axmadjonovacc @axmadjonovacc Channel on Telegram

axmadjonovacc

@axmadjonovacc


بنت عبد الواحد

Mine:https://t.me/salihestore
Rek: https://t.me/axmadjonovacrek


(Sahifa ayol va qizlar uchun)

axmadjonovacc (English)

Welcome to the axmadjonovacc Telegram channel, where excitement and innovation collide! This channel is dedicated to showcasing the latest in tech trends, gadget reviews, and all things related to the world of technology. Whether you're a seasoned tech enthusiast or just curious about the latest trends, this channel is the perfect place for you. Join us as we explore the cutting-edge advancements in the tech industry and discover how they are shaping the world around us. From the latest smartphone releases to revolutionary AI technology, axmadjonovacc covers it all. Stay informed, stay inspired, and join the conversation on axmadjonovacc today!

axmadjonovacc

24 Jan, 11:06


@Qahvachi_qiz

axmadjonovacc

23 Jan, 17:31


Night care 🩰🫧

axmadjonovacc

23 Jan, 11:16


Dunyo bir bo’shliqdir

Qayerga qaramang kimnidir g’amginlikdan o’layotganini ko’rasiz…

axmadjonovacc

23 Jan, 10:40


Bilib turib sukut qilish – bu donishmandlik, bilmasdan gapirish esa johillikdir.

axmadjonovacc

23 Jan, 07:10


Bir kitob, bir fikr, bir o’zgarish – hayotingizni tubdan o‘zgartirishi mumkin.

axmadjonovacc

23 Jan, 06:59


Menga ham kimdir kitob hadiya qilsaydi…

axmadjonovacc

23 Jan, 06:27



axmadjonovacc

22 Jan, 16:43


Bizda reklama xizmati mavjud ♻️

axmadjonovacc

22 Jan, 16:42


Inson yashab o‘tganlarini yozadi. Har kimning hayoti o‘ziga xos bir kitob, har bir kun esa shu kitobning yangi bir sahifasi. Ba’zan odam o‘tgan kunlarini eslab, yaxshi xotiralarni yuragida saqlaydi, yomonlarini esa unutishga harakat qiladi. Ammo har bir o‘tgan lahza – inson hayotining ajralmas bir qismi.

Yoshligida inson orzular bilan yashaydi, kelajakka katta umidlar bilan qaraydi. Yillar o‘tgani sayin esa hayot tajribasi ortib boradi, inson bilimi va tushunchasi kengayadi. Vaqt o‘tib, u o‘z xatolaridan saboq oladi, muvaffaqiyatlaridan esa quvonch topadi. Insonning yozganlari – bu uning yuragidan o‘tgan his-tuyg‘ularining aksidir. Ba’zi odamlar kundalik tutib, har bir kunning quvonchi va g‘amgin lahzalarini qog‘ozga tushiradi. Kimdir esa shunchaki xotiralari bilan yashaydi, ularni qalbining bir burchagida saqlaydi.

Hayot hech qachon faqat quvonch va baxtdan iborat bo‘lmaydi. Har bir insonning yo‘lida sinovlar, to‘siqlar va yo‘qotishlar bo‘ladi. Ba’zan inson yozganda o‘sha og‘ir damlarni yana bir bor his qiladi, ularni qog‘ozga tushirarkan, yuragidagi og‘riqni yengillashtiradi. Yozish orqali inson o‘zini anglaydi, o‘z his-tuyg‘ularini tartibga soladi va hayotga yangicha nigoh bilan qarashga harakat qiladi.

Shunday ekan, inson yashagan sari, yashab o‘tganlarini yozishda davom etadi. Yozilgan har bir satr – uning hayotidan bir lavha, bir saboq va kelajak avlodlar uchun qoldirilgan merosdir.

axmadjonovacc

22 Jan, 09:59


Osmon, har bir yangi tong bilan yangi imkoniyatlarga eshik ochadi. U doimo ko’z o’ngimizda, ammo uni to’liq tushunish uchun qalbimizni ochishimiz kerak.

axmadjonovacc

22 Jan, 05:38


Taslimiyat — bu nafaqat qiyinchiliklarga sabr qilish, balki har bir holatda Allohning hikmatiga ishonish va unga bo’ysunishdir. Inson o’zining barcha amallari, niyatlari va harakatlarini Allohning irodasiga moslashtirganda, qalbi tinch va ruhi pok bo’ladi.

axmadjonovacc

07 Jan, 18:32


Sabr og'riqlarni davolovchi achchiq malhamga o'xshaydi. Jonni og'ritadi, biroq yarani davolaydi..

axmadjonovacc

07 Jan, 17:53


https://t.me/fikrla1/5708?comment=11402

axmadjonovacc

07 Jan, 11:16


Inson hayotidan umuman mamnun, unda katta muammolar yo'q. Ammo shunday holatlar bo'ladiki, u ba'zi masalalarni haddan tashqari chuqur o'ylab, ortiqcha tahlil qilishi mumkin. Bu esa unga ichki xotirjamlikka ozgina to'sqinlik qilishi yoki keraksiz xavotir tug'dirishi mumkinligini anglatadi.

axmadjonovacc

06 Jan, 17:23


Har bir inson o’z his-tuyg’ularini birinchi o’rinda qo’yadi. O’zini anglash, his-tuyg’ulariga e’tibor berish va ularni tushunish, o’zini hurmat qilishning muhim bir qismidir. Ammo, ba’zan his-tuyg’ularimizga haddan tashqari berilib, boshqalarning his-tuyg’ilarini unutib qo’yishimiz mumkin. Bu holat o’zgarish va o’zaro munosabatlar uchun ba’zi qiyinchiliklar keltirib chiqarishi mumkin.

O’z his-tuyg’ularingizni hurmat qilganingiz kabi, boshqalarining his-tuyg’ilariga ham e’tibor berish muhimdir. Ularni tushunishga harakat qiling, bu sizning ichki tinchligingizni saqlab qolishingizga yordam beradi. O’z hissiyotlaringizni boshqarish va boshqalarning his-tuyg’ulariga qarshi ehtiyotkor bo’lish sizni baxtliroq va muvozanatliroq qiladi.

axmadjonovacc

06 Jan, 16:42


“Soxta niyatlar odamni vaqtinchalik yutug’ga olib keladi, lekin haqiqat har doim g’alaba qozonadi.”

axmadjonovacc

06 Jan, 14:00


Sehrli tabassum oq tishlarga muhtoj emas. Balki oppoq qalbga muhtoj.
Eng yaxshi tabassum esa bolalarning tabassumidir. Chunki ularning go‘shtingni yeb so‘ngra tabassum qiladigan tishlari yo’q.

axmadjonovacc

05 Jan, 17:53


Otasi bor lekin mehridan bebahra bo’lish…

Suvga muhtoj bir o’simlik bo’lish-u ammo yomg’ir ostida suvsiz qolishdek og’ir…

axmadjonovacc

05 Jan, 15:00


Tavbasi nuqsonli, orzu-havasi uzun kishilar jumlasidan bo’lma. Ohiratni amalsiz umid qiladiganlardan bo’lma. Obidlarning gapini gapirib, munofiqlarning amalini qiluvchilardan bo’lma. Agar bersa, qanoat etmaydigan, bermasa, sabr qilmaydiganlardan bo’lma. Yaxshilikka buyurib, o’zi uni qilmaydigan, yomonlikdan qaytarib, o’zi undan qaytmaydiganlar jumlasidan bo’lma. Solihlarni yaxshi ko’rib, o’zi solih bo’lmaydigan, munofiqlarni yomon ko’rib, o’zi munofiq bo’ladiganlar jumlasidan bo’lma. Bajara olmaydigan narsasini gapiruvchi, buyurilmagan narsani bajaruvchi, bajara olmaydigan narsasini gapiruvchi, buyurilmagan narsani bajaruvchi, vafodorlikni talab etib, o’zi vafo qilolmaydigan kishilar jumlasidan bo’lma.

axmadjonovacc

04 Jan, 19:18


Kitoblar hohlayman lekin buni sizga aytgim kelmaydi…

Aytsam men hohlaganim uchun olib bergan bo’lasiz)

Men istaymanki, o’zingiz hohlaganingiz uchun sovg’a qilishingizni…

-Tushunyapsizmi ?

axmadjonovacc

04 Jan, 14:39


Ilm-ma’rifatning qadr-qiymati juda muhim. Olimning ilmiga amal qilishi undan muhimroq. Shu ma’noda hadisi qudsiyda aytiladi: “Ey Odam farzandi ! Amalsiz ilm huddi yomg’irsiz chaqmoqqa va momaqaldiroqqa o’xshaydi. Ilmsiz amal huddi mevasiz daraxtga o’xshaydi. Amalsiz olim huddi o’qsiz kamonga o’xshaydi.

axmadjonovacc

04 Jan, 14:32


axmadjonovacc pinned «Sotiladigan kitoblar ob qoling 📚»

axmadjonovacc

04 Jan, 11:54


Sotiladigan kitoblar ob qoling 📚

axmadjonovacc

04 Jan, 11:46



axmadjonovacc

03 Jan, 18:47


Singlim va men

axmadjonovacc

03 Jan, 13:23


Yuzi chiroyli bo’lgan insonlarni chiroyi qalbiga ham yuqsin…

axmadjonovacc

03 Jan, 06:43


Bu dunyoni tark etganingdan keyin, seni sen gʻamxoʻrlik qilgan insonlar, sen ehson qilgan insonlar, sen namozga uygʻotgan insonlar, sen dalda bergan insonlar, berkitib nasihat qilganlar insonlar, sen tabassum qilgan insonlar qidiradi.
Sen—yoʻlovchisan.
Oʻzingdan keyin hayrli iz qoldirishga harakat qil.

#farohun

axmadjonovacc

03 Jan, 04:29


O’zgalarni muhokama qilayotgan vaqtimizda…o’zimizni isloh qlishga ehtiyojimiz bo’ladi.

axmadjonovacc

02 Jan, 18:31


Inson ezgu va haq so’zni yaxshi ko’radi, shirin so’zning gadosi. Ayniqsa, bu foniy dunyoning bevafoligini anglagan kishi o’zini buyuk savol-javob kuniga tayyorlab boradi. O’sha kuni tiliga biror kalima kelmay, sharmanda bo’lishidan qo’rqadi. Har kuni nafsini tergaydi. Gunohkorligini bandaligini eslab turadi. Allohning kalomini qalbiga muhrlaydi. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislarini o’z turmush tarzi uchun dasturu-amal qilib oladi.

axmadjonovacc

02 Jan, 17:29


Eski kunlar…

axmadjonovacc

02 Jan, 08:15


Haqiqiy faqirlik o‘z qo‘lingdagini kam hisoblab, o‘zgalar qo‘lidagini ko‘p ko‘rishingdir.

axmadjonovacc

02 Jan, 06:44


Agar xohishlaringni bajara olmasang, uslublaringni o‘zgartir, xohishlaringni emas. Daraxtlar ham barglarini o‘zgartiradilar, ildizlarini emas.

axmadjonovacc

25 Dec, 01:06


Insonlar haqida tashqaridan
hulosa chiqarmang...
Hamma uchun irodali bo'lib
ko'ringan vaqtida qalbidan
"ishqilib yig'lab yubormay" da" degan o'y o'tayotgan bo’lishi mumkin...

axmadjonovacc

24 Dec, 21:22


Agar sen huzur va halovatni tuymagan bo'lsang, nuqsonni bu Ishqdan emas, o'z nafsing, istaklaringdan izla!

axmadjonovacc

24 Dec, 16:01


Ishq degan tuyg’u til bilan emas, ko’ngil bilan so’zlaydi…

axmadjonovacc

24 Dec, 13:18


Oshiq odam go’zalni qidirmaydi, diyor- diyor kezmaydi, bir go’zalga maftun bo’lmaydi. Maftun bo’lganini go’zal deb biladi …

axmadjonovacc

24 Dec, 13:13


Bir gul eding…

axmadjonovacc

24 Dec, 09:03


Tavakkul bu... Ishlar imkonsiz bo'lib ko'rinsa ham, faqat Allohgina siz uchun g'amxo'rlik qilishiga ishonishdir.!

axmadjonovacc

24 Dec, 06:08


24.12.24 hadiya olish uchun chiroyli sana ekan

axmadjonovacc

23 Dec, 18:03


Oxiri yo'qdek tuyuladi. Hamma narsani hisoblaymiz, rejalashtiramiz, ba'zi narsalarni xayol qilamiz. Ishoning, unday emas. Bu dunyo bir azon bilan boshlanib, bir azon bilan payon topadi...

axmadjonovacc

23 Dec, 15:20


“ Ko’ngling og’rigan bo’lsa ham, ko’ngil og’ritma “

Ushbu gapni bir mix kabi zehnimga qoqib qoydim. Bir piston kabi yopishtirdim. Har doim yodimda saqlayapman. Zero, bir ko’ngilni vayron qilish Ka’bani vayron qilish degani emasmi ?! Biroq aqlim yetmayapti, tushunmayapman, zehnimni titratgan savolning ovozini to’htata olmayapman. Mening qalbim og’ritilgan bo’lsa-chi ?
-Og’rigan dilni olib yurish naqadar qiyin…

axmadjonovacc

23 Dec, 14:30


Yozishning o’zi bir ishqdir. Yozishni ishq qilib olganlarga, ishqi yozish bo’lganlarga tasanno bo’lsin !

axmadjonovacc

23 Dec, 12:36


Rasulullohning ummatlariga qilgan xitoblaridan biri shundaykim: «Olloh taolo bandasini dargohidan yiroq qilmoqligining belgisi ul bandaning oxiratda foyda bermaydigan amallar ila mashg‘ul bo‘lmoqligidir. Va ul kishikim, umrining aqalli bir soatini behudaga sarf etsa, shuning o‘zi qiyomat kuni pushaymon yemoqligi uchun kifoya va yo bir odamning umri qirq yoshdan o‘tsa-yu, yaxshi amallar yomondan ortiq bo‘lmasa, bu kishi ham jahannamga hozirlik ko‘raversin!..»

axmadjonovacc

23 Dec, 10:14


Men so'zlashga kelganda biroz no'noqman, umid qilamanki, sen ko'zlarni yaxshi o'qiy olish qobiliyatiga egasan.

axmadjonovacc

23 Dec, 05:10


Nega ilm bunchalik muhim?
Ibn Javziy rohimahulloh aytdilar:"Shayton insonlarni adashtirayotganida birinchi ilmdan to'sadi. Chunki ilm nur. Shayton ilm chirog’ini o’chirganidan keyin insonlarni jaholat zulmatida xohlaganicha adashtiradi."

axmadjonovacc

08 Dec, 16:55


Ilm yo'lida amalimizdan munofiqlikni, qalbimizdan ujbni arit, Robbim.

axmadjonovacc

08 Dec, 14:45


Yangi mehmon📚

axmadjonovacc

08 Dec, 13:08


Raspakovka ?

axmadjonovacc

07 Dec, 17:27


Ko’p yog’gani sayin yerni oppoq qlib qo’yadi, buni esa ilmga qiyosladim. Inson qancha ilm olgani sayin gunohdan tiyiladi. O’qib o’rganayotgan ilmi yuqadi va har bir qilayotgan ishida o’rgangan ilmi yodiga tushib, shu asnoda ish yuritadi…

axmadjonovacc

07 Dec, 17:24


Oppoq qorni insonga o’xshataman…
Osmondan tushayotganda ko’zni quvnatadigan darajada oppoq bo’ladi. Yerga tushgandan so’ng qorayib loyga burkanadi. Inson ham shunday, ona qornidan begunoh farishtadek tug’iladi, ammo dunyo loydek gunohga bottiradi)

axmadjonovacc

07 Dec, 12:18


Gohida Rizq, seni baxtiyor qilish uchun Alloh sen tomon yo'llaydigan qalblar orqali keladi...

axmadjonovacc

07 Dec, 11:43


Baxtttttt🥹

https://t.me/musafir_toliba dan💕

axmadjonovacc

07 Dec, 09:36


With Aishaa🌱

axmadjonovacc

07 Dec, 09:35


Allohummabarik😍.

axmadjonovacc

06 Dec, 18:57


Yaxshilar tasodifan uchrashmaydilar, ularni go'zal niyatlari birlashtiradi!
Ular niyatga qarab hadiya etiladi…

axmadjonovacc

06 Dec, 16:14


Ko'nglimda borini yozmoq istasam…
Ko'nglim sirlarini sotmoq istamas...

axmadjonovacc

06 Dec, 14:48


Holis tavsiyam 💕

axmadjonovacc

06 Dec, 14:47


https://t.me/musafir_toliba

axmadjonovacc

06 Dec, 13:56


og'riqning birinchi bosqichi: yig'laysiz.
og'riqning ikkinchi bosqichi: sekin asta ko'nikishni boshlaysiz.
og'riqning uchinchi bosqichi: hammasini qabul qilasiz va shunchaki kulib qo'yasiz)

axmadjonovacc

06 Dec, 04:00


Koʻz yoshlar–tabassumdan koʻra kuchliroq ma’noga ega.
Sababi, biz deyarli hammaga tabassum qilishimiz mumkin, koʻz yoshlarimizni esa, faqat yaxshi koʻrgan insonlarimizga koʻrsatamiz..

axmadjonovacc

05 Dec, 19:43


Kimningdir sen haqingdagi haqiqiy bir fikrini bilmoqchi bo‘lsang, unga rad javobini berib ko'r. So'ng tomoshani kattasiga guvoh bo‘lasan..

axmadjonovacc

05 Dec, 15:50


Sabr yaxshi kunlar kalitidir…

axmadjonovacc

05 Dec, 11:14


Va yolg'izligingiz sizni hech qanday yaxshilik bo'lmagan odamlar bilan muloqotni davom ettirishga undashiga yo'l qo'ymang.

Ahir chanqaganingizda suv bo’lmasa, zahar ichmaysizku)

axmadjonovacc

05 Dec, 07:05


Tavbangizni faqat Alloh qabul qiladi...
Qanchalar gunohkor bo'lmang chin tavbangizni faqat U hech qanday muhokamasiz qabul qiladi!

axmadjonovacc

04 Dec, 18:19


Holimizni Allohim isloh qilsin

axmadjonovacc

04 Dec, 15:36


Alloh huzurida eng yuksak sharafga erishish - bu Allohga ixlos bilan bog'lanish, taqvo bilan yashash va solih amallar qilishdir. Taqvo yo'li insonni Allohga yaqinlashtiradi, gunohlardan uzoq qiladi va haqiqiy baxtga eltadi. Qur'on va hadislar bizga Allohga yaqin bo'lganlarning qadr-qimmati ulug' ekanini eslatadi. Shu ulug' maqomga yetishish uchun har birimiz o'zimizni yaxshilik, sabr va halollikka chorlashimiz kerak. Alloh sevgisi va marhamatini istaydigan har bir kishi uchun bu eng yuksak sharafdir.

axmadjonovacc

04 Dec, 10:57


Hayotingizdagi bazi bir yorug'liklarni faqat qorong'u kunlaringizdagina ko’ra olasiz Huddi tun qorong'uligida oy nurini ko’rganingizday !
Agar sizni hayotingizdagi tashvishlar Mahzun qilayotgan bo’lsa mahzun bo’lmang siz oy nurini ko’rishga harakat qiling .

axmadjonovacc

04 Dec, 04:42


Unutma;
Boshingga kelgan yomon ishlar, o'tirib hafa bo'lishing uchun emas, balki kuchga kirib, oyoqqa turishing uchun!

axmadjonovacc

03 Dec, 14:22


Sinovlar o’tishini kutib yurib, umrimizni o’tkazib yubordik.

axmadjonovacc

03 Dec, 13:30


Shaxsiy brendim

Yuqotib qoymaslik uchun obuna bo’lishni unutmang

axmadjonovacc

03 Dec, 13:29


https://t.me/salihestore

axmadjonovacc

03 Dec, 11:29


Yashirin gunohlarim sendan uzoqlashtirgan bo’lsa… Afving umidi huzuringga yana yaqinlashtiradi…

axmadjonovacc

03 Dec, 11:03


With #Jildlah

axmadjonovacc

03 Dec, 07:18


Ranjishlar sonining to'rtdan uch qismi noto'g'ri gumonda bo'lishdan bo'ladi yaxshi gumonda bo'ling muslimam…

axmadjonovacc

02 Dec, 16:02


Katta katta narsalarni kutmayman ortiq) shunchaki, dunyoning ovozini pasaytirib biroz kitob o’qigim bor holos…

axmadjonovacc

02 Dec, 15:58


Bir kishi imom Shofe'iyning huzurlariga kelib, "Falonchi kishi sizni yomonladi", dedi.

Shunda imom Shofe'iy: "Rost gapirgan bo'lsang, chaqimchi ekansan. Yolg'on gapirgan bo'lsang, fosiq ekansan", dedilar.
U kishi hijolat chekib, jo'nab ketdi...

axmadjonovacc

02 Dec, 11:59


Taqvosiga qaramay yig'lagan ham bor…
Gunohiga qaramay kulgan ham bor…

axmadjonovacc

01 Dec, 21:02


Bir kuni orqaga qarab, aslida ahamiyatsiz bo'lgan narsalar uchun ko'p tashvishlanganingizni tushunasiz)

axmadjonovacc

23 Nov, 09:43


Harakatlaringiz emas, harakat ortidagi tuyg’ularingiz muhim. Shuning uchun ba’zan bir dona gul, bir insonni eng baxtli odamga aylantiradi.

axmadjonovacc

23 Nov, 07:59


Vaqti kelsa tushunmaslik dardingga davo bo'lar ekan. Buni jaydarichada bezbetlik deyishadi.Ya'ni ne bo'lsa ham pinagini buzmaslik. Suv kelsa o'rdak hursand bo'ladi deganidek.
Kelgan har shamolga siqilgandan ko'ra eng a'losi insonlarni tushunmaslik yoki tushunmaganlik rolini o'ynash.

Yetar endi, hammani tushunish va o'zimizni ruhan ezish.

axmadjonovacc

23 Nov, 05:11


Talaba uchun 💻

Slayd, (prezentatsiya)
Kurs ishi
Mustaqil ish
Testlar tayyorlash
… va boshqa shu kabi xizmatlar uchun telegram orqali bog’laning
👇
Admin: @lider_iiau💻

axmadjonovacc

22 Nov, 14:56


Mayli hech narsa dema. Agar yig'laging kelsa choy xo'pla, tomog'ingga tiqilgan g'ussa, choyga aylanib shifo bo'lsin!
Axir joningga arzigulik g'am yo'qku..

axmadjonovacc

22 Nov, 12:17


Sukunatimda juda ko'p so'zlar bor edi ...

axmadjonovacc

21 Nov, 16:51


O'zlariga tegishli bo'lmagan muammolarda
Hamma insonlar faylasufga aylanib olishadi.

axmadjonovacc

21 Nov, 16:44


Reklama chegirmada !

axmadjonovacc

21 Nov, 16:33


Yaxshi kunlar ham o'tadi, yomon kunlar ham o'tadi.
Lekin o'sha kunlar kimni kim ekanligini ko
rsatib o'tadi.

axmadjonovacc

21 Nov, 04:57


Havoga qo’shilib, ko’ngillar ham sovudi.

axmadjonovacc

20 Nov, 15:57


Bir xil yoshdamiz, ammo ba'zilar meni katta bo'lganida tushunishadi.

axmadjonovacc

20 Nov, 07:52


Har bir insonning ikkita hayoti bor.

Biri hamma ko'radigan vitrina, ikkinchisi hech kim bilmaydigan chuqurlik...

axmadjonovacc

02 Nov, 06:27


Birkuni bir kishi do’stidan : Men sen uchun kimman ? debdi .
- U : “Sen meni yuraktomirimsan . “debdi .
- U nima degani tushunmadim .
- Do’sti: “ U yurakka ulangan eng katta tomir , agar kesilsa , hayot tugaydi..”

@tolibatulhadis

axmadjonovacc

01 Nov, 18:40


Hammaning javoblarini o’qiyapman, javobilani ko’rib hammaga hadiya bergim keldi lekin hozircha faqat biz bittagina g’olib aniqlay olamiz. Shu sababdan komentga krib o’zingizga yoqqan biriga reaksiya bosin. Biz shu orqali g’olibni aniqlaymiz.
In shaa Allah. Ertaga soat 22:00 gacha vaqt.

axmadjonovacc

01 Nov, 18:15


Bladiganlar bo’lsa, shu koment ostiga chiroyli qilib yoriting… Ularning ichidan judayam chiroyli tarzda yozilgan biriga hadiyamiz bor.

axmadjonovacc

01 Nov, 18:07


Ahmad ibn hanbal va nonvoy qissasini bladiganlar bormi ?

axmadjonovacc

01 Nov, 17:22


Insonlar xayr uchun harakat qilishlari zarur.

axmadjonovacc

01 Nov, 16:54


Bu dunyoni kuzini ham bahorini ham ko’rdim. Ikkisi ham o’tkinchi.

axmadjonovacc

01 Nov, 16:09


📕🌷

axmadjonovacc

01 Nov, 15:48


Poyoni yo’q cho’lda qolib ketsam ham, yechim qidiraman…

axmadjonovacc

01 Nov, 11:27


Jildlah 🌷

axmadjonovacc

31 Oct, 21:20


Uzun-uzun yozging keladi. Ammo sukunat olamining go'zalligi ham o'ziga tortadi tinmay. Fikrlar, ichdagi holatlarni ochiqlab berish ham ancha murakkab ish ekan ba'zi onlarda. Ayniqsa yozmay qo'yganing sari bu kabi ishlardan uzoqlashib ketaverasan.
Ammo fikrlarni doimiy yozib borish insonni o'sishida ham yordam beradi.

axmadjonovacc

31 Oct, 20:10


So'zlar uzun hech yozmoqqa yetmas qalam, lek yozmasang, bir bor emas ming bor alam.

axmadjonovacc

31 Oct, 19:18


Bebaho bo’lish uchun, vafodor bo’lish kerak.

axmadjonovacc

31 Oct, 13:25


Bir kun hammasi go’zal bo’lishiga ishonganimiz uchun hotirjammiz…

axmadjonovacc

31 Oct, 10:58


- Oxirgi paytlar boshqacha bo'lib qolding . Kimnidur topib oldingmi?
- Ha topib oldim . Aqlimni topdim , qadrimni topdim , o’zimni topdim…

axmadjonovacc

30 Oct, 19:11


Bu dunyoda hamma o’z manfaati uchun, sizni aldashga tayyor.

axmadjonovacc

30 Oct, 18:03


Baxtsiz insonlarning ayrimlari barcha narsadan baxt izlayverganlari uchun ham baxtsizdirlar…

axmadjonovacc

30 Oct, 10:58


Hayot uyg’oqlikda ko’rilgan tush ka’bidir…

axmadjonovacc

30 Oct, 10:47


Kitoblar 🙂‍↔️

axmadjonovacc

30 Oct, 10:46


With #hakimovam🩷

axmadjonovacc

29 Oct, 19:46


- Oy go’zalmi yoki Onangiz ?

- Oyga qarasam onam esimga keladi…
Onamga qarasam oy esimdan chiqadi.

axmadjonovacc

29 Oct, 19:04


🟤

axmadjonovacc

29 Oct, 17:57


Novvotli choy va holamning yopgan noni☕️🏠

axmadjonovacc

29 Oct, 16:14


Go’zallik nafislik…🪶

axmadjonovacc

29 Oct, 15:52


Mo’min faqat Alloh buyurgani uchun yomonliklarga to’sqinlik ko’rsatadi, ezgu amallar qilishni istaydi. Munofiq esa o’z foydasini ko’zlab monelik qiladi yoki buyuradi. Hatto yomon narsalarni tashviq qiladi, yaxshi narsalar yo’liga g’ov bo’ladi.

axmadjonovacc

29 Oct, 10:14


O’z qadr-qiymatingizni insonlar ko’zlaridan qidirmang.