📚📖📚JUMA KUNI ALLOH TAOLONI YANADA KO‘PROQ ZIKR QILISH KERAK
Bir-birlariga ALLOH TAOLONI ESLATIB TURGAN ikki va undan ko‘p odamlar ushbu hadisda bayon etilgan "ALLOHNI ZIKR QILUVCHILAR" qatorida sanaladi.
Tor ma’noda, bu–masjidda imomning va’z aytishi va namozxonlarning jim tinglab o‘tirishlaridir.
Sal kengroq ma’noda esa, har qanday marosim sababli to‘yxonalarda o‘tkazilayotgan amri-ma’ruf, nahyi-munkar ko‘rinishidagi yig‘in ishtirokchilari ham "Allohni zikr qiluvchilar" toifasiga kiradi.
Umuman keng ma’noda esa, ALLOH TAOLONI, U ZOTNING DININI BIR-BIRLARIGA ESLATIB SUHBATLASHIB TURGAN DO‘STLAR, QARINDOSH-URUGʻLAR, MAHALLADOSH YOKI HAMKASBLAR HAM "ALLOHNI ZIKR QILUVCHILAR"dan hisoblanadi.
Dinda "Allohni zikr qilish" faqatgina "Laa ilaaha illalloh", "Alhamdulilloh", "Subhaanalloh", "Allohu Akbar" kabi kalimalar bilan bo‘lishi shart degan qoida yo‘q.
Qur’on tilovat qilish ham–zikr, nafl namoz o‘qish ham–zikr, nafl ro‘za tutish ham–zikr.
ALLOH TAOLONI ROZI QILADIGAN HAR QANDAY ISH BILAN MASHGʻULLIK HAM ZIKR HISOBLANADI.
VA ZIKRLARNING ENG AFZALLARIDAN BIRI DUODIR.
Duo–qalban Alloh taologa bog‘lanib, ko‘nglidagi bor tilak-istak, orzularini, iltijolarini bevosita U Zotning O‘ziga bildirishdir.
DUO–ALLOHDAN ILTIJO QILIB SO‘RASHDIR.
DINI UCHUN, OILASI VA YAQINLARI UCHUN, QO‘NI-QO‘SHNI, QARINDOSH-URUGʻLARI UCHUN, BARCHA DINDOSHLARI, YURTDOSHLARI UCHUN TINCHLIK, SOGʻLIK-OMONLIK, OFIYAT SO‘RASH HAR BIR MO‘MINGA VOJIBDIR.
JUMA KUNI ESA MO‘MINLARNING DUOLARI ANIQ QABUL BO‘LADIGAN BIR SOAT BOR. Kimning duosi ushbu soatga to‘g‘ri kelib qolsa, hech shaksiz ijobat bo‘ladi.
Ammo, bu soat aynan qaysi vaqtda ekani yashirilgan. Xuddi, ramazonda Qadr kechasi yashirilgani kabi.
Maqsad esa, MO‘MINLAR KO‘PROQ DUO BILAN MASHGʻUL BO‘LSINLAR.
Ya’ni, ALLOH TAOLONI KO‘PROQ ZIKR QILIB O‘TIRSINLAR VA KO‘PLAB AJR-U SAVOBLARGA EGA BO‘LSINLAR.
Juma tabriklariga mukkasidan ketish esa bizlarni mana shunday ulkan savoblardan chalg‘ituvchi bid’atlardandir.
Aslida, biz juma bilan tabriklaydigan odamlarimizga chindan yaxshilik istasak, ularning haqqlariga ham shu bugun ko‘proq duolar qilishimiz lozim.
Xususan, mazlum mo‘min-musulmonlar haqqiga duo qilish uchun juma kuni eng qulay fursatdir.
BALKI, AYNAN SHU BUGUN QILGAN DUOLARIMIZ SABABLI DUNYODA URUSHLAR TO‘XTAB, MAZLUM MO‘MINLAR NAJOTGA ERISHARLAR...
@Asmaaul_husnaa99