#ALQURAN_SADOSI
“Baqara” surasi, 67-73-oyatlar | Abdulloh qori Fayzulloh Maxdum
📚 "Bani Isroil va sigir qissasi"
Ushbu oyatlarda “Baqara” surasining eng asosiy mavzusi bayon qilingan. Alloh taolo Bani Isroilga sigir so’yishni amr qilishi, Bani Isroil esa buni paysalga solishi haqida so’z boradi.
Tarjimasi:
67. Muso o`z qavmiga: «Alloh sizga sigir so`ymoqni buyurmoqda», deganini eslang. Ular: «Bizni masxara qilyapsanmi?» – dedilar. U: «Johillardan bo`lishimdan Allohdan panoh so`rayman», – dedi.
68. Ular: «Robbingga duo qil, uning qanday ekanini bayon qilib bersin», – dedilar. U: «U Zot, qari ham, yosh ham bo`lmagan, ikkovining o`rtasidagi sigir, deyapti. Bas, buyurilgan narsani bajaring», – dedi.
69. Ular: «Robbingga duo qil, uning rangini bayon qilib bersin», dedilar. U: «U Zot, rangi sap-sariq, qaraganlarni xursand qiladigan sigir, deyapti», – dedi.
70. Ular: «Robbingga duo qil, uning qanday ekanini bizga bayon qilib bersin, sigir bizga noaniq bo`lib qoldi, biz, inshoalloh, albatta, hidoyat topuvchimiz», – dedilar.
71. U: «U Zot, o`sha sigir minilmagan, yer haydash, ekin sug`orishda ishlatilmagan, ayblardan salomat, aralashgan rangi yo`q, deyapti», – dedi. Ular: «Ana endi haqni keltirding», – dedilar. Bas, uni so`ydilar. Sal bo`lmasa, qila olmasdilar.
72. Bir jonni o`ldirib qo`yib, u haqida ixtilofga tushganingizni eslang. Alloh siz berkitgan narsani chiqarguvchidir.
73. «Bas, uni u(sigir)ning ba'zi joyi bilan uring», – dedik. Alloh xuddi shunday qilib o`liklarni tiriltirur va oyat — alomatlarini sizga ko`rsatur. Shoyadki, aql ishlatsangiz.
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram