Al-Khorazmiy school 🎓

@al_khorazmiyschool


📚Farzandingizni iste'dodini kashf qilamiz
⚡️Chuqurlashtirilgan Ingliz tili va matematika
@al_khorazmiy_school

📞Tel:943030707

Al-Khorazmiy school 🎓

23 Oct, 10:15


🇺🇿Ona tili fanidan ochiq darslar tashkil etilda.

🤓Bunda o'quvchilarga yangicha mavzular tushuntirildi va o'tgan mavzuni mustahkamlash ishlari olib borildi.

😎Dars jarayoni kreativshaklda tashkil etildi.

😊Farzandingiz sifatli ta'limni olmoqda!

Do’stlaringizga ham ulashing!
📱Instagram 📱 Telegram
📱You Tube 📱 Website

Al-Khorazmiy school 🎓

23 Oct, 08:10


🌄 Kunning qaysi qismida inson barakali ishlay oladi?

👥 Bu avvalo hamma insonning turmush tarziga qarab farqlanadi. Soat nechchida uxlab nechchida uyg‘onish, shaxsiy xususiyatlarimiz bunga ta’sir qiladi.

Biroq olimlar o‘rganishicha, ko‘plab insonlarda erta tongdan to kunduzgi paytgacha samaradorlik ham aqliy, ham jismoniy jihatdan ancha yuqori bo‘ladi.

🙂 Kunning shu qismida inson diqqatni jamlashi, qiyinroq muammolarni hal qilishi osonroq bo‘ladi.

Agar haliyam uxlayotgan bo‘lsangiz, uyg‘oning. Barakali vaqtingizni uxlab o‘tkazib yubormang.

💬 Yoki sizning samarali mehnat qiladigan vaqtingiz boshqa paytdami?

Do’stlaringizga ham ulashing!
📱Instagram 📱 Telegram
📱You Tube 📱 Website

Al-Khorazmiy school 🎓

22 Oct, 10:15


🇺🇿Ona tili fanidan ochiq darslar tashkil etilda.

🤓Bunda o'quvchilarga yangicha mavzular tushuntirildi va o'tgan mavzuni mustahkamlash ishlari olib borildi.

😎Dars jarayoni kreativshaklda tashkil etildi.

😊Farzandingiz sifatli ta'limni olmoqda!

Do’stlaringizga ham ulashing!
📱Instagram 📱 Telegram
📱You Tube 📱 Website

Al-Khorazmiy school 🎓

22 Oct, 08:10


⚡️ “Temurbeklar maktabi”ga qizlar ham qabul qilinadi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga ayol jinsidagi O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish boshlangan.

Bu degani, maktabni bitirayotganda qizlar ham o‘qishga kirishga imtiyoz ola olishi mumkinligini anglatadi. "Temurbeklar maktabi" bitiruvchilariga to‘plagan balliga 15 foiz qo‘shimcha ball ko‘rinishida imtiyoz beriladi.

Do’stlaringizga ham ulashing!
📱Instagram 📱 Telegram
📱You Tube 📱 Website

Al-Khorazmiy school 🎓

21 Oct, 08:10


🎓 Imtihon nima uchun kerak?

Har bir talaba uchun imtihon - bu bilimini sinovdan o'tkazish va o'z ustida ishlashining mahsuli.

Imtihonga mas'uliyat bilan tayyorlanish, nafaqat o'qish davomida, balki kelajakdagi faoliyat uchun ham muhimdir.

Puxta tayyorgarlik ko'rish natijalaringizni yaxshilaydi va o'z bilimingizga bo'lgan ishonchni mustahkamlaydi. Shu sababli, maqsad sari intilayotgan insonlar har doim puxta tayyorgarlik ko'rishga e'tibor berishlari darkor.

Do’stlaringizga ham ulashing!
📱Instagram 📱 Telegram
📱You Tube 📱 Website

Al-Khorazmiy school 🎓

21 Oct, 04:45


🇺🇿21-oktyabr-O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun!

🇺🇿Bu tarixiy hodisaga mana 35 yil to'ldi!

🥳Barchangizni bu bayram bilan muborakbod etamiz!

Do’stlaringizga ham ulashing!
📱Instagram 📱 Telegram
📱You Tube 📱 Website

Al-Khorazmiy school 🎓

19 Oct, 03:22


😎Here are 20 commonly used abbreviations in English for chatting:

1 BRB
- Be Right Back
2 TTYL - Talk To You Later
3 LOL - Laugh Out Loud
4 OMG - Oh My God
5 IMO - In My Opinion
6 IDK - I Don’t Know
7 BTW - By The Way
8 FYI - For Your Information
9 TMI - Too Much Information
10 ICYMI - In Case You Missed It
11 BFF - Best Friends Forever
12 DM - Direct Message
13 YOLO - You Only Live Once
14 LMK - Let Me Know
15 GTG - Got To Go
16 ASAP - As Soon As Possible
17 SRY - Sorry
18 IMO - In My Opinion
19 TBT - Throwback Thursday
20 SMH - Shaking My Head

Do’stlaringizga ham ulashing!
📱Instagram 📱 Telegram
📱You Tube 📱 Website

Al-Khorazmiy school 🎓

18 Oct, 08:10


⚡️ 1-kurslar uchun yangi tizim: ular faqat 1 yillik grant bilan talaba bo'lgan

▪️ 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi. Bunda:

ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;

ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi;

ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi;

ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi.

Do’stlaringizga ham ulashing!
📱Instagram 📱 Telegram
📱You Tube 📱 Website

Al-Khorazmiy school 🎓

18 Oct, 04:25


Live stream finished (50 minutes)

Al-Khorazmiy school 🎓

18 Oct, 03:35


Live stream started

Al-Khorazmiy school 🎓

18 Oct, 03:25


Yuqorida aytib o'tilganlarni har kuni bir oy davomida bajaring va sizga va'da berib ayta olamanki, til ko'nikmangiz qay darajada rivojlanganini o'zingiz his etasiz. Tilni puxta o'rganishni hech qanday siri yo'q, shunchaki hayotingizni butunlay boyitadigan biror nimani zabt etish uchun sizdan qattiq mehnat qilishingiz talab etiladi, xolos.

Omadli insonlar omadsizlar qilgisi kelmagan ishlarni bajarganlardir!

Sizni bu sayohatingizda barcha ezgu tilaklarni tilab qolamiz!

Do’stlaringizga ham ulashing!
📱Instagram 📱 Telegram
📱You Tube 📱 Website

Al-Khorazmiy school 🎓

18 Oct, 03:25


⚡️ Ingliz tilini samarali o'rganish usullari

Ingliz tilini o’rganishni ikki qismga bo’lish mumkin: input va output.

😎Input o’qish va tinglashdan iborat, output esa yozish va so’zlashdan. Aniqroq aytganda, yaxshi darajadagi outputga erishish uchun, sizda juda ko’p input bo’lishi kerak. Bu xuddiki bola gapirishni boshlashidan oldin qanchalik uzoq vaqt tinglashiga o’xshaydi. Biz katta odamlar esa gapira olishga urinishdan oldin, ikki yil kuta olmaymiz, ammo bizda input qancha ko’p bo’lsa, biz shuncha ko’p output ishlab chiqara olamiz. Xuddi shu narsa o’qish va yozishga ham xosdir. Qancha ko’p o’qisangiz, shuncha yaxshi yoza olasiz. Qancha ko’p o’qisangiz, yozsangiz va tinglasangiz, shu yaxshi gapira ham olasiz.

Barcha ingliz tilini jiddiy o’rganuvchilarga maslahatim, maqsadingizga tezroq olib boradigan yo’ldan boring. Ya’ni effective emas, efficient ishlashga harakat qiling. Yillar davomida xorijiy tillarni o’rganish va o’qitish tajribamga asoslanib, men siz uchun tilning har bir jabhasini o’rganishni eng samarali usullarini yig’dim.

Output

💖 O'qish


Kuniga hech bo’lmasa 5 ta so’z o’rganing. Bir tomoniga yangi so’z, ikkinchi tomoniga uning ma’nosi yozilgan stiker yoki qog’oz bo’lakchalaridan fordalaning. So’zlarga qarab, ularni ma’nolarini aytishga harakat qiling. So’z izohlarini iloji boricha qisqa va aniqroq qilib yozing. 5 tadan 7 tagacha so’zlar yodlash yetarlidir. Agar siz har kuni 5 ta so’z yodlasangiz, bir yilda 1825 ta so’z bo’ladi. Siz shu yo’sinda davom etsangiz, bir necha yil ichida ingliz tilida yozilgan deyarli barcha narsani tushuna olasiz.

💖Sarflanadigan vaqt: 30 daqiqa.

💖 Tinglash

Ingliz tilidagi podcast yoki radio tinglang. Ingliz tilida tinglashdan maqsad qisqa muddat ichida iloji boricha ko’proq so’zlarni eshitishdir. Bitta so’zni qancha ko’p eshitsangiz, shu so’zni shuncha yaxshi tushuna olasiz. Shuning uchun ingliz tilida radio tinglash eng samarali usuldir. Bunday audio larda turli so’zlar ishlatiladi, telivizordan farqli ravishda vizual vositalardan foydalinilmaydi. Mashina haydash, ovqat tayyorlash, ovqatlanish, kiyinish kabi va boshqa mashg’ulotlar bilan band ekanligingizda iloji boricha ko’proq radio tinglashga harakat qiling. Agar qo’lingizdan kelsa, uxlashdan oldin ham va ertalab uyg’onganingizda ham ingliz tilidagi audiolarni tinglang. Bu sizning miyangizga ingliz tiliga moslashishga yordam beradi.

💖 Yozish ko'nikmasi

Bir kundalik tutib, unga har kuni kamida 500 ta so'z yozing. Doimiy ravishda yozib borish bilan siz barcha o'rganganlaringizni mustahkamlab borgan bo'lasiz. Shuningdek, bu narsa sizni yozayotganlaringizni to'g'ri ekanligini tekshirishingizga undaydi. Bu intensiv ravishda fikringizni bir joyga jamlash jarayoni beixtiyor miyangizdagi bir talay ma'lumotni tartibga solishingizga yordam beradi. Istagan narsangiz haqida yozing, ammo yangi so'zlar va turli grammatik strukturalar ishlatishga o'zingizni undang.

💖 Sarflanadigan vaqt: 30 daqiqa.

💖 Gapirish

Ovoz chiqarib o'qing. Ovoz chiqarib o'qish sizga a'lo darajada mashq qilish imkonini beradi. Yodingizda saqlang, tajriba kamolotga yetkazadi. Ovoz chiqarib o'qish bilan siz grammatik jihatdan bekamu-ko'st  ingliz tilida gapirayotgan bo'lasiz. Agar siz odatiy suhbat qursangiz, albatta, xatoliklar bo'ladi. Bu narsa nafaqat til o'rganuvchilariga, balkim o'z tilida so'zlashuvchilar uchun ham xosdir. Agar bir xil xatolar doimiy ravishda qaytarilaversa, ularni to'g'irlash ham shunchalik qiyinlashaveradi. Shuningdek, bu jarayonda siz odatda ishlatmaydigan so'zlarni ham uchratasiz. Oddiy bir soatlik suhbatda taxminan 30 daqiqa bir qancha xatolar bilan gapirishingiz mumkin, lekin ovoz chiqarib o'qiganingizda esa siz bir soat grammatik xatolarsiz yangi so'zlarni ishlatib gapira olasiz .

💖 Sarflanadigan vaqt: kamida 1-2 soat.

Al-Khorazmiy school 🎓

17 Oct, 09:45


😎Xabaringiz bor biz maktabimizda haftaning har shanba kuni turli xil musobaqalarni o'tkazib boramiz. Bu galgi shanba kuni juda ham qiziqarli bo'lgan "Zakovat" musobaqasini ham o'tkazdik.

🤓Bu musobaqa juda qizg'in shaklda o'tkazildi va jamoalar bir birlari bilan yaxshigina bellashishlariga to'g'ri keldi.

😉Keyin "Zakovat" musobaqalarida ham jamoalarga omad tilab qolamiz!

🤩Siz ham farzandingizni eng yaxshi bilimlarni olib, zo'r natijalarni qayd etishini istasangiz Al-Khorazmiy xalqaro maktabi eng to'g'ri tanlov.
📱Murojaat uchun: +99894-303-07-07

Do’stlaringizga ham ulashing!
📱Instagram 📱 Telegram
📱You Tube 📱 Website