Biznes Imperia Uz | Biznes Olami (@bimperiauz) के नवीनतम पोस्ट टेलीग्राम पर

Biznes Imperia Uz | Biznes Olami टेलीग्राम पोस्ट

Biznes Imperia Uz | Biznes Olami
"RavXon" loyihasining BIZNES IMPERIA nomli kanalidasiz

BImperiaUz, bu - Biznes va Tadbirkorlik rivojlanish olami

Bepul maslahat:
👉 http://raone.uz/maslahat

R. Xoniyozga Savol:
👉 @RavXon_bot

Instagram:
👉 https://www.instagram.com/bimperia.uzb?igs
1,066 सदस्य
1,286 तस्वीरें
367 वीडियो
अंतिम अपडेट 06.03.2025 14:41

समान चैनल

BiznesRivoj
4,963 सदस्य
TOSHKENT ISH BORMI 🇺🇿
2,040 सदस्य

Biznes Imperia Uz | Biznes Olami द्वारा टेलीग्राम पर साझा की गई नवीनतम सामग्री

Biznes Imperia Uz | Biznes Olami

27 Nov, 08:35

240

Assalomu alaikum,do'stlar!

Har birimiz hayotimizda hech boʻlmaganda bir marotaba biror narsada omadimiz chopishini istaganmiz. Imtihonda tortib chiqarilgan omadli chipta, hayotingizni oʻzgartirib yuborishi mumkin boʻlgan tasodifiy uchrashuv, yoki uyingiz yonidagi trotuardan topib olingan ichi toʻla pulli chamadon - biz har doim shu kabilarni his etishi istardik.

Sizni xursand qilishga shoshilaman - yaqinda omad- boshqarsa boʻladigan element ekanligi va uni oʻz hayotiga jalb qilish mumkinligini isbotlab beruvchi sinov tugadi.

Bu sinov oʻn yil davomida oʻz soatini kutdi, oʻn yil - yilma- yil olimlar omadli va omadsiz odamlar haqida axborot yigʻdilar. Undan kelib chiqishicha, omadli odamlarni oʻzaro bir nechta bir hil umumiy sifatlar birlashtirib turar ekan va ularni oʻz hayotida mexanik ravishda gavdalantira oladigan har qanday odam baxtli boʻla oladi.

∆. Bular qanday sifatlar ekan?

1). Omadli insonlar har tomonlama maksimal muloqotga moyildirlar - ular koʻp tanish va doʻstlarga ega. Bu faktor ijtimoiy tomondan omadli boshlanishlar va baxtli uchrashuvlar imkonini oshiradi. Shuningdek, bu ularni koʻp axborot bilan taʼminlaydi. Sal koʻproq maʼlumotga ega boʻla turib, qolganlar faqat ertaga yugurib boradigan joyga, siz bugun bora olasiz.

2). Omadli insonlar hamma narsaga ijobiy nazar bilan qaraydilar. Ular oxirigacha qoʻllarini tushirmaydilar, bu esa tushkun odamlar yeta olmaydigan joyga ular boradilar, degani. Albatta, harakatlarning davomiyligi va aktivligi oʻz ishini qiladi - bunday odamlarning omadi tobora chopaveradi, hammasiga sabab esa - ularning hammasi yaxshi boʻlishiga ishonchi komilligida. Yoʻlning davomiyligi bilan shanslar va omadli burilishlar imkoniyati tobora oshadi - va bu mantiqan toʻgʻri

3). Bunday odamlar arzimagan narsalar deb xavotirga tushmaydilar va birovlarning fikrlariga quloq solmaydilar. Bu faktor ularga yaxshilikka sozlanganlikni yoʻqotmaslik va oʻz tanlagan yoʻlida uzoqroq qolish imkonini beradi.

4). Omadli odamlar juda punktualdirlar, va koʻpincha ular belgilangan vaqtdan minimum 20 daqiqa oldinroq keladilar. Universitetda oʻqiganlar kech qolmaslik qanchalik muhimligini yaxshi bilishadi - baʼzida ertaroq kelib, koʻproq axborot olish mumkin, va bu axborot natijada qiyin xolatda yordam berishi mumkin.

5). Shuningdek omadli insonlar boshqacha diqqat fokusiga egalar, oddiy insonlardagi kabi emas. Masalan, doʻstona uchrashuv davrida ularning hayollari uzoqlarda emas, shu yerda va hozir odamlar bilan muloqotda boʻladi. Va fokusning yana bir muxim jihati ,- omadsizliklarni kamroq oʻziga olish. Ular omadsizliklarga chalgʻimaydilar, gʻalabalarni esa, aksincha, qabul qiladilar va yorqinroq tantana qiladilar.

∆. Bu axborot bizga nima berishi mumkin?
Bu bilimlarni hayotda bugun tadbiq etib, siz hozirning oʻzidayoq super- omadli insonga aylanib qolmaysiz, ammo bu qoidalarni bir- ikki oylar davomida qoʻllab, siz hayoʻtingiz ancha yengillashganini, omad esa koʻp xolatlarda sizni oʻzi kutib turganini sezasiz.

Bu ketishda esa chamadondagi millionga yetib borishga ham uzoq emas.
Biznes Imperia Uz | Biznes Olami

24 Nov, 08:12

196

Hammasi shu, doʻstlar. Frilans masalasini toʻla koʻrib chiqilgan va uni yopsa boʻladi,deb hisoblayman. Bu axborot siz uchun foydali boʻldi, degan umiddaman.
Va yodingizda tuting - odam uchun imkonsiz narsaning oʻzi yoʻq. Atrofingizda koʻrganlaringizning barchasi inson aqli va qoʻllari bilan yaratilgan. Toʻxtamang va oldinga- yangi yutuq va gʻalabalar sari qadam tashlang.
Biznes Imperia Uz | Biznes Olami

24 Nov, 08:11

203

Mahsus koʻnikmalarsiz bajarish mumkin boʻlgan vazifalar.

• transkribatsiya

• rasmga oddiy ishlov berish

• fayllarni formatlash

• sharhlarni yozish

• video - sharhlar yuzi bilan va yuzsiz

• taym- kodlarni tuzish

• jadvallarni toʻldirish

• e- mail registratsiyasi

Bunday usulda pul topish vakansiyalarini har qanday frilans birjasidan topsa boʻladi.
Biznes Imperia Uz | Biznes Olami

24 Nov, 08:09

211

Assalomu alaikum,do'stlar!

Mana, aynan frilansga doir boʻlgan siz bergan savol tahlili ham oxiriga keldi.
Va oxirgi blok - bu, vakansiyalarni qidirish.

- Vakansiyalarni qayerdan qidirish kerak?

Eng qulay va optimal variant, albatta - internetdan!

# Oddiy narsalardan boshlaymiz: olx.uz ,. hh.uz .,va https://flagma.uz/ru/vacancies/ saytlaridan. Arzon va zoʻr. Ha u yerlarda ham yaxshi vakansiyalar bor.

# https://www.giglancer.uz - bu esa barcha frilans bilan shugʻullanishni istaganlar uchun juda foydali boʻlgan Oʻzbekistondagi platforma.

# Kontaktdagi pabliklar,agar rus tillida bemalol muloqot qilsangiz.

Ular millionta. Asosiy soʻzlar boʻyicha qidiramiz: frilans, frilanser, masofadan ishlash, cmm. Yana bir yaxshi "Distantsiya" degan pablik bor.

# Vakansiyalari bor telegram kanallari.

Masofada ishlaydiganlar- bu yerda uydan chiqmay ish topasiz.
50 mingdan ortiq - Yaxshi mutaxassis yaxshi pul topishi kerak. "Yaxshi" 50 000 kam boʻlishi mumkin emas. Bu kanalda siz maoshi 50 000 va undan ortiq boʻlgan vakansiyalarni topasiz.
Dizaynerlar uchun vakansiyalar.
Rabota dlya Writers- kopirayter va barcha matnlar bilan ishlaydiganlar uchun vakansiyalar.
Vakansii dlya Marketologov- marketolog, piarchilar, reklamachilar va dijital - mutahassislar uchun vakansiyalar.
Biznes Imperia Uz | Biznes Olami

21 Nov, 08:33

235

Bosish kerak boʻlgan birinchi qadamlar.

05 Karyera quramiz

Hamma ham butun umri davomida oddiy matnlar yozishni yoki uncha murakkab boʻlmagan dizaynlarni yaratishni istaydi. Koʻp odamlar karyera qilishni istaydilar. Frilansda ham buning imkoni bor. Rivojlanishning ikki yoʻli bor:

Professional tomondan oʻsish va ekstra- klass mutahasisi boʻlish. Buning uchun muntazam oʻqish , yangi texnologiyalarni oʻzlashtirish, tajribalar qilish va yangi ishlanmalar yaratish lozim.
Masalan, baʼzi kopirayterlar oʻz matn yozish stilini yaratadilar va oʻzlarini shunday targʻib qiladilar. Ekstra- klass frilanserlari xizmatlari juda qimmat turadi. Ularning bir soat ish vaqtlari 500-600 ming som turishi mumkin.

Oʻz komandangizni tuzing va ishlash uchun koʻproq loyihalarni oling. Sekin asta studiya oching va biznes qilishgacha oʻsib boring. Bu koʻproq mijozlar bilan muloqot qilishni,boshqarishni, tizimlar yaratishni yoqtiradigan frilanserlar uchun boʻlsin.
Biznes Imperia Uz | Biznes Olami

21 Nov, 08:30

194

Bosish kerak boʻlgan birinchi qadamlar.

03 Narxlar va raqobatdosh afzalliklarni aniqlaymiz.

• Nima uchun mijozlar siz bilan ishlashi kerak? Shuning ustida oʻylab koʻring. Yangi kelganlar buyurtmachilarni past narxlar bilan jalb qilishadi, lekin odatda hech qanday kafolat bermaydilar. Tajribali frilanserlar koʻproq pul oladilar, lekin katta portfolio , mijozlardan ijobiy sharhlar va tavsiyalarni koʻrsata oladilar.
• Sizga frilans bozorlarini aylanib chiqishni va siz berayotgan taklif uchun turli pogʻonadagi ijrochilar qancha soʻrayotganliklarini oʻrganib chiqishni tavsiya etaman. Oʻz darajangizni aniqlang va shundan kelib chiqib, xizmatlaringiz narxini belgilang.
• Oʻz kuchli tomonlaringiz ustida oʻylab koʻring va mijoz bilan muloqot qilganda ularga urgʻu bering. Masalan, siz juda aniq ish olib borasiz va ishni vaqtida bajarasiz - bu juda katta ustunlikdir, chunki bajarish muddatini hech qachon buzmaydigan ijrochini topish murakkabdir.


04. Portfolio yaratamiz.

• Portfolio - bu sizning qilgan ishlaringiz roʻyxati boʻlib, unga qarab potensial mijoz siz bilan hamkorlik qilish qarorini qabul qiladi . Shuning uchun portfolio mavjudligi - majburiydir.
• Ish tajribangiz boʻlmasa va mijozga koʻrsatadigan narsangiz boʻlmagan holda nima qilish kerak? Bunda siz bu ishni portfolioda koʻrsatish sharti bilan mijoz uchun yoki bepul ishlab berishingiz kerak, yoki uni juda past narxda bajarishingiz kerak boʻladi. Odatda ijrochi koʻp pul soʻramasa birinchi mijozlar tez topiladi. Keyinchalik portfolio toʻlib borishi va professionallik oshib borishi bilan toʻlovlarni ham oshirsa boʻladi.
Biznes Imperia Uz | Biznes Olami

20 Nov, 10:00

204

Assalomu alaikum, doʻstlar!

Bugun biz sizlar bilan frilans uchun bosish kerak boʻlgan birinchi qadamlarni ko'rib chiqamiz.

01. Pochta, telegram va barcha mesenjerlarni ochamiz.
Mesenjerlar sizga mijozlar bilan muloqot uchun kerak. Mening deyarli barcha muloqotlarim telegram orqali oʻtadi, lekin koʻproq Vayber yoki Vatsapni yoqtiradiganlar ham bor. Eng yaxshisi ularning barchasiga ega boʻlish.
Shuningdek ish jarayonida task- menejerlar - maxsus dasturlari kerak boʻlib qolishi mumkin va ular orqali siz oʻz oldingizga turli vazifalar qoʻyishingiz va ularning bajarilishini nazorat qilishingiz mumkin boʻladi. Men Trello, Wunderlistlarni yoqtiraman.

02. Oʻzimiz koʻrsatadigan xizmatlarni tanlaymiz.
Kerakli tajriba yoki taʼlimingiz boʻlmasa, hafa boʻlmang. Frilansda boshqa bilimlarni olishingizga toʻgʻri keladi - busiz boʻlmaydi. Bu xolda nima qilish kerak:
• Koʻp mutaxassisliklar asosini bepul Youtube orqali egallasa boʻladi. Uncha murakkab boʻlmagan loyihalarni bajarish va birinchi pullarni ishlab topish uchun boshlangʻich bilimlarning oʻzi yetarli boʻladi.

• Shuningdek, mutaxassislikni kurslar orqali ham oʻrgansa boʻladi.

• Pul topishning oddiy usullarini oʻrganing, masalan: Fotoshopda rasm chizish, turli xizmatlar koʻrsatish, uncha qiyin boʻlmagan vazifalarni bajarish, kopirayting qilish. Bularning bari sizga tajribasiz va maxsus taʼlimsiz ish boshlash imkonini beradi.
Biznes Imperia Uz | Biznes Olami

18 Nov, 13:40

231

Yaxshi tomonlari.

+ Eng birinchisi bu, uydan ishga va ishdan uyga borish zaruriyati yoʻqoladi.

+ Va yana men yoqtiradigan tomoni: erta turish zarurati yoʻq, siz oʻz ish rejangizni oʻzingiz shakllantirasiz: istasangiz - kechasi ishlang, istasangiz erta sahar yoki kech oqshom vaqtida. Ertalab va kechqurun ishlab, butun kuningizni oilangiz bilan oʻtkazishingiz mumkin, buni faqat oʻzingiz hal qilasiz.

+ Ish joyingizni oʻzingiz uchun qulay qilib tashkillashtirshingiz . Men oʻz matnlarimni samolyotda, maʼruzalarimni esa faqat kafelarda yozaman.

+ Sizni hech kim ishdan hayday olmaydi, siz faqat oʻzingizga yoqadigan va eng yaxshi qiladigan narsalaringiz bilan shugʻullana olasiz.

Unda yomon tomonlari nimada?

- Eng boshidan boshlaymiz. Sizda oldindan ishlab chiqilgan muntazam mijozlar bazasi boʻlmasa, birinchi buyurtmani topishingiz qiyin boʻladi.

- Deylik, sizning chiroyli portfoliongiz , mijozlaringiz bor va sizda ochlikdan oʻlish xavfingiz yoʻq. Unda boshqa havf xatarlar chiqishi mumkin. Koʻpincha, ish jarayonini toʻgʻri tashkil eta olmagan frilanserlar oʻz sogʻliklari haqida umuman unutib qoʻyadilar va oylab uylaridan chiqmaydilar. Bu bexazil, bor fakt.

- Muntazam trendda boʻlmoqlik va yangi texnologiyalarni oʻrganib borish zarur. Faqat muntazam rivojlanib boradigan va absolyut barchasini nazorat ostida ushlaydigan odamgina bu yerda muvaffaqiyatga erishishi mumkin.
Biznes Imperia Uz | Biznes Olami

18 Nov, 13:40

89

Assalomu alaikum,dostlar!

Bugun sizlar bilan frilansning ijobiy va salbiy taraflarini urganib chiqamiz.

U sizga toʻgʻri keladimi?
Biznes Imperia Uz | Biznes Olami

17 Nov, 16:43

114

Axborotni qayerdan olish va qayerda oʻqish kerak?

Hammasi oddiy: internet va oʻquv kurslari. Agar internet bilan hammasi tushunarli boʻlsa, aniq samara beradigan oʻquv kurslarini qanday tanlash hali tushunarsizdir.

Javob beraman: faqatgina oʻzi olib borayotgan faoliyatida muvaffaqiyatga erishgan mutaxassislar olib boradigan kurslargina samarali boʻladi. 5k abonentga ega boʻlgan bloger sizga qanday qilib ularning sonini 1 000 000ga yetkazishni oʻrgata olmaydi, buning uddasidan hali uning oʻzi ham chiqa olmagan. Analogiyasini oʻzingiz tushundingiz:).

Bu yerda esa ilhomlanish uchun baʼzi materiallar.

Men material va kitoblar nomlarini rus tilida koʻrsatmoqdaman, chunki buncha materiallarni oʻzbek tilida topa olmadim.

Oqish uchun materiallar:

• "Frilans. Oʻzinga oʻzing xoʻjayin". Anna Muradova.
• "Biznesdagi solo. Ishtiyoqli frilanser falsafasi"..." Bubnov I.
• " Men - frilanserman, yoki qanday qilib ofisdan butunlay voz kechish mumkin". Sergey Antropov.
• " Frilanser evolyutsiyasi". Nikita Severinov.
• " Qanday qilib haftada 4 soatlab ishlash mumkin?" Timoti Ferris.
• "Ofisdagi qulliksiz muvaffaqiyat". Erni Zelinski.
• " Frilans: Oʻzingga oʻzing xoʻjayin boʻlganingda". Anna Muradova.
• " Dangasa daosi. Kamroq ishla- koʻproq ol". Erni Zelinski.

Video materiallar:

• Noldan frilans.
• " Frilansda soatiga 75$dan".
• " Birinchi buyurtmani qayerda olsa boʻladi?".