar, barini o'qiy olmasligim g'alati hisga sabab bo'lardi. Endi, hayot qisqaligi va istamagan kitobimiz bilan uni sovurish befoydaligini tushunib, mutolaa doiramni ayovsiz qisqartirdim.
Tavsiya: Serqirra roman istaganlarga Lotin Amerikasi adabiyotini tavsiya qilaman. Markesni bu yil qayta qayta o'qidim. Rulfoni, Onetti va Kortasarni o'qish, Llosa va Asturiasni hatm qilish meni ancha qoniqtirdi. Ispanchamga ham yaxshi ta'sir ko'rsatdi. Garchi ko'pini ingliz va turkcha o'qigan bo'lsamda...

Siz bir kitobdan nima izlaysiz? Yo menga o'xshab, nimadir o'rganmoqchi bo'lsaydim, maktab darsligi o'qirdim, sen menga tanlov imkoni ber, deb talab qilasizmi yozuvchidan?))

Mirzohid

@bobil_kutubxonasi

Ba'zan mana, Sun'iy Intellekt rivojlanyapti, endi senga o'xshash tarjimonlar ishsiz qoladi, degan gap eshitaman. Rosti, bu shunchalik johilona va kulgili ki...

Biz shundoq ham tarjimonlar sifatida ko'p pul topmaymiz. Yo tarjimani asosiy ish sifatida bajarmaymiz. Xuddi bitta kitobning puli bilan biz moshina, uy olayotgandek gapirishadi.
Sun'iy Intellekt kelsin, tarjima qilsin. Xudo haqqi qilsin, chunki O'zbekistonda yaxshi tarjimon anqoning urug'i. Har qanday kitobni o'giroladigan intellekt kelsa, biz ham o'qiymiz.
Bundan tashqari, nashriyotlar saviyasi va xalqning kitobga munosabati ham bor.
O'zbek kitob sferasi, xususan noshirlar orasida yaxshi asar o'girtirib chiqaradigan nashriyot bir qo'lning barmog'idan nariga o'tmaydi aslida. Buni, chet eldagi bestsellerni chiqarib, O'zbekistonda ham uni yaxshi sotgani bilan maqtanadigan noshirlar misolida ko'rishingiz mumkin. Nyu York Tayms bestsellerining yaxshi sotilishi noshirga emas, oddiygina marketing ishiga bog'liq, xolos. O'quvchi uni topib o'qiyveradi. Haqiqiy noshirlik burchak-surchakdagi javohirlarni topib, uni bestsellerga aylantira olishda. Bunday tug'ma kashfiyotchi noshirlar esa, aytanimdek oz, chidab bo'lmas darajada oz.
Xalqning kitobxonligiga kelsak... Mayli, siz juda yaxshi asarni sifatli Sun'iy Intellekt tarjimasi bilan taqdim qildingiz. Nechta odam o'qiydi? O'ttiz olti millionlik bu mamlakatda, kitob o'qiydigan, yaxshi kino ko'radigan, kel bugun shu mavzudagi hujjatli filmni tomosha qilay, deydigan ongi uyg'oq odam, nari borsa yigirma mingta, xolos. Qolgan xalq tirik qolish uchun kurash bilan band. Yigirma ming kishi uchun ishlaydigan tarjimonlar ishsiz qolsa nima, qolmasa nima? Bundan tashqari, shu nashriyotlar sun'iy intellektdan foydalana boshlasa, bugun bozorda urchib yotgan rasvo tarjimalar kamayarmidi... Odam holimizda ham bu ishni juda don'dirib tashlaganimiz yo'q.

Shu bilan birga, ushbu masalaning faqat iqtisodiy tarafiga e'tibor berib, uning shaxsiyat bilan bog'liq jihatlarini unutib qo'ygandekmiz. Sun'iy Intellekt mening o'rnimga tarjima qilishi mumkin, ammo mening tarjima jarayonidan olgan zavqimni menga berolmaydi. Men, umuman tarjimondan tortib mahalladagi g'isht teruvchi ustagacha, faqat pul uchun ishlamaymiz. Bu ishdan zavq olganimiz, uni bajara turib, shu ish uchun yaratilganimizni his qilish uchun ham bajaramiz. AI ertaga she'r yoza boshlasa, endi she'r yetarli, deb shoirlar she'r yozmay qo'yadimi? Yo siz bolaligingizdan beri o'z uyingizni o'zingiz qurishni orzu qilgansizu buni ham Sun'iy Intellektga berib qo'yasizmi? Ya'ni, bu ishning ijodiy zavq tarafi ham bor. Intellekt kelsin, biz tarjimonlar ham erkinlashamiz. Nashriyotlarga tobeligimiz kamayadi. O'zimiz o'z hur irpdamiz bilan o'girgan asarimizni bemalol ulashaveramiz.

Men-ku tarjimani asosiy tirikchilik manbayiga aylantirmadim, boshqa tarjimonlar ham nonini topaveradi. Hech yo'q, o'sha intellektga o'z tarjima uslubimizning patentini sotib yo muharrirlik qilib ham qorin to'ydiraveramiz. Menimcha, aynan bu ishsizlik bilan bizni qo'rqitayotgan va kod yozishni kasbga aylantirgan developerlar bir sergak tortsin. Hatto men, kodlashda nol bilimim bilan ChatGPT ga yozdirgan kodlarim orqali ishimni bitira boshladim. Ammo, albatta ularning sohasida ham biz bilmagan taraflar serob.

Qisqasi, tarjimonlar ishsiz qolmaydi, chunki badiiy tarjima degan rasmiy kasb shundog'am mavjud emas. Biz faqat zavq uchun o'giramiz va bu davom etadi. Taraqqiyotdan qo'rqmayllik, chunki turklar aytganidek, qo'rquv o'limni kechiktirib qo'ymaydi.

Mirzohid

@bobil_kutubxonasi

Sariqlamalar